Molibden: inson organizmidagi biologik funksiyalari va tibbiyotdagi ahamiyati

Abstract

So‘nggi yillarda inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillar orasida mikroclcmentlaming ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, molibdcn kabi organizmda kam miqdorda uchrashiga qaramasdan, miqdorining oz bo’lsa-da o’zgarishi jiddiy oqibatlarga sabab bo’lishi bunday clcmcntlaming ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. Shu sababdan molibdcn ionlarini aniqlovchi arzon, portativ, tezkor, yuqori metrologik parametrlarga ega bo'lgan uslublarni yaratish nihoyatda dolzarb.

CC BY f
171-172
3

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sobirova, S., & Djuraeva, M. (2025). Molibden: inson organizmidagi biologik funksiyalari va tibbiyotdagi ahamiyati . Посвящается 100-летию со дня рождения академика Комилжона Зуфарова, 1(1), 171–172. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/akzyb/article/view/110615
S Sobirova, Tashkent State Dental Institute
Student of stomatology faculty, group 105
M Djuraeva, Tashkent State Dental Institute
Scientific supervisor: Assistant Professor of the Department of Medical and Biological Chemistry
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

So‘nggi yillarda inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillar orasida mikroclcmentlaming ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, molibdcn kabi organizmda kam miqdorda uchrashiga qaramasdan, miqdorining oz bo’lsa-da o’zgarishi jiddiy oqibatlarga sabab bo’lishi bunday clcmcntlaming ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. Shu sababdan molibdcn ionlarini aniqlovchi arzon, portativ, tezkor, yuqori metrologik parametrlarga ega bo'lgan uslublarni yaratish nihoyatda dolzarb.


background image

171

MOLIBDEN: INSON

ORGANIZMIDAGI

BIOLOGIK

FUNKSIYALARI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Sobirova S.S. TDSI stom. fak. 105-guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Djurayeva. M. E., Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi assistenti

Toshkent davlat stomatologiya instituti, O’zbekiston

Muammoning dolzarbligi:

So‘nggi yillarda inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillar

orasida mikroelementlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, molibden kabi
organizmda kam miqdorda uchrashiga qaramasdan, miqdorining oz bo’lsa-da o’zgarishi jiddiy
oqibatlarga sabab bo’lishi bunday elementlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini yanada
oshiradi. Shu sababdan molibden ionlarini aniqlovchi arzon, portativ, tezkor, yuqori
metrologik parametrlarga ega bo‘lgan uslublarni yaratish nihoyatda dolzarb.

Tadqiqotning maqsadi:

Molibden elementining inson organizmidagi biologik

funksiyalarini, uning tibbiyotdagi amaliy qo‘llanilishini, shuningdek, molibden miqdorining
o’zgarishi bilan bog‘liq sog‘liq muammolarini o‘rganish.

Material va usullar:

Molibden metall holatda tabiatda erkin holda uchramagani sababli,

asosan minerallarda, xususan, molibdat minerallarida mavjud bo'ladi. Mana shunday
minerallardan biri MoO

2

SO

4

bo’lib, ishlab chiqarish va kimyo sanoatining turli jabhalarida

foydalaniladi. Dunyo olimlari molibden elementini ajratib olish uchun optik va
elektrokimyoviy usullardan foydalanganlar. Bu usullar bilan olingan natijalarda sezgirlik va
takrorlanuvchanligining pastligi, tezkor emasligi, halaqit beruvchilarning ko’pligi kuzatilgan.
Sorbsion spektrofometriya usuli yuqori aniqlik va tezkorligi bilan afzal hisoblanadi. Molibden
kompleksini hosil qilishda alizarin qizil-C reagent sifatida tanlab olindi.

Natija va muhokama:

Molibden bir nechta biologik funksiyalarga va terapevtik

maqsadlarga ega bo'lgan muhim element hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, u nikotin
metabolizmida ishtirok etgani sababli o'pka saratoni rivojlanish ehtimolini kamaytirishga
yordam beradi. Bundan tashqari, molibden qonda xolisterin darajasini pasaytirishga yordam
beradigan sulfid oksidaza va ksantin oksidaza kabi fermentlarning sintezida ishtirok etish
orqali yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, molibden
organizmdagi turli kasalliklarning oldini olishda qo’llaniladi, kariostatik ta'sirga egaligi
tufayli, tish kariesining oldini olishda ftoridga alternativ sifatida foydalanish mumkin.

Molibdenning inson organizmi uchun tavsiya qilingan kunlik me’yori 1-3 yoshdagilar

uchun 17 mkg, 4-8 yoshdagilar uchun 22 mkg, 9-13 yoshdagilar uchun 34 mkg, 14-18
yoshdagilar uchun 43 mkg, 19 va undan katta yoshdagilar uchun 45 mkg ni tashkil qilib,
dukkaklilar, sut va pishloq mahsulotlari hamda mol go’shti orqali o’zlashtiriladi. Uning oziq-
ovqat va ichimliklardagi me'yoriy miqdori hech qanday zarar keltirmaydi. Ammo me’yoridan
ortiq iste’mol qilinishi jiddiy ta'sirlarga olib kelishi mumkin. 1999 yildagi bir holatda, erkak
18 kun davomida kuniga 300-800 mkg molibden iste'mol qilgani natijasida unda o'tkir psixoz
rivojlanadi, ko'rish va eshitish gallyutsinatsiyalari ro’y beradi. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra,
konchilar, metallar bilan ishlovchilar va atrof-muhitda yuqori darajada molibdenga duch
keladigan shaxslarda ba'zida podagra kasalligi simptomlarini kelib chiqqani va qonda siydik


background image

172

kislotasi darajasi ortganini aniqlangan. Siydik kislotasi bo’g’imlar atrofida mayda kristallar
paydo bo'lishiga sabab bo’ladi, bu esa shu sohada og'riq va shishga sabab bo’ladi.

Xulosa:

Molibdenni sorbsion spektrofometriya kabi yuqori sezgir va aniq metodlar

yordamida ajratib olish uning mikroskopik miqdorini aniqlashda samarali bo'lib, tibbiyotda,
ayniqsa, diagnostik tahlillar va metabolik kasalliklarni aniqlashda katta o’rin tutadi. Uning
o'zlashtirilishini nazorat qilish va tahlil qilish orqali organizmning normal faoliyatini saqlab
qolish hamda bir qancha kasalliklarning oldini olish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bittner, F. Molybdenum metabolism in plants and crosstalk to iron. // Frontiers in plant

science

2014.

(https://www.frontiersin.org/journals/plantscience/articles/10.3389/fpls.2014.00028/full)

2.

John B., Habila J., Oyewale A., Tukur A., 'Isolation, Characterization and

Antimalarial Evaluation of Methyl-3,12-dihydroxycholan-24 oate from Bovine Bile',
Advanced Journal of Chemistry-Section B: Natural Products and Medical Chemistry, 2022,
4:135

3.

Агзамова, Шоира Абдусаламовна, and Ирода Джаббаровна Шахизирова.

"НОВАЯ

КОРОНАВИРУСНАЯ

ИНФЕКЦИЯ

С

ПОСТКОВИДНЫМИ

НАРУШЕНИЯМИ У ДЕТЕЙ." Международный журнал научной педиатрии 3.5 (2024):
589-594.

4.

Tashpulatova, Fatima, et al. "Phytotherapy in the Complex Treatment of Patients with

Drug-Resistant Forms of Pulmonary Tuberculosis." Annals of the Romanian Society for Cell
Biology 25.1 (2021): 367-372.

5.

Агзамова, Ш. А. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ПРОГРАММЫ

ДЛЯ

ЖЕНЩИН

С

АРТЕРИАЛЬНОЙ

ГИПЕРТЕНЗИЕЙ

В

ПЕРИОД

ПОСТМЕНОПАУЗЫ

В

АМБУЛАТОРНО-ПОЛИКЛИНИЧЕСКИХ

УСЛОВИЯХ." Артериальная гипертония 2018 на перекрестке мнений. 2018.

6.

Akhmedova, D. I., T. O. Daminov, and S. A. Agzamova. "Clinical and diagnostic

features of the major syndromes in children with intrauterine TORCH infection." Child
Infect 8.1 (2009): 29-31.

7.

Агзамова, Шоира Абдусаламовна, and Гузалия Марсовна Хасанова.

"ДИАГНОСТИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ЭХОКАРДИОГРАФИЧЕСКИХ ВЕЛИЧИН
ЭПИКАРДИАЛЬНОГО ЖИРА ПРИ ОЖИРЕНИИ." OPEN INNOVATION. 2019.

References

Bittner, F. Molybdenum metabolism in plants and crosstalk to iron. // Frontiers in plant science - 2014 (https://www.fronticrsin.org/joumals/plantscicncc/articlcs/10.3389/fpls.2014.00Q28/full)

John B., Habila J., Oyewale A., Tukur A., 'Isolation, Characterization and Antimalarial Evaluation of Mcthyl-3,12-dihydroxycholan-24 oate from Bovine Bile', Advanced Journal of Chemistry-Section B: Natural Products and Medical Chemistry, 2022, 4:135

Агзамова, Шоира Абдусаламовна, and Ирода Джаббаровна Шахизирова. "НОВАЯ КОРОНАВИРУСНАЯ ИНФЕКЦИЯ С ПОСТКОВИДНЫМИ НАРУШЕНИЯМИ У ДЕТЕЙ." Международный журнал научной педиатрии 3.5 (2024): 589-594.

Tashpulatova, Fatima, et al. "Phytotherapy in the Complex Treatment of Patients with Drug-Resistant Forms of Pulmonary Tuberculosis." Annals of the Romanian Society for Cell Biology 25.1 (2021): 367-372.

Агзамова, Ш. А. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ПРОГРАММЫ ДЛЯ ЖЕНЩИН С АРТЕРИАЛЬНОЙ ГИПЕРТЕНЗИЕЙ В ПЕРИОД ПОСТМЕНОПАУЗЫ В АМБУЛАТОРНО-ПОЛИКЛИНИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ." Артериальная гипертония 2018 на перекрестке мнений. 2018.

Akhmedova, D. I., Т. О. Daminov, and S. A. Agzamova. "Clinical and diagnostic features of the major syndromes in children with intrauterine TORCH infection." Child Infect 8.1 (2009): 29-31.

Агзамова, Шоира Абдусаламовна, and Гузалия Марсовна Хасанова. "ДИАГНОСТИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ЭХОКАРДИОГРАФИЧЕСКИХ ВЕЛИЧИН ЭПИКАРДИАЛЬНОГО ЖИРА ПРИ ОЖИРЕНИИ." OPEN INNOVATION. 2019.