Ushbu maqola bolalarning ko'p tarmoqli reabilitatsiya markazlarida landshaft terapiyasini tashkil etishning dolzarbligini ochib beradi. Landshaft terapiyasining o'zaro bog'liqligi va uning bolaning psixo-emotsional va fiziologik salomatligiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Bolalar reabilitatsiya muhitida landshaft terapiyasining turli usullari taqdim etiladi.
Ушбу мақолада кўп қаватли турар-жой биноларини жорий таъмирлашда энергия самарадорлигини оширишнинг иқтисодий афзалликлари кўрсатиб берилган.
Тадқиқот объекта: “Узбекистан почтаси” О АЖ ва унинг таркибидаги филиаллар фаолияти танланган.
Ишнинг максади: Миллий иқтисодиётни модернизация этиш шароитида почта алоқаси хизматлари самарадорлигини ошириш буйича илмий асосланган амалий тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.
Тадқиқот методлари: иқтисодий-статистик, статистик гурухдаш ва киссин тахлил, абстрскт-мантиқий фикрлаш, иқтисодий-математик ва тизимли тахлил усуллари.
Олинган натижалар ва уларнинг янгилиги: республикамизда илк бор почта хизматлари самарадорлигини ошириш омиллари комплекс тахлил этилиб, почта хизматлари самарадорлигини оширишнинг устувор йўналишлари очиб берилган; Почта хизматлари самарадорлигини баҳолаш хамда оширишга асос бўладиган услубият ишлаб чикилган; Таклиф этилаётган почта хизматлари самарадорлигини бахолаш услубиятидан кслиб чиққан холда почта хизматлари самарадорлик курсаткичларини бахолаш тизими ишлаб чикилган ва улар асосида тахлиллар амалга оширилган; Почта алокаси хизматлари самарадорлик кўринишлари илмий асосланган холда туркумланган; Узбскистонда почта хизматлари самарадорлигини ошириш тахлили маркетинг ва инновацион фаолият, соҳага янги ахборот тсхнологияларни жалб этиш оркали янги хизматлари жорий этиш хамда ходимларни малакавий савияси тахлили асосида амалга оширилган; Почта хизматларини дивсрсификациялаш хамда соха менежментини такомиллаштириш ва ракобат муҳитини шакллантиришга оид тахлилни ишлар амалга оширилган ва уларни модерн изациялаштириш хамда ривожлантиришга оид амалий маслахатлар ишлаб чикилган;
Амалий ахамияти: асосий натижа ва хулосалар “Узбекистан почтаси” ОАЖ ва унинг филиалларда хизматларни самарадорлик даражасини илмий асосда оширишга хизмат қилади. Шунингдек, айрим илмий гоя ва тавсиялардан Тошкснт ахборот тсхнологиялари унивсрситстида "Почта хизматининг назарий асослари", "Корхона иктисодисти (Почта хизматида)", "Почта хизмати корхоналарида ташкил этиш ва рсжалаштириш", “Алоқа ва ахборотлаштириш иктисодисти” каби махсус фанларини ўкитишда қўлланилади.
Татбик этиш даражаси ва иктисодий самарадорлиги: асосий натижалари, хулоса ва таклифлар “Узбекистан почтаси” ОАЖ хамда Фан техника ва маркетинг тадкикотлари марказининг амалий фаолиятига тадбик этилган. Шунингдек, тадқиқотнинг айрим натижалари Тошкснт ахборот тсхнологиялари унивсрситстининг ўқув жараснида куллаш учун кабул килинган.
Қўлланиш сохаси: тадқиқот натижалари почта алокаси хизматларини курсатиш жараснида, шунингдек, олий таълим муассасалари ўкув жараенларида кулланилади.
Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam yo‘lga qo‘yilishi natijasida mintaqa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti, madaniy hamkorligi hamda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashning yangi bosqichga ko‘tarilganligi ko‘rsatib berilgan.
Maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet hukumati davrida ijtimoiy-maishiy infrastruktura muassasalarining shakllanishi va faoliyatida mavjud bo‘lgan bir qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani yoritilgan.
Xususan, sovet davrida aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy va umumiy ovqatlanish tizimi faoliyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Tarkibida yangi yo‘nalishlari vujudga keldi. Qishloq turar joylarida ijtimoiy-maishiy infrastrukturalarni rivojlantirish rejalashtirildi. Biroq, XX asrning 70-80 yillarida respublikadagi qator xo‘jaliklar, tashkilotlar hamda o‘quv muassasalarida maishiy va umumiy ovqatlanish muassasalariga aholining ehtiyoji katta bo‘ldi.
Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganlik uchun ularning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasi jahon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston miqyosida tahlil qilindi. Tahlillar Oʻzbekistonda bu javobgarlik turi xayriya va ehson sifatida tushunilishi aniqlandi. Shuning uchun, bu javobgarlikni milliy xususiyatlardan kelib chiqib, takomillashtirish masalasi oʻrganib chiqildi va yangi gipoteza ilgari surildi. Tadiqot davomida sotsiologik soʻrov va boshqa ilmiy uslublardan foydalanilgan. Mamlakatda inson huquqlarini transmilliy korporatsiyalardan (TMK) himoya qilishda xalqaro huquqni rivojlantirish ehtiyoji asoslantirilgan.
Maqolada jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va tavsiflar berilgan.
Zamonaviy shaxs, etuk barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalaridan ta‟lim –tarbiya, tarbiya mohiyati, fuqarolikpozitsiyasi, vatanparvarlik tuygʼularini, ularda mafkuraviy maʼnaviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi ifodalangan.
Bu maqola aniq fanlar, tabiiy muhit, hayvonlar va o‘simliklar olamiga oid ilmiy tadqiqotlar, ekologik jarayonlar, ekosistemalar kabilarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu maqolada Sh.Rashidov asarlaridan talaba yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda foydalanish ilmiy pedogogik muammo sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda Sharof Rashidov asarlaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini amaliyotda qo‘llash natijalari tahlil qilingan.
Maqola ichki ishlar organlari xodimlarida korruptsiyaga qarshi fikrlashni rivojlantirishda ijtimoiy-falsafiy tushunchalarning rolini o'rganadi. Muallif korruptsiya va uning sabablarini tushunishda falsafiy va sotsiologik yondashuvlarning ahamiyatiga e'tibor qaratadi.
Ushbu maqolada o‘zbek etnomadaniyatida etnogumanizmning ahamiyati, voqe bo‘lishi, xalqchilligi va ijtimoiy-ma’naviy roli ochib berilgan bo‘lib, bunda etnomadaniy jarayonlar uyg‘unlashuvi orqali, etnogumanizmning sinkretik tarzda namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.
Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan o‘smir yoshidagi bolalar harakter hususiyatlarining muhim tomonlari, o‘smir yoshidagi bolalarda liderlikni shakillantirish, bolalarda liderlik hususiyatlarining shakillanishida oilaning o‘rni, ota-ona tarbiya usullarining, bolalar bilan bo‘ladigan muloqotning bolalar kelajagiga tasiri hamda, bolalarda liderlik xususiyatlarini shakillanishidagi ahamiyati yoritib berilgan.
Мaqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga tо‘xtalgan
Buxoro “Qo‘shbegi” arxivi materiallari va mahalliy muarrixlar asarlari asosida Surxon vohasida hunarmandchilik va mahalliy ustaxonalarning iqtisodiyotdagi o‘rni (savdo aloqalari) masalasi yaxlit, atroflicha hamda manbaviy tahlil bilan bog‘liqlikda o‘rganilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Surxon vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy tarixi va hunarmandchilik sohasi hamda ichki, tashqi savdo yo‘llarini bog‘lovchi quruqlik hamda suv yo‘li, shuningdek, daryo bo‘yidagi yodgorliklar, aholi manzillarini aks ettiruvchi mukammal tarixiy-geografik xaritalarni yaratish hamda ularni o‘quv adabiyotlariga tegishli davr yoki mavzulari mazmunini yorituvchi material sifatida kiritish taklifi keltirilgan.
Ushbu maqolada ta`lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida pedagogik va psixologik moslashuvchanligi haqida so`z boradi. Pedagogika fani falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, meditsina, axborot texnologiyalari va boshqa insonshunoslik fanlari bilan aloqador, pedagogika fanlar tizimi, sifatiga kiritsak yanglishmagan bo‘lamiz.