BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA SEMIOTIKANING ROLI

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘llanilishi, zarur pedagogik shart-sharoitlari, olimlar va ularning qarashlari, semiotikaning tarmoqlari, yo‘nalishlari va qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. kundalik hayotimizda. Undan qanday foydalanishimiz aytib o‘tilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
16-18
4

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdusamatov, A. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA SEMIOTIKANING ROLI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(13), 16–18. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/109098
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘llanilishi, zarur pedagogik shart-sharoitlari, olimlar va ularning qarashlari, semiotikaning tarmoqlari, yo‘nalishlari va qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. kundalik hayotimizda. Undan qanday foydalanishimiz aytib o‘tilgan.


background image

16

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA

SEMIOTIKANING ROLI

Abdusamatov Alisher Sobirovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

“Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” kafedrasi dotsenti,

pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Termiz (O‘zbekiston)

E-mail: aabdusamatov912gmail.com Tel: 91-577-62-99

https://doi.org/10.5281/zenodo.15704055

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli

o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda
turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘llanilishi, zarur pedagogik shart-sharoitlari,
olimlar va ularning qarashlari, semiotikaning tarmoqlari, yo‘nalishlari va qo‘llanilishi haqida
ma’lumot berilgan. kundalik hayotimizda. Undan qanday foydalanishimiz aytib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Semiotika, ta’lim, ta’lim tizimi, falsafa, semasiologiya, pragmatika, sintaktika.


Borliqning tasavvurda manzara hosil qilishiga, ya’ni bilish ob’ekti elementlarining shaxs

tomonidan anglanishiga xizmat qiluvchi tushunchalar bizning ongimizda xayoliy (fikriy)
timsollar yoki tasavvuriy modellar ko’rinishida mavjud bo’ladi. Hamonoki, ta’lim oluvchi ongida
bunday timsollar mavjud bo’lmas ekan, atrof-borliq xossalarini namoyon etguvchi faktlar
o’zlashtirilmaydi, binobarin, shaxs takomili amalga oshmay qolaveradi.

Unutmaslik lozimki, xayoliy (fikriy) timsollar surat emas: ularni inson miyasining boshqa

qismi fikrlash faoliyati olib boriladigan miya qismiga tasvir sifatida taqdim etadi, deb o’ylash
xato. Xayoliy timsollar – sub’ektning olam manzarasi haqidagi tasavvurlarini mujassam etuvchi
shartli belgilarning tizimlashtirilgan majmuasidir [3].

Yuqoridagi xulosalardan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida xayoliy (fikriy)

timsollar majmuasini shakllantirish tamoyillarini yuzaga chiqarish mumkin bo’ladi. Bu
tamoyillarga quyidagilar kiradi:

Individuallik va sub’ektivlik tamoyili. Ya’ni inobatga olish lozimki, xayoliy (fikriy) timsollar

individual va sub’ektivdir. Bu hol esa bilish ob’ektlar haqida shakllana boradigan fikriy
timsollarning adekvatlik darajasi va ularning boshlang’ich ta’lim dasturiga kiruvchi o’quv fanlari
mazmun-mundarijasiga muvofiqligini o’rganish muammosini keltirib chiqaradi.

Bilishning mohiyati va tabiati xususidagi Aristotel` qarashlaridan kelib chiqiladigan bo’lsa,

fikriy timsollar – mavjudiyatning alohida elementlarda namoyon bo’luvchi xususiyatlarini
o’rganishga qaratilgan tahliliy-umumlashtiruvchi faoliyat natijasida shakllanadigan fikriy
yaralmadir (konstruktdir). Bunday xususiyatga ega bo’lgan faoliyat o’z-o’zidan assortorik
mulohazalarga olib kelishiga qaramasdan, u tadqiq etilayotgan hodisani (ob’ektni) o’rganishdagi
muhim bosqichdir.

Axborotni vizuallashtirish tamoyili. Bolada ijodiylikni (ijodiy tafakkurni ham deyish

mumkin) rivojlantirishga qaratilgan ta’limda fikriy timsollarning adekvatligi ta’lim oluvchining
tahliliy-umumlashtiruvchilik faoliyati asnosida olingan natijalarning ta’lim jarayonida
axborotning vizuallashtirilishi, ya’ni «ko’rinmas ob’ektni shartli belgilar yordamida ko’rinuvchi
ob’ektlarga aylantirish» orqali «gomomorfizm+oddiylik» formulasi asosida ta’minlanishi
mumkin [1].


background image

17

Bu formulaning ma’nosi shuki, belgilar orqali vizuallashtirilgan fikriy (xayoliy) timsollar

muayyan darajada moddiylik xususiyatlarini oladi va bu xususiyatlar o’quv fanlariga oid
tushunchalarning mazmunini adekvat tarzda aks ettiradi.

«Agar belgilar (ishoralar) timsolni to’liq aks ettira olsa, ular o’zida mujassam etilgan

mavjudlikning bir qismiga aylanadi» [2]. Yangi davr Yevropa ratsionalizmi vakillari (Dekart,
Bekon, Spinoza) timsollar orqali fikrlashning arxaik tafakkurga xos bo’lgan elementlarini inkor
etadilar. Murakkab tizimlarni o’rganishga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlarda timsolli
fikrlashning zarurati tabiat, atrof-borliq sirlarini arxaik darajadan ko’ra yuksakroq darajada
anglab yetishga imkon yaratadi.

Demak, ushbu o’rinda axborotni vizuallashtirish tamoyilini o’rinli deb hisoblash mumkin,

shuningdek, «gomeomorfizm+oddiylik» formulasining mohiyati quyidagicha talqin etiladi:

- muammoli vaziyatning ko’rgazmali tasvirida faqat va faqat ayni muammoli vaziyatning

yechimi bilan bog’liq, shu bilan birga tadqiqot predmeti hisoblangan mavjudlik (ob’ekt) ga
aloqador xususiyatlargina aks etadi. V.P. Zinchenkoga ko’ra, ko’rgazmali belgilar vositasida bilish
ob’ekti timsolini yaratish fikrlash va umumlashtirishning alohida ko’rinishi hisoblanadi,
umuman, ob’ekt haqidagi bu tarzda fikrlash vizual semantika deb yuritiladi.

Har qanday bilish ob’ekti ham bilim manbasi hisoblanadi va umumqabul qilingan belgilar

(ramzlar) yordamida ma’lum ma’noda «moddiylashtiriladi». Qabul qilingan ishora va belgilar
(ramzlar, timosllar):

- birinchidan, muayyan ob’ektning belgisi (nomlanishi) hisoblanadi;
- ikkinchidan, har qanday belgi kabi aynan o’zi ifoda etadigan ob’ektga xos va boshqa har

qanday ob’ektga hech qanday aloqador emas;

- uchinchidan, ushbu belgi (ramz) bilan ifoda etiladigan ob’ektga denonatlik munosabatida

bo’lgan boshqa ob’ektning o’rnini bosa olmaydi.

Metodologiya nuqtai nazaridan bilish ob’ektiga oid timsolli fikrlarni bunday (ya’ni belgi,

ramziy belgilar, sxemalar orqali) ifodalash o’quv harakatlari qaratilgan ob’ektni to’liq qamrab
oladi. Qolaversa, bunday belgilar turli ma’nolarni ifodalash, ikki fikrlilik kabi holatlarni to’liq
inkor etadi, bu esa faqat o’rganilayotgan ob’ektga xos (va boshqa o’xshash ob’ektga mutloqa xos
bo’lmagan) xususiyatlarni qisqa fursat ichida va eng muhimi, ishonchli usullar yordamida
yuzaga chiqarish imkonini beradi.

Bu jarayonda bilish ob’ektini o’rganishga kirishgan sub’ektning kognitiv va intellektual

faoliyat doirasida sodir etadigan bilish harakatlari «belgidan – ma’noga» tartibida amalga osha
boradi. Inobatga olish lozimki, belgilar orqali ma’noni ochishga yo’naltirilgan bilish harakatlarida
muayyan belgining genezisi (hamda uning paydo bo’lish tarixi) ijodiy jihatdan rivojlantiruvchi
ta’lim uchun ahamiyatsiz.

Misol uchun «A» tovushini ifodalovchi belgining jamiyatda, ijtimoiy munosabatlarda,

umuman boshqa sohalarda qo’llanilish ko’lami, uning iste’molga kiritilish tarixi ta’lim
oluvchining kognitiv imkoniyatlariga ta’sir etmaydi. Shu barobarida, belgilarning avtonimlarini
chuqur anglangan holda ishlatilishi bolani ijodiy rivojlantirishda mahsuldorroq deya e’tirof
etiladi. Masalan, «[]» belgisi orqali ifoda etiladigan algebraik ob’ektning xususiyatlarini
chuqurroq o’zlashtirish uchun mazkur belgining avtonimini mufassal bilish katta ahamiyatga
egadir.

Belgilar majmuasini ishlab chiqish va ularni tizim holiga keltirish ijodiy rivojlantiruvchi

ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan zarurat o’laroq, bilish faolligining yuksalishiga zamin yaratdi.


background image

18

Bugungi kunda didaktika va pedagogikadagi rivojlantiruvchi ta’lim vakillari o’rtasidagi
munosabatlarda aynan belgilar tizimini o’z ichiga oluvchi “til” atamasi keng qo’llanilmoqda va biz
yuqorida belgilar orqali ushbu tilda fikr va ifodalarni betakror, original tarzda yetkazish
amaliyotining afzalliklariga bir necha bor to’xtalib o’tdik.

Belgilar, ramziy belgilar, belgilar majmuasi va sxemalar o’rtasidagi bog’liqliklarga e’tibor

qiladigan bo’lsak, “fanniy til” tushunchasining muayyan o’quv faniga xos belgilardan iborat
majmuaning aynan o’sha o’quv fanini o’qitish qonuniyatlari asosida sxematik ifoda etilishidir,
degan xulosaga kelishimiz mumkin bo’ladi. Bunda har bir sxema o’z ishlatilish tarzini “o’zi
uqtirib turadi”. Agar belgi orqali ifoda etiladigan ma’no aniq bo’lsa, ta’lim oluvchi ayni ma’noni
keltirib chiqaruvchi funktsiyalar haqida ham tasavvurga ega bo’ladi, holbuki, bu funktsiyalar
bevosita o’rganish ob’ekti sifatida berilmaydi. Belgilardan iborat sxemalarni talqin qilish va ular
orqali jarayonning natijasini tashxislash fikrlovchi inson tomonidan amalga oshiriladigan bilish
harakatlarining bir qismidir [4].

Bolalarga, xususan, kichik yoshdagi bolalarga ta’lim berishda «belgidan ma’noga» tartibi

asosida o’qitishning yo’naltirilganligini o’rganib chiqish shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich
rivojlantiruvchi bilimlar mazmunini o’zlashtirish borasidagi bilimlarning eng qiyin bosqichi
o’quvchilarning zimmasiga tushadi: bunda o’quvchilar belgilar ustida amallar bajarish asnosida
stixiyali tarzda belgi orqali ifoda etilgan tegishli timsollarni tasavvur qilishlari lozim bo’ladi va bu
tasavvur zarur darajada adekvatlikka ega bo’lishi talab etiladi.

“Belgidan ma’noga” tamoyili. Bilish jarayonida yuqorida keltirib o’tilgan usullarning

ustivorligi bolalarda bilish ob’ekti haqida turlicha tasavvurlarning shakllanishiga va o’qituvchi
aralashuvi bilan bilish ob’ektlarining adekvat timsoli yaratilishiga zamin yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Atamanskaya M.S., Fizika o’qitishning shaxsiy-semantik modeli // Rostov n/d.: Rosizdat,

2015. – S. 124.
2.

Dutova, N.V. Madaniyatlararo muloqot kontekstida gender noverbal xulq-atvori [Matn] /

N.V.Dutova // Transbaikal davlat universiteti: monografiya / N.V.Dutova. – Chita, 2014. – 120 b.
3.

Galaktionova T. G. “Matn pedagogikasi: semiotik yechim tajribasi”. [Matn] / T. G.

Galaktionova. – Sankt-Peterburg, 2013. – 379 b.
4.

Kolpakov V.M. Boshqaruv usullari // Katta kutubxona. 2006 - 2011.

5.

Komenskiy, Ya.A. Tanlangan pedagogik ishlar [Matn] / Ya.A. Komenskiy. – T. 2. – M.:

Pedagogika, 1982. – 576 b.
6.

Maksimova, G.P. Universitet o’qituvchisining kommunikativ madaniyati va uning kasbiy

faoliyatdagi rivojlanishi: dis. ...kand. ped. Sci. Rostov n/d., 2000. - 179 p.

Библиографические ссылки

Atamanskaya M.S., Fizika o’qitishning shaxsiy-semantik modeli // Rostov n/d.: Rosizdat, 2015. – S. 124.

Dutova, N.V. Madaniyatlararo muloqot kontekstida gender noverbal xulq-atvori [Matn] / N.V.Dutova // Transbaikal davlat universiteti: monografiya / N.V.Dutova. – Chita, 2014. – 120 b.

Galaktionova T. G. “Matn pedagogikasi: semiotik yechim tajribasi”. [Matn] / T. G. Galaktionova. – Sankt-Peterburg, 2013. – 379 b.

Kolpakov V.M. Boshqaruv usullari // Katta kutubxona. 2006 - 2011.

Komenskiy, Ya.A. Tanlangan pedagogik ishlar [Matn] / Ya.A. Komenskiy. – T. 2. – M.: Pedagogika, 1982. – 576 b.

Maksimova, G.P. Universitet o’qituvchisining kommunikativ madaniyati va uning kasbiy faoliyatdagi rivojlanishi: dis. ...kand. ped. Sci. Rostov n/d., 2000. - 179 p.