ABU ALI IBN SINONING TA`LIM-TARBIYAGA OID FIKRLARI

Аннотация

Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon stivilizastiyasi rivojlanishiga salmoqli qissa qoshgan.Ushbu mutafakkurlarning asarlari hozirgi kunga qadar o’z ahamiyatini yo’qatmagan va qullanma sifatida jahon fani va madaniyatida keng foiydalaniladi.Shundaiy allomalardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ushbu Sharq allomalasi nafaqat tibbiyiot,falsafa, tabyi va gumanitar fanlar balkyi ta’lim va tarbiya sohasiga ham katta e’tibor qaratgan.Uning ta`lim-tarbiyaga oyid  ugitlari va yaratgan asarlari hozirgi kunga qadar o’sib kelayiotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ta’lim berishla jahonda keng qo’llaniladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
69-71
35

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Norimbetov, T., & Norimbetova, N. (2025). ABU ALI IBN SINONING TA`LIM-TARBIYAGA OID FIKRLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(4), 69–71. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/70559
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon stivilizastiyasi rivojlanishiga salmoqli qissa qoshgan.Ushbu mutafakkurlarning asarlari hozirgi kunga qadar o’z ahamiyatini yo’qatmagan va qullanma sifatida jahon fani va madaniyatida keng foiydalaniladi.Shundaiy allomalardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ushbu Sharq allomalasi nafaqat tibbiyiot,falsafa, tabyi va gumanitar fanlar balkyi ta’lim va tarbiya sohasiga ham katta e’tibor qaratgan.Uning ta`lim-tarbiyaga oyid  ugitlari va yaratgan asarlari hozirgi kunga qadar o’sib kelayiotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ta’lim berishla jahonda keng qo’llaniladi.


background image

69

ABU ALI IBN SINONING TA`LIM-TARBIYAGA OID FIKRLARI

T.B.Norimbetov

Ipak Yo’li Innovatsiyalar Universiteti dotsenti, psihol.f.n.

N.T.Norimbetova

Ipak Yo’li Innovatsiyalar Universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14958150

Annotatsiya.

Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon stivilizastiyasi rivojlanishiga salmoqli

qissa qoshgan.Ushbu mutafakkurlarning asarlari hozirgi kunga qadar o’z ahamiyatini
yo’qatmagan va qullanma sifatida jahon fani va madaniyatida keng foiydalaniladi.Shundaiy
allomalardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ushbu Sharq allomalasi nafaqat tibbiyiot,falsafa, tabyi va
gumanitar fanlar balkyi ta’lim va tarbiya sohasiga ham katta e’tibor qaratgan.Uning ta`lim-
tarbiyaga oyid ugitlari va yaratgan asarlari hozirgi kunga qadar o’sib kelayiotgan yosh avlodni
tarbiyalashda va ta’lim berishla jahonda keng qo’llaniladi.

Kalit so’zlar

: Ta`lim-tarbiya, kamolot, bilim, ma`rifat, birga o`qitish, bilimlarni egallashda

mantiqiy tafakkur, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlash, o`zaro suhbat,
bolalarga bilim berish o`qituvchining ma`suliyati.

Kirish.

IХ-ХI asr Markaziy Osiyo fani va madaniyati uchun oltin davr hisoblanadi.

Sharqning buiyk mutafakkurlari jahon fani taraqqiyotiga salmoqli qissa qo’shib, fan va
madaniyan rivojlanishida buiyk allomalar sifatida e’trof e’tilgan. Shunday allomalardan biri Abu
Ali Ibn Sinodir. Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o`z davridagi fanlarning barcha
y’onalishlari bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli
manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan. Ibn Sino xayioti va ijodi bilan
shug’ullangan L.G.Soldadzening [3] takidlashicha bu asarlardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va
tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot
ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4
tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag`ishlangan. Alloma
yaratgan ilmiy asarlar keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo`lib qoldi.

Materiallar, usullar, natijalar.

Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim-

tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus
risolalarda talqin etgan. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki
guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. Nazariy guruh kishilarni o`zidan
tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda
nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi.
Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o`rganuvchi barcha
fanlarni kiritadi.

1961-yilda nashr qilingan «O’rta va yaqin Sharq allomalarining fikrlari»[2] nomli tanlangan

asarlar to’plamida, Abu Аli ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni
egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga
yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi.
«Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh
tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir». Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham
qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom
ettirib.


background image

70

Biz tomonimizdan «Tasavvufda komil inson masalasi» maqolada Bilimsiz kishilar johil

bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi.
Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi. U haqiqatni bilish uchun
bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z
bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning
ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga,
shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi.

Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha

kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida
yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha
ifodalangan:

Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan

qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning
yaxshilanishiga yordam beradi.

O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini

hikoya qiladilar.

Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv

materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul
qiladilar

Bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi

tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi:

- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;
- ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi;
- o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib boorish[4].
Bu talablar hozirgi davr ta`lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi

masalalarga o`zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo`lim bag`ishlaydi. «Bolani maktabda
o`qitish va tarbiyalash» («Omo`zish va parvarish madrasa farzand») bo`limida ta`lim va tarbiya
jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki
har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi[5].

Bolalarga bilim berish o`qituvchining ma`suliyatli burchidir. Shunga ko`ra ibn Sino

o`qituvchining qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-yo`riqlar beradi.
Bular quyidagilardan iborat:

- bolalar bilan muomalada jiddiy bo`lish;
- berilayotgan bilimning bolalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e`tibor berishi;
- ta`limda turli metod va usullardan foydalanishi;
- bolalarning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- har bir so`zning bolalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishishi zarur, deydi

olim[6].


background image

71

Xulosa.

Allomaning ushbu ta`lim-tarbiya oyid fikrlari jahon stvilizastiyasida, jumladan

ta`lim-tarbiya muommalari bilan shufullanuvch barcha mutafakkurlar, O’rta asrlardan to shu
kunga qadar asosiy qullanma sifatida foiydalanishmoqda. Allomaning ta`lim-tarbiya oyid fikrlari
hatto jamoat va siysat arboblari ham alohida e’tibor qaratgan. Jumladan Hindostonning buyuk
davlat arbobi J.Neru o`zining «Hindistonning ochilishi» degan asarida O`rta Osiyo olimlarining
tilga olar ekan: «Ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o`rganish haqidagi ta`limotlari,
ta`lim-tarbiya haqidagi mulohazalari, umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida o`ziga xos
o`rinni egallaydi»[1] deb Ibn Sino nomini alohida ta`kidlab o’tadi.

Zamonaviy ta`lim-tarbiya allomaning ushbu ugitlari va fikrlariga alohida e’tibor qaratilib

ta`lim-tarbiya jaraiyonida Respblikamizda va jahonda keng qullaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Из истории философии Средней Азии и Ирана VII—XII вв. М., 1959.

2.

Избранные произведения мыслителей стран Ближ. и Ср. Востока. М„1961

.

3.

Л.Г. Салдадзе., Ибн Сина.(Авеценна) Ташкент;, изд. им Г. Гуляма 1985г.

4.T.B.Norimbetov. Sharq allomalari asarlarida bilimga qiziqishni shakillantirishda oiylaning o’rni
xaqida fikrlar. Toshkent;. “Oyla”Ilmiy-amaliy markazi konferentsiyasi maqolalar to’plavi 2018y.
262-265 betlar.
4.

T.B.Norimbetov. Tasavvufda komil inson masalasi. (Milliy va ma’naviy qadryatlarning

yuksalishida ayollarning o‘rni)Тошкент;. TIU ning maqolalar to‘plami. 2016-yil. 312- bet.
5.

T.B.Norimbetov., K.M.Axmedov.,N.T.Norimbetova.

Abu Ali Ibn Sinoning ta’lim ta’rbyia

jarayionida aqlyi tarbiya, odob - axloq va shaxs kamolati haqidagi fikrlari. Ilm-fan xabarnomasi
jur.№2 2025y.52-55 betlar.

Библиографические ссылки

Из истории философии Средней Азии и Ирана VII—XII вв. М., 1959.

Избранные произведения мыслителей стран Ближ. и Ср. Востока. М„1961.

Л.Г. Салдадзе., Ибн Сина.(Авеценна) Ташкент;, изд. им Г. Гуляма 1985г. 4.T.B.Norimbetov. Sharq allomalari asarlarida bilimga qiziqishni shakillantirishda oiylaning o’rni xaqida fikrlar. Toshkent;. “Oyla”Ilmiy-amaliy markazi konferentsiyasi maqolalar to’plavi 2018y. 262-265 betlar.

T.B.Norimbetov. Tasavvufda komil inson masalasi. (Milliy va ma’naviy qadryatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni)Тошкент;. TIU ning maqolalar to‘plami. 2016-yil. 312- bet.

T.B.Norimbetov., K.M.Axmedov.,N.T.Norimbetova. Abu Ali Ibn Sinoning ta’lim ta’rbyia jarayionida aqlyi tarbiya, odob - axloq va shaxs kamolati haqidagi fikrlari. Ilm-fan xabarnomasi jur.№2 2025y.52-55 betlar.