INFLYATSIYA VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Annotasiya

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan global iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyaning o‘sishi tabiiy jarayon sifatida qaraladi. Har qanday inflyatsiyaning negizida iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi, ya’ni talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi yoki pul-kredit siyosatidagi muayyan kamchiliklar yotadi. Shu bois inflyatsiyaga qarshi kurashni faqatgina uning ko‘rinadigan belgilarini bosib qo‘yish, narxlarning o‘sishini vaqtinchalik to‘xtatish yoki qisqa muddatli choralar bilan cheklash emas, balki iqtisodiyotda chuqur ildiz otgan muammolarni aniqlab, ularga samarali yechim topishga yo‘naltirilgan tarkibiy siyosatni amalga oshirish zarur.

70-72
10

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Navro’zov , A. (2024). INFLYATSIYA VA UNING NAZARIY ASOSLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(13), 70–72. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62408
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan global iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyaning o‘sishi tabiiy jarayon sifatida qaraladi. Har qanday inflyatsiyaning negizida iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi, ya’ni talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi yoki pul-kredit siyosatidagi muayyan kamchiliklar yotadi. Shu bois inflyatsiyaga qarshi kurashni faqatgina uning ko‘rinadigan belgilarini bosib qo‘yish, narxlarning o‘sishini vaqtinchalik to‘xtatish yoki qisqa muddatli choralar bilan cheklash emas, balki iqtisodiyotda chuqur ildiz otgan muammolarni aniqlab, ularga samarali yechim topishga yo‘naltirilgan tarkibiy siyosatni amalga oshirish zarur.


background image

70

INFLYATSIYA VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Navro’zov Azizbek Toshtemir o’g’li

Termiz davlat universiteti

Moliya mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14514257

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan global iqtisodiyot sharoitida

inflyatsiyaning o‘sishi tabiiy jarayon sifatida qaraladi. Har qanday inflyatsiyaning negizida
iqtisodiy muvozanatlarning buzilishi, ya’ni talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab
chiqarish samaradorligining pasayishi yoki pul-kredit siyosatidagi muayyan kamchiliklar yotadi.
Shu bois inflyatsiyaga qarshi kurashni faqatgina uning ko‘rinadigan belgilarini bosib qo‘yish,
narxlarning o‘sishini vaqtinchalik to‘xtatish yoki qisqa muddatli choralar bilan cheklash emas,
balki iqtisodiyotda chuqur ildiz otgan muammolarni aniqlab, ularga samarali yechim topishga
yo‘naltirilgan tarkibiy siyosatni amalga oshirish zarur.

Inflyatsiya atamasi lotincha “inflatio” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “shishish”, “bo‘rtish”

yoki “ko‘tarilish” kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu tushuncha iqtisodiy terminologiyada
mamlakat ichida tovar va xizmatlar narxlari umumiy darajasining uzluksiz ravishda oshishi,
ya’ni iqtisodiyotdagi umumiy narxlar darajasining o‘sishi jarayonini ifodalaydi. Inflyatsiya
natijasida aholining kundalik hayotida iste’mol qiladigan tovarlar va xizmatlarning narxi
ko‘tariladi, bu esa milliy valyutaning xarid qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Boshqacha qilib aytganda, inflyatsiya sharoitida pul birligining qadrsizlanishi kuzatiladi,

chunki avval ma’lum bir miqdordagi pulga xarid qilish mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar
hajmi inflyatsiya tufayli kamayib boradi. Bu jarayon aholining real daromadlariga ham salbiy
ta’sir ko‘rsatadi: pulning nominal qiymati o‘zgarishsiz qolgan taqdirda ham, uning amaliy xarid
qobiliyati pasayadi.

Endi buni mamlakat miqyosida oladigan bo’lsak, mamlakatda iqtisodiy barqarorlik izdan

chiqadi, aholi turmush darajasiga bosim kuchayadi va pul birligining qadrsizlanishi muammosi
yanada keskinlashadi. Inflyatsiya jarayoni iqtisodiyotning turli jihatlariga bog‘liq bo‘lib, unga
talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi, pul-kredit
siyosatidagi kamchiliklar, import qilinadigan mahsulotlar narxining o‘sishi kabi omillar sabab
bo‘ladi. Ayniqsa, davlat tomonidan iqtisodiyotga ortiqcha pul chiqarilishi yoki pul massasi
ko‘paytirilishi ham inflyatsiyaning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

XIX asrning yarmida, rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiyotida pul va inflyatsiya

masalalari, ayniqsa monetarizm tamoyillari bilan bog‘liq muammolar ko‘proq muhokama
qilinadi. O‘sha davrda, iqtisodiy oqimlar va maktablarda monetarizm iqtisodiy nazariyalarining
asosiy maqsadi sifatida inflyatsiyani boshqarish va pul muomalasidagi o‘zgarishlarni nazorat
qilishni ta’kidlaydi. Jon Meynard Keynsning iqtisodiy nazariyasida „asosiy muammo ishsizlik,
ya’ni iqtisodiyotda talabning yetishmasligi va uning natijasida yuzaga keladigan noxush
oqibatlarga qarshi kurashish edi”.[1] Keyns, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini
qo‘llab-quvvatladi, chunki uning fikricha, davlat byudjeti va pul siyosati orqali talabni
rag‘batlantirish va ishsizlikni kamaytirish mumkin. Shu bilan birga, monetarizm nazariyasida
asosiy muammo ishlab chiqarish hajmining pasayishi va inflyatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi
edi.

Milton Fridmen, “pul miqdorining oshishi inflyatsiyani keltirib chiqaradi, deb hisoblagan “.

[2]


background image

71

Shu bilan birga O’zbek izlanuvchilari Abdurauf Shavkatov, Uktam Islomov,
Bahrom Sultonovlar o’z fikrni bildirgan. Xususan A. Shavkatov “inflyatsiyaning

iqtisodiyotga ta'sirini o‘rganib, uning o‘sishining asosiy sabablaridan biri davlatning pul
siyosatining muvofiqligi va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi xatoliklar ekanligini
ta'kidladi”.[3] U inflyatsiyani kamaytirish uchun pul muomalasini tartibga solish va fiskal
siyosatni yaxshilash zarurligini ko'rsatdi.

U. Islomov inflyatsiyaning iqtisodiy o‘sishga ta'sirini o‘rganib, inflyatsiya yuqori bo‘lganda

ishlab chiqarish quvvati pasayib, iqtisodiy barqarorlik o‘zgarishini ta'kidlagan. Uning fikriga
ko‘ra, inflyatsiyani nazorat qilish uchun pul siyosatini qat'iyroq amalga oshirish kerak deb
ta’kidlagan. B. Sultonov inflyatsiyaning pul-kredit siyosatiga ta'sirini o‘rganib, inflyatsiyani
kamaytirish uchun iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda yangi usullarni izlashni taklif etdi. U
inflyatsiyaning oldini olish uchun xalqaro tajribalarga asoslangan strategiyalarni ishlab chiqish
zarurligini bildirgan.

Inflyatsiyani kelib chiqish sabablari.
Bugungi kunda har qanday darajadagi inflyatsiya salbiy jihatga ega degan fikr ommada

mavjud bo‘lib, aslini olganda inflyatsiyaning har qanday darajasi ham iqtisodiyot uchun zararli
emas. Iqtisodiy o‘sish uchun kam foizli barqaror inflyatsiya bu tabiiy jarayon.

Past darajadagi inflyatsiya iqtisodiyotda qo‘shimcha talab yaratishi orqali iqtisodiy o‘sishga

turtki beradi. Inflyatsiyaning umuman yo‘q bo‘lishi esa iqtisodiyotning o‘sish sur’atini pasaytirib
yuborishi mumkin.

Mamlakat ichidagi tovar va xizmatlar bahosining o‘sib borishiga ko‘ra inflyatsiya turli

darajalarda bo‘ladi:

1) Sudraluvchi (mo‘tadil) inflyatsiya;
2) Shiddatli (galloping) inflyatsiya;
3) Giperflyatsiya.
Sudraluvchi (mo‘tadil) inflyatsiya — Uzoq vaqt davomida barqaror va past darajada

bo‘lgan inflyatsiya (zamonaviy iqtisodiyot uchun yiliga 1-4 foiz normal hisoblanadi).

Shiddatli (galloping) inflyatsiya — Inflyatsiyani yillik darajasi 10 foizdan oshib, har oyda

o‘sib boradi.

Giperflyatsiya— Mamlakatda o‘rtacha narx-navoning haddan tashqari oshgandagi holati

bo‘lib, oyiga 50 foiz, yiliga esa 50 baravardan ham ko‘proq oshishi mumkin.

Inflyatsiyani kelib chiqishiga ko'ra ikki toifaga ajratish mumkin:
1) Talab inflyatsiyasi- iqtisodiyotda talabning keskin oshishi natijasida yuzaga keladi.

Bunda pul taklifi ortib borishi yoki aholining inflyatsion kutilmalari shakllanishi muhim omillar
hisoblanadi. Soddaroq aytganda, ishlab chiqarish sohasi aholining mavjud talabini to‘liq qondira
olmaydi, ya’ni taklif hajmi talablarga javob bera olmaydigan darajada past bo‘lib qoladi. Natijada
talab taklifdan sezilarli darajada oshib ketadi.

2) Taklif inflyatsiyasi-inflyatsiyaning bu turi ishlab chiqarish xarajatlarining keskin oshishi

natijasida sodir bo'ladi. Ya'ni, har xil jarayonlar va tarkibiy o'zgarishlar (soliqlar o'zgarishi,
energiya resurslari narxlari oshishi, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar oshirilishi va
boshqalar) tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar oshadi. Natijada ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning narxlari oshadi.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar

inflyatsiyaga qarshi kurashishda iqtisodiy tuzilmaning beqarorligi va tarkibiy buzilishlari


background image

72

o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglab yetganlar. Bu mamlakatlar inflyatsiyani jilovlash uchun
faqatgina pul muomalasini tartibga solish, pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish yoki ortiqcha
umumiy to‘lovga qobiliyatli talabni bartaraf etish bilan cheklanmaganlar. Ular bir vaqtning o‘zida
iqtisodiyotning barcha jabhalarida chuqur tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ishlab
chiqarishni ko‘paytirish, samaradorlikni oshirish va ichki bozorni barqarorlashtirishga katta
e’tibor qaratganlar. Bunday yondashuv iqtisodiy nomutanosibliklarni bosqichma-bosqich
bartaraf etib, iqtisodiyotning uzoq muddatli va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkonini
beradi. Xususan, energiya resurslari narxlarini liberallashtirish, fiskal siyosatni optimallashtirish,
moliyaviy bozorlarni rivojlantirish hamda ishlab chiqarish tarmoqlarining raqobatbardoshligini
oshirish kabi islohotlar inflyatsiya darajasini pasaytirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan
birga, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, texnologik yangiliklarni joriy etish va eksport
salohiyatini kuchaytirish orqali ichki va tashqi bozor talabi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash
ham muhim omil hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O‘zbekistonda ishsizlik va inflyatsiya bo‘yicha tadqiqotlar

muntazam ravishda olib boriladi.

Makroiqtisodiy rivojlanishning barcha ssenariylarida Markaziy bankning asosiy maqsadi

narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashdir. Tashqi sharoitlarning 2022-2023 yillarda ta'sir
qilgan o‘zgarishlarining ta’minot omillariga bosimi uzoqroq davom etishini hamda ayrim
tartibga solingan narxlarni moslashtirishning umumiy inflyatsiyaga ta’sirini hisobga olgan holda,
doimiy 5 foizli inflyatsiya maqsadiga erishish 2025 yilning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, maqsadga erishish muddatining uzayishi iqtisodiyotdagi yalpi taklifning ichki

iste'mol talabini yetarli darajada qondirishda kechikishi bilan bog‘liq, boshqa tomondan esa,
yalpi talabni cheklash bo‘yicha keskin choralar ko‘rilsa, iqtisodiy faoliyat va moliyaviy
barqarorlik uchun jiddiy xavf tug‘ilishi ehtimoli mavjud.

Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysi doirasida 2024 yilda inflyatsiya darajasi 8-

9 foiz atrofida prognoz qilinmoqda. Inflyatsiyani ushbu darajada ushlab turish uchun 2024 yilda
pul-kredit sharoitlari nisbatan qattiq bosqichda saqlanadi.

References:

1.

John Keynes. "The General Theory of Employment, Interest, and Money" 1936 y

2.

Milton Friedman. "The Optimum Quantity of Money" 1969 y

3.

Shavkatov A- Inflyatsiyaning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. 2023 y

4.

Sultonov B – Pul-kredit siyosati bo‘yicha ilmiy maqolalari. 2024 y

5.

https://www.worldbank.org/en/search?q=inflation

(elektron resurs)

6.

https://www.imf.org

(elektron resurs)

7.

https://finlit.uz

(elektron resurs)

Bibliografik manbalar

John Keynes. "The General Theory of Employment, Interest, and Money" 1936 y

Milton Friedman. "The Optimum Quantity of Money" 1969 y

Shavkatov A- Inflyatsiyaning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. 2023 y

Sultonov B – Pul-kredit siyosati bo‘yicha ilmiy maqolalari. 2024 y

https://www.worldbank.org/en/search?q=inflation (elektron resurs)

https://www.imf.org (elektron resurs)

https://finlit.uz (elektron resurs)