76
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH DARSINING O’QITISH MAQSADI VA
VAZIFASI
Tulyaganova Madina
Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti
2-kurs talabasi
M.A. Hamrayev
Ilmiy Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti dotsenti,
filologiya fanlari nomzodi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14523472
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’qish darsining o’qitish maqsadi
va vazifasi haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi.
KALIT SO’ZLAR:
Savodxonlik, badiiy asar, to’g’ri o’qish.
АННОТАЦИЯ:
В Данной статье дана информация о цели и задаче проведения урока
чтения в начальных классах.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВО:
Грамотность, художественное творчесество, правильное
чтение.
ABSTRACT:
This article provides intormation about the education goals and objectives of
reading lessons in elementary grades.
KEY WORDS:
Literacy, artistic, word, correct reading.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifasiga ko’ra ta’lim
tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zamirida savodxonlik va axloqiy-ta’lim tarbiya
asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmentlar ta’limini o’qitish ta’limisiz tasavvur
qilib bo’lmaydi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini
shakllantirish, asar matnni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan
chambarchas bog’lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning
janri rang-barangligiga , poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh
xususiyatlariga mos kelishiga e’tibor qaratiladi. O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtirilgan
bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishlariga erishish
o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
O’qish kitobidagi barcha mavzular o’quchilarga ta’lim tarbiya berish bilan birga, ularning
lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini
o’stirishga ham qaratiladi. O’quvchi matnni to’g’ri va tez, tushunib o’qish mazmununi
o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchining Davlat
ta’lim standarti talablari bo’yicha o’zlashtirishlariko’zda tutilgan o’quv-bilim ko’nikma-
malakalari hamda bilimlarni egallashga yo’l ochadi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo,
o’zligi qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlari turtki beradi.
Oqish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish
va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi
egallanganidan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy ommabop
matnlar yuzasidanolib boriladi. O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik
77
hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim ba tarbiya
beradi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’r, masallar, hikoyalar, afsonalar maqol va
topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib o’rganiladi. Tabiiyki ularning har biri o’ziga xos
shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga
xos usulda o’qib o’rganish taqozo qilinadi. To’g’ri o’qish bu xato qilmasdan, yanglishmasdan
o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush -harf tarkibini, grammatik shakllarini
buzmasdan, so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushurib qoldirmay, boshqa tovushni qo’shmay,
harflarni o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida idrok etish, talaffuz va matn mazmunini tushunish o’rtasida
puxta sintez yo’q bo’lgani uchun ular o’qishda xatoga yo’ qo’yadilar. Bu esa matn mazmunini
tushunishni qiyinlashtiradi.
Boshlang’ich sinflar adabiy ta’limda odamga xos tuyg’u, kechinma, quvonch va iztiroblar
adabiy qahramonlar timsoli misolida o’rganib tahlil qilinadi. O’quvchilar asar qahramonlari bilan
birga xursand bo’lishadi, yog’lashadi , xulosa chiqarishadi. Boshlang’ich ta’limda o’quvchining
butun e’tibori asar qahramonlari timsolida insonni o’rganishga qaratiladi. Bugungi adabiyot
o’qitish kesimida, u ta’limning qaysi bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar o’quvchida shaxslik
sifatlarini tarbiyalashga, uyg’oq ruhiyat kishisini shakllantirishga,shu bilan birga san’at
asarlarining har qanday turini tushunish, uni tahlil qila bilish hamda o’zlashtirishni ta’minlashga
yo’naltirilgan. Adabiyot darslarida, birinchi navbatda, adabiy asarlarning o’quvchi shaxsiga
qanday ta’sir etishiga e’tibor qaratiladi. Asar ustida ishlagan o’quvchi undan o’z oldida turgan
ijtimoiy, axloqiy, estetik savollarga javob topishi kerak.
Boshlang’ich adabiy ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishda o’quvchining ertak
qahramonlari o’rniga bolalarning o’zlari, ota-onalari va qarindoshlari nomini aytib qo’yib
berishlari ham o’quvchilarda shaxslik belgilarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rasatadi.
Ertak qahramonlari o’rtasida ajdar bialn olishish, dushmanlarga qarshi kurashish, o’g’rilarni
yengish, zaiflarni himoya qilish uning ruhiyatiga o’ziga xos hissini soladi. Ichidagi tushunarsiz va
sirli qo’rquvni yengishga ko’maklashadi.Faqat hammasi real bo’lishi va jiddiy ifodalanishi kerak.
Voqealar markazida esa real bola bo’lishi kerak. Shunda o’quvchilarning ayrimlari o’zlarini
hayvonlardan qo’rqmagandek his qiladilar. Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarning hayotdagi o’z
o’rnini topishga ko’maklashgan bo’ladi. O’zini voqealar markazida tasavvur qilish o’quvchiga
o’zligini anglash uchun yordam beradi. Faqat o’qituvchi bu o’yinga jiddiy tayyorgarlik ko’rishi,
har bir ertakka sinfdagi bir bolani qaxramon qilib kiritishi va ertakning matnini oldindan
tayyorlab qo’yishi kerak bo’ladi.
O’qish kitobi darsliklaridan o’rin olgan badiiy matnlarni o’rganishda qo’llaniladigan suhbat
metodi nafaqat o’qituvchining o’quvchilar jamoasi bilan, balki o’quvchilarning o’zaro dialogik
hamkorligini ham nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati o’qituvchi tomonidan o’quv
materialidagi yetakchi, o’quvchi ko’nglidan o’tsa u yerda o’zidan ijobiy iz qoldirishi mumkin
bo’lgan qarashlarni qiziqarli tarzda savol yoki topshiriqga aylantira bilish, o’quvchilarni javob
topish yo’llarini izlashga, bilim va ma’naviy sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar
tomonidan qayta kashf etishiga tarbiyalanuvchilarini yaratish lazzatini tuyishga jalb qilishdan
iboratdir.
78
References:
1.
K. Qosimova, S. Matchonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva. Ona tili o’qitish metodikasi. 2009.
2.
Q. Husanboyeva va boshqalar. Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi. Darslik.
