57
BADIIY ASARDA TABIAT, HAYVON, O'SIMLIK KABI EPIZODLAMING
QO'LLANILISHI
To’lqunov Bunyodbek
University of Business and Science
O'zbek tili va adabiyoti K.O’Z-23-01-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14177482
Annotatsiya.
Annotatsiya: Ushbu maqolada, badiiy asarning chuqur ma'no mohiyatini
yoritib beruvchi, badiiy adabiyotning azaliy qudratini anglatuvchi obrazlar haqida. Badiiy asarda
tabiat, hayvon, o’simlik kabi obrazlarning qo’llanish mohiyati.
Kalit so'zlar.
Qushlar, daraxtlar, zilol suvlar, tabiat, mohiyat, estetika, etka, badiiylik, inson,
qadryat.
Аннотация:
данная статья посвящена образам, освещающим смысл произведения
искусства и олицетворяющим древнюю силу вымысла. Сущность использования в
художественном произведении таких образов, как природа, животные, растения.
Ключевые слова.
Птицы, деревья, чистая вода, природа, сущность, эстетика, этика,
артистизм, человеческое достоинство.
Annotation:
this article is about the images that illuminate the meaning of the work of art
and represent the ancient power of fiction. The essence of the use of images such as nature,
animals, plants in the work of art.
Key words.
Birds, trees, clear waters, nature, essence, aesthetics, ethics, artistry, human
dignity.
Badiiy asarda tabiat. hayvon, o'simlik kabi epizodlarni qo'llanilishi insonlarni kitob
o'qishga undovchi eng yirik va eng aniq bo'lgan dalil bu - to'g'ri fikrlash, ma'naviy ozuqalanish,
komillikka sari erishmoqlikdir. ilmiy asarlar insonni tezkor va serma‘no fikr yuritishga yordam
bersa, badiiy asarlar - insonning ichki va tashqi muhitida ro’y berayotgan voqea - hodisalarga
bevosita o'zgacha nazar va fikr bilan javob ko'rsatishga undaydi.
Badiiy asarning mazmun - mohiyatini asar yozish uchun asos qilib olingan manbalarni
obrazlar orqali tasvirlanadi desak mubolaga bo'lmaydi Har bir obrazda o'ziga hos uyg'unlik
bo'ladi. Xalqlarni ichki kechinmalari qolaversa, yozuvchining o’z kechinmalarini ham asar
qahramonlari yordamida obrazlashtiradi.Har bir badiiy asarda, tabiat, hayvon o'simliklar kabi
epizodlar mavjud. Bu esa badiiy asarning jozibador, sermazmun, etika, estetika jihatdan yorqin,
o'quguvchi uchun manzur kelishini ta'minlaydi. Kitobxon badiiy asar o'qiyotgan paytda - tabiat
obrazi aks etgan qismini o'qisa bevosita ruhiy ozuqa, yangi fikr uchun go’zallik qo'shuvchi
asosni, o'ziga oladi. Misol tariqasida Alisher Navoiyning "Lison- ut- tayr" (qush tili ) asarida
ko'rishimiz mumkin. Bu asarda asosan qushlar obrazi qo'llanadi. Navoiy bu asarida, o'sha
davrning insonlari qolaversa insoniyatning holatini qushlar yordamida yoritadi. Asarda,
o’rmonda ko'p qushlar yashaydilar, ular o'zliklarini bilmaganlari sababli g'ola - g'ovur
ko'tarishadi. Shunda bir qush ularga, eng oliy qush yoniga borishni, qushlar podshohi bo'lgan bir
qush borligini aytadi. Va uni "Simurg'" deb ataydi .Qushlar bu gapni eshitgan " Hudhud " nomli
qushga ergashib " Simurg’ " tomon yo'l olishadi. Yo'lda juda ko'p azobu dardlarga duchor
bo'ladilar. Qushlar o'z uzrlarini aytishadi. Hudhud ularga kerakli javobni aytib, yo'lida davom
etishlarini so'raydi.
Bulbul uzri: (qisqacha)
58
Men bir hushovoz qushman. Men bog' aro kezaman, men gullarga oshiqman. Menga
bundan boshqa yana nima kerak bo'lishi mumkin.Hudhud javobi (qisqacha)
Ey nodon qush! Sen o'zingni soxta ishqingni ishq dema. Sening gaping yolg'ondan boshqa
narsa emas. Agar - sen sevgan guldan bir ozor yetsa, sevgan chamaning ham hazonga aylanadi.
[1.19-B]Shu tariqa 30 ta qush Hudhud aytgan joyga yetib borishadi . Va Simurg’ ya’ni 30 qush
degani holda o'zliklariga yetishadi.
Bunday asarlar kitobxonni chuqur fikrlashga, o'zlikni anglashga ordam beruvchi
manbaadir. XIX asr oxiri XX asr o'rtalarigacha bo'lgan davrda yashab ijod etgan Abdulla Qodiriy
romanlarida o'ziga xos obrazlarini ko’rishimiz mumkin. Uning ko'pchilikka ma'lum bo'lgan"
O'tgan kunlar" romanida berilgan parchani ko'raylik:
"Ko'zlaridan oqqan marvarid tomchilarini shu sirlik ariq suvi bilan yuvdi, bir martabagina
emas qayta - qaytalab yuvdi", "Kumushning dardini hech kim bilmas, uning hayoliga hech kim
tushunmas, magar shu ariq bo'yi tushungandek, bilgandek... Sirli ariq bo'yi unga nimalarnidir
so’zlar, undan nimalarnidir tinglardi ". [2.54-B] Kumushga dalda berayotgandek tuyulgan ariq
bo’yi Kumushga xush kelardi. Kumush bilan Otabekni uchrashtirgan ham shu ariq bo’yi, sirli suv
sababchi emasmidi....
Darhaqiqat, badiiy asarlarda, qolaversa xalq og'zaki ijodida ham bunday epizodlarni
obrazlashtirishga bolgan yondashuv azaliy qadriyat bo'lib qolgan. Yokida, Ezopning masallarida
hayvonlar obrazi aks etgan bo'lsada, negizida insonning ruhiyati, va insoniyat uchun muhim
bo'lgan muammolarni tasvirlaydi. Har bir masalda, o'zgacha ruhiyat, o'zgacha ma'no mazmun,
bor desak mubolag'a bo'lmaydi. XX-asrning so’ngi yillarida yaratilgan asar “Muvozanat “ romani
Ulug'bek Hamdam qalamiga mansub bo’lib, bu asarda ham insonlarning sodda fikrlashlari
oddiygina hayot tarzi keltirilgan . Ushbu asarda ham turli hayvon-u, qushlar obrazlashtiriladi.
Asosiy maqsad epizod tanlash emas, asosiy maqsad tanlangan epizodni hayotdagi qaysidir
kamchiliklarni ko’rsatish uchun tanlashdir. Bu asar ham huddi shu yo’sinda yozilgan. Asardagi
Muhammadjon ismli akaning katta bir bog’i bor edi va ana shu bog’da bedana va sayroqi qushlari
bor edi. Muhammadjon aka ko’p yillar ularni parvarish qildi. Yillar o’tib Muhammadjon aka,
qadrdon bog'i va qushlari bilan birma-bir suhbat qurdi. Muhammadjon akaning yolg'iz do’stlari
shu daraxtlar, qushlar edi. Bir kuni " Muhammadjon aka qushlar qafasidan bir qushni oldi.
Kaklik... Chiroyli qush ... Kaklikni boshidan o’pib, bor qushcha uchaqol, ozod bo'l, tog'u rog'larga
bor. Bu yerlarda bog'lar ham qolmadi, tog'lar ham. Hammasini yakson qilib paxtazorga
aylantirishdi bular! Uchaqol deyaa qo'yib yubordi.Qush bir muddat nima bo'lganini bilmagandek
o'zini muallaq tashlab qo'ydi. Va ozod bo'lganini sezgandek pir - pir etib uchib ketdi.
Muhammadjon aka qayerga ketganini bilaolmadi. Chunki tobora ko'tarilib kelayotgan quyosh
nurlari uning ko'zlarini qamashtirib yuborgandi. [3.34-B]
Badiiy asarlarda bundayin obrazlarni qo'llash yozuvchining mahoratiga bog'liqdir.
Yozuvchi shunday obrazlar orqali ma'lurn hissiyotni paydo qiladi. Va Kitobxonni o'ziga jalb
qiladi. Badiiy asarga go'zallik va nafislik olib keladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan
ko'rinadiki asar nihoyatda nafis, mazmunan mukammal bo'lishini ta'minlashga albatta ana
shundayin hayvonlar, qushlar, tabiat obrazlari juda muhim ro'l o'ynaydi. G’arb adabiyoti olamida
ham shu kabi epizodlarni ko'rishimiz mumkin. Ulardan biri Ingliz yozuvchisi Jorj Oruel. Uning
"Molxona" nomli asari asosan hayvonlar obrazi orqali insonlarning qabih ishlarini ko'rsatib
beradi. Bu asarda "qo'rgoncha" nomli molxonada turli xildagi hayvonlar yashashadi. Ularni Jons
ismli odam boqar edi. Bir kuni barcha hayvonlar to'planib majlis otkazishadi va ular bunday
59
go'yoki tutqunlikda yashayolmaymiz deganday isyon qilish rejasini tuzishadi. Va hayvonlar
sardori keksa mayor cho'chqa "Midluaytlik" barcha hayvonlarga boshchilik qilishini ta'kidlaydi
va aytadiki: "Ikki oyoqda yuradigan har bir jon - ganim, to'rt oyogi yoki qanoti bor har bir jon -
do’st" [4.8-B]deydi. Va ular ozodlik uchun kurashishadi. Insonlar qiladigan ishlarni ya'ni pichan
o'rish, qishga ozuqa yigish kabi ishlarni o'zlari amalga oshirishadi. Biz jonivorlar hech bir
birodarlarimizga ozor bermaymiz degan g’oyaga amal qilishadi. Biroq kunlar otishi bilan bu inoq
jamoa bir-biridan manmanlik sabab nafratlanish holatiga otishgan edi. Shu tariqa hayvonlarga
boshchilik qilayotgan cho'chqalar kibr yo'liga o'tib qolishadi. Huddi odamlardek otlarga qamchin
bilan boshqalariga boshqacha tajovuz bilan muomala qilishadi. Asar yakuniga qadar esa
hayvonlar huddi odamlardek bo'lib ketishadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, odamlar va
jonivorlar o'rtasida tafovut bo'lsada mehr tushunchasi, ittifoqlik tushunchasi nuqtai nazaridan
bir ekanliklari aytiladi. Ya'ni odamlar odamlarga va ongli bo'lganliklari uchun hayvonlarga ozor
bermaslik, jonivorlar jonivorlarga mehrli bo'lish kerakligini anglatadi. Balki ushbu asardan yana
bir xulosa qilishimiz mumkinki, odamlarning turli hildagi yomon hatti-harakatlari hayvonlar
timsolida namoyon bo’ldi. Ohir - oqibat hayvonlar ham o’z nafslari sabab birodarlarimiz degan
hayvonlarga tajovuz o’tkazishdi.
Xulosa.
Badiiy asarning estetik jihatdan sog'lomligi uning obrazlarida namoyon bo'ladi.
Yozuvchi obrazlarga ma'suliyat ila yondoshgan holda, ta'rif berishi lozim. Aks holda, bu asar,
inson ya'ni o'quguvchi ruhiyatini muvozanatdan chiqarib yuborishiga sabab bo'ladi. Maqolada
yoritib o'tilgan obrazlar mohiyati esa, yozuvchining badiiy mahoratidir. Bunday obrazlarning
noto'g'ri talqin qilinishi o'quguvchi uchun, qolaversa badiiy asar o'qishni boshlagan insonlar
uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini unutmasligimiz lozim. Hozirgi kunda ham badiiy asar
ixlosmandlari, Alisher Navoiyning falsafiy tafakkuriga, va asarlarining oradan necha asr o'tgan
bo'lsada, mohiyatini yo'qotmaganligiga qoyil qolishadi. O'zbekiston xalqining o'zi bir adiblardir.
Asarni juda sermazmun va mukammal tarzda yaratish ularning qo'lidan keladi. Badiiy asarning
qadr qimmati, avvalo uning obrazliligidadir.
References:
1.
Lison - ut tayr ( qush tili ) Muallif : A isher Navoiy. Manba : Vahob Rahmonov tahrir hay'ati,
www. Ziyo.uz com kutubxona.
2.
O‘tkan kunlar romani. Muallif : Abdulla Qodiriy. Al N_170.23 12 9009 Navro'z 2019
3.
Muvozanat romani. Muallif: Ulug'bek Hamdam. Al N.252, 2014 yil." Vangi asr avlodi" HMM
da tayyorlandi. " Yoshlar matbuoti “ MCHJ da chop etildi. e-mail:
4.
Molxona asari. Muallif: Jorj Oruell. Tarjimon: Karim Bahriyev. Bosh muharrir:
M.A.Nurmuhammedova. Tasdiqnoma N_
e
5295,sanasi: 23.01.2021 "Ofsent print" MCHJ
bosmaxoncibida bosildi. Toshkent: NIHOL 2023.
-
100 b.
