PEDAGOG KADRLAR MASALASI VA GENDER TENGLIK

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, pedagogning jamiyat va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni shuningdek pedagogic faoliyatda gender tenglik masalari ham  yoritib berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yo‘ldashova , S. . (2024). PEDAGOG KADRLAR MASALASI VA GENDER TENGLIK. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(11), 66–68. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49384
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, pedagogning jamiyat va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni shuningdek pedagogic faoliyatda gender tenglik masalari ham  yoritib berilgan.


background image

66

PEDAGOG KADRLAR MASALASI VA GENDER TENGLIK

Sevara Yo‘ldashova Nuraddinovna

UrDPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14180477

Annotatsiya.

Ushbu maqolada pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunning mazmun-

mohiyati, pedagogning jamiyat va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni shuningdek pedagogic
faoliyatda gender tenglik masalari ham yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar

: Pedagog, pedagogning huquqlari, pedagogning majburiyatlari, gender tenglik,

ayollar huquqlari.

Yoshlar ta’lim va tarbiyasini pedagog faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Insoniyat

taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyatning turli sohalari rivojlanishini ta’minlash yetuk
mutaxassislarga bogliq bo’lgan. Soha mutaahasislarini tayyorlashda pedagoglarning o’rni katta.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak dastlab pedagog tushunchasi Yunonistonda paydo bo‘lganligi
barchamizga ma’lum. Uning asosiy vazifasi bolani yo‘lda kuzatib borish bo‘lgan, vaqt o‘tgach bu
tushuncha ta’lim va tarbiya beruvchi shaxslarga nisbatan ishlatish odat tusiga kirgan .Pedagog
barcha davrlarda eng ulug‘ zot bo‘lgan, ammo so‘nggi davrlarda pedagog shaxslarni o’z kasbiy
faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan turli ishlarga jalb qilish(obodonlashtirish, paxta yig’im-terimi,
turli tadbirlarda fon) ta’lim-tarbiya borasidagi asosiy vazifalaridan uzoqlashtirdi, oxir-oqibat
jamiyatda yetuk kadrlar bilan bog’liq muammolar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Pedagog kadrlar masalasi va gender tenglik, ta'lim tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan

ikki muhim unsurdir.

Kadrlarni tanlash va malaka oshirish shuningdek, O'qituvchilarni tanlash jarayoni, ularning

malaka oshirish, ta'lim beradigan soha bo'yicha bilimlari va ko'nikmalariga asoslangan bo'lishi
kerakligini hisobga olsak bugungi kundagi yurtimizdagi pedagogik jarayonlar yanada yaxshi
yo‘lga qo‘yilganligini bilib olishimiz mumkin. O'qituvchilarning sifatli tayyorgarligi ta'lim sifatini
bevosita ta'sir qiladi. Ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar shuningdek O'qituvchilarning sharoitlari, ish
haqi va ijtimoiy maqomi ham pedagog kadrlar masalasida ahamiyatli hisoblanadi. Yaxshi
sharoitlar va ko'proq motivatsiya o'qituvchilarning ishga nisbatan yondashuvini o'zgartiradi.

Pedagogika sohasida gender tenglikni ta'minlash, ayollar va erkaklarning teng ishtirokini

ta'minlash muhimdir. O'zbekistonda ko'pincha ayollar ta'lim tizimida ko'pchilikni tashkil etadi
shuning uchun, ushbu sohada ayol va erkak o'qituvchilarning teng imkoniyatlarga ega bo'lishi
kerak.

Bu borada ham yurtimizda keng qarovli islohotlar amalga oshirilmoqda jamiyatda ayolning

rolini kuchaytirish, ayollarning pedagogik sohadagi o'rni va vakilligi kuchayishi, gender tenglikni
ta'minlashga ko'maklashadi. Bu, shuningdek, kelajak avlodlarga ayollar uchun karera va ta'lim
imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida ham muhimdir.

Gender stereotiplarini yengish: Ta'lim tizimida gender stereotiplarini kamaytirish,

ayollarning va erkaklarning o'zlarini bir-biriga teng ko'rishlariga yordam beradi. Bu o'z navbatida
ta'lim jarayonida har bir shaxsning potentsialini to'liq amalga oshirishiga yordam beradi. Pedagog
kadrlar masalasi va gender tenglik bir-birini to'ldiruvchi omillar sifatida ta'lim tizimining sifatini
oshirishda muhim rol o'ynaydi. Ularning birgalikdagi rivoji orqali ta'lim muassasalari yanada
barqaror va samarali bo'lishi mumkin. Gender tenglikni ta'minlash, nafaqat o'qituvchilar uchun,
balki barcha o'quvchilar uchun ham foydali bo'ladi, chunki bu ularga turli qarashlar va fikrlar bilan
tanishish imkonini beradi.


background image

67

Jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini

o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan
boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib
bo‘lmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch
esa o‘qituvchilardir.

Maʼlumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhit, o‘qituvchi

kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini
rivojlantirish, innovatsion taʼlim texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada
bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.

Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan

takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz
tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 10 dan

ortiq farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21

ta

qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi.

Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida mehnat qilayotgan 502687

nafar pedagog xodimlardan 158720 nafarini rahbar xodimlar, jumladan, 10130 nafar maktab
direktorlaridan 6716

nafarini, 14178 nafar direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha

o‘rinbosarlaridan 7513 nafarini, 13590 nafar direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosarlaridan 8145 nafarini, 207 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limi mudirlaridan 168
nafarini, 14 ta hududiy xalq taʼlimi boshqarma boshliqlaridan 10 nafarini

erkaklar tashkil etadi.

Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va taʼsiri

borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq taʼlimi tizimiga 12871
nafar

erkak

o‘qituvchilar qaytgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-

tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi Farmoniga muvofiq
2021-yil davomida xalq taʼlimi tizimidagi 5984

nafar shundan 1779 nafar erkak xodimlarni

sanatoriylarda dam olishlari uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.

Mazkur dam olish sanatoriylarida xodimlar oshqozon-ichak kasalliklari, ortiqcha tana

vaznining oshishi (metabolik sindrom), qandli diabet, oshqozon osti bezi kasalliklari, o‘t qopi,
oshqozon yarasi, asab tizimi, yurak qon tomir, jigar, surunkali buyrak,tayanch-harakat aʼzolari,
asab, ovqat hazm qilish aʼzolari va ginekologik, nafas olish, yuqori nafas yo‘llari va nevrologik,
urologik, endokrinologik kasalliklar, qon aylanish tizimi aʼzolari, teri tanosil va boshqa
xastaliklarni davolash va profilaktika qilish bo‘yicha muolajalar olib qaytdi.

Joriy yilning iyun-avgust oylarida jami 2 ming nafar o‘qituvchilarga sanatoriylarda dam olish

uchun bepul yo‘llanmalar berish nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan

maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2021-yil 15-
oktyabrdagi qaroriga muvofiq 1167 nafar pedagog xodimlar taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan
maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan. Birgina misol tariqasida
Andijon viloyatidan 7 nafar pedagoglar Xorazm viloyatidagi, Namangan viloyatidan 33
nafar pedagoglar Farg‘ona viloyatidagi, Jizzax viloyatidan 44 nafar pedagoglar Sirdaryo
viloyatidagi maktablarga yo‘naltirilgan. Mazkur qarorga asosan bir hududdan boshqa bir hududga
qatnab ishlayotgan pedagog xodimlarga 50 foizdan

100 foizgacha ustamalar berib kelinmoqda.

Shuningdek

,

21 nafar erkak pedagog xodimlarga “Xalq taʼlimi

aʼlochisi” 4 nafariga “Xalq taʼlimi

fidoyisi

ko‘krak nishonlari topshirildi.


background image

68

References:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2023.

2.

O’zbekiston Respublikasi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi 901-sonli Qonuni //

https://lex.uz/docs/-6786401

3.

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/4084.htm

4.

file:///C:/Users/ADMIN/Downloads/_Xalq%20so'zi_%20gazetasi-28-2024-02-07.pdf

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2023.

O’zbekiston Respublikasi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi 901-sonli Qonuni // https://lex.uz/docs/-6786401

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/4084.htm

file:///C:/Users/ADMIN/Downloads/_Xalq%20so'zi_%20gazetasi-28-2024-02-07.pdf