SADRIDDIN AYNIYNING “TOJIK ADABIYOTI NAMUNALARI”DA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI

Abstract

Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyotining ajralmas qismi hisoblanib, u adabiyotimiz  taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.  Shuningdek, fors-tojik adabiyoti ravnaqi uchun ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti tojik” nomli kitobi va ushbu to‘plamdan o‘rin olgan Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida fikr yuritiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
6-10
43

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shomurodova, M. . (2024). SADRIDDIN AYNIYNING “TOJIK ADABIYOTI NAMUNALARI”DA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(11), 6–10. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/49370
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyotining ajralmas qismi hisoblanib, u adabiyotimiz  taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.  Shuningdek, fors-tojik adabiyoti ravnaqi uchun ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti tojik” nomli kitobi va ushbu to‘plamdan o‘rin olgan Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida fikr yuritiladi.


background image

6

SADRIDDIN AYNIYNING “TOJIK ADABIYOTI NAMUNALARI”DA QO‘QON

ADABIY MUHITINING O‘RNI

Maftuna Shomurodova

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori

instituti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14049739

Annotatsiya:

Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyotining ajralmas qismi

hisoblanib, u adabiyotimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Shuningdek, fors-tojik adabiyoti
ravnaqi uchun ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti
tojik” nomli kitobi va ushbu to‘plamdan o‘rin olgan Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida fikr
yuritiladi.

Kalit So‘zlar:

Ayniy, fors-tojik, adabiy muhit, ijod, zullisonayn, shoir, tazkira, an’ana, uslub.


Hozirgi tojik va turkiy adabiyotshunoslikning kelib chiqishi va rivojlanishi Sadriddin

Ayniyning o‘ziga xos o‘rni bor. Bu borada adabiyotshunosning “Tojik adabiyoti namunalari”
tazkirasi asosiy rol o‘ynaydi. Klassik adabiyotni, xalq og‘zaki ijodi va mumtoz asarlarni o‘z
ijodining asosi va manbasi deb bilgan adibning adabiy fikri zamonaviy muhit talablaridan kelib
chiqib, yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘lgan va bu “Namunai adabiyoti tojik”da o‘z ifodasini
topgan. Mazkur asar Sharqda boy an’anaga ega bo‘lgan tazkira yozishning XX asr boshlarida
o‘ziga xos tarzda davom ettirilishi sifatida ko‘zga tashlanadi. Ayniy tazkirasi haqida fikr
yuritayotib adabiyotshunos olim Botirxon Valixo‘jayev o‘sha davrlarda, ya’ni XX asrning
boshlarida yaratilgan boshqa tazkiralar bilan, jumladan Sharifjon Maxdum Sadri Ziyoning
“Tazkori ash’or”, Ahmadjon Tabibiyning “Majmuat ush-shuaroi Firuzshohiy”, Afzal Maxdum
Pirmastiyning “Afzal ut-tazkor” va yana bir nechta tazkiralar bilan qiyoslaydi. Boshqa tazkiralar
“asosan, XIX asr oxiri va XX asr avvalida Buxoro va Xorazm adabiy muhitini qamrab olgan bo‘lsa,
“Namunalar” X – XX asrlarda Movarounnahr hududlaridagi adabiy jarayonni imkon doirasida
yoritishga bag‘ishlangan. Demak, “Namunalar”ning ham zamon va ham makon nuqtayi nazardan
qamrovi keng” [5,15] - deydi olim. Tazkirada Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida ham
qimmatli ma’lumotlar uchraydiki, u o‘zini “adabiyotning chinakam ixlosmandiman” deb
hisoblovchilarni befarq qoldirmasligi tayin. Jumladan: Amir Umarxon – voliyi Farg‘ona, Nodira
Andijoniy,

(126 bet),

Zokirxo‘ja Namangoniy (211), Ramzi Xo‘qandiy (213), Rindiy Namangoniy

(213), Fazliy Namangoniy (297), Kasrati Namangoniy (309), Mirsaidg‘ozi Nolai Xo‘qandiy (330),
Gulxaniy Namangoniy (311), Behchati Farg‘onagiy (159), Mulloshermuhammad Akmali
Xo‘qandiy (143) kabi. E’tibor qilsak, Ayniy tadqiqotida, deyarli, har bir ijodkor nomiga uning
qayerdanligini (ba’zan unvonini: voliy, qozikalon, maxdum) anglatib turuvchi so‘zlarni
taxallusining bir qismi sifatida qo‘shimcha qilganki, bu hol aksariyat tazkiralarda uchramaydi
(Buxoriy, Namangoniy, Xo‘jandiy, Xo‘qandiy, Kattaqo‘rg‘oniy kabi). Bu o‘z navbatida, aniqlikni
xush ko‘ruvchi tuzuvchining o‘ziga xos uslubi bo‘lib, mutolaa jarayonida kitobxon uchun hududiy
jihatdan tasavvurini tiniqlashtirib borishda kompas vazifasini o‘taydi. Yuqorida nomlari tilga
olingan Qo‘qon adabiy muhit ijodkorlari haqida Ayniy qarashlarini tahlil qilishdan oldin
“Namunalar”ning tuzilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsak. Asar dastlab 1926-yilda Moskvada,
keyinchalik 2010-yilda Dushanbeda nashr etilgan bo‘lib, uning yuzaga kelishida bir nechta
qo‘lyozma manbalar va tazkiralardan foydalanilgan. Jumladan, Mirzamuhsin Ibrohimiyning
“Namunai adabiyoti Eron”, Lutfalibek Ozariy jamlanmasi bo‘lmish “Otashkada” tazkirasi,


background image

7

Jomiyning “Bahoriston”ni, G‘ulom Alixon Ozodning “Xizonai omira”, Shamsiddin Somibekning
“Qomus-ul-a’lom”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Xoja Hasan Nisoriyning
“Muzakkir ul-ahbob”, Sulton Muhammad Mutribiy Buxoriyning “Tazkirat ush-shuaro”,
Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob ul-albob”, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”,
Sharifjon Maxdum Sadri Ziyoning “Tazkirat ush-shuaroi mutaqaddimin”, Qori Rahmatillo
Vozehning “Tuhfat ul-ahbob”, Muhammad as-Saolibiyning “Yatimat ad-dahr”, Faxriddin Ali ibn
Husayn al-voizning “Rashahot”, Vosifiyning “Badoe ul-vaqoe”, Fazliy Namangoniyning “Majmuai
shoiron”, So‘fi Ollohyorning “Maslak ul-muttaqin”, Afzal Maxdum Pirmastiy Buxoriyning “Afzal-
ut-tazkor fikri zikr-ush-shuaro v-al-ash’or” va boshqa jami 80 ta manbadan foydalanadi. Garchi
kitobni Sadriddin Ayniyning o‘zi to‘plam deb atagan bo‘lsada-da, uni tazkira deyish mumkin.
Negaki, tazkira arabcha zikr so‘zidan tuzilgan bo‘lib, esdalik daftari degan ma’noni anglatadi va
ularda nomi tilga olingan ijodkorlarning qachon yashaganiga ko‘ra zamondoshlarga
bag‘ishlangan tazkiralar va tarixiy-zamonaviy tazkiralarga bo‘linadi. Shunga ko‘ra,
“Namunalar”ning avvalgi bobi tarixiy tazkira namunasi bo‘lsa, ikkinchi bobi tarixiy-zamonaviy
(ya’ni ham avval yashab ijod qilgan va ham ayni paytda hayot bo‘lgan shoirlar haqida) turga
mansub. So‘nggi bobi esa zamondoshlariga bag‘ishlangan tazkiraga misol bo‘ladi. Kitob
tuzilishiga ahamiyat beradigan bo‘lsak, uch qismga bo‘lingan bo‘lib, shoirlar, olim,
yozuvchilarning o‘zi mansub bo‘lgan davri hisobga olingan. Birinchi qismda hijriy 300-1200-
yillar – Abulhasan Rudakiy Buxoriydan boshlab Sayyido Nasafiygacha 75 ta va yana 5 ayol
ijodkorlar, jami 80 ta ijod ahli kiritilgan. Ikkinchi qism hajman ancha yirik bo‘lib, unda hijriy
1200-1343-yillarga mansub jami 132 qalam ahli sanab o‘tilgan hamda mazkur qism o‘zidan
avvalgi va keyingisidan ijodkorlarning nomlari eski tojik alifbosi tartibida joylashtirilganligi bilan
farqlanadi. Uchinchi qismning ham o‘ziga xosligi mavjud bo‘lib unda avvalgi bobda tilga olingan
ijodkorlar nomining bir nechtasini yana uchratishimiz mumkin. Masalan: Abdurauf Fitrat, Sidqiy
Ajziy, Munzim, Zehniy kabi. Nega takror? - degan savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, so‘nggi
bobda janr, uslub va mavzu jihatidan yangi tojik adabiyoti namunalari tilga olingan. Bizga
ma’lumki, Ayniy kabi boshqa bir qancha ijodkorlar ham o‘sha davrda ham mumtoz klassik
adabiyot janrlarida, ham endigina yuzaga kelayotgan yangi uslublarda jiod qilishgan. Mazkur
bobning o‘zi ichida yana ikkiga bo‘lingan bo‘lib, milodiy 1905-1917, 1917-1925-yillarga oid ayni
o‘sha paytlarda ijod qilayotganlarning vaqtli matbuotlardagi chiqishlari o‘rin olgan. Demak,
umumlashtirganda “Tojik adabiyoti namunalari”da obyektiv sabablar va geografik chegaralar
tufayli Movarounnahr va Turkistonda yashagan va bu joylar bilan aloqador bo‘lgan 220 ga yaqin
shoir, yozuvchi, tazkiranavis, ijodkor olimlar kiritilgan. Ularning har biri haqida qisqa, ammo
mazmunli ma’lumot berilgan bo‘lib, fors-tojik tilidagi ijodlaridan misollar o‘qishimiz munkin.
Berilgan namunalarning ijobiy fazilatlari, mavzu ko‘lami, san’atkor uslubi, badiiy mahorati,
mavjud bo‘lsa, qusr va kamchiliklari borasida muallif tomonidan fikr va mulohazalar yuritiladi.
To‘ra Mirzayev takidlaganidek: “Sadriddin Ayniy ijodi bilan bog‘liq bir muhim masala
adabiyotdagi ikki tillilik (bilingvizm) muammosidir”[3,4] deydi. Bu esa Ayniy tazkirasining yana
bir o‘ziga xosligi bo‘lib asardagi shoirlar zikrida o‘z ifodasini topgan. Majmua nomidan ham
ma’lumki, unda faqatgina fors-tojik she’riyatidan iqtiboslar olingan bo‘lishiga qaramay,
mualliflar orasida arab va turkiy tilda – o‘zbek tilida ham ijod qilganlar talaygina.
Adabiyotshunos Majid Hasanov: “Sadriddin Ayniy “Namunai adbiyoti tojik” kitobiga o‘zbek
shoirlarini kiritar ekan, ko‘proq ularning fors-tojik tilida yozgan asarlari bilan qiziqadi, tojik
adabiyoti taraqqiyotiga o‘zbek shoirlari qo‘shgan hissani faxr bilan qayd etadi”, – deydi.


background image

8

XVIII-XIX asrlarda shakllanib, atrofida yuzlab iste’dodli ijod ahllarini birlashtirgan Qo‘qon

adabiy muhiti vakillari ijodi Ayniyni ham befarq qoldirmaydi.

Chunonchi:

“Namunalar”ning

ikkinchi qismi “matlasi” Amir Umarxon ta’rif va tavsifi bilan boshlanadi. Bilamizki, Qo‘qon xoni
bo‘lmish Amir Umarxon “Amiriy” taxallusi bilan ijod qilgan va muhitning yuzaga kelishida
boshchilik qilgan. Darhaqiqat, Amiriy ham o‘zbek ham fors-tojik tilillarida mahorat va fasohat
bilan qalam tebratib zullisonayn ijodkorlarning peshqadami bo‘lgan. Sadriddin Ayniy, dastlab,
Amiriyning “savgandam” (“qasam ichaman”) va “angusht”(“barmoq”) radifli ikki go‘zal
g‘azallaridan misol keltiradi. “Savgandam” radifli g‘azalini bir qo‘lyozma majmuadan olganligini
aytadi:

Buvad dar ishq gah bo mushafi ruxsor

1

savgandam,

Gahe bo halqai geso‘yi anbarbor savgandam.

Tarjimasi: Ishqqa giriftor bo‘lganligimni goh ruxsor yuzidagi nur ila qasam ichsam, gohida

anbar sochuvchi o‘rilgan soch chambaragi ila qasam ichaman.

...Ba dorulmulki lutfat mahzari ishqi tu ovardam,
Nadoram shohide cho, bideh nochor savgandam.

Tarjimasi: Lutfingning xazinasi uchun eng yaxshi ishqni senga keltirdim, bu yerda guvohim

yo‘q, ilojsizlikdan qasam ichaman.

Amir, omad bahoru juz shikastan nest imkone,
Dihad gar muhtasib bar tarki may sad bor savgandam.

Tarjimasi: Amiriy, bahor keldi, unining shavqini tark etishdan boshqa imkon yo‘qki, agar

muhtasib (muhtasib- shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi) so‘rasa ham mayni tark etish uchun
yuz bor qasam ichaman.

To‘plovchi keyingi “angusht” radifli g‘azalni Muhtaram Buxoriyning “Radoif ul-ashor”

tazkirasidan oladi:

Ba shavqi on ki rasonam ba zulfi yor angusht,
Chu shona medomad az dasti man hazor angusht…

Tarjimasi: Yorning zulfini barmog‘im bilan silash zavqiga erishsaydim, mening qo‘limdagi

barmoqlarim ming taroq kabi dam urardi.

Ayniy Umarxonning ijodiga ulkan baho berib, o‘z davri uchun ko‘plab adabiy

iste’dodlarning yetishib chiqishida rahnamo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Alisher Navoiy davrida
gullab yashnagan turkiy she’riyat Amiriy davrida ikkinchi bor yuksalganligini e’tirof etadi va
o‘quvchi diqqatini shoir ga’zallaridagi radiflarning o‘ziga xosligiga qaratib, ularga alohida e’tibor
berish lozimligini uqtirib o‘tadi [1,139-140]. Mazkur tazkirada Qo‘qon adabiy muhiti vakillaridan
Shermuhammad Akmal Ho‘qandiyning Bedil g‘azaliga muxammasi va “burun” radifli bir g‘azali
kiritilgan. Behchatning “angusht” va “burun”; Zokirxo‘ja Namangoniyning zulqofiyatayn (ikki
qofiyali) san’ati asosidagi g‘azali; Ramziy va Rindiyning “burun” radifli g‘azallari; Fazliy
Namangoniyning ham tazkirasi mavjudligini aytib, ijodidan namuna keltiradi. Buni qarangki,
Kasrat va Gulxaniyning ham aynan “burun” radifli g‘azallarini keltiradi; Mirsayidg‘ozi Nolai
Xo‘qandiyning

“muraxxas”

radifli har misrasi

mafo‘ilun fa’ilotun, mafo‘ilun fa’ilotun

vaznli g‘azali

tanlangan. Shu o‘rinda, olim Sharq adabiyotida avvaldan mavjud bo‘lgan radifgo‘ylik an’anasi

1

Mushafi ruxsor – birikmasi Navoiy g’azallarida ham uchraydi:

Ey qilib ravshan ulus topmoqqa anvari xudo,
Mushafi ruxsor uzra “Vash-shams”birla “Vaz-Zuho”. “Istiqlol davri o’zbek navoiyshunosligi”. 30 jildlik, 22-jild. T.,
“Tamaddun”, - 2021. B.- 66


background image

9

aynan Amiriy davrida ravnaq topganligga e’tibor qaratadi. So‘zining isboti sifatida keyingi tilga
olinadigan Qo‘qon adabiy muhiti vakillarining ijodidan aynan Amiriyga ergashib yozilgan bir xil
radifli g‘azallarini tanlab oladi. Bu bilan jamlanmada mazkur adabiy muhitning o‘ziga xos
jihatlari bo‘rtib, yaqqol ko‘zga tashlanib turishiga erishadi. Sadriddin Ayniy tazkirani tartib
berishda, garchand, Amiriy va Nodirani alohida boblarga kiritishiga to‘g‘ri kelsada, ajoyib
yechim bilan ularni yonma-yon joylashtiradi. Ya’ni birinchi qism yakuni beshta ayol ijodkorlar
zikri bilan tugallanganda Nodira ularning so‘nggisi bo‘lsa, ikkinchi qism boshlanmasi Amiriy ijodi
bilan boshlanadi. Sadriddin Ayniy Nodira ijodiga kelganda uning turkiy va forsiy mukammal
devoni borligini, lekin afsuslar ila uni ko‘rishga muyassar bo‘lmaganini yozadi. Bir necha
manbalarda shoiraning turkiy she’rlariga guvoh bo‘lgan Ayniy, faqatgina “Tavorixi xamsai
sharqiy”da mavjud forsiy savol-javobni katta ehtimol ila Nodira qalamiga mansub deya keltiradi.

Suolu ҷavob

Suoli Umarxon:
Zeri domoni tu pinhon chist, ey gulpirahan?
Ҷavobi Nodira:
Nakshi summi oxui Chin ast dar bargi suman.
Umarxon:
Boz tashbehi digar kun, to bigardam az sarat.
Nodira:
G‘unchai serobro monad, ki nashkufta dahan
Shu o‘rinda garchand zamon jihatidan Qo‘qon adabiy muhitiga kirmasa-da, makon jihatdan

ushbu hudud farzandi bo‘lmish Mashrabning qisqagina tavalludi va fojiali vafoti to‘g‘risida
yozgach 6 misrali quyidagi forsiy g‘azali yod etilgan:

Balandiho zi xoki faqr shud koshonai moro,
Falak qolin zi regi dasht basta xonai moro.
Guli Xurshed pindorad saharho zohid az masti,
Kafi sayyori afloki xumi mayxonai moro.
Gumon sozad haram chun shu’lai imoni xud, Mashrab,
G‘ubori xoki rohi rohibi butxonai moro.
Mazmuni:
Sadriddin Ayniy Qo‘qon adabiy muhiti vakillari ijodidan namunalar olish uchun asosan

“Radif ul-as’hor” va “Tuhfat ul-ahbob” tazkiralariga murojaat etgan.

Hozirgi kunga kelib Qo‘qon adabiy muhiti vakillarining ijod namunalari zahmatkash

adabiyotshunoslar, yosh tadqiqotchilar tomonidan har tomonlama tahlil etilayotgani va mavjud
muammolarga amaliy yechim topilayotgani quvonarli hol. Bu borada Sadriddin Ayniyning
“Namunai adabiyoti tojik” tazkirasi ham ma’lum ma’noda xizmat qilishi shubhasiz.

References:

1.

Sadriddin Ayniy. Namunai adabiyoti toҷik. – D.: Adib, 2010.

2.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. Sakkiz tomlik, sakkizinchi tom. – T.: Badiiy adabiyot nashriyoti,

1967.
3.

Mirzaev T. Sadriddin Ayniy ijodini o‘rganishning ayrim masalalariga doir.// O‘zbek tili va

adabiyoti.2003-yil. №5.


background image

10

4.

Haqqulov I. Ayniy abadiyati // O‘zbek tili va adabiyoti.2003-yil. №5

5.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. Sakkiz tomlik, sakkizinchi tom. – T.: Badiiy adabiyot nashriyoti,

1967..
6.

Valixo‘jaev B. Ustod Ayniy merosi // O‘zbek tili va adabiyoti.2003-yil. №5

7.

Hasanov M. Ayniy chamani. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.

References

Sadriddin Ayniy. Namunai adabiyoti toҷik. – D.: Adib, 2010.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. Sakkiz tomlik, sakkizinchi tom. – T.: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1967.

Mirzaev T. Sadriddin Ayniy ijodini o‘rganishning ayrim masalalariga doir.// O‘zbek tili va adabiyoti.2003-yil. №5.

Haqqulov I. Ayniy abadiyati // O‘zbek tili va adabiyoti.2003-yil. №5

Sadriddin Ayniy. Asarlar. Sakkiz tomlik, sakkizinchi tom. – T.: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1967..

Valixo‘jaev B. Ustod Ayniy merosi // O‘zbek tili va adabiyoti.2003-yil. №5

Hasanov M. Ayniy chamani. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.