BARKAMOL AVLOD TARBIYACHISI SIFATIDA OTA - ONA MAS’ULIYATINI OSHIRISH – DAVR TALABI

Abstract

Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi .Zamonaviy ota-onalar orasida nafaqat farzandini to'g'ri tarbiyalashni istaganlar, balki har doim ham buni to'g'ri qilishni bilmaydiganlar ustunlik qiladi. Ушбу мақоламизда оila ta‟lim salohiyatining tarkibiy qismlari va mezon ko'rsatkichlari, bola tarbiyasida ota-ona ma‟suliyatini oshirishning ahamiyati tahlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
74-77
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Radjabova , G. . (2025). BARKAMOL AVLOD TARBIYACHISI SIFATIDA OTA - ONA MAS’ULIYATINI OSHIRISH – DAVR TALABI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(13), 74–77. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/117895
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi .Zamonaviy ota-onalar orasida nafaqat farzandini to'g'ri tarbiyalashni istaganlar, balki har doim ham buni to'g'ri qilishni bilmaydiganlar ustunlik qiladi. Ушбу мақоламизда оila ta‟lim salohiyatining tarkibiy qismlari va mezon ko'rsatkichlari, bola tarbiyasida ota-ona ma‟suliyatini oshirishning ahamiyati tahlil qilingan.


background image

74

BARKAMOL AVLOD TARBIYACHISI SIFATIDA OTA - ONA MAS’ULIYATINI

OSHIRISH – DAVR TALABI

Radjabova Gulbahor Mamatraimovna

Termiz davlat pedagogika instituti

Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti

Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15770389

Аnnotаtsiyа.

Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi .Zamonaviy ota-onalar orasida nafaqat

farzandini to'g'ri tarbiyalashni istaganlar, balki har doim ham buni to'g'ri qilishni bilmaydiganlar
ustunlik qiladi. Ушбу мақоламизда оila ta‟lim salohiyatining tarkibiy qismlari va mezon
ko'rsatkichlari, bola tarbiyasida ota-ona ma‟suliyatini oshirishning ahamiyati tahlil qilingan.

Shuningdek, ota-ona ta‟lim salohiyatini yaxshilashda ijtimoiy hamkorlikning ahamiyati

haqida mulohaza qilingan.

Kalit so’zlar:

ta‟lim imkoniyatlari, ta’lim salohiyati, barkamol avlod, ma’suliyat, vakolat,

hamkorlik va hamkorlik, zamonaviy maktab.

Oila – jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Har bir oila muayyan ta'lim imkoniyatlari yoki ta'lim

salohiyatiga ega. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va
taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga
olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har
bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa,
har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyi, oilasida baxtli
bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtiyor his etadi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, oilaning mavjudligi avvalo ota va onaning o‘z vazifalarini

bajarishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilgan farzandning yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida ota-ona
birlamchi rol o‘ynaydi. Agar oilada ota va ona o‘z vazifasi ijobiy bajarilsa, ya’ni bolada oilaga, ota-
onaga, keksalarga hurmat, o‘zaro yordam hislatlari shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o‘zi ham
farzandlarini xuddi shunday tarbiyalashga intiladi.

Zero, muqaddas Xadis shariflarda ham ota va onaning tarbiyachilik maqomlari to‘g‘risida

shunday deyilgan: «Hech bir ota-ona bolasiga yaxshi odobdan ortiq hadya bera olmaydi». Hazrat
Alisher Navoiyni o‘qir ekanmiz, uning “Farzand hayotda har bir narsadan a’lo, ustun va sevishga
loyiq tabiat mujdosi. Shuning uchun ham bolaga ko‘z-quloq bo‘lmaslik, uni nazoratsiz qoldirish,
o‘z vaqtida to‘g‘ri tarbiya bermaslik, keyinchalik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin” degan
purma’no so‘zlari millatimizda farzand tarbiyasi borasida ota onaning mas’uliyati milliy qadriyat
ekanligidan darak beradi.

Oiladagi muhit esa eng avvalo uni tashkil etuvchilar o‘rtasidagi samimiy munosabatlarning

xarakteriga bog‘liqdir. Oilalarimizda har tomonlama sog‘lom muhit hukmron ekan, farzandlarimiz
barkamol voyaga yetadilar, fuqarolari barkamol jamiyat esa hech qachon zavol topmaydi. Jamiyat
tayanchi sog‘lom oila bo‘lar ekan, farzandlari millat darajasida tafakkur qilishga qodir bo‘lgan
bunday yurt barqaror taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmaydi, amalga oshirayotgan barcha islohotlarimiz
albatta samara beradi.

Shunday qilib, oila – bu er-xotin, ota-ona va bolalar o‘rtasida shakllangan munosabatlarning

tarixiy tizimi, uning a’zolari bir-birlari bilan qarindosh-urug‘chilik va nikoh bilan bog‘langanlar.
Ma’lumki, oila yaxshi va ma’qul an’analar va qadriyatlarni buzilmagan holda saqlab, ularni keyingi


background image

75

avlodga yetkazish vazifasini bajarib kelgan. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda ham oilaning asosiy
vazifalaridan biri – millatga xos bo‘lgan avlodlar tarbiyasidagi uzluksizlikni ta’minlab berishdir.

Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga

albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bolani shaxs sifatida shakllanishi, orzu-umidlari qanot yozib
kelajakka intilishlari oila muhitida qaror topadi. Oiladagi xayrixohlik, o‘zaro munosabat atrof-
muhitga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Olib borayotgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha,
ota-ona obro‘sining ko‘tarilishi yoki pasayishida farzandlarning alohida o‘rni bor.

Ayniqsa, pedagoglar, olimlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan insonlarning

oilalarida bu jarayon o‘ziga xos xarakterga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aynan rahbarlik
lavozimlarida ishlaydigan xodimlarning 37 foizi oilada farzand tarbiyasiga alohida vaqt ajratib,
ota-onalik mas’uliyatini unutmasliklari, vaqtlari tig‘iz bo‘lishiga qaramasdan farzandlari
tarbiyasiga o‘zgacha xavotir va tashvish bilan qarayotganligi hamda ota-onaning farzandlariga
munosabati pedagogik-psixologik talablar darajasida ekanligi aniqlandi.

Ayniqsa, farzand ota-ona buyurgan uy yumushlarini o‘z vaqtida bajarib borishi, o‘qishga yoki

ishga ketish oldidan ota-onadan ruxsat yoki fotiha olib chiqib ketishlari, imkon qadar ota-onaning
ko‘ngliga qarab odob bilan muomala qilishlari, ota-ona so‘ragan paytda «labbay» deb javob
berishlari oila sharoitida farzandni ota-ona oldidagi burchini to‘g‘ri ado etayotganligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar so‘rovlarda shu bilan birga rahbar ota-onalar bola tarbiyasi uchun juda kam vaqt
ajratayotganliklarini aniqlaganlar. rahbar ota-onalardan, birinchi navbatda, otalar bola tarbiyasi
uchun deyarli vaqt ajrata olmasliklarini bildirishdi.

Rahbarlar, birinchi navbatda, pedagogik jamoada rahbar lavozimida ishlayotganlar,

pedagoglar va murabbiylar hamisha ziyolilar sifatida xalq va elning nazarida bo‘lganliklari uchun
ham oila va oilaviy munosabatlar borasida ham barchaga ibrat bo‘lishlari va o‘z navbatida
farzandlariga tarbiya va ta’lim berishda ham har tomonlama namuna bo‘lishlari shart.

Rahbar va pedagoglar xalq ommasi orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga

oshirganda, avvalo har bir ota va ona farzand kamolotidan birlamchi manfaatdor shaxslar
ekanligini, oiladagi xotirjamlik, bag‘ributunlik va salomatlikni asrash borasidagi o‘z
imkoniyatlaridan keng va to‘la foydalanishga o‘rgatishda yoshlarning oila va nikohga psixologik
jihatdan tayyor bo‘lishlariga alohida e’tiborlarini qaratishlari lozim.

Demak, barkamol avlod uchun vatanparvarlik, yurtparvarlik zarur sifat ekanligini bilsak,

avvalo ota - onalarni farzandlarning ko‘z o‘ngida o‘z oilasi, mahallasi, shahri yoki qishlog‘i, yurti
qadriyatlariga sadoqatli, kasbida mukammal usta, istiqbolga ishongan, vatanparvar timsolida
gavdalantirishga, birinchi navbatda voyaga yetmagan farzandlar bilan ishlashga, ularni
tarbiyalashga o‘rgatishimiz, ushbu masalaga bag‘ishlangan ommabop risola va qo‘llanmalar
yaratishimiz kerak.

Farzandining mehnatsevar, hunarli, epli va aqlli bo‘lishini hoxlagan ota-ona esa avvalo o‘zi

har bir qilgan amalida farosatli, didli, sabr-toqatli, har qanday maqsad-muddao oldida
qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, halol va tirishqoq ekanligini ko‘rsata olishi zarurdir.

Bola tarbiyasini ta’minlovchi barcha omillarni ona va ota bilishi shart. Bola ularni psixologik

jihatdan idrok etar ekan, undan barcha xatti-harakatda o‘rnak oladi. Oilaga bu ishda madad
beruvchi ta’lim tashkilotlari esa har bir tarbiyalanuvchini qaysi oilaning farzandi ekanligi, undagi
ota-ona – farzand munosabatlarining xarakterini bilagni xolda uning qalbiga yo‘l topishi kerak.
Mahalla faollari esa har bir xonadonda o‘sib voyaga yetayotgan yoshlar tarbiyasining eng xalqbop,


background image

76

qadriyatlarimizga asoslangan uslub va shakllarini o‘rnida joriy etib, amalda “Oila – mahalla – ta’lim
muassasasi hamkorligi Konsepsiyasi”ning ijrosini ta’minlashlari darkordir.

Albatta, bularning barchasi avvalo farzandlarimiz qalbida istiqbolda mustahkam va ahil oila

qurishga nisbatan intilishni shakllantiradi, demak, o‘z say’i-harakatlarimiz bilan farzandlarimizni
kelgusi hayotga tayyorlab boramiz. Eng muhimi oila qo‘rg‘onimizni but, sog‘lom,
munosabatlarimizni samimiy qilish vositasida yoshlarimizni turli xil zarrarli illatlar domidan,
giyohvandlik, ahloqsizlik, dinsizlik, “ommaviy madaniyat”ning tahdidlaridan asrab qolamiz,
albatta.

Ho‘sh, yukoridagilardan kelib chiqib, ziyolilar, birinchi navbatda, o‘qituvchi murabbiylar va

maorif sohasining rahbarlari nimalarga e’tibor qaratishlari lozim?

Birinchidan,

farzandlarimizni milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga

yetkazishning dolzarbligini inobatga olib, oila muhiti va undagi ma’naviyatni
barqarorlashtirishning eng ta’sirchan va amalda sinovlardan o‘tgan usul va yondashuvlarni
takomillashtirish;

Ikkinchidan,

bola ongi shakllanishining ilk maskani oila ekanligidan kelib chiqib, ota-

onalikning tarbiyaviy imkoniyatlarini yanada kuchaytirishning moddiy va ma’naviy asoslarini
ilmiy-amaliy jihatdan chuqur o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

Uchinchidan,

milliy mentalitetimiz xususiyatiga ko‘ra bola shaxsining tarbiyalanganlik

darajasini belgilashda mahalla omilining roli katta, «Mahalla – ham ota, ham ona» degan naql ham
bejiz emas. Shu bois mahallalar qoshida eng faol, ko‘pni ko‘rgan, ma’naviy darajasi yuksak
fuqarolarning potensiallaridan foydalangan holda turli o‘quv markazlari, to‘garaklar, Klublar,
ijtimoiy ko‘nikma maskanlari, maslahatxonalar, «Ishonch telefonlari» kabi ijtimoiy institutlar
tashkil etish va ular samaradorligini monitoring qilish uslublarini takomillashtirishda shu mahalla
xududida joylashgan maktabgacha ta’lim, umumo‘rta ta’lim va kasb hunar ta’limi
muassasalarining amaliy va ta’sirchan hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

To‘rtinchidan

, oila muhiti va undagi sog‘lom munosabatlarda ayolning roli katta

ekanligidan kelib chiqib, qizlar tarbiyasi borasida onalar, maktab psixologi, mahalladagi diniy
ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mahalla maslahatchiligi hamkorligini
oshirishning ilg‘or va ta’sirchan pedagogik psixologik usullarini takomillashtirish; qizlarni kasb
hunarli va ma’lumotli bo‘lishlariga katta e’tibor berish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rajabova M. G., Makkaeva R. S. A., Mahluff A. Strategic framework for sustainable enterprise

development //Sustainable Development of Modern Digital Economy: Perspectives from Russian
Experiences. – Cham : Springer International Publishing, 2021. – С. 35-43.
2.

Rajabova M. O’ZBEKISTONDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISH YO’LLARI VA

SAMARADORLIGINI BAHOLASH //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 7.
– №. 7.
3.

Mamatraimovna R. G. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA BAYRAM ERTALIKLARI

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 3. – С. 282-287.
4.

Gulbaxor R. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TURLI XIL MUSIQA FAOLIYATLARIGA


background image

77

O ‘RGATISH YO ‘LLARI: Radjabova Gulbaxor, maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, Termiz
davlat universitetining Pedagogika instituti //Научнопрактическая конференция. – 2022. – С.
1106-1108.
5.

Radjabova G. M. et al. Features of cognitive functions in patients with arterial hypertension

with the presence/absence of chronic heart failure //The Peerian Journal. – 2022. – Т. 10. – С. 36-
37.
6.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA

TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN
TAHLILI //Educational Research in Universal Sciences.
7.

Choriyevna C. S. et al. A MODEL FOR IMPROVING THE SYSTEM OF PREPARING STUDENTS

FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY ON THE BASE OF EDUCATIONAL VALUES //Multidisciplinary
Journal of Science and Technology. – 2023. – Т.
8.

№. 6 (INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER). – С. 283-285. – 2023. – Т. 2. – №. 9

SPECIAL. – С. 99-102.
9.

Чориева С. Ч. и др. ИГРА КАК ВЕДУЩАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РЕБЕНКА ДОШКОЛЬНОГО

ВОЗРАСТА //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 138-140.
10.

Чориева С. Ч. УМЕНИЕ УЧИТЕЛЯ ИСПОЛЬЗОВАТЬ СОВРЕМЕННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ

ТЕХНОЛОГИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ УЧАЩИХСЯ К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА
ОСНОВЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ //Экономика и социум. – 2024. – №. 10-2 (125). –
С. 998-1001.
11.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA

TAYYORLASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023.
– Т.
12.

№. 4 SPECIAL. – С. 1177-1181. 11.Choriyeva S. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM

SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI //Физико-технологического
образование. – 2022. – №. 4.

References

Rajabova M. G., Makkaeva R. S. A., Mahluff A. Strategic framework for sustainable enterprise development //Sustainable Development of Modern Digital Economy: Perspectives from Russian Experiences. – Cham : Springer International Publishing, 2021. – С. 35-43.

Rajabova M. O’ZBEKISTONDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISH YO’LLARI VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 7. – №. 7.

Mamatraimovna R. G. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA BAYRAM ERTALIKLARI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 3. – С. 282-287.

Gulbaxor R. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TURLI XIL MUSIQA FAOLIYATLARIGA O ‘RGATISH YO ‘LLARI: Radjabova Gulbaxor, maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti //Научнопрактическая конференция. – 2022. – С. 1106-1108.

Radjabova G. M. et al. Features of cognitive functions in patients with arterial hypertension with the presence/absence of chronic heart failure //The Peerian Journal. – 2022. – Т. 10. – С. 36-37.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI //Educational Research in Universal Sciences.

Choriyevna C. S. et al. A MODEL FOR IMPROVING THE SYSTEM OF PREPARING STUDENTS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY ON THE BASE OF EDUCATIONAL VALUES //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2023. – Т.

№. 6 (INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER). – С. 283-285. – 2023. – Т. 2. – №. 9 SPECIAL. – С. 99-102.

Чориева С. Ч. и др. ИГРА КАК ВЕДУЩАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РЕБЕНКА ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 138-140.

Чориева С. Ч. УМЕНИЕ УЧИТЕЛЯ ИСПОЛЬЗОВАТЬ СОВРЕМЕННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ УЧАЩИХСЯ К ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ОСНОВЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ //Экономика и социум. – 2024. – №. 10-2 (125). – С. 998-1001.

Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т.

№. 4 SPECIAL. – С. 1177-1181. 11.Choriyeva S. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI //Физико-технологического образование. – 2022. – №. 4.