BILIMLARNI TASVIRLASH USULLARI. MANTIQIY MODELLAR, TARMOQLI SEMANTIK MODELLAR, FREYNALI MODELLAR VA MAHSULOTLI MODELLAR

Madina Ahmadova, Malika Nurullayeva , Muhiba Yaxiyaxonova

Bilimlarni tasvirlash usullari axborot texnologiyalari va sunʻiy intellekt sohalarida juda muhim ahamiyatga ega. Ular bilimlarni samarali ifodalash, tahlil qilish va boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. Tadqiqot davomida har bir modelning asosiy xususiyatlari, afzalliklari va amaliy qoʻllanilishi koʻrib chiqiladi. Mantiqiy modellar bilimlarni matematik mantiq asosida tasvirlaydi. Bu modellar, odatda, qoidalar va mantiqiy ifodalardan foydalanib, aniq va ravshan bilimlar yaratishga qaratilgan. Mantiqiy modellar yordamida avtomatik mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyati mavjud boʻlib, bu axborot tizimlarining samaradorligini oshiradi. Masalan, mantiqiy modellar sunʻiy intellekt sohasida qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishda keng qoʻllaniladi.

200

Koʻrishlar

65

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos