59
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINING
SHAKLLANISHI
Ergashev Jamoliddin Maxmayusufovich
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi O‘qituvchisi
Abduraxmonova Gulsanam Ravshan qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-24-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15501011
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning nutq
madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi, bu jarayonning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni, metodik
asoslari hamda pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, nutq madaniyatini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar, o‘yinlar va interaktiv metodlar tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar:
nutq madaniyati, boshlang‘ich ta’lim, og‘zaki va yozma nutq, o‘quvchi,
kommunikativ kompetensiya, metodika, muloqot.
Keywords:
speech culture, primary education, oral and written speech, student,
communicative competence, methodology, communication.
Abstract
This article discusses the relevance of developing students’ speech culture at the primary
education stage, the role of this process in education, methodological foundations and pedagogical
approaches. It also analyzes practical exercises, games and interactive methods that serve to
develop speech culture.
Абстрактный
В статье рассматривается актуальность формирования речевой культуры учащихся
на этапе начального образования, роль этого процесса в образовании, методические
основы и педагогические подходы. Анализируются также практические упражнения, игры
и интерактивные методы, способствующие развитию культуры речи.
Ключевые слова:
культура речи, начальное образование, устная и письменная речь,
ученик, коммуникативная компетентность, методика, коммуникация.
Kirish
Zamonaviy ta’lim tizimi insonni har tomonlama yetuk, ijodkor, fikrlashga qodir shaxs sifatida
shakllantirishni maqsad qiladi. Bu jarayonda, ayniqsa, nutq madaniyatining shakllanishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Aynan boshlang‘ich ta’lim bosqichi nutqning asosiy ko‘nikmalari — to‘g‘ri,
ravon, izchil, grammatik jihatdan to‘g‘ri va madaniyatli muloqot qilish asoslarini shakllantirish
uchun muhim davr hisoblanadi.
Maqolaning dolzarbligi shundaki, hozirgi kunda kommunikativ savodxonlik, ijtimoiy faol
muloqotga kirishish ko‘nikmalarining zaifligi o‘quvchilar til madaniyatini chuqur o‘rganish va
rivojlantirishga ehtiyoj borligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu maqolada asosan biz quyidagi vazifalar haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlamiz.
1. Nutq madaniyatining mohiyati.
2. Boshlang‘ich ta’limda nutq madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Amaliy usullar va metodlar.
60
4. O‘qituvchining roli.
Endilikda yuqoridagilar haqida birma bir tanishib chiqamiz.
1)Nutq madaniyati — bu insonning o‘z fikrini aniq, ravon, tushunarli va axloqiy normalarga
muvofiq tarzda ifoda eta olishi san’atidir. U tilni to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, estetik va ijtimoiy
maqbul shaklda qo‘llash ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Nutq madaniyati tilga madaniyat
darajasida yondashish, uni faqat aloqa vositasi sifatida emas, balki insonning ichki dunyosini
ifodalovchi vosita sifatida qadrlashni anglatadi.
Nutq madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari ham mavjud hisoblanadi:
1. Til boyligi va lug‘at salohiyati.
2. Nutqning grammatik to‘g‘riligi.
3. Stilistik moslik.
4. Axloqiy (etik) me’yorlarga rioya qilish.
5. Logik izchillik va aniq fikrlash.
6. Tovush madaniyati.
Til boyligi va lug‘at salohiyati-inson qancha ko‘p so‘z bilsa, shuncha aniq va mazmunli fikr
bildirishi mumkin. Lug‘at boyligi nutqning aniqligini, ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi.
Nutqning grammatik to‘g‘riligi-gap tuzilishidagi sintaktik, morfologik, leksik va fonetik
me’yorlarga rioya qilish nutq madaniyatining muhim shartidir.
Stilistik moslik-nutq kontekstga mos bo‘lishi kerak — masalan, rasmiy muhitda rasmiy
uslub, norasmiy suhbatda esa erkin uslub qo‘llanadi.
Axloqiy (etik) me’yorlarga rioya qilish-suhbatdoshga hurmat ko‘rsatish, odob saqlash,
tajovuzkor nutqdan tiyilish — madaniyatli nutqning muhim belgilaridir.
Logik izchillik va aniq fikrlash-nutqda fikrlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi, izchil va
tushunarli bayon etilishi lozim.
Tovush madaniyati-talaffuz, intonatsiya, pauzalar, ohang -bular ham nutqning madaniy
darajada bo‘lishiga xizmat qiladi.
Nutq madaniyatining ijtimoiy ahamiyati-nutq madaniyati shunchaki til me’yorlariga rioya
qilish emas, balki insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, boshqa odamlar bilan sog‘lom, samimiy
va samarali muloqot qurish vositasi hamdir. Yaxshi nutq madaniyatiga ega bo‘lgan inson:
-boshqalar bilan osongina til topisha oladi,
-o‘z fikrini tushunarli ifodalaydi,
-bahs-munozarada madaniyatli fikr bildiradi,
-ijtimoiy va kasbiy muhitda muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Nutq madaniyati va shaxsiy rivojlanish-nutq madaniyati bolalik davridan shakllana
boshlaydi. Bolaning o‘z fikrini ifoda qilish darajasi, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, ota-ona va
o‘qituvchi bilan muloqoti bu borada asosiy omillar hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
bosqichida bu madaniyatning poydevori qo‘yiladi.
Boshlang‘ich ta’limda nutq madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari-bola
nutqining shakllanishida hal qiluvchi davrdir.
Bu bosqichda bolaning psixologik, aqliy, ijtimoiy va tilga oid imkoniyatlari yangi bosqichga
o‘tadi. Shu sababli bu davrda nutq madaniyatini rivojlantirish jarayoni alohida yondashuv va
metodlarni talab qiladi.
1. Yoshga oid psixologik xususiyatlar-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali hayotiy tajribaga ega
emas, ularning tafakkuri obrazli, emotsional va konkret fikrlashga asoslangan bo‘ladi. Ular
61
abstrakt tushunchalarni emas, balki jonli, hayotiy misollar orqali o‘rganishga moyil. Shuning
uchun nutqni o‘stirishda o‘yin, suhbat, rolli mashqlar, ertaklar va tasviriy vositalar keng
qo‘llaniladi.
2. Lug‘at boyligini shakllantirish-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari til boyligi jihatidan
cheklangan bo‘ladi. Har kuni yangi so‘zlar bilan tanishtirish, ularni jumlalarda ishlatish, sinonim-
antonym o‘yinlari o‘tkazish bolalarning so‘z boyligini kengaytiradi va nutqini boyitadi.
3. Talaffuz va tovush madaniyatiga e’tibor-to‘g‘ri talaffuz qilish, so‘zlarni to‘g‘ri urg‘u bilan
aytish, nutqda pauza, intonatsiya va ritmga amal qilish kabi ko‘nikmalar aynan boshlang‘ich
bosqichda shakllanadi. Bu borada she’r yodlash, ifodali o‘qish, dramatik chiqishlar yordam beradi.
4. Muloqot ko‘nikmalarini o‘stirish-oʻquvchilarda fikrni mustaqil ifodalash, suhbatda faol
ishtirok etish, savol berish va unga javob qaytarish, boshqalarning fikrini tinglash va hurmat qilish
kabi muloqot madaniyatini shakllantirish juda muhim. Bu uchun guruhlarda ishlash, bahs-
munozara o‘yinlari, rolli sahna ko‘rinishlari qo‘llaniladi.
5. Yozma va og‘zaki nutq o‘rtasidagi bog‘liqlik-boshlang‘ich sinfda og‘zaki nutq bilan bir
qatorda yozma nutq ko‘nikmalari ham bosqichma-bosqich shakllanadi. Matn tuzish, hikoya
yozish, maktub yozish, matnni davom ettirish kabi topshiriqlar orqali bolalar o‘z fikrini yozma
tarzda ifodalashni o‘rganadi.
6. O‘qituvchi nutqining namunadorligi-o‘qituvchining o‘zi madaniyatli, boy, to‘g‘ri va ifodali
nutqga ega bo‘lishi lozim. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq taqlid orqali o‘rganadi.
O‘qituvchining har bir so‘zlashuvi, ohangdorligi va muomalasi bolalarning nutqiga bevosita ta’sir
qiladi.
7. Baholash va rag‘batlantirish-nutq faoliyatida qatnashgan o‘quvchilarni muntazam
rag‘batlantirish (og‘zaki maqtov, ball berish, kichik sovg‘alar) ularni nutqda faol bo‘lishga undaydi.
Shu tariqa bola o‘z fikrini bemalol va erkin ifodalashga odatlanadi.
Amaliy usullar va metodlar: umumiy yondashuv-boshlang‘ich ta’lim bosqichida
o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda foydalaniladigan usullar asosan bolaning
yoshiga, psixologik rivojlanishiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi va faollikka undovchi xususiyatga
ega bo‘lishi kerak. Bu bosqichda amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganish — eng samarali yondashuv
hisoblanadi. Chunki o‘quvchi ko‘rish, tinglash, takrorlash va bajara olish orqali tilni chuqurroq
o‘zlashtiradi.
Metodlarning turli xil shakllari turlari mavjud hisoblanadi.
1. Interaktiv metodlar.
2. Rol o‘ynash va dramatizatsiya.
3. Matn asosida ishlash metodlari.
4. She’r va tez aytish mashqlari.
5. Tasvir asosida hikoya tuzish.
6. O‘yin metodlari.
Interaktiv metodlar-bu metodlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, muloqotga jalb etadi va
ularni o‘z fikrini ifodalashga o‘rgatadi:
-“Savol-javob” usuli: o‘quvchilarda fikrlashni faollashtiradi va savol berish hamda savolga
javob qaytarish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
-“Aqliy hujum” (brainstorming): berilgan mavzu asosida o‘quvchilardan turli fikrlar olish
orqali ularning erkin ifodalanishini rag‘batlantiradi.
62
-Guruhli ish (klasterlar, jamoaviy matn tuzish): bolalarda hamkorlikda ishlash va muloqot
qilish malakalarini o‘stiradi.
Rol o‘ynash va dramatizatsiya-bu usullar orqali bolalar turli obrazlarga kiradi, suhbatlar
tuzadi, harakatlar bilan tasvirlaydi. Masalan: Turli xil ertaklarni sahnalashtirish — nutqni ifodali
qilish va lug‘at boyligini kengaytirish uchun samarali.
Rolli dialoglar — “sotuvchi va xaridor”, “o‘qituvchi va o‘quvchi” kabi turli vaziyatlarni
jonlantirish orqali muloqotni rivojlantiradi.
Matn asosida ishlash metodlari- bu o‘quvchilarga qisqa matnlar berilib, ular bilan
quyidagicha ishlanadi:
-Matnni ifodali o‘qish
-Mazmunini aytib berish (qayta hikoyalash)
-Matnga savollar tuzish
-Matn asosida yangi hikoya tuzish
Bu metodlar bolalarning tushunish, qayta bayon qilish va fikr tuzish ko‘nikmasini
mustahkamlaydi.
She’r va tez aytish mashqlari bular:
She’r yodlash: talaffuz, ohang va ritmni to‘g‘rilashda yordam beradi.
Tez aytishlar: artikulyatsiyani, diqqatni va fonetik qobiliyatni rivojlantiradi.
Tasvir asosida hikoya tuzish-rasmlar yoki suratlar asosida hikoya tuzish orqali bolalarning
tasavvur qilish, ifoda qilish va bog‘liq fikrlar bayon etish qobiliyati rivojlanadi.
O‘yin metodlari-o‘yin bolalar uchun tabiiy faoliyat bo‘lgani uchun ta’limiy jarayonda juda
foydali:
-“Kim ko‘p so‘z ayta oladi?”
-“So‘z top va gap tuz”
-“O‘xshat va ayt” o‘yinlari nutq boyligini kengaytiradi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchining nutq madaniyatini shakllantirishdagi roli bu -
boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchining nutqiy rivojlanishi, shubhasiz, o‘qituvchi shaxsiga,
uning nutqi, yondashuvi va metodikasiga bevosita bog‘liqdir. Bu davrda o‘qituvchi nafaqat bilim
beruvchi, balki nutq namunasi, muloqot madaniyatining o‘rgatuvchisi sifatida ham maydonga
chiqadi.
O‘qituvchi — nutq madaniyatining tirik namunasi-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlarini
o‘rab turgan insonlardan, ayniqsa, o‘qituvchidan ko‘proq taqlid asosida o‘rganadilar.
O‘qituvchining quyidagi jihatlari bolalar nutqiga kuchli ta’sir qiladi:
-toza va ravon talaffuzi,
-boy lug‘atdan foydalanishi,
-ohangdor va ifodali nutqi,
-muloqotdagi odob va madaniyati.
O‘qituvchi har bir darsda, hatto rasmiy bo‘lmagan muloqotda ham madaniyatli nutqning
namunasi bo‘lishi kerak.
Nutqiy faoliyatga sharoit yaratish bunda -oʻqituvchi o‘quvchilarni erkin fikrlashga, savol
berishga, o‘z fikrini aytishga, bahs-munozarada ishtirok etishga undovchi dars muhitini tashkil
etadi. Bu uchun:
O‘yinli mashg‘ulotlar,
-guruhlarda ishlash,
63
-sahnalashtirish,
-ifodali o‘qish va qayta hikoyalash kabi metodlardan foydalanadi.
Rag‘bat va ishonch muhitini yaratish bu -o‘qituvchi bolalarni nutq faoliyatida qatnashishga
ruhlantiradi. Ularning har bir urinishini qadrlashi, hatto kichik yutuqlarini e’tirof etishi muhim. Bu
o‘quvchida o‘ziga ishonchni oshiradi va nutqda faol bo‘lishiga yordam beradi.
Individuallashtirilgan yondashuv- har bir bola individual kimdir erkin gapiradi, kimdir
tortinchoq. O‘qituvchi bu holatni inobatga olgan holda, ularning ehtiyojiga mos yondashadi.
Ayrimlariga savollar orqali yordam beradi, boshqalariga ko‘proq mustaqil fikrlash uchun vaqt
ajratadi.
Yozma nutqni rivojlantirishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish-o‘qituvchi o‘quvchilarga matn yozish,
gap tuzish, bayon qilish, hikoya yozish kabi topshiriqlarda yo‘nalish beradi. Bu orqali o‘quvchilar
nafaqat og‘zaki, balki yozma nutqda ham aniq va mantiqiy ifoda qilishni o‘rganadi.
Adabiy va madaniy muhit yaratish- oʻqituvchi darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham
bolalarni badiiy asarlar, she’rlar, ertaklar, hikoyalar bilan tanishtirib boradi. Kitob o‘qishga
rag‘batlantirish orqali o‘quvchilar so‘z boyligini va tafakkurini boyitadi.
Xulosa:
Boshlang‘ich ta’lim bosqichi bolalarda nutq madaniyatining shakllanishida hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan davrdir. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun o‘qituvchi metodik
jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rishi, yoshga mos yondashuvni tanlashi va bolalarda erkin
muloqotga intilishni shakllantirishi lozim. Nutq madaniyatini rivojlantirishda ifodali o‘qish,
suhbat, rol o‘ynash, matn tuzish, she’r yodlash, rasm asosida hikoya tuzish kabi amaliy metodlar
katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi esa bu jarayonning bosh yetakchisi sifatida, o‘z nutqi, didaktik
yondashuvi, rag‘batlantiruvchi uslubi va shaxsiy namunasi bilan bolalarning og‘zaki va yozma
nutqini rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi.
Shu sababli boshlang‘ich ta’limda nutq madaniyatini shakllantirish nafaqat til o‘rgatish, balki
kelajakdagi fikrlovchi, o‘z fikrini aniq va madaniyatli ifoda eta oladigan shaxsni tarbiyalashning
muhim bosqichidir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaeva N. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, Toshkent, 2019.
2.
Zokirova G. “O‘qituvchining nutq madaniyati”, Toshkent, 2021.
3.
O‘zbkiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, 2020-yil.
4.
G‘ofurov M. “Nutq madaniyati asoslari”, Toshkent, 2018.
5.
www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali.
