BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILISH QOBILIYATLARINI QO‘L-MOTORIKA MASHQLARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘l-motorika mashqlarining tutgan o‘rni, uning amaliy ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Qo‘l-motorika faoliyatining diqqat, xotira, idrok va tafakkur kabi kognitiv jarayonlarga ta’siri misollar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, metodik yondashuvlar, o‘yinlar va san’at faoliyatlari orqali bilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
29-31
5

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xurramova, L. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILISH QOBILIYATLARINI QO‘L-MOTORIKA MASHQLARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(10), 29–31. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/92518
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘l-motorika mashqlarining tutgan o‘rni, uning amaliy ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Qo‘l-motorika faoliyatining diqqat, xotira, idrok va tafakkur kabi kognitiv jarayonlarga ta’siri misollar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, metodik yondashuvlar, o‘yinlar va san’at faoliyatlari orqali bilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


background image

29

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILISH QOBILIYATLARINI QO‘L-

MOTORIKA MASHQLARI ORQALI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI

Xurramova Lobarxon Akramjonovna

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

1-kurs tayanch doktoranti

xurramovalobar98@gmail.com

+99890 126 21 98

https://doi.org/10.5281/zenodo.15480847

Annotatsiya:

Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish qobiliyatlarini

rivojlantirishda qo‘l-motorika mashqlarining tutgan o‘rni, uning amaliy ahamiyati va
samaradorligi yoritilgan. Qo‘l-motorika faoliyatining diqqat, xotira, idrok va tafakkur kabi kognitiv
jarayonlarga ta’siri misollar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, metodik yondashuvlar, o‘yinlar va
san’at faoliyatlari orqali bilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

qo‘l-motorika, boshlang‘ich ta’lim, kognitiv rivojlanish, bilish jarayonlari,

diqqat, xotira, idrok, metodik yondashuvlar.


Zamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri— o‘quvchilarning bilish

qobiliyatlarini erta bosqichda rivojlantirishdan iboratdir. Boshlang‘ich ta’limda bu jarayon
nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy faoliyat orqali ham qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Qo‘l-
motorika mashqlari o‘quvchilarning hissiy va aqliy faolligini oshirishda, diqqat, xotira, tafakkur,
idrok kabi kognitiv jarayonlarni faollashtirishda muhim vositadir. Aynan shu jihatlar mazkur
tezisda yoritiladi.

Qo‘l-motorika faoliyatining kognitiv rivojlanishdagi o‘rni nihoyatda ahamiyatli bo’lib, uni

pedagogik jarayonga tatbiq qilish samarali hamda dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarni
shakllantirish uchun asosiy turtki vazifasini ham o’tashi mumkin. Qo‘l-motorika mashqlari
bolaning ongli harakat qilish, predmetlarni tahlil qilish, rang, shakl, simmetriya, fazoviy joylashuv
kabi omillarni tushunib yetish jarayonida faol ishtirok etadi. Bunday mashqlar orqali:

Miya yarimsharlarining muvozanatli ishlashi rag‘batlantiriladi;

Diqqatni bir nuqtaga jamlash va uni muayyan vaqt davomida ushlab turish ko‘nikmasi

shakllanadi;

Bilish jarayonlari — tahlil qilish, solishtirish, guruhlash, xulosa chiqarish faollashadi.

Masalan, ikki qo‘l bilan simmetrik harakatlar bajarish bolada fazoviy fikrlashni
rivojlantiradi, yozuv mashqlari esa motor xotirani faollashtiradi.

Amaliy metodlar va pedagogik yondashuvlarni har bir o’quvchining yosh xususisatlaridan

kel;ib chiqqan holda ishlab chiqish lozim. Boshlang‘ich sinfda qo‘l-motorika orqali bilish faoliyatini
rivojlantirishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

1. Didaktik o‘yinlar:

“Qanday shakl?”, “Rangni top”, “Nimani eslading?” kabi o‘yinlar

o‘quvchilarning idrok va xotira faoliyatini kuchaytiradi.

2. San’at mashg‘ulotlari:

Rasm chizish, qirqma tayyorlash, loydan shakl yasash kabi

mashg‘ulotlar kognitiv jarayonlarning turli ko‘rinishlarini birgalikda rivojlantiradi.

3. Grafomotor mashqlar:

Harflar, raqamlar, naqshlar yozish, labirint chizish orqali mayda

motorika bilan birga mantiqiy fikrlash va muvofiqlik shakllanadi.

4. O‘yinli jismoniy mashqlar:

“To‘g‘ri harakatni top”, “Qo‘ling bilan ayt” kabi mashqlar

ko‘rish, eshitish va harakatni uyg‘unlashtirishni o‘rgatadi.Bu metodlar nafaqat bilish qobiliyatini,


background image

30

balki bolalarning o‘z-o‘zini boshqarish, muammoni hal qilish, ijodkorlik ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi. So‘nggi yillarda olib borilgan amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘l-motorika
mashqlari bilan muntazam shug‘ullangan o‘quvchilar quyidagilarda yuqori natijalarga erishadi:

Yozma nutq va savodxonlik ko‘rsatkichlari;

Matematika va mantiqiy topshiriqlardagi faollik;

Mustaqil ishlash va vaqtni boshqarish;

Diqqat, xotira va tafakkurning kuchayishi.
Tadqiqotlar shuningdek, qo‘l motorikasi sust rivojlangan bolalarda diqqatni jamlashda,

topshiriqlarni anglab bajarishda qiyinchiliklar kuzatilishini aniqlagan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘l-motorika

mashqlarining ahamiyati juda katta. Ular orqali nafaqat mayda harakatlar, balki tafakkur, nutq,
idrok va xotira kabi kognitiv funksiyalar ham shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim jarayonining
sifatli, samarali va bolaga yoqimli tarzda tashkil etilishiga xizmat qiladi. Ushbu mashg‘ulotlarni
dars jarayonlariga tizimli va metodik asosda joriy etish boshlang‘ich ta’lim samaradorligini
oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Buning uchun esa qo’l-motorika mashqlarini
har bir fan xususiyatiga aloqador holda ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan,
matematika fani uchun sonlardan iborat sanash topshirig’ini qo’l barmoqlari yordamida bajarish
va ularni ikki qo’lda ikki xil raqam ko’rinishida ko’rsatish juda qiziqarli hamda diqqatni ixtiyoriy
jamlash uchun nihoyatda manfaatlidir:

2

0

3

4

5

2

4

1

0

1

Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish

(kognitiv) qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘l-motorika mashqlari o‘ziga xos va samarali vosita
hisoblanadi. Bu mashqlar orqali bolalar nafaqat harakat muvofiqligini o‘zlashtiradi, balki ularning
diqqat, xotira, idrok, tafakkur va muammoli vaziyatlarda fikrlash qobiliyatlari ham jadallik bilan
rivojlanadi.

Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan qo‘l-motorika faoliyatlari o‘quvchilarni o‘rganishga

rag‘batlantiradi, dars jarayonini interaktiv va amaliy jihatdan boyitadi, o‘quvchilarning ishtirokini
faollashtiradi. Shu bilan birga, bu mashg‘ulotlar pedagogga har bir bolaning individual o‘ziga
xosliklarini aniqlash, ularning o‘quv faoliyatidagi zaif jihatlarini mustahkamlash imkonini beradi.

Qo‘l-motorika mashqlarini muntazam va bosqichma-bosqich qo‘llash boshlang‘ich ta’lim

samaradorligini oshirishda, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va kreativ yondashuvlarini
shakllantirishda, shuningdek, zamonaviy kompetensiyalarning rivojida muhim omil sifatida
qaralishi lozim.


background image

31

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

R.Mavlonova, O.To’rayeva, K.Xoliqberdiyev “Pedagogika”, T.:”O’qituvchi” – 2001

2.

H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov “Pedagogik texnologiyalar va

pedagogik mahorat” T.: “Iqtisod-moliya” – 2009.
3.

Z.T.Nishonova, G.K.Alimova “Psixologik xizmat. Psixokorreksiya” T.: “Ijod-Press” – 2019

4.

T.M.Adizova “Psixokorreksiya”, T.2005.

Библиографические ссылки

R.Mavlonova, O.To’rayeva, K.Xoliqberdiyev “Pedagogika”, T.:”O’qituvchi” – 2001

H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” T.: “Iqtisod-moliya” – 2009.

Z.T.Nishonova, G.K.Alimova “Psixologik xizmat. Psixokorreksiya” T.: “Ijod-Press” – 2019

T.M.Adizova “Psixokorreksiya”, T.2005.