TIL – XALQLARARO DO’STLIK VA MADANIYAT KO’PRIGI

Abstract

Ushbu  maqolada   so’z – inson tafakkurining mahsuli ekanligi , so’zlarni o’rinli  qo’llash orqali milliy tarbiyani shakllantirish, til jamiyatda insonlarni birini ikkinchisiga bog’lovchi  ma’naviy vosita hisoblanishi hamda tilning madaniylashuvi millatlar orasidagi ko’prik  ekanligi haqida so’z yuritiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
35-37
4

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Olimova , D. . (2025). TIL – XALQLARARO DO’STLIK VA MADANIYAT KO’PRIGI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(10), 35–37. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/92516
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu  maqolada   so’z – inson tafakkurining mahsuli ekanligi , so’zlarni o’rinli  qo’llash orqali milliy tarbiyani shakllantirish, til jamiyatda insonlarni birini ikkinchisiga bog’lovchi  ma’naviy vosita hisoblanishi hamda tilning madaniylashuvi millatlar orasidagi ko’prik  ekanligi haqida so’z yuritiladi.


background image

35

TIL – XALQLARARO DO’STLIK VA MADANIYAT KO’PRIGI

Dilnura Valijon qizi Olimova

TDPU “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim “yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15486773

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada so’z – inson tafakkurining mahsuli ekanligi , so’zlarni o’rinli qo’llash

orqali milliy tarbiyani shakllantirish, til jamiyatda insonlarni birini ikkinchisiga bog’lovchi
ma’naviy vosita hisoblanishi hamda tilning madaniylashuvi millatlar orasidagi ko’prik ekanligi
haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlari:

urf-odat, til, milliylik, madaniyat, ma’naviyat.

ANNOTATION

This article talks about the fact that the word is a product of human thought , the formation

of national education through the appropriate use of words, that language is considered a
spiritual tool in society that connects people to one and the other, and that the culturing of
language is a bridge between nations.

Key words:

tradition, language, nationalism, culture, spirituality.

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь пойдет о том, что слово-продукт человеческого мышления, о

формировании национального воспитания посредством адекватного использования слов,
о том, что язык является духовным инструментом в обществе, связывающим людей одно
с другим, а также о том, что цивилизация языка является мостом между народами.

Ключевые слова:

традиции, язык, национальность, культура, духовность


Bilamizki til – jamoa mulki, umuminsoniy hodisa. Tilda hamma narsa me’yorlarga amal

qiladi. Shunday bo’lsada bugungi kunda til ayrim shaxslarning xohish istaklariga bog’liq
bo’lmagan holda o’zgarib,rivojlanib boradi.Til – milliy boylik, milliy o’zlik eng ulug’ qadriyat! Til
nafaqat uni yaratgan xalq, balki milliy guruhlar boshqa madaniyat namoyondalari, til sohiblari
tomonidan ham foydalaniladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami va
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan O‘zbekiston xalqini tabriklab
bildirgan fikriga ahamiyat qaratsak, davlat rahbari o’z nutqida “Ma’lumki, milliy til har bir
madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz
boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida
birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har
qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi”, degan chuqur ma’noli so’zlarni aytdi . Davlatimiz rahbari
tilimizning mavqei naqadar yuqori o’rinda turishini o’zbek tili fani ustozlarimizga
rag’batlantirish tariqasida “2025 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy
sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama
haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi
shubhasiz”, – degan so’zalarni o’z nutqida aytib o’tgandi. Bugungi kunda mamlakatimizda o’zbek
tiliga bo’lgan qadr – qimmatning yuqoriligi , o’zbek tili ustozlarimizga berilayotgna katta
imkoniyat eshikalarini ochuvchi kalit bo’ldi desak mubolag’a qilmaymiz.

Shavkat Mirziyoyevning

so‘zlariga ko‘ra, davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni
yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur.Achinarlisi shundaki, bugungi kunda
o’zbek tilimizga qaratilayotgan ulkan imkoniyatlarga qaramasadan o’zbek tilimizga bo’lgan


background image

36

sadoqatning yo’qligi. Buning yaqqol misoli sifatida o’zbek tili AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya,
Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va shu kabi bir qator davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari
va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganilayotgan bir paytda biz qurilgan binolarimizning nomini
ingliz yoki rus tillarida nomlab oʻtirganligimizni qanday tushunish kerak?! Aynan shu yerda
BMT vakillarining til borasida keltirgan faktini eslab oʻtsak: “Qachonlardir odamlar
soʻzlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan boʻlsa, bugungi kunda
sayyoramizda 6 mingta til mavjud boʻlib, ularning 90 foizi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Bu
asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu
tillarda soʻzlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega boʻlsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan,
Afrika tillarida soʻzlashuvchi aholining 80 foizi hamon oʻz yozuvlariga ega emas. Lingvist
olimlarning fikricha, yana 25 yildan soʻng hozir muomalada boʻlgan tillarning oʻntasidan bittasi
saqlanib qolar ekan”. Oʻzbek tili ham shunday tillar sirasiga kirishiga yana ozgina harakat qilinsa
boʻldi, oʻzbek millatining koʻzgusi hisoblanmish til butunlay yoʻq boʻladi qoladi! Qurilgan
binolarga boshqa tillarida nom beraversak, zamon talabi deb xodim tomonidan ishchiga ish
uchun oʻzbek tilining oʻzigina kifoya ekanligini bila turib ham rus va ingliz tillarini bilishing kerak
degan talab qoʻyaversak, oilada oʻzbek tili bilan bir qatorda ingliz va rus tillaridagi soʻzlarni
aralashtirib ishlatishni, tilning ahamiyati haqida faqatgina Til bayrami kunida eslab oʻtsak,
OAVda oʻzbek tiling buzib talqin etilgan variantidagi soʻzlar va xato yozilgan soʻzlarni ayovsiz
namoyish qilishni davom ettiraversak oʻzbek tilini yoʻqotish uchun 25 yil emas, balki 10 yilning
oʻzi ham kifoya qiladi. Olib borilgan huquqiy tahlillar natijasida o’zbek tilini rivojlantirish uchun
quyida keltirilgan tahlillarni ko’rib chiqishinggiz mumkin:

1. Ayni oʻzbek tili sohasi mutaxassislaridan Oʻzbek tilini bilish darajasini tasdiqlovchi

sertifikat olish tartibini ishlab chiqish; (Xuddi CEFR, IELTS yoki boshqa chet tili sertifikatlari shu
til mutaxassislaridan soʻralgani kabi);

2. MJtKning 42-moddasiga: “Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili

haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash
miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi” degan
oʻzgartirish kiritish;

3. OAVda davlat tilining jozibadorligi xususidagi turli xil teledasturlar, davra suhbatlari,

reklamalar, animatsion roliklar namoyish qilish; (faqatgina 21-oktyabr sanasida emas, doimiy
ravishda olib borilishini taʼminlash joiz);

4. Chet el fuqarolari ishtirokida oʻzbek tilini madh etadigan xalqaro insho, tezis, maqola,

ocherklar tanlovlarini tashkil qilish va ularni ragʻbatlantirish (bu taklif ham faqatgina 21-oktyabr
Til bayrami kuni uchun emas, doimiy ravishda olib borilishi maqsadga muvofiq). Tahlil
natijasida tavsiya etilgan fikrlarga amal qilish asosida o’zbek tilining rivojlanishiga oz bo’lsada
o’z hissanggizni qo’shishinggiz mumkin. Zero, buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy
yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti tili
va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”. Ushbu fikrlar zamirida
ham g’oyat katta ma’no aks etgan .

Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, har birimiz davlat tiliga boʻlgan sadoqat va muhhabbatni

mustaqillikka boʻlgan sadoqat deb, davlat tiliga ehtirom va e’tiborni ona Vatanga ehtirom va
e’tibor deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun
vujudimiz bilan his etishimiz lozim. Bunday vatanparvar harakatni barcha o’zbek xalqi oʻzidan,
oʻz oilasidan va jamoasidan boshlashi bilanoq oʻzbek tilini rivojlantirishga bevosita ulkan


background image

37

hissa qoʻshgan boʻladi. Jannatmakon yurtimizning o’zbek tili faxr va g’urur bilan baralla tillarda
doston bo’lishga arzirli til!

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mamatov A.E. “ Zamonaviy lingvistika”.

2.

Irisqulov M.T. “Tilshunoslikka kirish” 2011.

3.

Sulaymonov J.B. (2021) Ibn Xaldunning “Muqaddima asarida jamiyat taraqqiyotiga ta’sir

qiluvchi omillar talqini. Oriental renaissance: Innovative, educational , natural and socience
sciences,1(4),732-737.
4.

Saidov.S. (2021). Ibn All-Muqaffaning Islom tarjima san’atiga qo’shgan hissasi. Oriental

renaissance: Innovative, educational , natural and socience sciences,1(3).

References

Mamatov A.E. “ Zamonaviy lingvistika”.

Irisqulov M.T. “Tilshunoslikka kirish” 2011.

Sulaymonov J.B. (2021) Ibn Xaldunning “Muqaddima asarida jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillar talqini. Oriental renaissance: Innovative, educational , natural and socience sciences,1(4),732-737.

Saidov.S. (2021). Ibn All-Muqaffaning Islom tarjima san’atiga qo’shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational , natural and socience sciences,1(3).