44
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI MILLIY
QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHDA OILA VA TA’LIM MUASSASASINING
HAMKORLIGI
Yuldasheva Nigora Kabulovna
Andijon viloyati Ulugʻnor tumani
15-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.15496482
Annotatsiya:
Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchil arini milliy
qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash va o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, milliy
qadriyatlarimizni yanada rivojlantirishning ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizdagi ahamiyati, oila va
qadriyatlarning abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langanligi, bu jarayonlarda oila va ta’lim
muassasalarini hamkorligini tashkil etish, bolalarga oiladagi munosabatining ijobiy darajasi
to‘g‘risida yozilgan.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha
ta’lim, tarbiya, madaniyat, uzluksiz ta’lim, rivojlanish, tamoyillar,
vazifalar, ustivor yo‘nalishlar, qadriyat, an’ana, urf-odat.
Аннотация:
В статье говорится о важности воспитания и формирования
взаимоотношений дошкольников на основе национальных ценностей и традиций, о
дальнейшем развитии наших национальных ценностей в нашей духовно-воспитательной
работе, о вечной неразрывности семьи и ценностей, об организации сотрудничества семьи
и образовательных учреждений в этих процессах, о позитивном уровне отношения семьи
к детям.
Ключевые слова
: дошкольное образование, воспитание, культура, непрерывное
образование, развитие, принципы, задачи, приоритеты, ценности, традиции, обычаи.
Abstract:
This article is about the importance of educating and forming relationships
between preschoolers based on national values and traditions, the further development of our
national values in our spiritual and educational work, the eternal inextricability of family and
values, the organization of cooperation between family and educational institutions in these
processes, and the positive level of family attitudes towards children.
Keywords:
preschool education, upbringing, culture, continuing education, development,
principles, tasks, priorities, values, traditions, customs.
KIRISH
Mustaqil Oʻzbekistonda oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta'lim-tarbiya
o'chog'i bu oila va ta’lim muassasasidir. Jamiyatimizda bola tarbiyasi g’oyat nozik va murakkab
hisoblanadi. Tarbiyaning òzi esa murakkab jarayon hisoblanadi. Tarbiya-aniq maqsadli hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Ta’lim-tarbiya masalasi oila hamda ta’lim muassasasi hamkorligida olib boriladigan mas’uliyatli
vazifadir. Ta’lim muassasalari va oila o’zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi ayniqsa barkamol
shaxs tarbiyasi uchun zarur. Bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotining o’rni katta ahamiyatga
egadir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bola ijtimoiylashuvida muhim rol o'ynaydi. Ular
bolalarning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish, o'zaro munosabatlar o'rnatish va jamiyatga
moslashish jarayonida asosiy poydevor hisoblanadi.
Oila va oilaviy qadriyatlar har bir inson hayotining asosi hisoblanadi. Aynan oilada shaxsiy
rivojlanish boshlanadi, chunki qadriyatlar yaxlit tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur
45
ko‘nikmalarni singdira boshlaydi. Oila va qadriyatlar abadiy bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan va alohida mavjud emas. Agar oila yo‘q bo‘lsa, unda oilaviy yo‘nalish bexosdan o‘z
ahamiyatini yo‘qotadi.
TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI
Oila va maktabgacha ta’limda bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro
munosabatlarini shakllantirish va o‘zaro munosabatga tayyorlash imkoniyatlarini keltirgan
holda tadqiqot mavzusining dolzarbligini quyidagicha tavsiflaymiz:
– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar, fazilatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini
shakllantirishda ularning individual, pedagogik-psixologik va xususiyatlarining ijobiy tomonlari
hozirgi kunga kelib inobatga olinmayotgani;
– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini maqsadli
shakllantirishda zamonaviy tendensiyalari tizimlashtirilmagani;
– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlari jarayonida
optimal sharoitlar yuzaga keltirmayotgani;
– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini
shakllantirishgayo‘naltirilgan samarali metod, shakl hamda vositalar, strategiya va
texnologiyalar aniqlanib, amaliyotga joriy etilmagani; Ushbu muammolarni bartaraf etish
dolzarb masala. Chunki oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro
munosabatlarini faolligi uchun sharoit yaratish;
ota-ona bolalarining qobiliyatlarini aniqlash va shakllantirish;
xulq–atvorini milliy rivojlantirish va boshqa faoliyat turlarining doimiy aloqadorligi uchun
sharoit yaratish;
bolalarni ma’naviy tarbiyalash, atrof-olam bilan tanishtirish, emotsional olamini boyitish,
ijodga e’tibor va qiziqish uyg‘otish;
kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish, o‘zgalarni tinglay olish va o‘zaro fikr-
mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalarini shakllantirish;
xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo‘lish
hamda ularni qadrlashga o‘rgatish;
bolalarni teatr-kino madaniyatiga oshno qilish kabi ko‘nikma va malakalarni amaliyotga
tatbiq etish yo‘llarini o‘zlashtirishlari ularning milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro
munosabatlarini muvaffaqiyatli olib borishlari uchun muhim sanaladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki,
oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim
hisoblangan xulq-atvor, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida
jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik
jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda
oila va ta'lim muassasasining hamkorligi juda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon ikki tomonlama
aloqani, ya'ni oila va ta'lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni talab etadi.
Oila va ta'lim muassasasining hamkorligi
1. Ma'rifat va axloqiy tarbiya: Oila, bolaga dastlabki axloqiy qadriyatlarni singdiradi. Ta'lim
muassasalari esa bu qadriyatlarni yanada rivojlantirishi kerak. Bolalar oilada qanday tarbiya olsa,
maktabgacha ta'limda shunga mos keluvchi metodlar qo'llanilishi zarur.
46
2. Milliy qadriyatlarni o‘rgatish: Maktabgacha ta’lim muassasalari milliy madaniyat, urf-
odatlar va an'analarni bolalarga o‘rgatishda yetakchi rol o‘ynashi kerak. Oila esa bu qadriyatlarni
hayotga tatbiq etishda yordam beradi.
3. Ota-onalar bilan aloqa: Ta'lim muassasalari muntazam ravishda ota-onalar bilan muloqot
qilishlari zarur. Bu, ota-onalarga bolalari qanday tarbiyalanayotganini tushunishga yordam beradi
va ularning fikrlarini inobatga olish imkonini yaratadi.
4. Birgalikdagi tadbirlar: Ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlarda
(bayramlar, ko'rgazmalar, ochiq darslar) ota-onalar ishtirok etishi rag‘batlantirilishi lozim. Bu
bolaning ijtimoiy faoliyatda ishtirokini oshiradi va oilaning ta’lim jarayoniga jalb qilinishi mumkin
bo'ladi.
5. Psixologik yordam: Oila va maktabgacha ta’lim muassasalari birgalikda bolalarning
psixologik holatini kuzatib borishlari kerak. Agar bolalarda muammolar paydo bo‘lsa, ularni hal
qilishda birgalikda harakat qilishlari zarur.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash
tuyg‘usining qaror topganligi, o‘tmish qadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortganligi
oilaning shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini holisona baholash imkonini berdi. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila
turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy
tayanchlariga ega bo‘ladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-
ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbekistonning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to‘g‘risida emas, balki oilaning, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-
esonligi to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy
qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda
oila va ta’lim muassasasining hamkorligi juda zarurdir. Faqatgina bunday yondashuv orqali biz
kelajak avlodni mustahkam milliy ruhda tarbiyalay olishimiz mumkin. Buning natijasida bolalar
nafaqat bilimga ega bo'lishadi, balki o'z madaniyati va an'analariga nisbatan hurmat hissi bilan
ulg’ayadilar.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya. BMT.20.11.1989 YIL
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli “Pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Qarori
4.
Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009
5.
Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.
6.
Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.:
Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.
7.
Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni
47
Oshirish.
Miasto Przyszłości
,
51
, 146-148.
8.
Kalandarova
F.T.
KOMPETENTSIYAGА
АSOSLАNGАN
YONDАSHUV
BOʼLАJАK
BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.
https://www.iupr.ru/5-120-2024
9.
Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI
RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.
10.
Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo
‘rayevna pfd, professor.
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI
, 120.
