MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILARNING MOSLASHUV DAVRI VA UNING AHAMIYATI.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Moslashuv davrini yengillashtirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
48-51
12

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ne’matova , N. . (2025). MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILARNING MOSLASHUV DAVRI VA UNING AHAMIYATI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(10), 48–51. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/92512
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Moslashuv davrini yengillashtirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi.


background image

48

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILARNING

MOSLASHUV DAVRI VA UNING AHAMIYATI.

Ne’matova Nozima Salimjon Qizi

University of Business and Science Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti

Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi sirtqi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15496500

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan

bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik
yondashuvlar yoritiladi. Moslashuv davrini yengillashtirishga qaratilgan samarali usullar va ota-
ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi.

Annotation

: This article examines the adaptation period of children newly enrolled in

preschool institutions, its importance, phases, and pedagogical approaches. It analyzes effective
methods to ease adaptation and emphasizes the role of cooperation between parents and
educators.

Аннотатция:

В статье рассматривается период адаптации детей, поступивших в

дошкольные образовательные учреждения, его значение, этапы протекания и
педагогические подходы. Анализируются эффективные методы облегчения адаптации и
роль сотрудничества родителей и педагогов.

Kalit so‘zlar:

moslashuv, tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, metodik

yondashuv, huquqiy mas’uliyat, kasbiy rivojlanish, innovatsion texnologiyalar.

Key words:

adaptation, preschool child, educator, state educational standards,

methodological approach, legal responsibility, innovative technologies.

Ключевые слова:

адаптация, воспитание, воспитатель, государственные

образовательные стандарты, методический подход, юридическая ответственность,
профессиональное развитие, инновационные технологии.


Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning ilk ijtimoiylashuv va ta’limga kirib

borish bosqichidir. Bola uchun bu muassasaga kirish jarayoni yangi hayot bosqichi sifatida
namoyon bo‘ladi. Mazkur bosqich bolaning psixologik, emotsional va ijtimoiy jihatdan o‘zgarishini
talab etadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning
moslashuv davrini chuqur o‘rganish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va samarali
yondashuvlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan bir qator

qarorlarida bolalarni maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich jalb qilish, ularni ijtimoiy-
psixologik qo‘llab-quvvatlash, moslashuv jarayonini yengillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar
belgilangan. Jumladan, 2019-yil 8-oktabrdagi PQ–4477-sonli qaror va 2021-yil 16-martdagi PQ–
5032-sonli qarorlarda bu borada amaliy chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. Ularning ijrosi natijasida
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning moslashuv davrini tizimli ravishda tashkil qilish
va ularning farovonligini ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda.

Shunday ekan, bolalarning moslashuv davrini o‘rganish va uni ilmiy asosda tashkil etish

nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshiradi, balki har bir bola uchun qulay ijtimoiy muhit
yaratishga xizmat qiladi.

Moslashuv tushunchasi va bosqichlari


background image

49

Moslashuv – bu bolaning yangi muhitga, jamoaga, yangi tartib va pedagogik talablar tizimiga

moslashish jarayonidir. Ilmiy adabiyotlarda moslashuv jarayoni uch asosiy bosqichda kechishi
ko‘rsatilgan:

1. Ilk bosqich (reaksiya bosqichi): bola o‘ziga notanish muhitda begonalik his qiladi, yig‘lash,

tortinchoqlik, kayfiyat o‘zgarishlari kuzatiladi.

2. O‘rganish bosqichi: bola yangi muhitga asta-sekin ko‘nikadi, kun tartibiga moslashishni

boshlaydi.

3. Barqaror bosqich: bola o‘zini erkin tuta boshlaydi, jamoa a’zosi sifatida harakat qiladi, faol

ishtirok etadi.

Innavatsion pedagagik faoliyatning o‘ziga hos turi hisoblanadi.Maktabgacha ta’limga

qo‘yilayotgan hozirgi zamonaviy talablardan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
asosiy shart-innavatsion texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining tarbiyaviy ishlarda bola shaxsining shakillantirishda innavatsion
texnologiyalardan foydalansa tarbiyaviy jarayonlarda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bola
shaxsini shakillantirishda uni ishtimoiy hayotga kirishidagi muomolarga to‘g‘ri va izchil
yondashish bolaning ijtmoiy moslashuvida muhim ahamiyat kasb etadi

Ijtmoiy moslashuv bolaning tengdoshlar guruhiga kirishish, jamiyatda mavjud bo‘lgan

meyyorlar xulq atvor qoidlari qabul qilish yashash sharoitlariga moslashish bunda o‘zini anglash
va ro‘lli hattai harakatlar o‘zini o‘zi boshaqari qobilyati o‘z o’ziga hizmat qilish boshqalar bn
adekvat munosabatlar shakillanadi.

Bolalar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarigaberishning boshlanishi bolalarda yangi ijtmoiy

muhitga moshlashishini, kattalar va tengdoshlar aloqalarni o’rnatishni hatti xarakatlarning
moslashuvchanligi va moslashuvchan mexanizmlarni rivojlanishini talab etadi. Kundalik tartib,
talab va majburiyatlar bola uchun kutulmagan holga aylanib qoladi vashu bilan birga uni stresli
holatga keltiradi. Bazi bolalar uchun qiyin sharti bu guruh xonasini katta maydoni jihozlari va
odddatdagi uy sharoitlari sezilarli darajada farq qiladi. Bunday holatda Bolani hafsizlik
tuyg’usidan mahrum qilmaslik uchun uni kattalarga yaqinroq, cheklanganroq joyga qo‘yish
yaxshiroq. Bu shuningdek pedogog moslashish davrida bolalarni kattalar bilan hissiy aloqada
bo’lgan o‘ta keskin extiyojlarni qondirishga dastlabki tayyorgarlikning yetishmasligi nevralogik
reaksiyalarni olib kelishi mumkin.

-Emotsional holatning buzilishi;
-Uyqu va ishtahaning yomonlashuvi;
-Maktabgacha ta’lim tashkiloti qo’rquvning rivojlanishi;
-Kasallikning kuchayishi;
Bolaning ijtmoiy psixologik moslashuvi turliy yo‘llar bilan sodir bo‘ladi va bevosita bolaning

yoshiga sog‘lig‘iga yuqori asabiy faoliyat turiga, oiladagi tarbiya uslubiga va uning a’zolari
o‘rtasidagi munosabatlarga, o‘yin ko‘nikmalarining rivojlanishi darajasiga bog‘liq. Ko‘p jihatdan
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtmoiy moslashuvi ota – onalarning Bolani bo‘lajak
o‘zgarishlarga qanday ahloqiy va jismoniy tayyorlanganiga shuningdek bolaning individual
tipologik hususiyatlariga bog‘liq xolorik va sangvenik bolalar flagmatik melonxoliklarga
qaraganda teziroq moslashadi. Bolalarning eng kichik yoshdanoq uning mustaqilligini
rag’batlantirish kerak, keyin u sog‘lom komil inson bo‘lib o‘sadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ilk bor qadam qo‘ygan bolalar uchun moslashuv davri –

yangi ijtimoiy muhitga ko‘nikish jarayonidir. Bu davrda bola avvalgi yashash va tarbiyalanish


background image

50

sharoitidan farqli bo‘lgan yangi tartib-qoidalarga, jamoa hayotiga va pedagoglar bilan muloqotga
moslashadi. Mazkur davr bolaning psixologik, ijtimoiy va emotsional rivojida muhim ahamiyat
kasb etadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moslashuv jarayoni bolaning yoshi, fe’l-atvori, oilaviy

sharoiti hamda maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik yondashuviga bog‘liq holda
turlicha kechadi. Ko‘plab hollarda bu jarayon 2-3 hafta ichida ijobiy yo‘lga qo‘yilsa-da, ba’zi bolalar
uchun bu bir necha oy davom etishi mumkin. Moslashuv davrida bolaning kayfiyati, sog‘ligi va
rivojlanish sur’atlarini kuzatib borish zarur hisoblanadi (Karimova, 2021: 37).

Moslashuv davrining ahamiyati shundaki, bu jarayon muvaffaqiyatli kechgan taqdirda, bola

o‘zini xavfsiz his qiladi, yangi muhitda erkin harakat qiladi va ijtimoiylashuv jarayoniga faol
qo‘shiladi. Aksincha, moslashuvda muammolar kuzatilsa, bu bolaning kelajakdagi o‘qish va
rivojlanish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin (Toshpulatova, 2020: 45).

Moslashuv davrini yengillashtirish maqsadida quyidagi pedagogik chora-tadbirlar tavsiya

etiladi: oilaviy va bog‘cha o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, moslashuv dasturlarini ishlab
chiqish, bolalarga individual yondashuvni kuchaytirish, yangi sharoitga moslashtiruvchi o‘yinlar
va mashg‘ulotlar tashkil etish. Pedagog va psixologlarning fikricha, aynan shunday yondashuvlar
orqali bola yangi sharoitda o‘zini erkin his eta boshlaydi (Ismoilova, 2022: 53).

Xulosa qilib aytgamda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning moslashuv davri – bu

ularning yangi ijtimoiy muhitga, yangi tartib-qoidalarga va pedagoglar bilan o‘zaro
munosabatlarga moslashish davridir. Bu davr tarbiyalanuvchining psixologik, emotsional va
intellektual rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mazkur davrda bolaning o‘zini erkin his qilishi,
ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashi va yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashishi uchun
pedagoglar, ota-onalar va psixologlar o‘rtasidagi hamkorlik nihoyatda muhimdir. maktabgacha
ta'lim tashkilotlaridagi moslashuv davri – bolaning kelajakdagi ijtimoiy, emotsional va intellektual
rivojlanishining poydevorini tashkil etadi. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi nafaqat
bolaning ta’lim muhitiga ko‘nikishini, balki uning shaxsiy barkamolligini ham belgilab beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4477-sonli qarori. – T.:
Adliya vazirligi, 2019. – 12 b
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-martdagi “Maktabgacha va maktab

ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
5032-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2021. – 10 b.
3.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni

Oshirish.

Miasto Przyszłości

,

51

, 146-148.

4.

Kalandarova

F.T.

KOMPETENTSIYAGА

АSOSLАNGАN

YONDАSHUV

BOʼLАJАK

BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.

https://www.iupr.ru/5-120-2024

5.

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI

RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.


background image

51

6.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon
Jo‘rayevna pfd, professor.

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR

VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI

, 120.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4477-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2019. – 12 b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-martdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5032-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2021. – 10 b.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo‘rayevna pfd, professor. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.