MAKTABGACHA TA‘LIM TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Mehnat tarbiyasini tarkib toptirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi..

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
  • University of Business and Science Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi sirtqi 2-bosqich MT23-51 guruh talabasi Namangan viloyati Chust tumani 12-DMTT tarbiyachisi
56-58
8

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nosirova , D. . (2025). MAKTABGACHA TA‘LIM TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(10), 56–58. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/92510
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Mehnat tarbiyasini tarkib toptirishga qaratilgan samarali usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi..


background image

56

MAKTABGACHA TA‘LIM TARBIYALANUVCHILARIDA MEHNAT TARBIYASINI

SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Nosirova Dilrabo Qosimxon qizi

University of Business and Science Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti

Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi sirtqi 2-bosqich MT23-51 guruh talabasi

Namangan viloyati Chust tumani 12-DMTT tarbiyachisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15496520

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarining

tarbiya jarayonlari va bunda mehnat tarbiyasini shakllantirish va uning ahamiyati hamda
pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Mehnat tarbiyasini tarkib toptirishga qaratilgan samarali
usullar va ota-ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi..

Kalit so‘zlar:

tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, metodik yondashuv,

mehnat, mehnat tarbiyasi, kasbiy rivojlanish, innovatsion texnologiyalar.


Odamzod dunyoga keladiki, u bevosita mehnat qiladi va harakatda boʻladi. Uning kundalik

turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog’liqdir. Shu sababli mehnat umuminsoniy, milliy,
moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizi hisoblanadi.

Bugungi jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat

tarbiyasining o’rni beqiyosdir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning
ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida
ulg’ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o’z aqlini, irodasini, hissiyotini,
xarakterini rivojlantirishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tizimida xam mehnat tarbiyasi, mehnatning mohiyatini chuqur

anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki
kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib,
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday
tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib
toptirishga ko’maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy
xislati sifatida uning mehanatga bo’lgan ehtiyojini shakllantirishdir.

Mehnat tarbiyasida maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga

muvofiq:

-yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab

chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;

-tarbiayalanuvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
-ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-tarbiayalanuvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari

uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

-ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
-tarbiayalanuvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,

mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona
munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;

-tarbiayalanuvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab

turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishini
oshirish;


background image

57

-tarbiayalanuvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari,

shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaxassissliklar bilan
tanishtirish.

Tarbiayalanuvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo’lib, ular quyidagilardir:
1. Maishiy mehnat;
2. O’quv mehnati;
3. O’quv ishlab chiqarish mehnati;
4. Texnik mehnat;
5. Ijtimoiy-unumli mehnat;
6. Ijtimoiy-foydali mehnat va boshqalar.
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo’llaniladi. Bola muayyan yoshga to’lgach,

kattalarga yordamlashadi, o’z imkoniyatlarini anglab yetadi va o’quv (ta’lim) mehnatiga
muntazam tayyorlanadi.

Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi;
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi;
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi;
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi;
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib

boorish.

Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e’tibor

berish, mehnat tarbiyalanuvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi, ularning
mehnat faoliyatlari ijodiy harakatda bo’lishi, o’z vaqtida kasblar haqida ma’lumotlar berib
borilishi, mehnat ahillari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Mehnat
tarbiyasining bosh g’oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil
qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi.

Xalq pedagogikasiga murojaat etadigan boʻlsak, buyuk ajdodlarimiz mehnat tarbiyasi

to’g’risida to’xtalib, qimmatli fikrlarni bildirib o’tishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy: “Oltin
topmaginu o’rgan-gin hunar, hunarning oldida xasdir oltin-zar”, - degan fikr bildirsalar, ulug’
mutafakkir Alisher Navoiy: “Umrni zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bil”, -
deydilar. Fransuz adibi Anatol Frank: “Eng yaxshi axloqiy va estetik dori – mehnat”, - degan fikrni
ilgari suradi. Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr Farobiyning “Fozil
odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Geodeziya”, “Minerologoya”, Mahmud Qoshg’ariyning
“Devonu lug’atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Alisher Navoiyning bir qator asarlari
va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida
muhim fikrlar bayon etilgan.

Yuqoridagi fikrlarga tayangan xolda, xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mehnat, mehnat

tarbiyasining ahamiyati bolaning hayotida, uning jisomanan, ma’nan tarbiya topishida, hamda
yuksak kamolotga erishishida beqiyosdir. Har qanday tarbiya uchun poydevor eng avval oilada
barpo qilinar ekan, mehnat tarbiyasi ham bolada o’z uyida uy yumushlarida oila a’zolariga
ko’maklashishidan boshlab rivojlanib boradi. Shu orqali bolada mehnatga nisbatan muhabbat,
kelajak uchun esa ko’nikma va malaka hosil bo’ladi. Keyinchalik ta’lim dargohlarida, ya’ni bog’cha,
maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida mehnat tarbiyasi bosqichma-bosqich


background image

58

shakllantirib boriladi. Bu esa bolani uning jismoniy, aqliy qobiliyatiga, qiziqish va imkoniyatiga
qarab kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirishga yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4477-sonli qarori. – T.:
Adliya vazirligi, 2019. – 12 b
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-martdagi “Maktabgacha va maktab

ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–
5032-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2021. – 10 b.
3.

Toxirovna, K. F. (2024). O‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni

Oshirish.

Miasto Przyszłości

,

51

, 146-148.

4.

Kalandarova

F.T.

KOMPETENTSIYAGА

АSOSLАNGАN

YONDАSHUV

BOʼLАJАK

BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.

https://www.iupr.ru/5-120-2024

5.

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI

RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

6.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon
Jo‘rayevna pfd, professor.

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR

VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI

, 120.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4477-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2019. – 12 b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-martdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5032-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2021. – 10 b.

Toxirovna, K. F. (2024). O‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo‘rayevna pfd, professor. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.