92
KUZATISH METODI
O’tkurova Moxira Baxtiyor qizi
Toshkent Amaliy fanlar Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika-psixologiya
ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Ilmiy raxbar:
Usmanova Sevara Akmalovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.15220806
Annotatsiya.
Ushbu matnda psixologiyada kuzatish metodining mohiyati, turlari va
qo‘llanilish sohalari yoritib berilgan. Kuzatish — voqelikdagi hodisalarni rejali, tizimli va
mukammal tarzda idrok qilish orqali psixik holatlarni o‘rganishga xizmat qiluvchi asosiy ilmiy
metodlardan biridir. Metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini-o‘zi) turlari mavjud bo‘lib,
ular insonning xatti-harakati, his-tuyg‘ulari, nutqi va faoliyatini o‘rganishda qo‘llaniladi. Kuzatish
jarayonida ilmiy xulosalar chiqariladi, farazlar ilgari suriladi va psixik holatlar tahlil qilinadi.
Matnda kuzatish metodining tarixiy rivoji, uni qo‘llash shartlari va bosqichlari ham ko’rsatib
o’tilgan
Kalit so‘zlar:
Kuzatish metod, idrok, diqqat, xulq-atvor, o’z-o’zini, tashqi kuzatish, ichki
kuzatish, tafakkur, tabiiy metod.
Kirish:
Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz,
mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish qadimdan hozirgi davrgacha
kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari,
xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson
faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga,
kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat
bilan faol fikrlash kuzatishga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi.
Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa
suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari
mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori,
nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi.
Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)dan foydalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi
toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi.
Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879— 1922),
A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi
kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.
Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi
organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va
tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman
kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin.
Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning
deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini
bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo‘ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-
o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘lib qoldi. Bu metodning bir qancha
kamchiliklari borligi ma’lum bo‘ldi. O‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham
tekshiruvchi obyektga bo‘linib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi ko‘rsatildi.
93
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi
xulqatvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z – o’zini
kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida
ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki
jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi.
Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (ozini ozi) kuzatish turlari
mavjud. Inson psixikasidagi ozgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1.Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
2.Kuzatiladigan obyekt tanlanadi;
3.Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi;
4.Tadqiqot otkazish vaqti rejalashtiriladi;
5.Kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi;
6.Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (oyin, oqish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi
tavsiya qilinadi;
7.Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan otkazilishi) ta-yinlanadi;
8.Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi,
magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari,
temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori,
nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi.
Xulosa:
Psixologiyada kuzatish — bu inson psixikasini o‘rganishda muhim va qadimiy
metodlardan biridir. U real hayotdagi hodisalarni rejali, tartibli va tizimli tarzda idrok etish orqali
psixologik ma’lumotlar yig‘ishni ta’minlaydi. Kuzatishning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini-
o‘zi) shakllari mavjud bo‘lib, ular orqali insonning diqqat, his-tuyg‘u, xatti-harakat, nutq va
muomala xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu metod tadqiqotchi uchun dastlabki tasavvurlarni
shakllantirishda, farazlar ilgari surishda va ilmiy xulosalar chiqarishda asosiy vosita hisoblanadi.
Har bir kuzatuv oldindan aniq rejalashtirilib, maxsus vositalar orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, kuzatish inson ruhiy holatini tabiiy sharoitda o‘rganishga imkon beruvchi ishonchli
metod sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; “O’qituvchi”
nashriyoti 1975 y
2.
Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; “O’qituvchi” 1992 y
3.
G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
4.
Psixodiagnostika va eksperem ental psixologiya: o’quv qo’llanma Nishanova, Z.Qurbonova,
S.Abdiev; O ‘z R Oliy va o’rta maxsus Ta’lim vazirligi. -T.: «Tafakkur-Bo‘stoni». 2011
5.
Усманова Севара Акмаловна. (2024). РАЗВИТИЕ Я-КОНЦЕПЦИИ В ПОДРОСТКОВОМ
ВОЗРАСТЕ. Международные научные и актуальные исследовательские конференции,
1(01),
87–90.
Получено
с
https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1519
6.
Акмаловна, Усмонова Севара. «Психологические особенности самосознания в раннем
подростковом возрасте». Zien Journal of Social Sciences and Humanities 6 (2022): 114-116.
