MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI

Abstract

Mazkur maqola mativatsiya va motivlarni o‘rganish metodlariga bag‘ishlangan bo‘lib, inson faoliyatining harakatlantiruvchi kuchlari, motivlarning shakllanish jarayoni hamda ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Motivatsiya shaxsning ichki va tashqi rag‘batlantiruvchi omillar ta’sirida qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari va tashqi muhit sharoitlari bilan qanday bog‘liqligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada motivatsiya tushunchasi psixologik, sotsiologik va menejment nuqtai nazaridan keng yoritilib, motivlarning turlari, ularni aniqlash va tahlil qilish usullari keltirilgan. Xususan, motivatsiyani o‘rganishda eksperimental, kuzatish, test sinovlari, intervyu va so‘rovnomalardan foydalanish usullari afzallik va kamchiliklari, ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
30-36
201

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yo‘ldashova , M. . (2025). MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(7), 30–36. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/78424
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqola mativatsiya va motivlarni o‘rganish metodlariga bag‘ishlangan bo‘lib, inson faoliyatining harakatlantiruvchi kuchlari, motivlarning shakllanish jarayoni hamda ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Motivatsiya shaxsning ichki va tashqi rag‘batlantiruvchi omillar ta’sirida qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari va tashqi muhit sharoitlari bilan qanday bog‘liqligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada motivatsiya tushunchasi psixologik, sotsiologik va menejment nuqtai nazaridan keng yoritilib, motivlarning turlari, ularni aniqlash va tahlil qilish usullari keltirilgan. Xususan, motivatsiyani o‘rganishda eksperimental, kuzatish, test sinovlari, intervyu va so‘rovnomalardan foydalanish usullari afzallik va kamchiliklari, ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.


background image

30

MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI

Yo‘ldashova Marjona Bahodir qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

Marjonayoldashova786@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15179510

Annotatsiya:

Mazkur maqola mativatsiya va motivlarni o‘rganish metodlariga

bag‘ishlangan bo‘lib, inson faoliyatining harakatlantiruvchi kuchlari, motivlarning shakllanish
jarayoni hamda ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Motivatsiya shaxsning ichki va tashqi
rag‘batlantiruvchi omillar ta’sirida qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari va tashqi
muhit sharoitlari bilan qanday bog‘liqligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada motivatsiya
tushunchasi psixologik, sotsiologik va menejment nuqtai nazaridan keng yoritilib, motivlarning
turlari, ularni aniqlash va tahlil qilish usullari keltirilgan. Xususan, motivatsiyani o‘rganishda
eksperimental, kuzatish, test sinovlari, intervyu va so‘rovnomalardan foydalanish usullari
afzallik va kamchiliklari, ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Mativatsiya, motiv, rag‘batlantirish, psixologik tahlil, motivatsion metodlar,

ichki va tashqi omillar, shaxsiy rivojlanish, xulq-atvor, menejment, ta’lim, eksperimental
tadqiqot, so‘rovnoma, intervyu, test sinovlari, kuzatish usuli.

Abstract:

This article is devoted to the methods of studying motivation and motives,

analyzing the driving forces of human activity, the process of formation of motives and the
factors influencing them. It considers how motivation develops under the influence of internal
and external motivating factors of a person, how it is related to his individual characteristics and
external environmental conditions. The article comprehensively covers the concept of
motivation from a psychological, sociological and management perspective, presents the types of
motives, methods for their identification and analysis. In particular, the advantages and
disadvantages of using experimental, observational, test tests, interviews and questionnaires in
the study of motivation, and the possibilities of their application in scientific research are
discussed.

Keywords:

Motivation, motive, incentive, psychological analysis, motivational methods,

internal and external factors, personal development, behavior, management, education,
experimental research, questionnaire, interview, test tests, observation method

Аннотация:

Статья посвящена методам изучения мотивации и мотивов, анализу

движущих сил деятельности человека, процесса формирования мотивов и факторов, на
них влияющих. Рассматривается, как мотивация развивается под влиянием внутренних и
внешних мотивирующих факторов, как она связана с индивидуальными особенностями и
условиями внешней среды. В статье широко рассматривается понятие мотивации с
психологической, социологической и управленческой точек зрения, представлены виды
мотивов, методы их выявления и анализа. В частности, обсуждаются преимущества и
недостатки использования экспериментальных, наблюдательных, тестовых, интервью- и
анкетных методов в изучении мотивации, а также возможности их применения в научных
исследованиях.

Ключевые слова

: Мотивация, мотив, поощрение, психологический анализ,

мотивационные методы, внутренние и внешние факторы, личностное развитие,


background image

31

поведение, управление, образование, экспериментальное исследование, анкетирование,
интервью, тест, метод наблюдения.

KIRISH:

O‘tkan asrlarda psixologlar motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini

belgilashda dinamik va ma’naviy tomonlarining uyg‘unligidan kelib chiqqan holda talqin
qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tahlil qilish bilan cheklanamiz, xolos.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyidagi mulohazalarni bildiradi.
Motivatsiya-bu psixika orqali hosil bo‘ladi. Motiv-bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik
jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir. “Motiv
inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil. Motiv shaxsni harakatga
faoliyatga undovchi ehtiyojining yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi.
Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqalar motivlar jumlasiga kiradi”. Bizningcha,
shaxs o‘zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Insonning xulq-atvorni
harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi motivlar shaxsning tuzilishida yetakchi
o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish tarkibiga shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri, emotsional
holati qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida
to‘plangan nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning
fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot
mavjud. Jumladan, xarakterning tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik xususiyatli
tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatnigina emas, balki uning ma’naviy va
ma’naviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi

psixologik sabablari majmuini bildiradi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik
hodisalarning o‘zaro mustaqil bog‘langan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a]
Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi
motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo‘lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b]
Motivlashtirish faollik kimga qaratilgan boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi
tanlanganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni belgilaydigan
sabablardir. Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko‘ra olish, shaxsiy
holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini
qo‘llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatga o‘z ehtiyojlariga ko‘ra sidqidildan munosabatda
bo‘lsalar, ba’zilar o‘z burchlarini anglaganliklaridan, yana ba’zilar o‘zlarining qobih niyatlariga
erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo‘ladilar. Motivatsiya-odamni faol faoliyatga
undovchi sabablar majmui bo‘lib, xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik
jarayonini hisoblanib unga tashabbus, yo‘nalganlik, tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi.
Insonni xatti-harakati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi
sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o‘rganish shaxsning ma’naviy psixologik
mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-
harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni
odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo‘ladi.

Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muommosi, ayniqsa shaxsdagi ijtimoiy xulq

motivlari borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir
odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. R.S.Vaysman
shaxs motivatsion sohasida tizimli munosabatlarni juda qiziq tasnifini keltiradi. Ammo ajratilgan


background image

32

munosabatlar qatorini boshqaruv, tartiblashtirilganlik va shu kabi munosabatlar bilan to‘ldirish
mumkin. Qolaversa R.S.Vaysman motivatsion o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi tizim hosil qiluvchi
asosiy munosabatni ajratmagan, bir turdagi va har xil turdagi motivatsion hodisalarni bir-biridan
farqlamagan. Chet el olimlarning motivatsiya sohasidagi tadqiqotlar orasida G.Olportning
motivlar funksional avtonomiyasi nazariyasi alohida o‘rin egallaydi. Bu nazariyada motivlar
transformasiyasi, tizimli rivojlanishi jarayon sifatida talqin etiladi.

NATIJALAR

Motivatsiyaning asosiy nazariyalari.
Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi-inson ehtiyojlarini besh bosqichga ajratadi:, xavfsizlik,

ijtimoiy, hurmat va o‘zini o‘zi namoyon qilish ehtiyojlari.

Mak Klellandning motivatsiya nazariyasi-asosiy uch motiv mavjud yutuqga intilish,

hokimiyat istagi va bir guruhga tegishlilik.

Gersbergning ikki omili nazariyasi- ish joyidagi qoniqish va norozilikka ta’sir qiluvchi

motivator va gigiyenik omillar mavjudligini ta’kidlaydi.

Vrumning umid nazariyasi-odamlarning maqsadga erishish uchun harakat qilishi,

natijalarga bo‘lgan umidga bog‘liqligini ta’kidlaydi.

Motivlarni o‘rganish metodlari asosan ular bir nechta metodlarga bo‘linadi. Kuzatish

metodi-ushbu metod insonning xatti-harakatlarini tabiiy sharoitda kuzatish orqali uning
motivlarini aniqlashga asoslanadi. Masalan, ish joyidaega ekanligini tushunish mumkin. Suhbat
metodi-motivlarni aniqlash uchun intervyu va suhbatlar eng samarali usullardan biridir Suhbat
davomida inson o‘z ehtiyojlari, maqsadlari va motivlari haqida ma’lumot beradi. Anketa va
so‘rovnomalar-ko‘p hollarda motivatsiyani o‘rganish uchun maxsus so‘rovnomalar tuziladi.
Ushbu metod katta hajmdagi respondentlar orasida keng miqyosda tadqiqot olib borishga imkon
beradi. Eksperiment-tajribaviy metod bo‘lib, odamlar turli sharoitlarda qanday motivatsiyaga
ega ekanligini aniqlash uchun ishlatiladi. Masalan, ish haqi yoki rag‘batlantirish tizimining ta’siri
tadqiq qilinishi mumkin. Psixologik testlar-motivatsion testlar orqali insonning shaxsiy
xususiyatlari va ichki ehtiyojlarini o‘rganish mumkin. Bu usul odatda psixologlar tomonidan
qo‘llaniladi.

Motivatsiya— bu odamlar va boshqa hayvonlarning maʼlum bir vaqtda xatti-harakatni

boshlashi, davom ettirishi yoki toʻxtatishi sababi. Motivatsion holatlar odatda agent ichida
harakat qiluvchi, maqsadga yoʻnaltirilgan xatti-harakatlarga moyillikni yaratadigan kuchlar
sifatida tushuniladi. Koʻpincha turli xil ruhiy holatlar bir-biri bilan raqobatlashadi va faqat eng
kuchli holat xatti-harakatni belgilaydi. Bu shuni anglatadiki, biz biror narsani amalga
oshirmasdan turib, biror narsa qilishga undashimiz mumkin. Motivatsiyani taʼminlovchi
paradigmatik ruhiy holat - bu istak. Ammo boshqa turli holatlar, masalan, nima qilish kerakligi
yoki niyatlari haqidagi eʼtiqodlar ham motivatsiyani taʼminlashi mumkin. Motivatsiya “motiv”
soʻzidan olingan boʻlib, u kishining ehtiyojlari, istaklari yoki undovlarini bildiradi. Maqsadga
erishish uchun shaxslarni harakatga undash jarayonidir. Ish maqsadlari kontekstida
odamlarning xatti-harakatlarini kuchaytiradigan psixologik elementlar pulga boʻlgan xohishni
oʻz ichiga olishi mumkin.

Motiv - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj motiv

shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi
ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa motivlar jumlasiga
kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida Motiv atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va


background image

33

holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi
motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning
barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning
tarkibi boʻlgani tufayli u faoliyatning maqsadi va Motivatsiya orqali boshqariladi. Baʼzan
"Motivatsiya" tushunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish
hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.

MUHOKAMA

O’quv faoliyati motivatsiyasining manbalarfi mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

1.Ichki manbalar. Ular insonning tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi.Ulardan eng
muhimi tug‘ma axborot olishga bo‘lgan ehtiyojdir.Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy
ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. 2.Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari
bilan belgilanadi. Talablar ularning birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy
xulqatvorini bildiradi.Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab
qiladi. Ijtimoiy kutish jamiyatning har birimizdan ma’lim bilimlar, ko‘nikmalar darajasinign
bo‘lishi zarurligini bildiradi. Masalan bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshida u o‘qishi kerak, 15
yoshida u kasb tanlashi kerak, deb hisoblaymiz.

Motivatsiya — inson psixologiyasiga chuqur ta'sir ko‘rsatadigan jarayon bo‘lib, uni

o‘rganish va boshqarish bir qancha metodlar orqali amalga oshiriladi.

Ma’lum maqsad qo‘yish - maqsadlarni aniq va o‘lchab bo‘ladigan qilish motivatsiyani

oshiradi. “Men yaxshiroq bilim olishim kerak” kabi noaniq maqsadlar o‘rniga, “Men 3 oyda ingliz
tilini o‘rganishni boshlayman” kabi aniq va o‘lchovli maqsadlarni belgilash samarali bo‘ladi.

Ichki motivatsiyani kuchaytirish — bu o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda amalga

oshiriladigan harakatlardir. Masalan, kitob o‘qishdan yoki sport bilan shug‘ullanishdan zavq
olish. Shaxsiy qiziqishlaringizni va ehtiyojlaringizni aniqlash, ularni rivojlantirish va shu asosda
harakat qilish motivatsiyangizni oshiradi.

Kichik maqsadlar qo‘yish - katta maqsadlarni kichik qismlarga ajratib, ularga erishish

orqali motivatsiyani saqlab qolish mumkin. Kichik maqsadlar orqali muvaffaqiyatni tez-tez
boshdan kechirish, odamni motivatsiya bilan ta'minlaydi. Masalan, katta loyiha ustida ishlashda
biror-bir bosqichga erishish va bu bosqichni muvaffaqiyat deb hisoblash.

Tashqi mukofotlar - motivatsiya oshirishda tashqi mukofotlar ham muhim rol o‘ynaydi.

Mukofotlar insonni maqsadlariga erishishga undaydi. Mukofotlar moddiy (pul, sovg‘alar) va
ma'naviy (tan olinish, izzat) bo‘lishi mumkin.

O‘z-o‘zini

tahlil

qilish

o‘z

harakatlaringizni,

yutuqlaringizni

va

muvaffaqiyatsizliklaringizni tahlil qilish motivatsiyani oshirishga yordam beradi. O‘z-o‘zini
baholash orqali, siz o'z kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlay olasiz. Bu o‘z-o‘zini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega.

Ijobiy fikrlar va tasavvurlar - pozitiv fikrlar va tasavvurlar orqali motivatsiyani oshirish

mumkin. Muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini ko‘rish, salbiy fikrlarni chetlatish va ijobiy
energiyani o‘z ichiga olgan fikrlarga tayanish, insonni harakatga keltiradi.

Tashqi muhit va qo‘llab-quvvatlash - odamlarni o‘z maqsadlariga erishishda yordam

beradigan ijobiy muhit yaratish ham juda muhimdir. Yaxshi do‘stlar, oila, ustozlar va qo‘llab-
quvvatlovchi guruhlar motivatsiyani oshirishi mumkin.

XULOSA


background image

34

Motivatsiya har bir insonning hayotida muvaffaqiyatga erishish va maqsadlariga erishish

uchun juda muhim omildir. Motivatsiyaning ikki asosiy turi mavjud: ichki va tashqi motivatsiya.
Ichki motivatsiya odamning o‘z qiziqishlari, ehtiyojlari va shaxsiy maqsadlariga asoslanadi,
tashqi motivatsiya esa tashqi rag‘batlar, mukofotlar va tan olishga tayanadi. Ikkala motivatsiya
turi ham insonni harakatga keltiradi, lekin ularning ta'siri va samaradorligi har xil bo‘lishi
mumkin.Motivatsiyani oshirish uchun turli metodlar mavjud. Aniq va o‘lchovli maqsadlar qo‘yish
orqali odamlar o‘z yo'lida qanday qadamlar qo‘yishlari kerakligini bilib olishadi va bu
motivatsiyani kuchaytiradi. Kichik maqsadlarga erishish ham o‘z navbatida odamni yangi
yutuqlar sari undaydi. Ichki motivatsiya, ya'ni o‘z qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda harakat qilish esa eng samarali metodlardan biridir.Bundan tashqari, tashqi mukofotlar va
rag‘batlar ham motivatsiyani oshirishi mumkin. Masalan, muvaffaqiyatga erishganda mukofot
olish, tan olinishi yoki boshqalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanish insonni yanada ko‘proq
harakat qilishga undaydi. Ijobiy fikrlar va tasavvurlar orqali muvaffaqiyatga erishish
imkoniyatlari yaxshilanadi va inson o‘zining salbiy fikrlarini chetlatadi.Motivatsiya bilan
ishlashda o‘z-o‘zini tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Inson o‘zining kuchli va zaif
tomonlarini aniqlab, ularni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish orqali muvaffaqiyatga
erishishi mumkin. Shuningdek, ijobiy muhit yaratish va boshqalarning qo‘llab-quvvatlashi
motivatsiyani saqlab qolishga yordam beradi.Bundan kelib chiqqan holda, motivatsiya nafaqat
maqsadlarga erishish, balki o‘z-o‘zini rivojlantirish va ruhiy holatni yaxshilashda ham muhim
ahamiyatga ega. Har bir inson o‘ziga mos motivatsiya metodlarini topishi, ularni samarali
qo‘llashi va o‘z maqsadlariga erishishda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Motivatsiya — bu faqat
harakatga keltiruvchi kuch emas, balki o‘zgarishga, rivojlanishga va o‘z hayotini yanada yaxshi
qilishga undovchi eng muhim omildir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

G.M.Daulatova, M.T.Nasiratdinova ( Motivatsiya va Motivlarni o‘rganish metodlari

2.

Ch.B.Bekchanova ( Motiv va Motivatsiya

3.

Z.T.Nishanova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnzarova (2018

4.

Motivatsiya va Motivlarni o ‘rganish metodlari(2022

5.

Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT (Т. 2,

Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056

6.

Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS USING

CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164.

https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29

.

7.

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY

PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В
INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–
40). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

8.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.

Молодые

ученые,

2(6),

48–52.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

9.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE


background image

35

BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной
науке, 3(7), 149–153.извлечено.
10.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В

УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.
11.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK

TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50–
53. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13

.

12.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР.

Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

.

13.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY MAHORATINI

54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал социальных наук,
философии

и

культуры,

2(11),

231–234.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.
14.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI

OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических
исследований,

2(11),

983–988.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305

.

15.

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ.

Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65
16.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры,
4(6 Part 2), 73–76. извлечено от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

17.

Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon Qizi TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI YENGISH

// YOPA. 2025. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarda-psixologik-stressni-
yengish (дата обращения: 02.04.2025).
18.

Usarboyeva D. The importance of innovative educational methods in organizing the

educational process //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable
Development of Regions (Germany). – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 184-187.
19.

Usarboyeva, D. (2024). Talabalarning akademik mobilligini shakllantirish mexanizmlari.

Таълим тизимида ижтимоийгуманитар фанлар, 1(1), 74-77. 31.
20.

Абдусаматова, Ш. С. (2024). Роль психологии в формировании толерантности у

студентов. IMRAS, 7(7), 39-43.
21.

Abdusamatova, S. S. (2024). Tolerantlikning shaxsiy omillari. Inter education & global

study, (5 (1)), 487-489.
22.

Abdusamatova, S. S., & Sultonqulova, G. F. (2023). Ehtiyojlar va faoliyatning o'zaro

bog'liqligi. Евразийский журнал академических исследований, 3(3 Part 3), 65-69.
23.

Аbdusаmаtоvа, S. (2023). Descriptiоn оf mоdern cоncepts оf emоtiоnаl intelligence.

Science and innovation, 2(B11), 524-529.
24.

Abdusamatova, S. (2023). Mechanism of innovation in the field of lifelong education.

Science and innovation, 2(B1), 341-344.


background image

36

25.

Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and

effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.
26.

Meylieva, M. S. (2024). Talabalarga individual ta ‘lim yondashuvlari asosida intellektual

qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagog, 7(2), 381-384.
27.

Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional

motivation through an individual approach. International education and innovative sciences,
1(9), 347-357.
28.

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Effects On Performance By Electronic Training Equipment

For Young Karatists. «Psychologi and education» Journal (2021) 58(2): 11488-11490 ISSN:
00333077
29.

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Influence of Basketball on the Mental and Physical

Development of the Personality. «International Journal of Future of Generation Communication
and Networking » Vol. 14. No. 1. (2021). pp. : 768-772 ISSN: 2233-7857 IJFGCN
30.

Arzibaev, K. O., & Rafiqov, A. U. (2021). THE ROLE OF MATHEMATICS IN SPORTS. In

АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 5-8).
31.

Arzibaev, K. O., & Tanikulova, Z. R. (2021). MECHANISMS FOR IMPROVING THE LEGAL

KNOWLEDGE OF ATHLETES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И
СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 117-119).
32.

Arzibaev, K. O., & Elmurodova, M. U. (2021). DEVELOPMENT IN SPORTS USING UNIQUE

TECHNIQUES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В
СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 3-5).
33.

ARZIBAYEV, Q. (2024). O ‘SMIR SPORTCHILARDA MAQSADGA ERISHISH MOTIVATSIYASI

TADQIQI. News of the NUUz, 1(1.9), 54-57.
34.

Арзибаев, К. О. (2015). РОЛЬ МОТИВАЦИИ В ЕДИНОБОРСТВЕ. Наука и мир, (3-3), 103-

105.
35.

Арзибаев, К. О., & Аралов, С. А. (2016). КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОСНОВЫ ОБРАЗОВАНИЯ

В УЗБЕКИСТАНЕ. Наука и мир, 3(1), 53-54.
36.

Арзибаев, Қ. О., & Акбарова, Д. Р. (2016). Проблема здорового образа жизни в

исследованиях. Наука и мир, (3-3), 77-78.
37.

Арзибаев, К. О. (2013). МОТИВАЦИЯ ДОСТИЖЕНИЯ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР

СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. SCIENCE AND WORLD, 93.
38.

Арзибаев, К., & Бердалиева, Ю. (2013). ВЛИЯНИЕ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ

НА МОТИВАЦИЮ ЮНЫХ СПОРТСМЕНОВ. SCIENCE AND WORLD, 14.
39.

Arzibayev, Q. (2023). THE PROBLEM OF MOTIVATION OF SPORT ACTIVITY IN THE

ANALYSIS. European journal of education and applied psychology, (2), 82-89.
40.

Arzibayev, Q. (2023). THE APPEARANCE OF MOTIVES FOR SPORTS ACTIVITY IN

ANALYSIS. Modern Science and Research, 2(10), 694-704.
41.

Arzibayev, K. O., & Aralov, S. A. (2016). Physical culture and social importance of sport in

educating the young by the principles National Concept. In Scientific achievements of the third
millennium (pp. 23-24).
42.

Arzibayev, Q. (2023). О ‘smir sportchilarda sport bilan shug ‘ullanish motivlarini о ‘rganish.

Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 18-25.

References

G.M.Daulatova, M.T.Nasiratdinova ( Motivatsiya va Motivlarni o‘rganish metodlari

Ch.B.Bekchanova ( Motiv va Motivatsiya

Z.T.Nishanova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnzarova (2018

Motivatsiya va Motivlarni o ‘rganish metodlari(2022

Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT (Т. 2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056

Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29 .

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–40). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50– 53. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151.

Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY MAHORATINI 54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.

Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических исследований, 2(11), 983–988. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305 .

Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon Qizi TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI YENGISH // YOPA. 2025. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarda-psixologik-stressni-yengish (дата обращения: 02.04.2025).

Usarboyeva D. The importance of innovative educational methods in organizing the educational process //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable Development of Regions (Germany). – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 184-187.

Usarboyeva, D. (2024). Talabalarning akademik mobilligini shakllantirish mexanizmlari. Таълим тизимида ижтимоийгуманитар фанлар, 1(1), 74-77. 31.

Абдусаматова, Ш. С. (2024). Роль психологии в формировании толерантности у студентов. IMRAS, 7(7), 39-43.

Abdusamatova, S. S. (2024). Tolerantlikning shaxsiy omillari. Inter education & global study, (5 (1)), 487-489.

Abdusamatova, S. S., & Sultonqulova, G. F. (2023). Ehtiyojlar va faoliyatning o'zaro bog'liqligi. Евразийский журнал академических исследований, 3(3 Part 3), 65-69.

Аbdusаmаtоvа, S. (2023). Descriptiоn оf mоdern cоncepts оf emоtiоnаl intelligence. Science and innovation, 2(B11), 524-529.

Abdusamatova, S. (2023). Mechanism of innovation in the field of lifelong education. Science and innovation, 2(B1), 341-344.

Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.

Meylieva, M. S. (2024). Talabalarga individual ta ‘lim yondashuvlari asosida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagog, 7(2), 381-384.

Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional motivation through an individual approach. International education and innovative sciences, 1(9), 347-357.

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Effects On Performance By Electronic Training Equipment For Young Karatists. «Psychologi and education» Journal (2021) 58(2): 11488-11490 ISSN: 00333077

K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Influence of Basketball on the Mental and Physical Development of the Personality. «International Journal of Future of Generation Communication and Networking » Vol. 14. No. 1. (2021). pp. : 768-772 ISSN: 2233-7857 IJFGCN

Arzibaev, K. O., & Rafiqov, A. U. (2021). THE ROLE OF MATHEMATICS IN SPORTS. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 5-8).

Arzibaev, K. O., & Tanikulova, Z. R. (2021). MECHANISMS FOR IMPROVING THE LEGAL KNOWLEDGE OF ATHLETES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 117-119).

Arzibaev, K. O., & Elmurodova, M. U. (2021). DEVELOPMENT IN SPORTS USING UNIQUE TECHNIQUES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 3-5).

ARZIBAYEV, Q. (2024). O ‘SMIR SPORTCHILARDA MAQSADGA ERISHISH MOTIVATSIYASI TADQIQI. News of the NUUz, 1(1.9), 54-57.

Арзибаев, К. О. (2015). РОЛЬ МОТИВАЦИИ В ЕДИНОБОРСТВЕ. Наука и мир, (3-3), 103-105.

Арзибаев, К. О., & Аралов, С. А. (2016). КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОСНОВЫ ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Наука и мир, 3(1), 53-54.

Арзибаев, Қ. О., & Акбарова, Д. Р. (2016). Проблема здорового образа жизни в исследованиях. Наука и мир, (3-3), 77-78.

Арзибаев, К. О. (2013). МОТИВАЦИЯ ДОСТИЖЕНИЯ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. SCIENCE AND WORLD, 93.

Арзибаев, К., & Бердалиева, Ю. (2013). ВЛИЯНИЕ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ НА МОТИВАЦИЮ ЮНЫХ СПОРТСМЕНОВ. SCIENCE AND WORLD, 14.

Arzibayev, Q. (2023). THE PROBLEM OF MOTIVATION OF SPORT ACTIVITY IN THE ANALYSIS. European journal of education and applied psychology, (2), 82-89.

Arzibayev, Q. (2023). THE APPEARANCE OF MOTIVES FOR SPORTS ACTIVITY IN ANALYSIS. Modern Science and Research, 2(10), 694-704.

Arzibayev, K. O., & Aralov, S. A. (2016). Physical culture and social importance of sport in educating the young by the principles National Concept. In Scientific achievements of the third millennium (pp. 23-24).

Arzibayev, Q. (2023). О ‘smir sportchilarda sport bilan shug ‘ullanish motivlarini о ‘rganish. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 18-25.