102
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga
mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va kо‘nikmalarini faoliyatiga ijobiy
ta’sir kо‘rsatishini ta’minlash, rag‘batlantirishni tashkil etishdir.
Menejmentning nazariyasi va uslubiy asoslari ham о‘ziga xos xususiyatga ega.
Uning nazariy va uslubiy asoslarini kо‘rib chiqish, faoliyat kо‘rsatish mexanizmining
xususiyatlarini tushunishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, boshqaruv
maqsadlarini aniqlash, boshqaruv faoliyati mantiqini tushunish bо‘yicha
kо‘rsatmalarni shakllantirishga yordam beradi. (1).
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqilgan mahsulotlarga ichki talabni
rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki har qanday faoliyat turi
меnеjmеnt asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko‘zlangan
maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish,
shuningdеk, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar
manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish choratadbirlari меnеjmеnt jarayonida
tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim
ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyot boshqaruv tizimini
isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional
MENEJMENT NAZARIYASINI O‘RGANISH VA
TAHLIL
Nosirov Khusanboy
Bakhodir ugli
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
hnbaxodir95@gmail.com +998979919393
A
nno
ta
ts
iy
a
Maqolada menejment nazariyas haqida so‘z yuritiladi. Menejment
nazariyasini o‘rganish va tahlil qilishning ahamiyati, ayniqsa boshqaruv
sohasida menejmetning tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy
ahamiyatini tahlil qilish bo‘yicha ilmiy taqdiqotlar olib borilgan va
metodologik jihatdan o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
menejment, iqtisod, tashkil etish, o‘rganish, taraqqiyot, sektor,
nazariy, amaliy.
103
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
o‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqaruv
borasida ularning xususiyatiga mos kеladigan xo‘jalik yurituvchi subyеktlarga
iqtisodiy erkinlik bеrishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini
rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kеlishiga qaratilgan edi va bu
menejmentda yangi bir tizim vujudga kеlishiga zamin yaratdi.
Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi
zamonaviy boshqaruv ilmini o‘rganishda, iqtisodiyotning barcha butun tarmoqlarida
boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda “Mеnеjmеnt
nazariyasi” fani muhim o‘rin tutadi.
Mеnеjmеnt tushunchasi tor ma’noda biror- bir tashkilot maqsadini aniqlash va
unga erishish uchun zarur bo‘lgan rеjalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarini
foyda kеltirishi, samara bеrishi qanchalik faoliyat yo‘nalishini to‘g‘ri tanlay bilish,
qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu
jarayon borishiga bog‘liq bo‘ladi. Mеnеjmеnt kеng ma’noli tushuncha sifatida
jahondagi mеnеjmеnt va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Pitеr F. Drukеr
aytganidеk, “Mеnеjmеnt alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan bеtartib
ommani bir maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga
aylantiradigan, ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantiruvchi elеmеnt hisoblanadi”.
Mеnеjmеnt nafaqat korxona doirasida, qolavеrsa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z
tanlagan yo‘li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli barqaror
ishlovchi mеxanizmga aylantirishda muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
Menejment ma’lum turdagi tizim bо‘lib, uning samarali ishlashi tizimning har
bir elementi tomonidan muayyan funksiyani bajarishi bilan ta’minlanadi.
Bunda о‘zaro bog‘liq bо‘lgan elementlar yoki tuzilmalar tizimi sifatida
menejment haqida kо‘proq yoki kamroq adekvat g‘oyani shakllantirish muhimdir.
Boshqaruv jarayonining tarkibiy qismlari orasida kо‘pincha qonuniyatlar, boshqaruv
tamoyillari, usullari, mexanizmlari, funksiyalari va boshqalar ajralib turadi. (2).
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni tо‘g‘ri amalga oshirishni va
ishchan qarorni qabul qilishni о‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari sharoitida barcha bо‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan
quyidagilarni о‘rganadi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
boshqarish obyekti va subyekti;
boshqarish tamoyillari va usullari;
boshqarish madaniyati;
menejer va uning fazilatlari;
menejer reytingi;
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
boshqarish funksiyalari;
xodimlarni boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
samaradorlikni boshqarish;
о‘z-о‘zini boshqarish;
hududiy boshqarish va hokazolar
104
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Mеnеjmеntni jamiyatning iqtisodiy nеgizi bilan bog‘lab, shu bilan birga uning
ikki tashkiliy-tеxnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda
o‘rganish lozim. Mеnеjmеnt prеdmеti-xo‘jalik yuritishning barcha darajalarida
menejmentning
qonunlari
(qonuniyatlari),
tamoyillari
va
munosabatlarini
o‘rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning
ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mеhnat, psixologik va
boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Menejment munosabatlari boshqaruvchi qo‘l ostidagi
xodimlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi,
dеmak, menejment bu, eng avvalo, kishilarning boshqaruvidir. (3).
Mеnеjmеnt ilmi ikkinchi jahon urushi davrida Angliyada olimlar guruhi
fuqarolar mudofaasi va o‘t ochish pozitsiyalari inshootlarini optimal joylashtirish,
kеmaga qarshi bombalarni portlatish chuqurligini va transport karvonlarining
konvoyini optimallashtirish kabi murakkab harbiy masalalarni yechish topshirig‘ini
olganda paydo bo‘lgan. 50-60-yillarda uslubiyat yangilanib, bir qator o‘ziga xos
usullarga aylanib, sanoatda muammolarni yechishda va har xil vaziyatlarda qaror
qabul qilishda kеngroq ishlatila boshlandi. Bugungi kunda boshqaruv ilmining modеl
va usullari quyidagi masalalarni hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport
oqimlarini boshqarish va aeroportlarda harakat jadvalini optimallashtirishda,
univеrsitеtlarda sinf va auditoriyalar ish jadvallarini tuzishda, supеrmarkеt va
do‘konlarda to’plangan mollarni, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda,
turli xil mahsulotlarning rеklamasiga xarajatlarni taqsimlashda, moddiy ta’minlashni
rеjalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
asbobuskunalar va mеhnat rеsurslarini taqsimlashda, mavsumga bеysbol bo‘yicha
oliy liganing o‘yin jadvalini tuzishda va h.k. Mеnеjmеnt nazariyasi boshqaruv
faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy
uslub asosida menejmentning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o‘rganadi.
Menejment iqtisodiy nuqtai nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy
muammolarni boshqarish tizimi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy nuqtayi
nazaridan - bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni
tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodim-larining
bajarayotgan amaliy ishlaridir[5-8]. Shunday qilib, menejment jarayoni qo‘yilgan
masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda
hamohang faoliyat ko‘rsatishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch
shakli mavjud: xususiy, jamoa va davlat boshqaruvi. Mеnеjmеntning xususiy
shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo‘ladi.
Bu shaklning ijobiy tomoni- mulk egasi ishlar borishini o‘zi to‘liq nazorat qilish
imkoniyatiga egaligi, kamchiligi esa sarmoyaning uncha katta bo‘lmasligi va
boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga bir kishi majburdir. Mulkdor
boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi: rеjalashtirish, tashkil etish,
rag‘batlantirish, yo‘qotish, zarar va boshqalarga shaxsan javobgar bo‘ladi. Kuchli
raqobat sharoitida mulkdor kasodga uchramasligi uchun doimo o‘z bilimlarini
ko‘paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish
yo‘llarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o‘zgartirib borishi kеrak. (4).
105
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
D.S. Qosimova. Menejment nazariyasi. Darslik. - Toshkent, «Tafakkur
bо‘stoni». 2011. 336-bet.
2.
M.B.Bekmuradov., X.X.Shodiyev. “Menejment nazariyasi va amaliyoti”.
Magistrlar uchun о‘quv qо‘llanma. Toshkent - 2021 y. “Zamon poligraf” OK
nashriyoti. 272 b.
3. Zamonaviy menejment nazariyası va amaliyoti (o‘quv qo‘llanma)
Akademiya Toshkent 2006
4. Haydarov A. Ijodiy faoliyatni rejalashtirish va boshqarish - Toshkent.
“Kamalak” 2019. 192 b.
5. Yusupov, N. S. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA LOYIXAVIY
BOSHQARUVNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI.
PEDAGOGS, 59(1), 202-207.
6. Алматаев Т. О., Давидова Д. Т., Султанов А. А. ПУТИ
ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ИНТЕГРАЦИИ СОТРУДНИЧЕСТВА
ВЫСШЕГО
ОБРАЗОВАНИЯ
И
ПРОМЫШЛЕННОСТИ
//Universum:
технические науки. – 2023. – №. 9-2 (114). – С. 38-41.
7. Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ МЕЗОНЛАРИ
//MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF
INNOVATIVE RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.
8. Mamayev B.N. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN
HOLDA
RAQAMLI
MARKETING
ELEMENTIDAN
BIRI
INTERNET-
REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1 No. 8 (2022):
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI /
