88
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
KIRISH
Tadbirkorlik bugungi rivojlangan O’zbekiston Respublikasi fuqorolari ko’p
ishlatadigan jumlaga aylanib ulgurdi. Respublikamizda so’ngi yillarda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bolgan insonlar uchun har qachongidan ham ko’p
etibor qaratilmoqda. O’zbekiston tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun
chinakkam imkoniyat yaratib,bugungi kunda ushbu sohada ko’plab yutuqlarga
erishilmoqda.
Tadbirkorlik yoki biznes inglizcha so’zdan olingan bo’lib, business bandlik
degan ma’noni anglatib, qonun doirasidagi tijoriy faoliyatga aytiladi. Tadbirkor
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ellanuvchi shaxsdir. Kapiatlistik iqtisodiyot asosini
xususiy tadbirkorlik tashkil etadi. Agar tadbirkorlik faoliyati bilan hukumat, jamiyat
yoki ishchilar kasaba uyushmalari shug’ullansa bunday iqtisodiyotni sotsialistik
iqtisodiyot deyiladi. Tadbirkorlik, tadbirkor deganda ish, korxona, fabrika tushuniladi
va uning ortida maxsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib
qo’ygan ishlab chiqarish-ho’jalik yuritish tizimini murakkab organizm turadi.
Tadbirkorlik sohasini ho’jalik yuritish ko’lamiga kora 3 ga bo’lamiz. Bular yirik-500
dan ortiq kishini ishlab chiqarish jarayonida band bo’lishi, o’rta- 20tadan
500kishigacha bo’lgan kishini band qilgan ishlab chiqarish va kichik
tadbirkorlikishlab chiqarish jarayonida 10-20 yoki undan kam kishini o’zida band
qilgan tadbirkorlik turlariga bo’lamiz.Yirik ishlab chiqarish, keng turdagi
mahsulotlarni
ishlab
chiqaradigan,mehanizatsiyalashgan
va
avtomatlashgan
JAMIYAT HAYOTIDA TADBIRKORLIKNI O’RNI
Nosirov Khusanboy
Bakhodir ugli
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
hnbaxodir95@gmail.com +998979919393
A
nno
ta
ts
iy
a
Ushbu maqolada Tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatining jamiyatdagi
amaliy ahamiyati hamda so’ngi yillarda sohadagi o’zgarishlar, yaratilgan
sharoitlar tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar:
Tadbirkorlik, kichik biznes, korxona, fabrika, maxsulot, capital, ish
o’rni, bozor, import, eksport.
89
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
yo’nalishlarda yirik va o’rta tadbirkorlik subektlari faoliyat olib boradi. Kichik
tadbirkorlikka esa asosan hizmat ko’rsatish yo’nalishlari yoki qishloq xoʻjaligi
sohalarini qamrab oladi.Umuman olganga kichik tadbirkorlik sohalari keng tarqalgan
. Chunki ushbu turdagi tadbirkorlik turlari sharoitga tez moslashadi va shu jihatdan
katta va o’rta tadbirkorlik turlaridan keskin farq qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadbirkorlik mulkchilik subektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va
mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy
faoliyat ko’rsatishdir.
Tadbirkorlik yer, mehnat, kapital, axborotlar bilan birga ishlab chiqarish va
iqtisodiyotning bosh omillaridandir. Biznesni tarkibiga bevosita tadbirkorlik kiradi,
lekin hamma biznes ham Tadbirkorlik boʻlavermaydi. Tadbirkorlik faoliyati qachon
yuzaga keladi? Biznesda tovar hamda xizmatlarni yuzaga keltirib, bozordagi talab va
extiyojlar qondirilganda ushbu jarayon yuzaga keladi. Tarixan tadbirkorlik uzoq
o’tmishga ega ammo tadbirkorlik tushunchasi XVII asrda vujudga kelgan va ko’p
holatlarda “mulkdor “iborasi bilan bir ma’no-mazmun kasb etadi. Xususan, A. Smit
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxsni foyda olish uchun qandaydir
tijorat gʻoyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish yurutuvchi
mulkdor deb tariflaydi. Hozirgi davr Gʻarb adabiyotida ham Tadbirkorlik foyda olish
maqsadida xo’jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik va tashabbusning
erkin namoyon bo’lishi, novatorlik, xavf-xatarga doim tayyor turish kabi belgilar
bilan tavsiflanadi.4
Xalq farovonligini yuksaltirish maqsadida O’zbekiston Respeblikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha 2017-2021 yillarga moljallangan “Xarakatlar stretegiyasi” ni
qabul qilinishi shu bilan birga 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va
texnologiyalarni qo’llab quvvatlash” yili deb e’lon qilinishi yurtimmizda tadbirkorlik
faoliyatiga
berilayotgan
e’tiborning
yuksak
namunasidir.
Shuningdek
mamlakatimmizda Tadbirkorlik faoliyati rivojlantirish uchun bir qator qaror va
farmonlar qabul qilindi. Hususan, 2016-yil 5-oktyabrda PF-4848-son, “ Tadbirkorlik
faoliyatini jadal rivojlantirishni taminlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi va 2017-yil 7-fevraldagi PF 5106-son, “Yoshlarga doir
davlat siyosati samaradorligini oshirish hamda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi
faoliyatini qo’llab- quvvatlash to’g’risida”gi farmonlari shuningdek 2018-yil
7iyuldagi PQ 3777-son, “Xar bir oila tadbirkor dasturini amalga oshirish
to’g’risida”gi farmon-u qarorlar tadbirkorlik rivojiga kata xissa qo’shmoqda.
Mamlakatimizda demokratik islohotlar, tadbirkorlik va uni rivojlantirish
imkoniyatlari O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimov asarlarida o’z
tasdig’ini topadi. O’zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichida esa tadbirkorlarning
mamlakat rivojlanish stretegiyasi va yangi rivojlanish bosqichida axamiyati
O’zbekiston Respublikasi hoziri prezidenti Sh Mirziyoyev asarlarida ifodalangan.6
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy omil
vazifasini tadbirkorlik faoliyaiti tashkil etadi. Bugungi kunga kelib bizning
davlatimmizda ham tadbirkorlik yoinki kichik biznes tushunchalari yildan yilga keng
ildiz otib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes yurtimiz iqtisodiyotining
90
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan. Ohirgi besh yilda ushbu yo’nalishni
rivojlantirishga yo’naltirilgan 2000 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ular asosida, 114 ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi
xabardor qilish tartibiga o’tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari
soddalashtirib, muddatlari o’rtacha 2 barabarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar,
naqd pul, valyuta va hom ashyo bo’yicha ko’plab cheklovlarga barham berildi.
Yuqoridagi qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi subektlar nihoyatda ko’payib,
oldindan ishlayotganlari faoliyatini yanada rivojlantirmoqda. So’ngi besh yilda
tadbirkorlar soni salkam 3 baravar oshdi. Ko‘plab tadbirkorlar o’z biznesini butun
mamlakat bo’ylab kengaytirib, minglab ish o’rinlari yaratishdi va yirik
kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o’z nufuzi va brendiga ega
tadbirkorlar sinfi paydo bo’la boshladi.
Prezidentimiz Sh Mirziyoyevning 2021-yil 20-avgustda tadbirkorlar bilan
muloqoti jarayonida tadbirkorlik va kichik biznesni rivoji uchun to’siq bo’layotgan,
tadbirkorlarni qiynayotgan muommolarni yechimi sifatida 7 ta yo’nalisni ko’rsatib
o’tdi. Xususan birinchi yo’nalish-biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi-soliq tizimini
takomillashtirish hamda tadbirkorga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi-yer ajratish,
to’rtinchisi-infratuzilma, beshinchisi-ekspartyor korxonalarni qo’llab quvvatlash,
oltinchisi-transport-logistika, yettinchisi-sohadagi tartib tamoyillarni soddalashtirish
masalalariga bag’ishlandi va davlatimiz rahbari har bir yo’nalish bo’yicha dolzarb
vazifalarni ko’rsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi. O’zbekistonda Tadbirkorlik
faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag’batlantirish,
ularga keng imkoniyatlar yaratib berish, tadbirkorlik soxasida katta-katta marralarga
erishish uchun kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 2017-2021-yillarda
O’zbekiston Respublikasining rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar stretegiyasida “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish,
xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvir mavqeyini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga
qaratilgan institutsional va tarkibiy islohatlarni davom ettirish” bo’yicha muhim
vazifalar belgilab berilgan. Buning natijasida mamlakatimizda ishonchli tadbirkorlik
muhiti shakllanmoqda. Rivojlangan Sharqiy Osiyo mamlakatlari kabi yurtimmizda
ham yakka tadbirkorlikni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda. Singapur,
Malayziya kabi mamlakatlar aholisining deyarli 80 foizi kichik biznes va hususiy
tadbirkorlik
sektorida
faoliyat
olib
boradi.9
Kichik
biznes
Aqsh,
Germaniya,Xitoy,Fransiya, Yaponiya, Italiya kabi rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotini barqarorlashtirishda kata ahamiyat kasb etadi. Xalqaro Kichik biznes
kengashi (ICSB) malumotlariga ko’ra kichik biznes subektlari barcha korxonalarning
90 foizidan ortig’ini, ish bilan band bo’lganlarning 60-70 foizini, yalpi ichki
mahsulotning 50 foizini tashkil etadi. 2017-yil kichik biznes va hususiy
tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53.3 foizni yoki 119301 mlrd so’mni
tashkil etdi. (Germaniyada - 54 foiz, AQShda - 52 foiz, Yaponiyada - 55 foiz,
Rossiyada - 20 foiz, Qozog’istonda - 25.6 foiz). Kichik biznesni sanoat
maxsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12.9 foizni tashkil etgan bo’lsa,
2017-yilda ushbu ko’rsatkich 39.6 foizga yetdi, qishloq ho’jaligida - 99 foizni,
chakana savdo aylanmasida - 88.4 foizni, qurilish sohasida - 65.1 foizni tashkil etdi.
91
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27 foizni, importda - 50
foizni, investitsiyada esa - 32 foizni tashkil etdi. Yuqoridagi statistik malumotlardan
shu malum bo’ladiki kundan kunga kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati
mamlakatimmiz nafaqat mamlakatimiz dunyoning barcha davlatlarida rivojlanmoqda.
Ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda hamda jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivoj topishida tadbirkorlikning o’rni katta. Tadbirkor ishlab
chiqarish, xizmat ko’rsatish yo’nalishlarida yangi ish o'rinlari yaratishadi. Bu
jarayonni aholini aholini ish bilan band qilinishi va ishsizlikni kamaytirishda ro’li
beqiyosdir. Natijada, tadbirkorlik faoliyati aholini ish bilan taminlanishi, mehnat va
iqtisodiy faolligining ortishi, buning oqibatida aholining daromadlarini yuksalishiga
o’z hissasini qo’shadi. Bu jarayonning ikki oqibatiga etibor qaratish lozim: bir
tomondan, aholining moddiy va ma’naviy zaruratlarining ortishi, kengayishi bo’lsa,
ikkinchi tomondan, bu zaruratlarni qondirish imkoniyatlarini paydo bo’lishidir.
Natijada ushbu jarayonlar aholi hayotini tubdan yaxshilash, turmush darajasini
ko’tarish, farovonligini oshirishni taminlaydi. Tadbirkorlik va kichik biznes
rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi ro’li ko’paya boradi.
Tadbirkorlarning ma’lum bir qismi oyoqqa turib, yanada kengayishi oqibatida
ular mulkdorga aylananishadi. Bu hodisa jamiyatda yangicha dunyoqarashga ega,
harakatchan avlodni yani tadbirkorlar, mulkdorlar toifasini paydo bo’lishiga olib
keladi. Bunday qatlam mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti asosi hamda ijtimoiy
tayanchi hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ham tadbirkorlik
subyektlari ishtirok etadilar. Shuningdek tadbirkorlar doimo izlanishda, yurtimizdagi
va horijdagi hamkasblari, hamkorlar, shu bilan birga turli soha vakillari bilan
muloqatda bo’lishadi. Tajriba ortirishadi va o'zlarining kasbiy, ma’daniy-ma’naviy
ko’nikmalarini o’stirishadi. Inson qobiliyatini ro’yobga chiqarishga yahshi
imkoniyatlar yaratishda hamda rag’batlantirishda tadbirkorlikni o’rni beqiyosdir.
Shunday qilib, insonlarning dunyoqarashini kengaytirishga hamda o’zliklarini
anglashda tadbirkorlik faoliyati yordam beradi. Ularni o’zgartiradi va natijada
jamiyatning ijtimoiy-madaniylashish jarayonini ortishiga olib keladi.
Tadbirkorlikni rivoj topishi natijasida qishloqlarda, mahallalarda ishlab
chiqarish, umumiy ovqatlanish, savdo va boshqa hizmat ko’rsatish korxonalari
bunyod etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik
ijtimoiy sohada ham keng o’rin egallab bormoqda: xususiy yoki boshqa
tashkiliyhuquqiy ko’rinishdagi bolalar bog'chalari, muruvat uylari, imkoniyati
cheklangan shaxslar uchun inventerlar ishlab chiqarish hamda ularga hizmat
ko’rsatish, o’quv va boshqa ijtimoiy soha muassasalarini tashkil etish va ularni
rivojlantirish, sog’liqni saqlash va sog’lomlashtirish, bino va inshoatlar qurish va
ularnga tamiriy hizmatlar ko’rsatish ishlari bilan bevosita shug’ullanib, mavjud
bo’lgan ijtimoiy muommolarni yechishga ulkan hissa qo’shadi. Xayriya ishlari,
ijtimoiy soha muassasalari, imkoniyati cheklanganlar, kam taminlangan oilalar,
ijtimoiy jihattan himoyaga muhtoj insonlarga yordam ko’rsatishda ham tadbirkorlik
subyektlarining o’rni beqiyos.
Tadbirkorlar mahsulot (tovarlar, ishlar, hizmatlar) yaratib, ichki bozorni
to’ldiradilar va bozorda taklif miqdor, sifat, tyrli hillik jihatidan ijobiylashadi,
92
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
xaridorlar uchun talabni qondirish va tanlash imkoniyatlari kengaytiradi[8-11]. Ushbu
yo’nalishda
tadbirkorlik
muvofiqlashtirish
vazifasini
bajarish,
narxlarni
barqarorlashtirish, taklif va talab o’zoro moslashtirish, bozorda muvozanat o'rnatish
hamda ushbu muvozanatni saqlab turish, extiyojni kengaytirish va extiyojni
to’laqonli qondirishga hizmat qiladi. Shuningdek tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti
jarayonida
raqobatbardoshlikni
shakllantirishi
va
mahsulot
sifat
hamda
raqobatbardoshligini oshirish, xarajatlarni va mahsulot tannarxini tushurish, faoliyat
natijadorligini o’stirishda ahamiyatlidir.
Yurtimizda tadbirkorlik subyektlarining hissasini hisobiga importni qisqartirish
va eksportni kengaytirish imkoniyatlari rivojlanmoqda. Ular birinchidan, import
o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarib, valyutani chetga chiqib ketishini
kamaytirish va mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash,
ikkinchidan esa eksportbob mahsulotlar chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib,
mamlakat eksport salohiyatini ko’tarish va valyutadan keladigan daromadlarni
oshirishda ham keng o’rin egallaydi.
XULOSA
“Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’iy nazar
erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, butun hayotidan rozi bo’lib yashashi-bizning
bish maqsadimizdir” . Xulosa ornida shuni takidlash mumkinki, Ozbekiston
Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach hamma sohada bo’lgani kabi tadbirkorlik
va kichik biznes sohasida katta muvaffaqiyatlar qozondi va qozonib kelmoqda.
Istiqlol yillari davlatimmiz tomonidan Tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan
insonlarga barcha sharoitlar yaratib berildi. Malumki O’zbekiston hududida
qadimdan hunarmandchilikning turli sohalari shakllangan va istiqlol davrida
hunarmandchilik sohasi bilan shug’ullanib kelayotga fuqorolarga ham tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanishi asosida katta-katta tadbirkorlik subektlari paydo bo’ldi.
Tadbirkorlik ideoligi hisoblangan XX asr buyuk iqtisodchisi Yozef Shumpeter
(1183-1950 - yillar): “Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotidagi
hal qiluvchi rolini u bo’lmagan joyda juda his qilish mumkin” deb takidlab o’tgan.
REFERENCES
1.
Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimmizni mard va oliyjanob xalqimmiz
bilan quramiz. 1 tom. Toshkent. O’zbekiston 2017 y. 488b.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi. 2018 y.
3.
Karimov I A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid,
barqarorlik shartlariv taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. O’zbekistin 1997.325b.
Erishilgan marralar bilan chegarlanmasdan, boshlangan islohatlarimmizni yangi
bosqichga ko’tarish-bugungi kundagi eng dolzarb vazifalarimmizdir. 23 tom
Toshkent.
O’zbekiston. 2015 y. 404 b.
4.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7-fevraldagi
“O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar stretegiyasi
to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni 1-ilovasi “2017-2021 yillarda O’zbekiston
93
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
stretegiyasi. Lex.uz.
5. O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respudlikasida tadbirkorlik
to’g’risida» qonunidan.
6.
Usmonov S. N, Dadaboyev Y. Tadbirkorlik asoslari. Farg’ona
nashriyoti. 2000-y.
7.
OʻzME. birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
8.
Yusupov,
N.
S.
(2024).
TADBIRKORLIK
FAOLIYATIDA
LOYIXAVIY BOSHQARUVNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI VA
ISTIQBOLLARI. PEDAGOGS, 59(1), 202-207.
9.
Алматаев Т. О., Давидова Д. Т., Султанов А. А. ПУТИ
ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ИНТЕГРАЦИИ СОТРУДНИЧЕСТВА
ВЫСШЕГО
ОБРАЗОВАНИЯ
И
ПРОМЫШЛЕННОСТИ
//Universum:
технические науки. – 2023. – №. 9-2 (114). – С. 38-41.
10.
Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ МЕЗОНЛАРИ
//MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF
INNOVATIVE RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.
11.
Mamayev
B.N.
RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANGAN HOLDA RAQAMLI MARKETING ELEMENTIDAN BIRI
INTERNET-REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1
No. 8 (2022): O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI /
