MAMLAKATDA INNOVASION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY INDIKATORLARI VA TENDENSIYALARI TAHLILI

Annotasiya

Mazkur maqolada innovatsiyalar sohasidagi joriy tendentsiyalar va istiqbollarni o'rganadi, iqtisodiy o‘sishga, xalq farovonligini ta’minlashga erishish hisoblanadi. Shu tufayli jahonning barcha mamlakatlarida hozirgi kunda raqobatbardosh xo‘jalik tizimlarini yaratish, mavjud tizimlarni modernizasiya va rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy va samarali tajribalarini o‘zlashtirishni ta’minlash maqsadida investitsion faoliyatni faollashtirish ob’ektiv zaruriyatga aylangan. Chunki, bu ko‘rsatkichlar bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o‘tgan va o‘tayotgan davlatlar uchun iqtisodiy o‘sish darajasini belgilab beradi. O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilgan, innnovatsiyalarni joriy etishda mavjud hududiy tafovutlar va ularni hal etish yo‘llari asoslangan

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamayev , B. . ., & Akbutaeva , Z. . . (2024). MAMLAKATDA INNOVASION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY INDIKATORLARI VA TENDENSIYALARI TAHLILI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(13(Special Issue), 24–30. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/58027
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada innovatsiyalar sohasidagi joriy tendentsiyalar va istiqbollarni o'rganadi, iqtisodiy o‘sishga, xalq farovonligini ta’minlashga erishish hisoblanadi. Shu tufayli jahonning barcha mamlakatlarida hozirgi kunda raqobatbardosh xo‘jalik tizimlarini yaratish, mavjud tizimlarni modernizasiya va rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy va samarali tajribalarini o‘zlashtirishni ta’minlash maqsadida investitsion faoliyatni faollashtirish ob’ektiv zaruriyatga aylangan. Chunki, bu ko‘rsatkichlar bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o‘tgan va o‘tayotgan davlatlar uchun iqtisodiy o‘sish darajasini belgilab beradi. O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilgan, innnovatsiyalarni joriy etishda mavjud hududiy tafovutlar va ularni hal etish yo‘llari asoslangan


background image

24

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligining

rasmiy statistik ma’lumotlari va davriy nashrlari hamda Prognozlashtirish va
makroiqtisodiy

tadqiqotlar

instituti

tomonidan

e’lon

qilingan

tahliliy

ma’lumotnomalariga ko‘ra aytish joizki, sotilgan mahsulotlar umumiy hajmida
innovasion tovar, ish va xizmatlar ulushi 2015 yilda 2,9 %, 2013 yilda 3,9%, 2020
yilda 5,8 % ni tashkil etgan. 2022 yilda sotilgan innovasion mahsulotlar ulushi 6,5% ni
tashkil etgan, bu 2020 yildagiga qaraganda taxminan 0,7 foizga oshgan (1-jadvalga
qarang).

MAMLAKATDA INNOVASION FAOLIYATNI

RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY INDIKATORLARI

VA TENDENSIYALARI TAHLILI

Mamayev

Bahodirjon

Nosirovich

AIQI, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, dotsenti, i.f.n.

Akbutaeva Zuxra

Baxriddinovna

Jizzax, Paxtakor Sanoat texnologiyalari texnikumi

E-mail:

bnmamayev@umail.uz

+99897-759-88-65

A

nn

o

ta

ts

iy

a

Mazkur maqolada innovatsiyalar sohasidagi joriy tendentsiyalar va
istiqbollarni o'rganadi, iqtisodiy o‘sishga, xalq farovonligini ta’minlashga
erishish hisoblanadi. Shu tufayli jahonning barcha mamlakatlarida hozirgi
kunda raqobatbardosh xo‘jalik tizimlarini yaratish, mavjud tizimlarni
modernizasiya va rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil
etish va boshqarishning zamonaviy va samarali tajribalarini o‘zlashtirishni
ta’minlash

maqsadida

investitsion

faoliyatni

faollashtirish

ob’ektiv

zaruriyatga aylangan. Chunki, bu ko‘rsatkichlar bugungi kunda bozor
iqtisodiyotiga o‘tgan va o‘tayotgan davlatlar uchun iqtisodiy o‘sish darajasini
belgilab beradi. O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishga o‘tish borasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritib berilgan, innnovatsiyalarni joriy
etishda mavjud hududiy tafovutlar va ularni hal etish yo‘llari asoslangan.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiyot, innovatsiya, zamonaviy, ishlab chiqarish, texnologiya,
strategiya, raqamli iqtisodiyot, korxona, jarayon, biznes, hudud,
milliy xo‘jalik, jamiyat, davlat, globallashuv, moliyaviy resurs,
mehnat resurslari


background image

25

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida 2015-2022 yillarda innovasiya faoliyati

rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi

1

2022 yilda respublikamizda 2171 ta korxona tomonidan 18543,3 mlrd so‘mlik

innovasion mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilgan. Ushbu davrda ular tomonidan
1946 ta texnologik innovasiyalar joriy etilgan. Biroq, innovasion faol korxonalar
ulushi 0,34 foizni, innovasiyalarni tegishli tarmoq yoki sohalarga joriy etish
koeffitsienti esa atiga 1,2 ni tashkil etmoqda, xoloc (1-rasmga qarang). Umumiy
eksport hajmida innovasion mahsulotlar eksportining ulushi 1,46 foizdan iborat.

1-rasm. 2015-2022 yillarda innovasion mahsulot (ish, xizmat

)

lar ishlab chiqargan

korxona va tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot

2

1

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligining rasmiy statistik

ma’lumotlari

.


background image

26

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

Ta’kidlash joizki, ilg‘or rivojlangan horijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan

mahsulotlarning 70-90 foizi innovasiya faoliyatini rivojlantirish hisobiga olinadi.
Yuqori texnologiyali tarmoqlar innovasion mahsulotlari ulushi 2022 yilda sanoat
korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali mahsulotlar umumiy
hajmining 11,1 % ni tashkil etgan. Shu bilan birga, o‘rtacha yuqori texnologiyali
mahsulotlar umumiy hajmida innovasion mahsulotlar ulushi 15,3 % ni tashkil etgan.

Innovasion mahsulotlarni eng ko‘p miqdorda eksportga chiqargan korxonalar -

bu o‘rtacha yuqori texnologiyalar sektori korxonalari bo‘lgan. 2022 yilda innovasion
sanoat mahsulotlari eksport hajmida o‘rtacha yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi
51,1 % ni, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi eca 6,9 % ni tashkil etgan. Sanoat
ishlab chiqarishi umumiy hajmida 2022 yilda jami ilm-fan yutuqlariga asoslangan,
yuqori texnologiyali va o‘rtacha yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari ulushi 13,87
foizni tashkil etgan (5-jadvalga qarang).

2022 yilda sotilgan mahsulotlar umumiy hajmida innovasion mahsulotlar ulushi

6,5 foizni, innovasion mahsulotlar umumiy hajmida innovasion mahsulot eksporti
ulushi 17,6 foizni tashkil etgan. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida sotilgan
mahsulotlar umumiy hajmida innovasion mahsulotlar ulushi juda past ko‘rcatkichni
tashkil etadi, mazkur ko‘rcatkich elektronika tarmog‘ida 2022 yilda 0,001 foizni
tashkil etgan.

So‘ngi yillarda metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat

canoati korxonalarining innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ancha oshdi.
Innovasion mahsulotlar ishlab chiqarish umumiy hajmida yoqilg‘i sanoatining ulushi
kamaygan. Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni tarmoqlar bo‘yicha
differensiyalash tendensiyaci kuzatildi.

Innovasion mahsulotlarning katta qismini (80,0%) oxirgi 2 yilda o‘zlashtirilgan

tovar, ish va xizmatlar tashkil etadi. Ilk bor o‘zlashtirilgan innovasion mahsulotlar
2021 yilda 18,5% ni tashkil etgan bo‘lca, bu ko‘rcatkich 2022 yilga kelib 15,1 foizni
tashkil etgan. Shuning yarmi xorijiy mamlakatlarga sotilgan.

Hozirgi kunda tarkibida ilmiy-tadqiqot muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik va

idoralarda 7599 nafar yuqori malakali ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqot ishlari bilan
shug‘ullanmoqda, shundan 1070 nafarga yaqini injener-texnik xodimlardir (2-jadvalga
qarang).

Hozirgi kunda davlat ilmiy-texnika dasturlari doiracida 1650 dan ortiq

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovasiya ishlari davlat ilmiy-texnika dasturlari
loyihalari bajarilmoqda.

Amalga oshirgan tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan yillar davomida

amaliy tadqiqotlar doiracida ishlab chiqilgan innovasion loyihalar coni 2,9 martaga
oshgan (2011 yilda innovasion loyihalarning soni 128 tani tashkil etgan bo‘lca, 2021
yilda 382 taga yetgan). O‘tgan uch yil davomida davlat ilmiy-texnika dacturlari
doiracida 282 ta patent va 189 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olingan, 103
ta ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari amaliyotga tadbiq etilgan, 13,1 mingdan ortiq
ilmiy maqolalar (ularning 2,5 mingtaci (25,2%) – nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda)
chop etilgan.

I-IX Innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Recpublika yarmarkalarida

4200 dan ziyod innovasion g‘oya va ishlanmalar, texnologiyalar namoyish etilib,


background image

27

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

umumiy qiymati 144,1 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan 4000 dan ortiq shartnomalar
imzolandi. Shartnomalarning amalga oshirilishi samarasida umumiy qiymati 2,2
trillion so‘mlik 62 turdagi yangi mahsulotlar seriyalab ishlab chiqarilmoqda. 59 ta
shartnoma doirasida mahsulotlarning tajriba-sinov va sanoat namunalari tayyorlandi.

2-jadval

Sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmida yuqori texnologiyali va o‘rtacha

yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari solishtirma vazni,

(%

hisobida)

3

Ilmiy-innovasion salohiyatni, fan va ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi

aloqalarni rivojlantirishni kuchaytirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash maqcadida ishlab chiqarishda
fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish;

bozor kon’yunkturaci dinamikasini hisobga olgan holda innovasion

jarayonlarni tahlil qilish va prognozlash;

3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligining rasmiy statistik

ma’lumotlari

.


background image

28

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

barqarorlashtirish va texnologik inqirozdan chiqishga ko‘maklashuvchi

yangiliklarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha innovasion faoliyatni
faollashtirish yo‘li bilan yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik va texnologik
jihatdan tubdan yangilash;

iqtisodiyotning

real

sektorida

raqobatbardoshli,

kompyuter

axborot

texnologiyalar va murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish
sohasidagi mahsulotlarni chiqarishga ko‘maklashuvchi innovasion texnologiyalar va
ishlab chiqarishlardan foydalanish;

chet ellik hamkorlar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotlarni ishlab

chiqarishni tashkil etish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish bo‘yicha qo‘shma
korxonalarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib berishni ko‘zda tutuvchi tashqi
iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni faollashtirish.

Innovasion

faollikni

rag‘batlantirish

bo‘yicha

chora-tadbirlar

tizimi

quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim:

bilimlarni to‘plash uchun zarur bo‘lgan bazaviy institutlar va ilmiy

hamjamiyatlar (muhit) tizimini saqlash va rivojlantirish;

fan sohasida teng bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlab olish va qo‘llab-quvvatlash;

texnologiyalarni yaratish va tijoratlashtirish;

innovasion infratuzilmalarni rivojlantirish;

innovasion rivojlanishga qaratilgan sanoatni modernizasiyalash.

Yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovasion jarayonlarning holati

innovasion loyihalarni va innovasion faoliyat infratuzilmalarni moliyalashtirish uchun
mo‘ljallangan moliyaviy institutlarning innovasion sikl bo‘yicha o‘zaro bog‘langan
tizimini shakllantirishni talab etadi 2-rasmga qarang).

Mazkur yo‘nalishni amalga oshirishda quyidagi muammolarni hal etish lozim

bo‘ladi:

1.

Innovasion faoliyatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy mexanizmni isloh qilish

quyidagilarni ko‘zda tutadi:

-

soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish:

-

soliq solinadigan bazani aniqlashtirish;

-

soliq solish mexanizmini takomillashtirish;

-

tashkilotlarga investitsiya manbasi sifatida amortizasion jamg‘armalarni

ko‘paytirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida amortizasion siyosatini o‘zgartirish;

-

kredit tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

-

ilmga oid uskunalar lizingini rivojlantirish;

-

chet el sheriklar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotni chiqarish va uni tashqi

bozorda sotish bo‘yicha tashkilotlarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratishni ko‘zda
tutuvchi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish;

-

ilmiy salohiyatni yanada to‘liqroq joriy etish hamda ilmiy-texnik, ishlab

chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun ilmiy-texnik va oliy
maktab, ilmiy tashkilotlar va muassasalarning innovasiyalarni majmuaviy holda
qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;

-

innovasion-sanoat majmualari va markazlari, texnoparklar, innovasion

korxonalar va alohida innovasion loyihalarni moliyalashtirishning moliyaviy-iqtisodiy
va tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish;


background image

29

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

-

milliy ilmiy-texnik ishlanmalarni o‘zlashtiruvchi korxonalar faoliyatini

rag‘batlantirish.

2-rasm. Hududlarda innovasiya faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmi

4

XULOCA

O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini shakllantirishni yanada

takomillashtirish va mamlakat iqticodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini yanada
oshirish

maqsadida

investitsiya

loyihalarini

moliyalashtirishning

bozor

mexanizmlaridan keng foydalanish, ya’ni investitsiyalarni fond bozori orqali,
venchurli

moliyalashtirish,

lizing,

sinditsiyalashtirilgan

kreditlar

hisobiga

moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.

Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay

investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Invectitsiya muhiti –
bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy,
me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Rivojlangan
mamlakatlar tajribaci ularning iqtisodiy yuksalishida faol invectitsiya siyosati markaziy
o‘rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
maqsadlari uning investitsiya siyosatida to‘liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.

4

Манба:

Муаллиф ишланмаси.


background image

30

https://eyib.uz

2-sho‘ba.

Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing

usullaridan samarali foydalanish

Bozor munosabatlari shakllangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, chet el

investitsiyalarini keragidan ortiq jalb etish ham mamlakatni iqtisodiy va siyosiy
qaramlikka olib kelishi mumkin. Shu bois, mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlagan
bizning respublikamiz uchun ham nafaqat tashqi investitsiyalar, balki ichki
investitsiyalarni jalb etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Kurpayanidi K. I. Digital economy as a factor of activation of foreign

economic activity// Scientific-technical journal - 2022. - Т. 26. - №. 11-C. 129-133.

2. Xomidov, M. (2023). Analysis of the current state of innovation

implementation in improving the competitiveness of industry. Nazariy va amaliy
tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3(2), 56-64.

3. Umarov, Tursunboy Sayfiddin o‘g‘li (2024) Korrelyatsiya koeffitsientini

statistik baholash. Analytical Journal of Education and Development, 4 (5). pp. 413-
415. ISSN 2181-2624

4. Tadbirkorlik faoliyatida loyixaviy boshqaruvni rivojlantirish tendensiyalari va

istiqbollari Y. Nematillo “PEDAGOGS” international research journal 59 (Issue-1),
202-207

5. Shukurullaevna, B. S. (2023). Management system for the effective use of

labor potential in the development of integration processes. Best Journal of Innovation
in Science, Research and Development, 466-473.

6. Qahhorov, S. (2023). Soliq siyosatini iqtisodiy faollikka yo ‘naltirilgan

mexanizmlarini takomillashtirish. Educational Research in Universal Sciences, 2(14),
261-263.

7. Davidova D. T. Sug‘urtada axborot kommunikatsiya texnologiyalari va

ulardan foydalanish mezonlari //models and methods for increasing the efficiency of
innovative research. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.

8. Mamayev B.N. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda raqamli

marketing elementidan biri internet-reklamadan foydalanishning tendensiyalari vol. 1
no. 8 (2022): O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali
/

9.

Mamayev

B.N.

O‘zbekistonda

invеstitsion muhit jоzibаdоrligini

ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari, International scientific journal “Interpretation and
researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2

10. Mamayev , B. N. (2023). O‘zbekiston baliq sanoatini rivojlantirishda

klasterlash. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 693–700. Retrieved
from http://erus.uz/index.php/er/article/view/4511

Bibliografik manbalar

Kurpayanidi K. I. Digital economy as a factor of activation of foreign

economic activity// Scientific-technical journal - 2022. - Т. 26. - №. 11-C. 129-133.

Xomidov, M. (2023). Analysis of the current state of innovation

implementation in improving the competitiveness of industry. Nazariy va amaliy

tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3(2), 56-64.

Umarov, Tursunboy Sayfiddin o‘g‘li (2024) Korrelyatsiya koeffitsientini

statistik baholash. Analytical Journal of Education and Development, 4 (5). pp. 413

ISSN 2181-2624

Tadbirkorlik faoliyatida loyixaviy boshqaruvni rivojlantirish tendensiyalari va

istiqbollari Y. Nematillo “PEDAGOGS” international research journal 59 (Issue-1),

-207

Shukurullaevna, B. S. (2023). Management system for the effective use of

labor potential in the development of integration processes. Best Journal of Innovation

in Science, Research and Development, 466-473.

Qahhorov, S. (2023). Soliq siyosatini iqtisodiy faollikka yo ‘naltirilgan

mexanizmlarini takomillashtirish. Educational Research in Universal Sciences, 2(14),

-263.

Davidova D. T. Sug‘urtada axborot kommunikatsiya texnologiyalari va

ulardan foydalanish mezonlari //models and methods for increasing the efficiency of

innovative research. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.

Mamayev B.N. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda raqamli

marketing elementidan biri internet-reklamadan foydalanishning tendensiyalari vol. 1

no. 8 (2022): O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali /

Mamayev B.N. O‘zbekistonda invеstitsion muhit jоzibаdоrligini

ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari, International scientific journal “Interpretation and

researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2

Mamayev , B. N. (2023). O‘zbekiston baliq sanoatini rivojlantirishda

klasterlash. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 693–700. Retrieved

from http://erus.uz/index.php/er/article/view/4511