4
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
Kirish
Klasterlash iqtisodiy munosabatlarda, ayniqsa pandemiya sharoitida integratsion
jarayonlarni jadallashtirishda milliy iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarini maqsadli va izchil
davom etishida, mamlakatnig jahon iqtisodiyotida o‘zini munosib o‘rnini topishida katta
rol o‘ynaydi. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan xom ashyolarni yetkazib beruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida samara keltiruvchi
kommunikatsion tizim va infratuzilmalarni taqozo etadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday darajada klasterlash jarayonlari
xo‘jalik yuritishning muayyan shakllari orqali ro‘yobga chiqariladi.
Iqtisodiy rivojlanishning an’anaviy usullari yetarli darajada samaradorlikni va
raqobatbardoshlikni ta’minlay olmayotgan hozirgi davrda innovatsion taraqqiyot yo‘liga
o‘tish yangi iqtisodiy tuzilma “klaster”larni joriy etishni taqozo etadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili:
Klaster nazariyasining asoschisi M.Porter raqobatbardosh, bir tarmoqqa tegishli
korxonalarning turli mamlakatlarda tarqoq joylashganligini, ularning bir mamlakat,
qolaversa, ma’lum bir mintaqada to‘planish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatgan.
Sanoat va boshqa tarmoqlardagi klasterlar faoliyati o‘rganilganda, klaster tizimidan
tashqaridagi tarmoqlarga nisbatan raqobatda ustunligi hamda ular joylashgan mintaqalar
aholisining turmush darajasi ham yuqoriligi aniqlangan.
Bir guruh amerikalik olimlar, jumladan M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell,
A.Marshall, M.Storper va boshqalarning klaster haqidagi nazariyalarida klaster -
OZIQ-OVQAT SANOATIDA KLASTERLASH
MASALALARI
Mamayev
Bahodirjon
Nosirovich
AIQI, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent
E-mail:
A
nno
ta
ts
iy
a
Maqolada pandemiya sharoitida iqtisodiy klasterlar, ularni o‘ziga xos
xususiyatlari va shakllantirish asoslari hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlash maqsadida oziq-ovqat sanoatini klasterlash orqali yanada
rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini ixtisoslashtirishda klasterlarni roli
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
pandemiya, klaster, qishloq xo‘jaligi, agrosanoat klasteri, oziq-ovqat
sanoati
klasteri,
infratuzilma,
logistika,
kommunikatsiya,
integratsiya, fermer xo‘jaligi, raqobatbardoshlik.
5
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
hududdagi ta’lim, fan, texnologik, iqtisodiy va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar
faoliyati bilan uyg‘unlashgan tizim ekanligi hamda ishlab chiqaruvchilarning raqobatda
ustunligini ta’minlashi ko‘rsatilgan.
J.Danning, K.Brimen va boshqa britaniyalik olimlarning nazariyalarida klaster -
o‘zaro hamkorlikdagi institutlar tizimi ekanligi qayd etilgan. Migranyan A.A.ning
fikricha, klaster “iqtisodiy faoliyatning nisbatan samarali va bir-biri bilan bog‘liq
turlarining majmui, ya’ni muvaffaqiyat bilan raqobat qiluvchi o‘zaro bog‘liq guruhlar
to‘plami bo‘lib, tarmoq, milliy va jahon bozorlarida raqobatchilik vaziyatini ta’minlab
beradi”
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish, investitsion faollikni va jozibadorlikni oshirish, raqobatbardosh tovarlar
ishlab chiqarishda klasterlarning o‘rni yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Jahon
ekspertlarining ta’kidlashicha, klaster mexanizmidan foydalanish bugungi kunga kelib,
dunyoning yetakchi mamlakatlarida iqtisodiyotning deyarli 50 foizini egallagan.
M.Porter va M.Enraytlarning klasterlashgan mintaqalar korxonalarida mehnat
unumdorligi 1,5 barobargacha, ish xaqi esa 30 foizgacha ko‘p bo‘lishi, ishlab
chiqarish va ilmiy izlanish bilan shug‘ullanadigan xodimlarning mehnatlarini yanada
ko‘proq rag‘batlantirishga va raqobatbardosh tovarlarni yaratish uchun imtiѐzli
sharoitlarning mavjud bo‘lishi kabi klaster mexanizmining ustuvor tomonlarini
ko‘rsatishgan.
Tahlil va natijalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil
9 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali
foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-
sonli farmoni[1] qabul qilinishi fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekin
maydonlaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklarini 2018-2021 yillar mobaynida
bosqichma bosqich to‘liq ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish shakliga o‘tkazish kabi muhim
vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimizda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlar soni
517174 tani, shundan 103 mingga yaqini fermer xo‘jaliklaridir. Yetishtirilayotgan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘i mazkur xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Jumladan, so‘nggi yillarda fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 7 million tonnadan
ziyod g‘alla, 3 million tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirilmoqda. Shuningdek,
meva-sabzavot, uzum, poliz va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha ham
salmoqli natijalarga erishilmoqda. Ushbu sohada bozor munosabatlari tamoyillariga
1
Жўраев Т.Т., Ҳамидов М.Э. Ўзбекистонда агросаноат кластерларининг ривожланиши ва уларнинг
қишлоқ хўжалиги тараққиётида тутган ўрни, “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали, №2,
апрел, 2019, ТМИ, Тошкент
6
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
javob beradigan huquqiy asoslar yaratilgan
. Bunday yutuqlarga erishishda esa bevosita
fermer xo‘jaliklarini to‘g‘ri va maqsadli klasterlashdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda klaster tushunchasining uchta keng tarqalgan ta’rifi
mavjud:
klaster– ilmiy tashkilotlarga biriktirilgan turdosh tarmoqlar ichidagi iqtisodiy
faollikning hudud jihatdan chegaralangan ko‘rinishi;
klaster– vertikal ishlab chiqarish zanjirlari, tor doiradagi sohalar bo‘lib, ulardagi
ishlab chiqarish jarayonining o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi bosqichlari klasterning
yadrosini yaratadi (misol uchun, xom-ashyo yetkazib beruvchi– ishlab chiqaruvchi–
sotuvchi– iste’molchi klasteri).
Ushbu kategoriyaga bosh ofis atrofida tashkil etiluvchi tarmoqlarni kiritishimiz
mumkin;
klaster – yuqori agregatsiyaga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlari (misol uchun
kimyoviy klaster yoki yanada yuqoriroq agregatsiyaga ega bo‘lgan agrosanoat
klasteri)dir.
Iqtisodiy klasterlar tuzilishiga ko‘ra geografik, sohaviy, gorizontal va vertikal
turlarga bo‘linadi. Bilim va fan bilan bog‘liqligiga ko‘ra esa: yuqori texnologik klaster
(bilimlar iqtisodiyotiga asoslanadi hamda universitetlar, tadqiqot institutlari doirasida
tashkil etiladi – Kremniy Vodiysi, Sharqiy London texnologik shaharchasi, Parij-Sakle
klasteri); tarixan nou-xauga asoslangan klasterlar (asosan sanoat bilan bog‘liq bo‘lgan
yoki tarixan an’anaviy tarmoqlarda yetakchi bo‘lgan klasterlar- London birjasini ham
klaster sifatida ko‘rish mumkin); omil asosidagi klasterlar (geografik joylashuv
natijasidagi afzallik tufayli yaratiladigan klasterlar, misol uchun vino klasterlari); ishlab
chiqarish xarajatlari past bo‘lgan klasterlar (asosan rivojlangan mamlakatlarga xizmat
ko‘rsatish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda tashkil etiladi hamda ko‘pincha tekstil,
elektronika tarmoqlarida yaratiladi); bilim xizmatlarini ko‘rsatuvchi klasterlar
(dasturlash, injiniring, analitik tahlil xizmatlarini ko‘rsatuvchi, asosan rivojlanayotgan
mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi klasterlar) farqlanadi. Klasterli yondashuvning
mohiyati hududning iqtisodiy potensialidan maksimal darajada foydalanish va uni
oshirish hisoblanadi. Klasterlarning rivojlanishi xarajatlarning kamayishi va ishtirokchi
korxonalar faoliyatining samaradorligini oshishi, innovatsion faoliyat uchun kapitalning
shakllanishi hamda faoliyat olib borishning yangi sharoitlari shakllanishi bilan o‘ziga
xosdir. Klaster strategiyalari mamlakat yoki hududning raqobatbardoshligi oshirish bilan
bir qatorda uning innovatsion salohiyatini oshiradi, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot
institutlari, oliy ta’lim muassaslari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Shu sababli ham klasterlashtirish dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida
kuzatiladi. Misol uchun, Shimoliy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti butunlay klasterlar
bilan qoplangan bo‘lib, ular orqasida o‘rmon-qog‘ozchilik, biotexnologik, farmasevtika
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer
egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali
foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli farmoni
7
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
va kommunikatsiyalar klasterlari yetakchilik qiladi. Buyuk Britaniya hamda
Germaniyada biotexnologiya klasterlari Fransiyada iste’mol tovarlari, kosmetikalar
ishlab chiqarish bo‘yicha kasterlari rivojlangan. Italiyada sanoatda band aholining deyarli
yarmi aynan klasterlar doirasida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston respublikasida oziq-ovqat sanoatini klasterlashdan maqsad aholini
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini maqbul darajada
to‘laroq qondirishda va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Davlatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi siyosatida oziq- ovqat
mahsulotlarini asosan o‘zining qishloq xo‘jaligi va sanoati asosida ishlab chiqarishini va
ichki sotish bozorlarini rivojlantirishga, qisman chet ellardan oziq-ovqat mahsulotlarini
import qilish asosida aholini oziq-ovqatga bo‘lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirish
ko‘zda tutiladi[4].
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni
jadal rivojlantirish asosida g‘alla mustaqilligiga erishildi va oziq-ovqatning barcha asosiy
turlarini mamlakatning o‘zida ishlab chiqarish amalda to‘liq ta’minlandi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil
26 yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish
va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish,
sut, go‘sht, meva-sabzavot va uzumni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalar qurish,
mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyihalarni
amalga oshirdilar.
Respublikada 2015 yilda 97,6 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan
shundan, 18,5 trln. so‘m oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo‘lgan. 2019 yilda 322,5 trln.
so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 35,3 trln. so‘m qismi oziq-ovqat
mahsulotlari ulushiga to‘g‘ri kelgan. 2023 yil davomida 655,8 trln. so‘m qiymatidagi
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 66,5 trln. so‘m qismi oziq- ovqat
mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
1-jadval
O‘zbekistonda sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi
[2]
(mlrd.so‘mda)
Ko‘rsatkichlar
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Sanoat mahsuloti
xajmi
97598,2
111869,4
148816,0
235340,7
322535,8
368740,2
456056,1
553265,4
655800,0
Oziq-ovqat
mahsulotlari
ishlab
chiqarish
18511,6
22400,5
23217,7
25256,5
35337,3
42388,2
48643,3
57547,3
66478,0
Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statitika qo‘mitasi ma’lumotlari, 2023
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini yanada jadal
sur’atlarda ko‘paytirish qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni hamda oziq-ovqat
8
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
sanoatini modernizatsiya qilish asosida qayta ishlash ko‘lamlarini kengaytirishga ko‘p
jihatdan bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29
dekabrdagi “2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2460-sonli qarorining qabul qilinganligi katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur qarorga binoan 2020 yilgacha paxta xomashyosini
yetishtirish va uni xarid qilish hajmini 3350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-
bosqich qisqartirish hisobidan 170 ming 500 gektar sug‘oriladigan yer paxtadan bo‘shashi
bayon etilgan. Shuningdek, don yetishtirish hosildorligini oshirish hisobiga don ekin
maydonlari 50 ming gektarga qisqartirish, paxta va don ekinlaridan bo‘shagan yer
maydonlariga kartoshka, sabzavot, ozuqa va moyli ekinlar joylashtirilishini, shuningdek
intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etilishi rejalashtirilgan edi. Buning natijasida 2020
yilda boshoqli don yetishtirishni 16,4% ga oshishi, uning hajmini 8 mln 500 ming tonnaga
yetishi, kartoshka yetishtirish 35,0% ga, sabzavot 30,0% ga, meva va uzum 21,5 % ga,
go‘sht yetishtirish 26,2% ga, sut 47,3% ga, tuxum 74,5% ga ko‘payishiga erishildi, baliq
yetishtirish 2,5 martaga oshdi
O‘zbekistonda 2016-2024 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash,
saqlash va tashish bo‘yicha 27 ta logistika markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu
davrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini
amalga oshirish natijasida 2024 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash
ulushini 25,7% ga, go‘shtni qayta ishlash ulushini 21% ga, sutni qayta ishlash ulushini
20,6% ga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Buning natijasida 2024 yilda 2016 yilga nisbatan
meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarish hajmi 3,1 barobarga, meva sharbatlari 3,2
martaga, sut va sut mahsulotlari 2,1 martaga, quritilgan mevalar, kolbasa mahsulotlari 2,5
martaga, go‘shtli konservalar 2,7 martaga ko‘p ishlab chiqarishga erishiladi. Shuningdek.
tayyor meva-sabzavot konservalarini, quritilgan mevalar va meva sharbatlarini eksport
qilish hajmi 2,8 barobardan ziyodga oshiriladi
Endilikda klasterlash asosida fermer xo‘jaliklarida oziq-ovqat sanoati mahsulotlari
ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish
samaradorligini oshirish uchun klasterlar tashkil qilinmoqda. Xususan,
– klasterlash asosida oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni yanada takomillashtirish; zamonaviy
texnologik uskunalarni lizing asosida xarid qilish orqali tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlash;
– klasterlash asosida loyihalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va
energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadga muvofiqdir.
Xulosa va takliflar
3
Абулқосимов Ҳ.П. Давлатнинг иқтисодий хавфсизлиги. Ўқув қўлланма.-Т.: Akademiya, 2019.-161-162-
бет
4
Ўзбекистон Республикаси камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги маълумотлари.
9
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
O‘zbekistonda pandemiya sharoitida oziq-ovqat sanoatini, xususan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish va tarmoqning eksport
salohiyatini yuksaltirish uchun quyidagi klasterlashni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini maqsadli klasterlarni tashkil qilgan holda
zamonaviy sanoat texnologiyalari asosida chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan
korxonalar tarmog‘ini, shuningdek, ularni saqlashga ixtisoslashgan sovutish kameralari,
ularni saralash va qadoqlash punktlari hamda tashish bilan shug‘ullanuvchi maxsus
transport-kommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish;
– klasterlash asosida qayta ishlash sanoatini modernizatsiyalash, texnik va
texnologik yangilash, ilm-fanning yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga
jadal qo‘llash. Bunda material va energiya sig‘imini pasaytirish, resurs tejovchi kam
chiqimli texnologiyalarga, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mini-texnologiyalarga
ustuvorlik berish;
– klasterlash asosida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar assortimenti va
sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish hamda ichki va tashqi bozorlarda
raqobatbardoshligini oshirish;
– klasterlash asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash
bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish majmualari, xoldinglar va ilmiy-ishlab chiqarish
birlashmalari faoliyatini kengaytirish hozirgi davrning eng maqbul yo‘lidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yhati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-sonli farmoni.
2. Abulqosimov H.P. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma.-T.:
Akademiya, 2012.-161-162-bet.
4. Umarov, Tursunboy Sayfiddin o‘g‘li (2024) Korrelyatsiya koeffitsientini
statistik baholash. Analytical Journal of Education and Development, 4 (5). pp. 413-415.
ISSN 2181-2624
5. T
adbirkorlik faoliyatida loyixaviy boshqaruvni rivojlantirish tendensiyalari va
Y. Nematillo “PEDAGOGS” international research journal 59 (Issue-1), 202-
207
6. Shukurullaevna, B. S. (2023). Management system for the effective use of labor
potential in the development of integration processes. Best Journal of Innovation in
Science, Research and Development, 466-473.
7. Qahhorov, S. (2023). Soliq siyosatini iqtisodiy faollikka yo ‘naltirilgan
mexanizmlarini takomillashtirish. Educational Research in Universal Sciences, 2(14),
261-263.
10
https://eyib.uz
1-sho‘ba.
O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.
8. Davidova D. T. Sug‘urtada axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan
foydalanish mezonlari //models and methods for increasing the efficiency of innovative
research. – 2023. – T. 2. – №. 23. – S. 56-62.
9. Mamayev B.N. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda raqamli
marketing elementidan biri internet-reklamadan foydalanishning tendensiyalari
8 (2022): O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali
10. Mamayev B.N. O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini
ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari, International scientific journal “Interpretation and
researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2
11. Mamayev , B. N. (2023). O‘zbekiston baliq sanoatini rivojlantirishda
klasterlash. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 693–700. Retrieved from
http://erus.uz/index.php/er/article/view/4511
12. Sh, B. S., & Abdug'aniev, Y. J. (2024). Youth Entrepreneurship and its Socio-
Economic Advantages. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND
OPEN SOCIETY, 4(4), 166-169.
13. Shukurullayevna, B. S. (2024). DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS
AND PRIVATE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN PROSPECTS
OF DIRECTIONS. Journal of new century innovations, 54(3), 114-117.
14. Қаҳҳоров, Ш., & Шаробиддинов, А. (2024). КОРПОРATSIЯЛАРНИ
ИНВECТИЦИЯЛAШНИНГ ЖAҲOН AМAЛИЁТИ ТAҲЛИЛИ. Interpretation and
researches.
