28
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATI
ОСОБЕННОСТИ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В ДОШКОЛЬНОМ ВОЗРАСТЕ
FEATURES OF MENTAL DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE
Ibragimova Xurshida Xusanbayevna
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogik psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Qaxramonova Muslimaoy Abdumalijon qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 102-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14279845
Annotatsiya:
Mazkur maqolada maktabgachayosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
to’g’risida fikr yuritilgan.
Аннотация:
В данной статье рассатриваются особенности психического развития в
дошкольном возрастею.
Abstract
: This article discusses the characteristics of mental development in preschool age.
Kalit so’zlar:
yoshlik, psixik rivojlanish, maktabgacha, bola psixikasi, shaxsiyat, ijtimoiy
qobiliyat, hissiyotlar, aqliy, e’tibor, o’yin faoliyati, ijtimoiylashish.
Ключевые слова:
психическое развитие, дошкольная психология, личность,
социальные навики, эмоции, психическое внимание, игровая деятельность общение.
Key words:
mental
development, preschool psychology, personality, social skills,
emotions, mental attention, game activity, socializing.
Maktabgacha yosh (3–7 yosh) bolalarining psixik rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, bu davrda bolaning shaxsiyati, aqliy, hissiy va ijtimoiy qobiliyatlari shakllana boshlaydi.
Ushbu davr psixologik rivojlanishning eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi, chunki bolalar
bu davrda asosiy psixik jarayonlarni o‘zlashtiradilar. Quyida maktabgacha yoshdagi psixik
rivojlanishning asosiy xususiyatlari keltirilgan:
Hissiyotlar va emotsiyalar-bolaning hissiy hayoti chuqurlashadi, emotsiyalar barqaror bo‘la
boshlaydi.Ijobiy hissiyotlar muhim o‘rin tutadi, ayniqsa o‘yin va muloqot jarayonlarida
Empatiya shakllanishi boshlanadi – bola boshqalarning his-tuyg‘ularini anglay oladi.
Aqliy rivojlanish-bu davrda tafakkur obrazli va intuitiv bo‘ladi. Bolalar asosan
ko‘rgazmalilikka asoslangan holda fikr yuritadilar.Til rivojlanishi jadal sur’atda o‘sadi: so‘z
boyligi ortadi, so‘z birikmalari va murakkab gaplar shakllanadi. E’tibor barqaror emas, lekin
asta-sekin diqqatni uzoq vaqt davomida saqlash qobiliyati rivojlanadi. Xotira asosan ixtiyorsiz
bo‘ladi: bola qiziqarli va hissiy jihatdan boy ma’lumotlarni oson eslab qoladi.Bularga:
Obrazli taffakur
: Bolaning
fikrlashi ko’proq ko’rgazmalilikka asoslangan bo’lib, narsalar
va hodisalarning tashqi belgilari, ularning hajmi shakli va rangiga qarab uning fikrlashishi va
psixologiyasini bilib olish mumkin.
Xotira:
Asosan ixtiyorsiz xotira faol bo’ladi. Bola o’ziga qiziqarli va hissiy jihatdan muhim
bo’lgan narsalarni osonroq eslab qoladi.
29
Diqqat:
E’tiborni uzoq vaqt davomida jamash hali qiyin, lekin bolani qiziqtirgan faoliyatda
bu qobiliyat rivojlana boshlaydi.Diqqat o’zi onglarni to’plab muayyan obyektga qaratish fikri
Doplin
ga tegishlidir.
Ijtimoiylashuv-bolaning muloqot ehtiyoji ortadi, tengdoshlar va kattalar bilan aloqalar
kuchayadi. Ijtimoiy me’yorlar va qoidalarni o‘zlashtira boshlaydi. Mustaqillik rivojlanadi, lekin
ba’zan kattalardan yordam talab qiladi. Shaxsiy xususiyatlar shakllanishi-bola o‘zini alohida
shaxs sifatida anglay boshlaydi, "men" tushunchasi rivojlanadi.Fe’l-atvori, qiziqishlari va xulq-
atvori shakllanadi. Bola o‘z qobiliyatlariga ishonishni o‘rganadi, o‘z-o‘zini baholash asoslari
paydo bo‘ladi.
Nutq va kommunikativ rivojlanish
:
Nutq boyligi to’g’risida
-Nutq boyligi lug’at bilan bog’liqdir sababi lug’at so’z boyligi bilan
belgilanadi. Shaxs qanchalik ko’p kitob o’qisa uning so’z boyligi shuncha ortadi. Bolaning nutqi
ravon bo’lishi uchun avvalo unga kerakli va foydali so’zlarni bolalik chog’idan o’rgatish
kerak.Bolaga kitobga mehr qo’yishi uchun rangli va rasmli kitoblarni olib berish, o’qib berish va
hayotga tatbiq etishni o’rgatish zarur.
Muloqot ko’nikmalari:
Muloqot ko’nikmasini rivojlantirish uchun ko’proq suhbatlar
qurishi kerak. Tengdoshlar, oila davrasida, qarindoshlar, do’stlari bilan ko’proq suhbat qurishi
lozim.Inson qanchalik yaqinlar orasida gaplashsa o’z fikrini ifodalab bersa jamiyatda ham o’z
o’rniga ega shaxs bo’lib yetishadi. Biroq qanday vaziyatlarda qaysi so’zlardan foydala olishi
uning tarbiyaviy va ahloqiy holatlariga bog’liq bo’ladi.Sababi inson kerakli so’zlarni so’zlamog’i
darkor
Ijodiy ifoda
: Muloqotlarga kreativlik qo’shish. Suhbatdoshida ijobiy fikr qoldirish uchun
unga samimiy va ochiqlik bilan muloqot qilish zarur yo’qsa suhbatdoshida salbiy emotsiya
qoldirish mumkin. Suhbatni qiziqarli bo’lishi uchun uni kuldirish tabbasum bilan muomala
qilishi yoki esda qolarli hikoyani aytib berish singari vaziyatlar shunga misol bo’la oladi.
O’yin faoliyati:
Rolli o’yinlar:
Rolli o’yinlar orqali bola kattalar dunyosidagi turli rollarni ijro etish orqali
unda harakter va taqlid qilish va o’ziga ideal bo’gan insonga o’zini o’xshatish kabi holatlar yuz
beradi va shu rollar orqali hayotda o’z o’rnini egallaydi.
Ijodiy faoliyat:
Bu rolda o’ynaga o’rini uning ta’siri natijasida kelib chiqadi ya’ni bolaning
fantaziyasiga qarab bu rol yaratiladi.Bola qanchalik tasavvurga boy bo’lsa rol shunchalik qizg’in
ketadi.
Qoidali o’yinlar:
Qoidalarani tushunish va ularga rioya qilish orqali irodaviy sifatlar
shakllanadi.
Ijtimoiylashuv va shaxsiylik
O’z-o’zini anglash-Bola qanchonki o’zini anglaganda unda o’zinikini bildirish hissi namoyon
bo’ladi. Ya’ni o’ziniki bo’lgan narsalarni himoya qiladi, qizg’onadi va ehtiyot qiladi. Bu
“MEN
”
so’zi orqali boshlanadi.
Munosabatlar:
Munosobatlar qurishda soflik va masofa asosida qurilishi darkor.Ya’ni
o’zinidan soxta inson yasamagan holatda suhbatdoshi bilan shaxsiyatga tegmagan holada
chegara saqlash orqali.Bu iiki hislat har qanday insonlar bilan kelishishga yordam beradi.Chunki
shaxsiyatdan yuzasidan savollar berilmaydi toki o’zi hohlamaguncha,yolg’on va alash gaplari
bo’lmaydi bu esa suhbatdoshni sizga bo’lgan fikrini yaxshi tomonga o’zgartirishga xizmat qiladi.
30
Axloqiy tushunchalar:
Bu axloqiy tushunchalar albatta tarbiyaga bog’liq bo’ladi. Qanday
muhitda katta bo’lsa shu muhitdan kelib chiqqan holatda vaziyatga baho beradi va fikr
bildiradi.Buning uchun bolaga go’zal tarbiya bermog’i lozim va balog’at yozishiga yetgach yoki oq
qorani farqlay olgach unga mobil telefondan foydalanishga ruxsat berilishi kerak deb
hisoblayman. Sababi shuki ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalana olmasligi sababli vaqtini zoye
ketgazishi mumkin va kirishi taqiqlangan saytlarga kirishi hayotini xavfga qo’yishi mimkin.
Shuning uchun ota-onalar farzandlariga e’tiborli bo’lishi shart va majbur.
References:
1.
Xaydarov.F.I, Xalilova. N.I “Umumiy psihologiya” Toshkent-2010y
2.
Karimova V.M. Psixologiya T-2002y.
3.
G’oziyev E.G’ Umumiy Psixologiya 1-2 kitob T-2002y
4.
Davletshin M.G Umumiy Psixologiya T-2002y
5.
Ivanov.P, Zufarova.M “Umumiy Psixologiya” T-2008y.
