AXBOROTLASHGAN JAMIYAT: IJTIMOIY ONG VA TARAQQIYOT NUQTAI NAZARIDAN FALSAFIY QARASHLAR

Annotasiya

Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan vujudga kelayotgan ijtimoiy transformatsiyalar, tafakkur paradigmasining o‘zgarishi, bilim va axborotning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy resursga aylanishi ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar asosida baholanadi. Maqolada inson kapitali, ongli subyekt sifatida shaxs, raqamli tafovut, axborot tengsizligi kabi kategoriyalar muhokama qilinadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
64-67
13

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ismatov, A. (2025). AXBOROTLASHGAN JAMIYAT: IJTIMOIY ONG VA TARAQQIYOT NUQTAI NAZARIDAN FALSAFIY QARASHLAR. Наука и технология в современном мире, 4(12), 64–67. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/98566
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan vujudga kelayotgan ijtimoiy transformatsiyalar, tafakkur paradigmasining o‘zgarishi, bilim va axborotning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy resursga aylanishi ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar asosida baholanadi. Maqolada inson kapitali, ongli subyekt sifatida shaxs, raqamli tafovut, axborot tengsizligi kabi kategoriyalar muhokama qilinadi.


background image

`

64

AXBOROTLASHGAN JAMIYAT: IJTIMOIY ONG VA TARAQQIYOT NUQTAI

NAZARIDAN FALSAFIY QARASHLAR

Ismatov Abrorjon

Tayanch doktorant Namangan davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15504355

Annotatsiya.

Maqolada axborotlashgan jamiyat fenomenining ijtimoiy ongga ta’siri va

uning zamonaviy taraqqiyotdagi falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining
rivojlanishi bilan vujudga kelayotgan ijtimoiy transformatsiyalar, tafakkur paradigmasining
o‘zgarishi, bilim va axborotning jamiyat taraqqiyotidagi asosiy resursga aylanishi ijtimoiy-
falsafiy yondashuvlar asosida baholanadi. Maqolada inson kapitali, ongli subyekt sifatida shaxs,
raqamli tafovut, axborot tengsizligi kabi kategoriyalar muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar

. Axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy ong, falsafiy tahlil, inson kapitali, raqamli

tafovut, bilim iqtisodiyoti, taraqqiyot, virtual haqiqat, tafakkur transformatsiyasi.


Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya jamiyatning

barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning asosiy paradigmasi sifatida
shakllandi. Bu jarayon nafaqat texnologik taraqqiyot bilan, balki ijtimoiy ongning evolyutsiyasi
va falsafiy qarashlarning qayta ko‘rib chiqilishi bilan ham bog‘liq. Ushbu maqola
axborotlashgan jamiyatning ijtimoiy ong va taraqqiyotga ta’sirini falsafiy nuqtai nazardan tahlil
qilishga bag‘ishlanadi. Maqolaning maqsadi axborot jamiyatining asosiy xususiyatlarini
aniqlash, uning ijtimoiy ongni shakllantirishdagi rolini ko‘rib chiqish va taraqqiyotning falsafiy
talqinlarini o‘rganishdir.

Axborotlashgan jamiyat bugungi dunyo bo'ylab osonlik bilan aloqa va ma'lumot

almashish imkoniyatlarini olib kelgan. Bu jamiyatning o'sishida axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarining keng rivojlanishi va ommalashtirilishi juda muhim ahamiyatga ega.

XXI asrda jamiyat taraqqiyoti axborot va texnologik omillar bilan chambarchas bog‘liq

holda kechmoqda. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi postindustrial bosqichda insoniyat
taraqqiyotini anglash va baholashning markaziy paradigmasiga aylandi. Bunday jamiyatda
axborot resursi moddiy resurslardan ustun bo‘lib, bilim va texnologiya ijtimoiy ong
shakllanishida asosiy rolni o‘ynaydi. Shu sababli, axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy ong va
taraqqiyot kontekstida tahlil qilish falsafiy nuqtai nazardan dolzarbdir.

Milliy munosabatlarda oʻtmish va ijtimoiy xotira saqlovxonalaridan siyosiy maqsadlarda

foydalanish, etnik ongning transformatsiyasi, mahalliy nizolardan tortib urushlargacha, diniy,
eʼtiqodiy qarama-qarshiliklardan tortib diniy ekstremizm va terrorizmgacha bo‘lgan hatti-
harakatlarni amalga oshirishda foydalanilmoqda, qolaversa, migratsiya munosabatlarining avj
olishi, assimilyatsiya hodisalarining oʻsib borishi, xalqaro hamjamiyatlarda millatlarning oʻz
manfaatlarini himoya qilish hamda madaniy identifikatsiyani saqlab qolishni taqozo etmoqda.
Axborotlashgan jamiyatning keng taraqqiy etishi millat va xalqlar oʻrtasidagi integratsiya
jarayonlarini yuksaltirishi barobarida xalqlarning oʻz tarixiy makondagi asoslarini bilishga
boʻlgan intilishlarini kuchaytirib kishilarda milliy qadriyatlarni saqlash, jamiyatda ijtimoiy
xotirani mustahkamlash, tarixiy oʻzlikni bilishga boʻlgan intilishlarini qondirish zaruriyatini
keltirib chiqarmoqda.


background image

`

65

Axborotlashgan jamiyat – bu axborotni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ulardan

foydalanish jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida markaziy o‘rin egallagan tizim
sifatida ta’riflanadi. Daniel Bell (1973) kabi sotsiologlar axborot jamiyatini postindustrial
jamiyatning muhim bosqichi sifatida tasniflagan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatish sohasi va bilim
iqtisodiyoti ustunlik qiladi. Manuel Kastels esa “Tarmoq jamiyati” (1996) konsepsiyasida
axborot texnologiyalari global tarmoqlar orqali ijtimoiy tuzilmalarni qayta shakllantirishini
ta’kidlaydi.

Falsafiy nuqtai nazardan, axborotlashgan jamiyat nafaqat texnologik, balki ontologik va

epistemologik o‘zgarishlarni ham talab qiladi. Axborotning cheksiz oqimi inson ongini, uning
dunyoqarashini va o‘zini o‘zi idrok etishini o‘zgartiradi. Bu jarayon ijtimoiy ongning yangi
shakllarini vujudga keltirib, individual va kollektiv identiklikni qayta belgilaydi.

Ijtimoiy ong jamiyat a’zolarining umumiy qadriyatlar, e’tiqodlar va bilimlar majmuasi

sifatida ta’riflanadi. Axborotlashgan jamiyatda ijtimoiy ongning shakllanishi axborot
texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirida sodir bo‘ladi.

Axborotlashgan jamiyat – bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichi bo‘lib, unda axborot

ishlab chiqarish, saqlash va uzatish asosiy faoliyat sohasiga aylanadi. Bu atama avvalambor D.
Bell, M. Kastels, Y. Masuda, P. Druker kabi tadqiqotchilar tomonidan nazariy asoslangan. D.
Bellning postindustrial jamiyat modeli bilim va xizmatlar ustuvorligini ko‘rsatadi, M. Kastels
esa axborot tarmoqlari orqali ijtimoiy tuzilmaning global transformatsiyasini tahlil qiladi.

Falsafiy nuqtai nazardan, axborotlashgan jamiyat ontologik va epistemologik

muammolarni ilgari suradi: axborotning haqiqatga nisbati, raqamli haqiqat va virtual
tafakkurning ijtimoiy ongga ta’siri kabi masalalar zamonaviy falsafaning markaziga chiqmoqda.

Inson - bu tabiatning super mukammal mahsuli, uning etik ongi va atrofi zamonaviy

jamiyatning belg'isi sifatida o'zini namoyon etadi. Insonni inson qilayotgan xususiyatlar,
ma'lumotlar va ma'naviyatning zamonaviy o'zgarishlari bilan bog'liq. Insonning ongi odamning
rostligini, uning faoliyati va taassuriyatini tushuntiradi. Insonning ongi idora qiladigan faoliyat
endi faqat oddiy qo‘l mehnati emas, balki fan va san’atni ham yaratishiga bo‘lgan ishonch
yuksalib bordi. Demak, «taraqqiy qilayotgan fan-texnika insonlar ongining o‘sishiga, ularning
ma’naviy qiyofasiga, tafakkuriga ta’sir etdi»[1].

Insonning ongi, falsafiy oqibatlarning muhim muddatlari bilan bog'liqdir. Insonning

erkinlik va huquqlariga oid g'oyalar, insonning rohati va maqsadi, uning jamiyatga xizmat
qilishi va jamiyat bilan aloqalari, shuningdek, insonning o'zini tushunish va yaratish mohiyati
mavzulari insonning ongini tahlil qiladi.

Insonning ongi haqida tushuntirilgan fikrlar, insonning tabiatiga, uning ijtimoiy, ma'naviy

va intellektual potentsialiga e'tibor qaratadi. Insonning ongi haqida tahlil va tasavvurlar,
insonning uning tabiatiga, jamiyatga va dunyoga ta'siri, uning o'zini tushunish va o'zini
ifodalash shakllariga oid asosiy mavzularni o'z ichiga oladi.

Axborot texnologiyalari nafaqat iqtisodiy tizimni, balki inson tafakkuri va dunyoqarashini

ham o‘zgartirmoqda. Ijtimoiy ong – bu jamiyat a’zolarining jamoaviy fikrlash uslubi, qadriyatlar
tizimi va madaniy identitetning majmuasi. Axborotlashgan jamiyatda ijtimoiy ong quyidagi
xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

Axborot oqimlarining haddan ortiq ko‘pligi natijasida ong bo‘linadi, yaxlit dunyoqarash

shakllanishi murakkablashadi.


background image

`

66

Raqamli makon ongning asosiy shakllanish platformasiga aylanadi, natijada haqiqat va

simulyakrlik o‘rtasidagi chiziq yo‘qoladi (J. Bodriyar).

Tafakkur tezkor axborotga asoslangan bo‘lib, chuqur mulohaza jarayonlari zaiflashadi.
Bu holatlar axborot bilan ishlash madaniyatini va tanqidiy tafakkur kompetensiyalarini

shakllantirish zaruriyatini tug‘diradi.

Axborotlashgan jamiyatda taraqqiyot tushunchasi falsafiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib

chiqilishi lozim. An’anaviy ravishda taraqqiyot iqtisodiy o‘sish, texnologik innovatsiyalar va
ijtimoiy farovonlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Biroq, axborot jamiyati bu tushunchani kengaytiradi
va yangi falsafiy savollarni keltirib chiqaradi.
1.

Axborot texnologiyalari jamiyat taraqqiyotini tezlashTiradi, ammo bu jarayon inson

erkinligiga qanday ta’sir qiladi? Marshall Maklyuxan (1964) “vositalar xabar bo‘lib xizmat
qiladi” degan fikrni ilgari surib, texnologiyalarning ijtimoiy ongni shakllantirishdagi rolini
ta’kidlagan. Axborot jamiyatida texnologik determinizm insonning mustaqil qaror qabul qilish
qobiliyatini cheklashi mumkin.
2.

Axborot jamiyatida bilim va axborotga kirish imkoniyati teng taqsimlanmagan. Bu

“raqamli bo‘linish” muammosini keltirib chiqaradi, bu esa ijtimoiy tengsizlikni yanada
kuchaytiradi. Falsafiy nuqtai nazardan, bu holat adolat va tenglik tamoyillari nuqtai nazaridan
muhokama qilinishi kerak.
3.

Axborot jamiyatida taraqqiyot faqat texnologik yutuqlarga qarab baholanmaslig_abi,

balki insonning ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga xizmat qilishi lozim. Fransis Fukuyamaning
“Tarixning oxiri va oxirgi odam” asarida ta’kidlanishicha, axborot jamiyati insoniyatni yangi
maqsadlarga yo‘naltirishi, lekin bu maqsadlar insonning o‘ziga xos qadriyatlariga mos kelishi
kerak.

O‘tmish hozirgi va kelajak voqea- hodisalarining inson ongida o‘zaro to‘qnashuvini sodir

etishi bilan birga insondagi tarixiy tafakkurning asl mohiyatini ochib beruvchi bilim sohasi
sifatida o‘rtaga chiqadi. Bunda tarixiy haqiqat namoyon bo‘ladi va shuni aytish kerakki, falsafiy-
tarixiy adabiyotlarda «tarixiy haqiqat deb haqiqiy tarixiy (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ijtimoiy)
voqelikka aytiladi»[2].

Axborotlashgan jamiyat sharoitida ijtimoiy ong o‘zgaruvchan, dinamik va kompleks

tizimga aylanmoqda. Falsafiy nuqtai nazardan, bu jarayon tafakkur, bilim, madaniyat va
qadriyatlarning yangi paradigmasini shakllantirishga olib keladi. Taraqqiyot endi faqat moddiy
emas, balki ma’naviy-axboriy mezonlar asosida baholanadi. Shu bois, axborotlashgan jamiyatda
inson kapitalini rivojlantirish, raqamli tafakkurni shakllantirish va ijtimoiy ongning yangi
shakllarini chuqur o‘rganish bugungi falsafaning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Axborotlashgan jamiyat falsafiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bir tomondan,

axborotning erkin oqimi bilim va ijodkorlikni rivojlantirsa, boshqa tomondan, axborot
manipulyatsiyasi, maxfiylik muammolari va raqamli nazorat kabi masalalar inson erkinligiga
tahdid soladi. Falsafiy nuqtai nazardan, bu muammolar insonning o‘z-o‘zini anglash va
jamiyatning kelajagiga ta’sir qiladi.

Kelajakda axborotlashgan jamiyat yanada rivojlanishi kutilmoqda. Sun’iy intellekt, katta

ma’lumotlar va blokcheyn texnologiyalari ijtimoiy ongni yanada o‘zgartiradi. Falsafiy nuqtai
nazardan, bu jarayon insoniyatning ma’naviy va axloqiy mas’uliyatini oshiradi. Axborot


background image

`

67

jamiyati nafaqat texnologik, balki insoniy qadriyatlar va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqishni
talab qiladi.

Bunda kishilar tarixiy ongi ijtimoiy xotiraning davomiyligini ta’minlovchi omil sifatida

jamiyatning yetuk ongini belgilab beruvchi ijtimoiy ong shaklidir. Ijtimoiy ong shakllari ijtimoiy
munosabatlar negizida va jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Masalan, siyosiy ong –
«siyosiy guruhlar, davlatlar, xalqlar, millatlar va elatlarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan siyosiy
munosabatlarini aks ettiruvchi siyosiy tasavvur va tushunchalar, g‘oyalar va qarashlardan
umumlashgan tizimi»[3] hisoblansa, huquqiy ong – huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Axborotlashgan jamiyat ijtimoiy ong va taraqqiyot nuqtai nazaridan yangi imkoniyatlar va
muammolarni keltirib chiqaradi. Bu jamiyatda axborotning roli, shaxslarning va jamiyatlarning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy ongning o'zgarishi, axborotlashuv
jarayonlarining natijasi bo'lib, bu, o'z navbatida, jamiyatning barqaror rivojlanishiga olib keladi.
Falsafiy qarashlar, axborotlashgan jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotdagi o'rnini chuqur tahlil
qilishga yordam beradi.

Axborotlashgan jamiyat ijtimoiy ong va taraqqiyotning yangi shakllarini vujudga keltirdi.

Bu jarayon falsafiy nuqtai nazardan ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi: axborotning cheksiz
oqimi inson erkinligiga qanday ta’sir qiladi? Taraqqiyotning maqsadlari qanday bo‘lishi kerak?
Ijtimoiy ongning transformatsiyasi insoniyatning kelajagini qay darajada belgilaydi? Ushbu
savollar falsafiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari bo‘lib, axborot jamiyatining kelajagini
tushunishda muhim ahamiyatga ega.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Умумий психология: Педагогика ва психология бакалавриат таълим йўналиши

талабалари учун дарслик. Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти
нашриёти, 2008. -Б.186.
2.

Барг М.А. Исторический факт: структура, форма, содержание // История СССР. —

1976. — № 6. — С. 56-69.
3.

Фалсафа. –Тошкент: Ўқитувчи. 2005. – Б.204.

4.

Содиржонов М. Yoshlar kundalik hayotining virtuallashuv sabablari va omillari

(sotsiologik tahlil) //in Library. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 36-40.
5.

Мухриддин Содирджонов Значение национальных и этносоциальных процессов в

социологическом исследовании человеческого капитала // ОИИ. 2021. №5/S. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/znachenie-natsionalnyh-i-etnosotsialnyh-protsessov-v-
sotsiologicheskom-issledovanii-chelovecheskogo-kapitala

(дата обращения: 21.05.2025).

6.

Sodirjonov M. M. On the coverage of ethnic processes in the information space //Asian

Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 6. – С. 165-171.

Bibliografik manbalar

Умумий психология: Педагогика ва психология бакалавриат таълим йўналиши талабалари учун дарслик. Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти нашриёти, 2008. -Б.186.

Барг М.А. Исторический факт: структура, форма, содержание // Исто¬рия СССР. — 1976. — № 6. — С. 56-69.

Фалсафа. –Тошкент: Ўқитувчи. 2005. – Б.204.

Содиржонов М. Yoshlar kundalik hayotining virtuallashuv sabablari va omillari (sotsiologik tahlil) //in Library. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 36-40.

Мухриддин Содирджонов Значение национальных и этносоциальных процессов в социологическом исследовании человеческого капитала // ОИИ. 2021. №5/S. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/znachenie-natsionalnyh-i-etnosotsialnyh-protsessov-v-sotsiologicheskom-issledovanii-chelovecheskogo-kapitala (дата обращения: 21.05.2025).

Sodirjonov M. M. On the coverage of ethnic processes in the information space //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2020. – Т. 9. – №. 6. – С. 165-171.