O’QUVCHILARNING CHET TILNI EGALLASH JARAYONIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANISH JIHATLARI

Annotasiya

Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil etilgan. Lingvistik kompetensiya o‘quvchining tilni to‘g‘ri, mantiqan asoslangan va kontekstga mos tarzda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va interaktiv metodlar vositasida lingvistik kompetensiyani shakllantirish yo‘llari ham yoritib berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
34-35
13

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Sindarova , N. . (2025). O’QUVCHILARNING CHET TILNI EGALLASH JARAYONIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANISH JIHATLARI. Наука и технология в современном мире, 4(12), 34–35. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/98574
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil etilgan. Lingvistik kompetensiya o‘quvchining tilni to‘g‘ri, mantiqan asoslangan va kontekstga mos tarzda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va interaktiv metodlar vositasida lingvistik kompetensiyani shakllantirish yo‘llari ham yoritib berilgan.


background image

`

34

O’QUVCHILARNING CHET TILNI EGALLASH JARAYONIDA LINGVISTIK

KOMPETENSIYANI RIVOJLANISH JIHATLARI

Sindarova Nargiza Abdumajidovna

Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti

mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15502208

Annotatsiya

Mazkur maqolada nodavlat ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilni egallash

jarayonida lingvistik kompetensiyasining tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishning metodik
asoslari hamda samarali yondashuvlar tahlil etilgan. Lingvistik kompetensiya o‘quvchining tilni
to‘g‘ri, mantiqan asoslangan va kontekstga mos tarzda qo‘llay olish qobiliyati hisoblanadi.
Shuningdek, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va interaktiv metodlar vositasida lingvistik
kompetensiyani shakllantirish yo‘llari ham yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

lingvistik kompetensiya, nutq ko‘nikmalari, grammatik kompetensiya, tilni

egallash, metodik yondashuv, til o‘rganishda motivatsiya, kommunikativ kompetensiya,
pedagogik metodika, til o‘rganishda innovatsiyalar.


Globalizatsiya sharoitida xorijiy tillarni o‘rganish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda.

Binobarin, maktab o‘quvchilari uchun chet tilini egallash nafaqat bilim saviyasini oshirish, balki
kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlarining asosi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu
bilan birga, chet tilni samarali o‘rganishda lingvistik kompetensiyaning shakllanishi va
rivojlanishi muhimdir.

Lingvistik kompetensiya — bu til o’rganuvchining grammatik qoidalarni tushunishi,

leksik boylikka ega bo‘lishi, talaffuz me’yorlarini o‘zlashtirishi va o‘z fikrini ravon bayon eta
olish qobiliyatidir.

Lingvistik kompetensiya tushunchasiga olimlarimiz tomonidan turlicha ta’riflar keltirib

o’tilgan.

Tilshunoslikning klassik namoyandasi

bo’lmish, N.Chomsky

lingvistik

kompetensiyani “ona tilidagi cheksiz sonli gaplarni tushunish va yaratish qobiliyati” deya
ta’riflagan. Uning ta’kidlashicha, ushbbu kompetensiya inson ongida mavjud bo‘lgan ichki
grammatika asosida shakllanadi. Chomskyga ko‘ra, lingvistik kompetensiya har bir insonda
tug‘ma tarzda mavjud bo‘lgan va unga ona tilida cheksiz miqdorda grammatik to‘g‘ri gaplar
tuzish va tushunish imkonini beradigan ichki bilim tizimidir.

Metodist J.J.Jalolov ta’riflashicha, “Lingvistik kompetensiya tegishli til qoidalariga muvofiq

shakllangan va ularning an’anaviy ma’nosiga ega bo‘lgan mazmunli iboralarni ishlab chiqish va
talqin qilish qobiliyatidir.” J.J. Jalolovning bu ta’rifi lingvistik kompetensiyani faqat nazariy bilim
emas, balki uni amaliyotda aniq va to‘g‘ri qo‘llash qobiliyati deb izohlaydi. Ya’ni bu
kompetensiya orqali til o'rganuvchi il qoidalarini biladi, ular asosida mazmunli gaplar tuza
oladi va ushbu iboralarni to‘g‘ri talqin qila oladi.

D.D.Oribboyevaning izohlashicha, “lingvistik kompetensiya - til tizimi, nutqdagi til

birliklarining ishlash qoidalari haqidagi bilimlarga ega bo'lish, shuningdek, ushbu bilimlar
yordamida boshqa shaxsning fikrlarini tushunish va to'g'ri talqin qilish qobiliyati sanalib
pedagoglarga o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda bayon etishga ko’mak beradi.” Demak, til
tizimining tuzilishi (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika) va uning ishlash qonuniyatlarini


background image

`

35

bilish lingvistik kompetensiyaning negizini tashkil etadi. Bu bilimlar faqat grammatika
darajasida emas, balki nutqdagi real qo‘llanish doirasini ham o‘z ichiga oladi. Lingvistik
kompetensiya shunchaki bilim emas, balki ushbu bilim asosida kommunikatsiyani amalga
oshirish, ya’ni boshqalar fikrini tushunish, tushungan fikrni izohlay olish, konnotatsiya
(yashirin ma’no), ohang, vaziyat kabi elementlarni ham anglashni ifodalaydi.

Tadqiqot mavzusini o’rganish davomida, nodavlat ta’lim maktablari o’quvchilarning chet

tilni egallash jarayonida lingvistik kompetensiyani rivojlanishining asosiy jihatlari sifatida
fonetik, leksik, grammatik, orfografik, pragmatic, metalingvistik kompetensiyalarni tahlil etdik.
Bunga ko’ra, fonetik kompetensiya (talaffuz va eshitish ko‘nikmalari) to‘g‘ri talaffuz qilish ya’ni
fonemalarni farqlay olishni, intonatsiya, urg‘u va ritmga amal qilishni va eshitib tushunish va
fonetik ketma-ketliklarni anglay olish qobiliyatini; Leksik kompetensiya (so‘z boyligi) esa
so‘zlarni to‘g‘ri qo’llash va kontekstda tushunish, sinonim, antonim, frazeologik birliklarni
o‘zlashtirish, passiv va aktiv lug‘at zahirasini kengaytirishni; Grammatik (morfologik va
sintaktik) kompetensiya fe’l zamonlari, son, kelishik kabi morfologik tuzilmalarni
o‘zlashtirishni, gap tuzish qoidalari (so‘z tartibi, murakkab gaplar, bosh va ergash gaplar)ni va
so‘z yasash usullarini bilish (prefiks, suffiks, konversiya va hokazo)ni; Orfografik kompetensiya
so‘zlarni to‘g‘ri yozish, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish, yozma nutqda grammatik
normalarni saqlashni; Pragmatik kompetensiya (lingvistik vositalarni kontekstga mos qo‘llash)
tilni kommunikativ maqsadga muvofiq qo‘llay bilishni, ijtimoiy-madaniy kontekstda mos
ifodalarni tanlash (ruxsat so‘rash, minnatdorchilik bildirish, rad etish)ni; Metalingvistik
kompetensiya tilning tuzilishi va ishlash mexanizmlari haqida ongli tushuncha va qiyosiy tahlil
asosida ona til va chet til strukturasi o‘rtasidagi farqlarni aniqlashni o’zida ifoda etadi.

Xulosa qilib aytganda, nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning chet tilini

o‘zlashtirish jarayonida lingvistik kompetensiya jihatlari sifatida barcha tarkibiy qismlarni
izchil va uyg‘un rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fonetik, leksik, grammatik
va pragmatik kompetensiyalarni shakllantirish o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq
faoliyatini samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Nodavlat ta’lim
muassasalarida kichik guruhlarda o‘qitish, interaktiv dars shakllari, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish kabi afzalliklari lingvistik kompetensiyaning rivojlanishiga
qulay sharoit yaratadi va shu boisdan, chet tilni o‘rganishda nafaqat grammatik bilimlarni
o‘zlashtirish, balki ularni kommunikativ maqsadda to‘g‘ri va samarali qo‘llay olish ham
o’rinlidir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Chomsky, N. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. Cambridge,MA:MIT Press.

2.

Jalolov J.J. Chet til o’qitish metodikasi: chet tillar oliy o’quv yurtlari(fakultetlari) talabalari

uchun darslik. – Toshkent: O’qituvchi, 2012. -432 b.
3.

Oribboyeva D.D. Psixologinvistika va lingvistik kompetensiya.Zamonaviy filologiya va

lingvodidaktikaning

dolzarb

masalalari.

International

Scientific

and

Practical

Conference.https://cspu.uz/ April 23, 2024. 346-349 betlar.

Bibliografik manbalar

Chomsky, N. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. Cambridge,MA:MIT Press.

Jalolov J.J. Chet til o’qitish metodikasi: chet tillar oliy o’quv yurtlari(fakultetlari) talabalari uchun darslik. – Toshkent: O’qituvchi, 2012. -432 b.

Oribboyeva D.D. Psixologinvistika va lingvistik kompetensiya.Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari. International Scientific and Practical Conference.https://cspu.uz/ April 23, 2024. 346-349 betlar.