DUNYONING MIFOLOGIK RASMIDA MAKON VA ZAMON
Mazkur maqolada dunyoning mifologik tasvirida makon va zamon tushunchalarining o’rni va ahamiyati o’rganiladi. Turli xalqlarning mifologik qarashlarida makon va zamon faqat jismoniy va vaqt o’lchovlari emas, balki kosmosning tuzilishi, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar hamda ilohiy kuchlarning namoyon bo’lish shakli sifatida aks etadi. Sharq va G’arb mifologiyasining turli makoniy va zamoniy talqinlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning falsafiy va madaniy ahamiyati yoritiladi. Maqola dunyoqarashning mifologik asoslari orqali insonning makon va zamonni qanday anglaganini ko’rsatadi.