TASHISH JARAYONI XAVFSIZLIGINI MIQDORIY BAHOLASH USLUBIYATI

Abstract

Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi — tashish jarayonining xavfsizligini miqdoriy baholash uslubiyatini ishlab chiqish, mavjud nazariy va amaliy tajribalarni tahlil qilish hamda eng maqbul baholash modellari asosida ilmiy asoslangan va amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqola transport tizimidagi xavfsizlik bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tahlil va xulosalar real statistik ma’lumotlar, ilg‘or xorijiy tajribalar hamda dolzarb ilmiy izlanishlar asosida bayon etilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
43-49
21

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Butunov, D. ., Tulaganov , D. ., & Sherzodova , X. . (2025). TASHISH JARAYONI XAVFSIZLIGINI MIQDORIY BAHOLASH USLUBIYATI. Science and Technology in the Modern World, 4(10), 43–49. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/87426
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi — tashish jarayonining xavfsizligini miqdoriy baholash uslubiyatini ishlab chiqish, mavjud nazariy va amaliy tajribalarni tahlil qilish hamda eng maqbul baholash modellari asosida ilmiy asoslangan va amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqola transport tizimidagi xavfsizlik bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tahlil va xulosalar real statistik ma’lumotlar, ilg‘or xorijiy tajribalar hamda dolzarb ilmiy izlanishlar asosida bayon etilgan.


background image

`

43

TASHISH JARAYONI XAVFSIZLIGINI MIQDORIY BAHOLASH USLUBIYATI

Butunov Dilmurod Baxodirovich

Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti

“Harakat xavfsizligini boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD.

El.pochta: dilmurodpgups@mail.ru

Tel: +99897-267-55-67

Tulaganov Dilmurod Dilshod o‘g‘li

Toshkent davlat transport universiteti

“Harakat xavfsizligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti.

El.pochta: mzaalevskiy@mail.ru

Tel: +99890-116-65-16

Sherzodova Xulkar Sherzod qizi

Toshkent davlat transport universiteti “Harakat xavfsizligini tashkil etish va

boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti.

El.pochta: xulkarsherzodova@gmail.com

Tel: +99890-119-11-97

https://doi.org/10.5281/zenodo.15378457

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi — tashish jarayonining

xavfsizligini miqdoriy baholash uslubiyatini ishlab chiqish, mavjud nazariy va amaliy
tajribalarni tahlil qilish hamda eng maqbul baholash modellari asosida ilmiy asoslangan va
amaliyotga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqola transport
tizimidagi xavfsizlik bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish
yo‘llarini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy yondashuvlarni takomillashtirishga
qaratilgan. Tahlil va xulosalar real statistik ma’lumotlar, ilg‘or xorijiy tajribalar hamda dolzarb
ilmiy izlanishlar asosida bayon etilgan.

Abstract:

The main goal of this scientific article is to develop a methodology for

quantitatively assessing the safety of the transportation process, analyze existing theoretical
and practical experiences, and develop scientifically based and practice-oriented
recommendations based on the most optimal assessment models. This article aims to identify
existing problems related to safety in the transport system, develop ways to address them,
and improve scientific approaches in this area. The analysis and conclusions are presented
based on real statistical data, advanced foreign practices, and current scientific research.

Аннотация:

Основная цель этой научной статьи заключается в разработке

методологии количественной оценки безопасности транспортного процесса, анализе
существующего теоретического и практического опыта, а также разработке научно
обоснованных и ориентированных на практику рекомендаций на основе оптимальных
моделей оценки. Эта статья направлена на выявление существующих проблем,
связанных с безопасностью в транспортной системе, разработку путей их решения и
совершенствование научных подходов в данной области. Анализ и выводы изложены
на основе реальных статистических данных, передового зарубежного опыта и
актуальных научных исследований.

Kalit so‘zlar:

xavfsizlikni boshqarish tizimlari,

innovatsion texnologiyalar, transport

tizimidagi xavf omillari, zamonaviy xavfsizlik tizimlari.


background image

`

44

Transport tizimi har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim

o‘rin tutadi. Xususan, yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayoni texnik va texnologik jihatdan
murakkab, ko‘p bosqichli tizim bo‘lib, uning uzluksizligi va xavfsizligi jamiyat manfaatlari,
inson hayoti va mulkiy daxlsizlik nuqtai nazaridan ustuvor strategik ahamiyatga ega. Shu bois,
transport xavfsizligini ta’minlash jarayonlariga faqatgina texnik tadbirlar bilan emas, balki
tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvlar bilan yondashishni ham talab etadi. Zero, har qanday
transport tizimiga murakkab kiber-fizik tizim sifatida qaraladi va u ko‘plab tashqi va ichki
omillarning o‘zaro ta’sirida ishlaydi.

Bu borada xavfsizlikni miqdoriy baholash uslublaridan foydalanish muhim metodologik

vosita hisoblanadi, chunki ular orqali mavjud xavf-xatarlarni aniqlash, ularni baholash hamda
samarali bartaraf etish choralarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ushbu
yondashuvlar real vaqt rejimida transport tizimining xavfsizlik holatini monitoring qilish,
prognozlash va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda transport sohasida kuzatilayotgan ko‘plab avariyaviy holatlar, ayniqsa

temir yo‘l va avtomobil transportida yuz berayotgan favqulodda vaziyatlar, transport
tizimidagi xavfsizlik muammolarining naqadar dolzarb ekanligini yaqqol namoyon qilmoqda.
Jahon tajribasi hamda mavjud statistik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, transport tizimining
har bir funksional bosqichi

(yuklash, tashish, tushirish, saqlash va boshqarish jarayonlari)

xavf

omillariga ega bo‘lib, ularning har biri umumiy xavfsizlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Transport vositalarining texnik nosozligi, inson omiliga bog‘liq omillar

(haydovchining

psixofiziologik holati, charchoq, e’tiborning susayishi, spirtli ichimliklar iste’moli)

, tashqi muhit

sharoitlari

(noqulay ob-havo, yo‘l infratuzilmasining sifati)

hamda axborot-kommunikatsiya

oqimlarining uzluksizligi kabi omillar xavfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shuningdek, transport xavfsizligiga oid tadqiqotlar ham milliy, ham xalqaro miqyosda keng
olib borilmoqda. Jumladan, “

Безопасность транспортного процесса (ЛР, 23.04.01)

”,

Безопасность транспортного процесса (практические работы)

”, “

Обеспечение

комплексной безопасности транспортной деятельности с применением инновационных
технологий

(L.V. Makolova, Y.D. Vishnyakov, S.P. Vishnyakova),

К вопросу повышения

безопасности жизнедеятельности на основе модели оценки безопасности
транспортной деятельности

” kabi ilmiy ishlarda transport jarayonlari xavfsizligini

ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari chuqur o‘rganilgan.

http://elib.osu.ru/bitstream/123456789/14522/1/143272_20210602.pdf

-

laboratoriya mashg‘ulotlari to‘plami bo‘lib, transport jarayonlarining xavfsizligiga oid nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qo‘llanma sifatida e’tirof etiladi.
Ushbu metodik material transport tizimida xavfsizlikni ta’minlashga oid konseptual
yondashuvlarni ochib berish bilan birga, talabalarda real amaliy muhitda xavfsizlik holatini
baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanma asosan oliy ta’lim
muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yo‘lovchi va yuk tashish xavfsizligi, transport
vositalarining harakatini tartibga solish, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarga
tayyorgarlik va xavfsizlikni boshqarish tizimlari kabi dolzarb mavzular qamrab olingan.

Qo‘llanmada quyidagi asosiy yo‘nalishlar yoritilgan:

1.

Transport tizimidagi xavf-xatarlar:

o

Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi;


background image

`

45

o

Transport vositalarining texnik nosozligi;

o

Inson omili

(charchoq, intoksikatsiya, psixologik beqarorlik)

;

o

Meteorologik va yo‘l-infratuzilma sharoitlari.

2.

Xavfsizlikka ta’sir etuvchi tizimlar va omillar:

o

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari

(ADAS);

o

Favqulodda vaziyatlarga qarshi texnik choralar

(signalizatsiya, evakuatsiya yo‘llari)

;

o

Profilaktika choralarini tashkil etish: texnik xizmat ko‘rsatish, transport vositalarining

sertifikatlash jarayonlari.

3.

Transport xavfsizligi tizimi tarkibi:

o

Texnik xavfsizlik;

o

Ijtimoiy-psixologik xavfsizlik

(inson omilining tahlili)

;

o

Ekologik xavfsizlik

(atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish choralari)

.

4.

Amaliy laboratoriya ishlari:

o

Xavf-xatarlarni aniqlash va ularni baholash

(risk tahlili)

;

o

Harakat xavfsizligini matematik modellashtirish;

o

Xavfsizlik darajasini baholash mezonlari va ularni qo‘llash tartibi.
“Безопасность транспортного процесса” — transport jarayonlarining xavfsizligiga oid

amaliy ishlar to‘plami bo‘lib, u bir necha mualliflarning ilmiy maqolalari asosida
shakllantirilgan metodik qo‘llanmadir. Ushbu to‘plam transport xavfsizligini ta’minlash
sohasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, real sharoitlarda xavf-xatarlarni aniqlash va
ularni tahlil qilish jarayonlarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Unda xavfsizlikni ta’minlash
bo‘yicha bosqichma-bosqich bajariladigan amaliy ishlar va ularning mazmunli tahlili,
shuningdek, ilg‘or yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar keltirilgan.

To‘plamning mazmuni amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalarda transport tizimidagi

real va potentsial xavf omillarini aniqlash, ularni klassifikatsiyalash va tahlil qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish, mavjud xavf darajasini pasaytirish bo‘yicha texnik, tashkiliy va
axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish, ilg‘or
tajribalarni o‘rganish

(jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan xavfsizlikni boshqarish usullari

tahlil qilinadi va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi)

kabi

asosiy yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan. Ushbu metodik qo‘llanma o‘quv jarayonida nazariy
bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga, shuningdek, xavfsizlikni boshqarish tizimlarining real ish
faoliyatida qo‘llanishini chuqur anglashga xizmat qiladi. Bu esa kelajakdagi mutaxassislarga
transport xavfsizligini kompleks yondashuv asosida tahlil qilish va samarali boshqarish
ko‘nikmalarini beradi.

https://esj.today/96ecvn224.html?ysclid=machbaagwz822004949 - nomli ilmiy maqola

L.V. Makolova, Ya.D. Vishnyakov va S.P. Vishnyakova muallifligida tayyorlanib, 2024-yil
“Vestnik Evraziyskoy nauki” jurnalining 16-jild, 2-sonida chop etilgan. Ushbu maqola
transport tizimida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida innovatsion texnologiyalarni joriy
etishning samaradorligini o‘rganish, xavf-xatarlarni aniqlash va ularni boshqarishning
zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, transport jarayonlarida
vujudga keladigan xavf-xatarlarning manbalari va ularning tizimga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil
etilib, xavfsizlik darajasini baholashda foydalaniladigan metodologik yondashuvlar, transport
xavfsizligini oshirishda raqamli vositalar, jumladan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari,


background image

`

46

masofaviy monitoring vositalari, sensor tizimlar va sun’iy intellekt algoritmlarini qo‘llashning
afzalliklari, kompleks xavfsizlikni ta’minlashda xavflarni identifikatsiyalash, baholash va
nazorat qilishga asoslangan yangi risk menejment modelini taklif etish

(Ushbu model

tizimning turli darajadagi noaniqlik va xavf holatlariga qarshi samarali qarorlar qabul qilish
imkonini beradi),

dronlar yordamida temir yo‘l infratuzilmasini kuzatish, xavfli hududlarda

monitoring o‘tkazish hamda transport harakati xavfsizligini real vaqt rejimida nazorat qilish
imkoniyatlari kabi ilmiy jihatlar keng tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada dronlarning turli
turlari uchun maxsus risk matritsasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u xavf darajasini aniq baholash
imkonini beradi.

Maqolada ko‘rib chiqilgan jarayonlar muqobillashtirish orqali O‘zbekiston

temir yo‘llariga tatbiq qilinishi, transport xavfsizligini ta’minlashda innovatsion
texnologiyalarning qo‘llanishi nafaqat mavjud xavflarni kamaytirishga, balki butun transport
tizimining funksional barqarorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, dron
texnologiyalarining xavfsizlikdagi roli, risklarni boshqarishning yangi metodologiyalari,
hamda raqamli monitoring tizimlarining integratsiyasi transport tizimlarini raqamlashtirish
jarayonida alohida ahamiyat kasb eta oladi.

https://esj.today/PDF/37ECVN324.pdf?ysclid=machej35oc263835033 - nomli ilmiy

maqola bir nechta mualliflar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda transport faoliyati
xavfsizligini baholash modeli asosida hayot faoliyati xavfsizligini oshirish masalalari
o‘rganilgan. Mazkur maqolada transport tizimidagi xavf-xatarlar inson salomatligiga, mol-
mulk daxlsizligiga va atrof-muhit barqarorligiga qanday tahdid solishi chuqur tahlil qilinadi.
Shuningdek, xavfsizlikni baholashning ilmiy-metodik asoslari, uni amaliyotda qo‘llash
mexanizmlari hamda tizim yondashuvlari yoritilgan.

Maqolada quyidagi asosiy yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan:

Ilmiy asoslangan baholash modeli:

mualliflar transport faoliyatining xavfsizligini

baholash uchun kompleks tizim modeli ishlab chiqqan bo‘lib, bu model xavf-xatarlarni
identifikatsiyalash, baholash va boshqarish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Modelda ehtimollik
yondashuvi, funksional xavfsizlik tahlili va inson omilining ta’siri kabi elementlarga alohida
e’tibor qaratilgan.

Xavfsizlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar:

bunda xavf darajasini pasaytirish, tizim

ichidagi ishonchlilikni kuchaytirish va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha bir qator
nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

(Jumladan, axborot texnologiyalaridan

foydalanish, operativ monitoring tizimlarini joriy etish va inson resurslari malakasini oshirish
choralari ko‘zda tutilgan.)

Amaliy qo‘llanilishi:

ishlab chiqilgan model real transport muhitiga tatbiq etilgan va

uning samaradorligi amaliy misollar asosida asoslab berilgan. Xususan, transport harakati
xavfsizligini baholash uchun taklif etilgan ko‘rsatkichlar tizimi hamda qaror qabul qilish
algoritmlari taqdim etilgan.
Mazkur maqola transport faoliyatining xavfsizligini yaxshilash orqali inson hayot faoliyatining
umumiy xavfsizlik darajasini oshirish mumkinligini asoslab beradi. Ilmiy asoslangan
yondashuvlarda tizimli baholash mexanizmlari yordamida real xavflarni aniqlash, ularni
boshqarish hamda tizim samaradorligini ta’minlash imkoniyati mavjudligi ta’kidlanadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida, tashish jarayonining xavfsizligini baholashda turli
yondashuvlarning mavjudligi va ulardan foydalanishning afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.


background image

`

47

Ushbu yondashuvlarning asosiy farqi, ularning tizimli, ehtimollik asosidagi va texnik-axborot
vositalariga tayanganligidir. Biroq, hozirgi kunda O‘zbekistonda transport xavfsizligini
baholash bo‘yicha ishlayotgan metodologiyalar hali to‘liq avtomatlashtirilmagan, real vaqtli
monitoring tizimlari joriy etilmagan yoki mavjud tizimlar to‘liq ishlamayotganligi sababli,
ushbu sohadagi metodlarni yanada takomillashtirish, mahalliy sharoitlarga mos matematik
modellarni ishlab chiqish, hamda zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalashuvni amalga
oshirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan,
1.

Xavf ko‘rsatkichlarini identifikatsiyalash ya’ni transport tizimidagi xavf omillarini turli

kategoriyalarga ajratish zarur. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

o

Texnik xavflar

(transport vositalarining nosozligi, texnik xizmat ko‘rsatishning yomon

sifati)

;

o

Inson omiliga bog‘liq xavflar

(boshqaruvchi(machinist, haydovchi)ning xatolari, charchoq,

intoksikatsiya, psixologik tayyorgarlikning yetishmasligi)

;

o

Tashqi muhit xavflari

(ob-havo sharoitlari, yo‘l holati, tabiiy ofatlar)

;

o

Tashkiliy xavflar

(nazorat tizimlarining zaifligi, axborot almashinuvi sustligi)

.

Bu guruhlar asosida xavf-xatarlarni identifikatsiya qilish va baholash orqali xavfsizlik
darajasini oshirishga erishish mumkin.
2.

Xavf ko‘rsatkichini baholash uchun miqdoriy baholash modeli ishlab chiqish. Bunda

transport jarayonlaridagi har bir bosqich uchun xavf darajasini miqdoriy baholash modelini
ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Ushbu model asosida xavf-xatarlar statistik tahlil va ehtimollik
yondashuvlari yordamida baholanadi va real vaqt rejimida monitoring o‘rnatish imkoniyati
yaratiladi. Bu o‘z navbatida, xavf holatlarining oldini olish va zararni kamaytirish bo‘yicha
operativ choralarni ko‘rish imkonini beradi.
3.

Axborot texnologiyalarini joriy etish – Zamonaviy xavfsizlik tizimlari

(GPS monitoring

tizimlari, kuzatuv qurilmalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ADAS)

ni joriy etish

orqali tashish holatini doimiy ravishda kuzatib borish mumkin. Shu orqali xavf yuzaga kelishi
ehtimolini oldindan bashorat qilish va tizimli tahlil qilish imkoniyatlarini yaratish mumkin
bo‘ladi. Bu, shuningdek, transport jarayonlarining samaradorligini oshiradi va xavf-xatarlarni
kamaytiradi.
4.

Inson omilini kamaytirish. Xavfsizlikni boshqarish tizimining samaradorligini oshirish

uchun inson omilini kamaytirish zarur. Biroq ijtimoiy jihatdan kelib chiqib, O‘zbekiston
hududida inson omilidan to‘laqonli voz kechish jarayonlari bir muncha qiyin vaziyatlarni
keltirib chiqarishini inobatga olib, malaka ko‘nikmalarini oshirish faoliyatini takomillashtirish
variantida qolamiz. Bunda muntazam o‘quv-malaka oshirish kurslarini tashkil qilish,
xodimlarga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha bilimlarni doimiy ravishda o‘rgatish, shuningdek,
psixologik tayyorgarlikni kuchaytirishni yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi.
5.

Sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlarni integratsiyalash. Har bir transport

vositasining texnik holati ustidan sun’iy intellekt yordami bilan nazorat mexanizmlarini ishlab
chiqish. Bu uslublar yordamida xavfli holatlarni aniqlash va xavfli holatlarning yuzaga kelish
ehtimolini kamaytirish mumkin. Bunday yondashuv orqali transport tizimining uzluksiz va
xavfsiz ishlashini ta’minlash mumkin bo‘ladi.


background image

`

48

Statistik tahlil va modellashtirish asosida transport tizimida xavf-xatarlarni doimiy

ravishda monitoring qilish, statistik tahlil va simulyatsiya metodlari yordamida xavf
darajalarini baholash transport xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu jarayonlar
transport tizimidagi barcha ishtirokchilarni, shu jumladan boshqaruvchilar

(machinist,

haydovchi)

, texnik xizmat ko‘rsatuvchilar hattoki elektron tizimlarini yaxshilashga ham imkon

yaratadi. Tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunda transport sohasining eng
dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xavf omillarining xilma-xilligi va ularning
oqibatlarining miqdoriy jihatdan baholanishi, transport tizimining uzluksiz va ishonchli
ishlashini ta’minlashga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar va avtomatlashtirilgan
tizimlarning integratsiyasi, shuningdek, xavf-xatarlarni baholashning ilmiy asoslangan
yondashuvlari transport tizimlarining xavfsizligini oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin.

Xavfsizlikni baholash me'zonlari quyidagi jadvallar asosida ilova qilinadi.

Tashish jarayoni xavfsizligini miqdoriy baholash uslubiyati

1-jadval: Xavfni baholash uslubiyati (miqdoriy)

Bosqich

Tavsif

Namuna qiymatlari

Jarayonni tahlil qilish

Tashish bosqichlari va

foydalanilayotgan vositalarni

aniqlash

Yuk tashish yo‘nalishi

Xavf omillarini aniqlash

Potensial xavf manbalarini aniqlash

Tormoz tizimi ishdan

chiqishi

Ehtimollikni baholash (P)

Xavfli hodisaning yuz berish
ehtimolini raqamli ifodalash

0.2 (20%)

Oqibatlarni baholash (C)

Hodisa yuz bersa kutilgan zarar

darajasini baholash

4 (1–5 ballik tizimda)

Xavf darajasi hisoblash (R =

P x C)

Umumiy xavf qiymatini aniqlash

R = 0.2 x 4 = 0.8

Qaror qabul qilish

Xavf qabul qilinadimi yoki

kamaytirilishi kerakmi

Kamaytirish kerak

2-jadval: Xavf darajasi bo‘yicha xavf toifalari

Xavf darajasi (R=P×C)

Xavf darajasi tavsifi

Tavsiya etilgan chora-tadbirlar

0.0 – 0.5

Past xavf

Hech qanday o‘zgarish talab

qilinmaydi

0.6 – 1.5

O‘rtacha xavf

Kuzatuv va nazorat choralarini

kuchaytirish

1.6 – 3.0

Yuqori xavf

Risklarni kamaytirish choralarini

zudlik bilan ko‘rish

3.1 va undan yuqori

Juda yuqori xavf (qabul

qilinmaydi)

Faoliyatni to‘xtatish yoki tubdan

o‘zgartirish


3-jadval: Ehtimollik va oqibat ballarini baholash shkalasi

Baholash turi

Ball

Tavsif


background image

`

49

Ehtimollik

1

Juda kam (kamdan-kam sodir bo‘ladi)

Ehtimollik

2

Kam

Ehtimollik

3

O‘rtacha

Ehtimollik

4

Yuqori

Ehtimollik

5

Juda yuqori (tez-tez yuz beradi)

Oqibat

1

Hech qanday jiddiy oqibat yo‘q

Oqibat

2

Yengil shikast / kichik zarar

Oqibat

3

O‘rtacha zarar / qisqa to‘xtalish

Oqibat

4

Katta zarar / jiddiy shikast

Oqibat

5

O‘lim yoki katta moddiy zarar

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Хасанов, Р.Х. Х24 “Безопасность транспортного процесса”: практикум / Р.Х.

Хасанов, А.Ф. Фаттахова; Оренбургский гос. ун-т. – Оренбург: ОГУ, 2021. – 104 с.
2.

Маколова, Л. В.).“Обеспечение комплексной безопасности транспортной

деятельности с применением инновационных технологий” / Л. В. Маколова, Я. Д.
Вишняков, С. П. Вишнякова // Вестник Евразийской науки. — 2024. — Т 16. — № 2.
(дата обращения: 07.05.2025
3.

Маколова, Л. В. .“К вопросу повышения безопасности жизнедеятельности на

основе модели оценки безопасности транспортной деятельности”/ Л. В. Маколова, С. П.
Вишнякова // Вестник евразийской науки. — 2024. — Т. 16. — № 3.

References

Хасанов, Р.Х. Х24 “Безопасность транспортного процесса”: практикум / Р.Х. Хасанов, А.Ф. Фаттахова; Оренбургский гос. ун-т. – Оренбург: ОГУ, 2021. – 104 с.

Маколова, Л. В.).“Обеспечение комплексной безопасности транспортной деятельности с применением инновационных технологий” / Л. В. Маколова, Я. Д. Вишняков, С. П. Вишнякова // Вестник Евразийской науки. — 2024. — Т 16. — № 2. (дата обращения: 07.05.2025

Маколова, Л. В. .“К вопросу повышения безопасности жизнедеятельности на основе модели оценки безопасности транспортной деятельности”/ Л. В. Маколова, С. П. Вишнякова // Вестник евразийской науки. — 2024. — Т. 16. — № 3.