`
79
SURXONDARYO VILOYATI HUDUDIDA UCHROVCHI LOCHINLAR
(FALCONIDAE) OILASIGA MANSUB NOYOB QUSHLAR VA ULARNI
MUHOFAZA QILISH MASALALARI
Saidova M.
Bekmurodov A.
Termiz davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15379757
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, 68-moddasida esa “Yer, yer osti
boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ta’kidlangan
[1].
Surxondaryo viloyati cheksiz tabiiy resurslarga, turli-tuman nabotot va hayvonot olami
vakillariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda juda ko‘p hayvon turlari uchrab, ularning
ayrimlari turli ta’sirlar natijasida areali torayib, soni kamayib borayotgan, bir so‘z bilan
aytganda “noyob hayvon” maqomini olayotgan turlardir. Mazkur hayvonlar qat’iy himoyaga
muhtoj bo‘lib, ularning biologik va ekologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, ilmiy
asoslangan muhofaza choralarini ishlab chiqish eng muhim vazifalarimizdan biridir [3]. Quyida
Surxondaryo viloyati hududida uchrovchi Lochinlar (Falconidae) oilasiga mansub noyob
qushlar, ularning kamyoblik darajasi, cheklovchi faktorlar, muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
ma’lumotlar berilgan.
Oila.
Lochinlar – Соколиные – Falconidae
Avlod
. Lochin – Сокол - Falco
Tur.
Kuyka (cho
‘
l miqqiysi) – Степная пустельга – Falco naumanni
Fleischer, 1818
Kuyka uchib o‘tuvchi qush turi bo‘lib, Surxondaryo viloyati hududidagi Bobotog‘,
Boysuntog‘, Ko‘hitang tog‘lari va Hisor tog‘ tizmalarida, dengiz sathidan 3000-3600 m
balandliklarda uchib o‘tish davrida uchraydi. “Surxon” davlat qo‘riqxonasining Xo‘janqo bo‘limi
hududida bir jufti uya qo‘yishi aniqlangan. O‘tgan asrning 70 yillarida Respublikamiz, ayniqsa,
viloyatimiz hududida uyalashi va uchib o‘tishi odatiy hol hisoblangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda,
ularning soni asta-sekin sezilarli darajada kamayib ketgan.
Cho‘l miqqiysining bahorgi uchib o‘tishi mart-aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Ular jarliklar va
qoyalarning o‘yiqlarida koloniyalar hosil qilib inlaydi. Aprel-may oylarida tuxum qo‘yadi (3-5
ta) va tuxumlarini 28 kun bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib
o‘tishi avgust-oktyabrda. Qishlash uchun Hindiston, Arabiston, janubiy va markaziy Afrikaga
uchib ketadi. Ular asosan, hasharotlar (chigirtka, qo‘ng‘iz, ninachilar va boshq.), mayda
kemiruvchilar, kaltakesaklar va qushlar bilan ovqatlanadi. Chigirtkalarni ko‘plab qirib foyda
keltiradi.
Insonlar xo‘jalik faoliyati maqsadida hududlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kuykalar
yashash joylarining vayron qilinishi, inlarining buzib tashlanishi ularning soni keskin kamayib
ketishiga sabab bo‘lgan.
`
80
Kuykalar noyob qush turi sifatida TMXI Qizil ro‘yxatiga, SITESning II-Ilovasiga va
“O‘zbekiston qizil kitobi” ga kiritilgan. Ularni ovlash ta’qiqlangan bo‘lib, tog‘ qo’riqxonalari va
milliy bog‘larda muhofaza ostiga olingan [2].
Tur.
Itolg
‘
i – Балобан – Falco cherrug J.E.Gray
Itolg‘i uyalovchi, uchib o‘tuvchi va qishlovchi kenja tur bo‘lib, Surxondaryo viloyati
hududida Bobotog‘, Boysuntog‘, Ko‘hitang tog‘larida uchraydi. “Surxon” davlat qo‘riqxonasi
hududining Qizilolma, Xo‘janqo, Sherjon, Vandob bo‘limlarida yozgi mavsumda ularning 5-6
boshi uchrashi qayd etilgan. Ularning soni sezilarli darajada kamayib borayotganligi qayd
etilmoqda.
Itolg‘ilar tog‘lardagi qoyalar, jarliklar, elektr uzatish liniyalari ustunlarida in quradi.
Bahorgi uchib o‘tishi martda. Fevral-mart oylarida tuxum qo‘yadi (3-5 ta) va tuxumlarini 28
kun bosib yotadi. Polaponlari may-iyun oylarida ucha boshlaydi. Kuz va qish fasllarida keng
ko‘lamda ko‘chib yuradi. Ularning kuzgi uchib o‘tishi sentyabr-noyabrda, qishlashi esa
dekabrdan fevralgacha. Itolg‘ilar kemiruvchilar, qushlar bilan ovqatlanadi.
Itolg‘ilar sonining keskin kamayishiga kemiruvchilar sonining o‘zgarib turishi, noqonuniy
ovlash, inlarining buzib tashlanishi, bundan tashqari, ularning elektr uzatish tizimlarida ko‘plab
nobud bo‘lishi sabab bo‘lgan.
Itolg‘ilar noyob va muhofazaga muhtoj tur sifatida TMXI Qizil ro‘yxatiga, SITESning II-
Ilovasiga va “O‘zbekiston qizil kitobi” ga kiritilgan. Ularni ovlash ta’qiqlangan bo‘lib,
qo‘riqxonalar va milliy bog‘larda muhofaza ostiga olingan.
Tur.
Lochin – Сокол-сапсан – Falco peregrinus, Tunstall, 1771
Lochin tabiatan kamyob, nominal va tundra kenja turi bo‘lib, Surxondaryo viloyati
hududida Ko‘hitang tog‘i etaklari, tekisliklarida uchib o‘tish va qishlash davrida uchraydi.
Ularning soni hamma vaqt kam bo‘lgan. Yakka holda va 2-5 ta individdan iborat kichik guruh
bo‘lib uchib o‘tadi va qishlaydi.
Lochinlarning bahorgi uchib o‘tishi mart-aprelda. Aprelning oxirlarida, may oyining
boshlarida 2-3 dona tuxum qo‘yadi. Kuzgi uchib o‘tishi esa oktyabr-noyabr oylariga to‘g‘ri
keladi. Qishlashi noyabrdan fevralgacha. Qushlar (kaklik, ko‘k kaptar, bulduruq, zag‘cha va
boshq.) va kemiruvchilar bilan ovqatlanadi. Mahalliy ovchilar lochinni qo‘lga o’rgatib, qush ovi
qiladilar.
Lochinlarni noqonuniy ovlash oqibatida ularning soni keskin kamayib ketgan. Hozirgi
vaqtda qat’iy muhofazani talab etadi.
Lochinlarni ovlash ta’qiqlangan bo‘lib, noyob tur sifatida SITESning II-Ilovasiga va
“O‘zbekiston qizil kitobi” ga kiritilgan hamda muhofaza ostiga olingan.
Tur.
Mallabosh lochin (sahro lochini) – Шахин (рыжеголовый сокол) – Falco
pelegrinoides Temminck, 1829
Mallabosh lochin tabiatan kamyob, yarim o‘troq kenja tur bo‘lib, Ko‘hitang tog‘ida uchrab,
sog‘ tuproqli jarliklar va toshqoyalarda uyalaydi va bir necha jufti qishlaydi. Sherobod
daryosining o‘rta oqimlarida va “Surxon” davlat qo‘riqxonasining Kampirtepa bo‘limida kam
sonda uchrashi aniqlangan. Qo‘riqxonada uning 1 ta uyasi qayd etilgan. Ularning soni hamma
vaqt kam bo‘lgan. O‘tgan asrning 90 yillaridan boshlab lokal kamayib borayotganligi qayd
etilmoqda.
`
81
Mallabosh lochinlarning bahorgi uchib o‘tishi martda. Ular qoyalar, jarliklarda uyalaydi.
Fevral-aprel oylarida tuxum qo‘yadi (3-5 ta) va tuxumlarini 28-30 kun bosib yotadi.
Polaponlari may-iyunda ucha boshlaydi. Kuz va qishda uzoq masofalarga ko‘chadi. Ularning
kuzgi ko‘chishi sentyabr-noyabrda. Qishlashi dekabrdan fevralgacha. Mayda va o‘rtacha
kattalikdagi qushlar, ba’zida kemiruvchilar bilan ovqatlanadi.
Mallabosh lochinlar sonining keskin kamayib ketishiga ularni noqonuniy ovlash,
inlarining vayron qilinishi sabab bo‘lgan. Hozirgi vaqtda qat’iy muhofazaga muhtoj tur
hisoblanadi.
Mallabosh lochin noyob qush turi sifatida SITESning I-Ilovasiga va “O‘zbekiston qizil
kitobi” ga kiritilgan. Ularni ovlash ta’qiqlangan bo‘lib, Surxon qo‘riqxonasida muhofaza ostiga
olingan.
Tavsiyalar
–
Har bir noyob qush turini muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda eng avvalo shu
turning o‘ziga xos biologik, ekologik, etologik xususiyatlarini atroflicha tadqiq qilish lozim.
–
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish sohasidagi ishlarni to‘laqonli amalga oshirishda
mazkur sohada ish olib borayotgan xodimlarning bilim va ko’nikmalari qay darajada ekanligi
juda muhim masala hisoblanadi.
–
Aholi o‘rtasida tabiiy muhitni saqlab qolish, kamyob hisoblangan hayvonot olami
vakillarini muhofaza qilish sohasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarur. Buning uchun
gazeta,
jurnallarda, televidenie va radioda tabiat, o‘simlik va hayvonlar, ayniqsa, noyob hayvon turlari,
ularni muhofaza qilish masalalarini kengroq yoritish lozim.
Har bir fuqaroda, ayniqsa, yosh
avlodda ekologik madaniyatni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 2-tom. Toshkent. “Chinor ENK”, 2019.
3.
Bekmurodov A.S. Surxondaryoning noyob hayvonlari. Toshkent. “Nihol” nashriyoti. 2018
yil. 88 b.
