`
103
BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH
ASOSIDA PEDAGOGIK MAS’ULIYATNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
F.F. Xalilov
Alfraganus universiteti
(PhD) v/b dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14917618
Annotatsiya:
ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompetensiyani
rivojlantirish asosida pedagogik mas’uliyatni shakllantirish metodikasi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
kompetensiya, mas’uliyat, metodika, ta’lim, tarbiya, kasbiy kompetensiya,
zamonaviy ta’lim, kasbiy faoliyat, ijodiy faoliyat.
Аннотация:
в данной статье рассматривается методика формирования
педагогической
ответственности
на
основе
развития
профессиональной
компетентности будущих учителей.
Ключевые слова:
компетентность, ответственность, методика, образование,
подготовка,
профессиональная
компетентность,
современное
образование,
профессиональная деятельность, творческая деятельность.
Abstract:
this article discusses the methodology of pedagogical responsibility formation
based on the development of professional competence in future teachers.
Key words:
competence, responsibility, methodology, education, training, professional
competence, modern education, professional activity, creative activity.
Bo’lajak o’qituvchilar o’zida qanday kompetentlik sifatlarini yoritishlari kerak? Aslida
kompetentlikning o’zi nima? Kompetentlikning o’zagida nimalar aks etgan? Mas’uliyat nima?
Uning qanday turlari bor? Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish orqali pedagogik mas’uliyatni
shakllantirish usullari qayday? degan savollar yuzasidan mazkur bobda so’z yuritmoqchimiz.
Ingliz tilida “
competence
” so’zi lug’aviy ma’noda “qobiliyat” so’zini ifodalaydi. Mazmuni
esa “insonning individual salohiyati va imkoniyatlari”ni yoritish xususiyati tushuniladi.
Psixologik ilmiy-tadqiqot ishlarning natijasi va keltirilgan fikrlar tahlili asosida
“kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish imkoniga ega bo’ldik.
Psixologik jihatdan bu tushunchaga “notanish vaziyatlar va holatlarda mutaxassis o’zini tuta
bilishi, mazmunli muloqot qurishi, o’zaro munosabatlarda yuzaga keladigan
tushunmovchiliklarda yangi yo’l bilan yechim topishi, noaniq, ziddiyatli ma’lumotlardan
foydalanishda, izchil taraqqiy etib boruvchi va murakkab jarayonlarda o’zini harakatlanish
pozitsiyasiga egalik”ni anglatishi keltirilgan.
Kompetensiya mutaxassis tomonidan bilimlarni doimo rivojlantirib, takomillashtirib
borishi, yangi axborotlarni egallashi, ijtimoiy munosabatlarni chuqur anglashi, kundalik
axboriy ma’lumotlarni qidirib topish, ularni faoliyatda qo’llay olishni taqozo etadi. Xullas,
kasbiy kompetentsiyaga ega bo’lgan mutaxassis davr talabini chuqur his etadi, yangi bilimlarga
intilib, topib, ularni qayta ishlab o’z amaliyotida samarali qo’llaydi.
Bo’lajak o’qituvchilar kasbiy kompetensiyasi va pedagogik mas’uliyatining o’zaro
aloqadorligi va bir-biriga bog’liq jihatlari quyidagicha tasniflanadi.
`
104
Kasbiy kompetensiya va pedagogik mas’uliyatning o’zaro aloqadorligi
Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga kompetentli yondashuv ularning o’z
shaxsiy manfaatlari uchun ham, kabiy faoliyatlari uchun ham olib boradigan faoliyatining
asosiy sohalaridagi muvaffaqiyatini ta’minlovchi bilimlar va amaliy faoliyat usullarini kompleks
ravishda o’zlashtirishiga qaratilgan. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy sifatlari shakllanishi
o’qitish jarayonida shaxsiy-ijodiy faoliyatining faolligi bilan to’g’ridan-to’gri bog’langan. Oliy
ta’lim tizimida zamonaviy o’qitishning eng muhim vazifasi bo’lajak o’qituvchilarning kasbi
bo’yicha xabardorligini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratishdir. Ijodiy faoliyat
uzoq vaqt tayyorgarlik ko’rish, eruditsiyani, kompetensiyalarni talab qiluvchi faoliyat
hisoblanadi.
1-bosqichda,
talabalarning pedagogik mas’uliyatini shakllantirishga kompetensiyaviy
yondashuv asosida kasbiy qadriyatlarga tayanish holati tahlil qilindi.
2-bosqichda,
oliy pedagogik ta’lim o’qituvchilari o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi. Ular
quyidagi yo’nalishlarda olib borildi:
1. Professor-o’qituvchilarning talabalarda mas’uliyat xissini orttirishda qaysi
kompetensiyalar ustuvor ekani haqidagi tushunchaga ega ekanini aniqlash.
2. Bo’lajak o’qituvchi uchun muhim bo’lgan kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda
qadriyatli yondashuv zarurligini qay darajada anglashini baholash.
KASBIY KOMPETENSIYAGA
EGA O’QITUVCHI
PEDAGOGIK MAS’ULIYATGA EGA
O’QITUVCHI
Davr talabani chuqur his qiladi
Yangi bilimlarni o’zlashtirishga intiladi
Kasbiga oid yangiliklarni topadi, ularni
qayta ishlaydi va o’z amaliyotida
samarali qo’llaydi
Noqulay vaziyatlarni tezkorlik bilan
hal qiladi
Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish orqali
pedagogik mas’uliyatni shakllantirishdan kutaliyotgan natija
O’qituvchi ta’limni yangi bosqichga
ko’taradi
O’qituvchi ilmiy tadqiqotlarni yaratadi
Kasbiga oid innovatsion yangiliklarni
amalga oshiradi, ularni rivojlantiradi,
moliyalashtiradi, amaliyotda samarali
qo’llaydi va iqtisodiy natija yaratadi
Noqulay vaziyatlarni oldindan
anglaydi
Davlat va uning tarkibiy tuzilmalari va ijtimoiy-iqtisodiy
komplekslarni rivojlantirish maqsadida ehtiyojlariga qarab ilmiy
salohiyatli, iqtidorli, kasbiy kompetensiyalarga ega bo’lgan
mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlashdan iborat
`
105
3. Oliy ta’lim amaliyotida bo’lajak o’qituvchi tayyorlashda ularni kasbiy mas’uliyati yuqori
bo’lishiga qay darajada e’tibor qaratishini aniqlash.
4. O’qituvchilarning mavzularni o’qitish jarayonida bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy
mas’uliyat va javobgarlikni oshirishga oid bilimlarini umumlashtirgan holda maqsadli
yondashish holatini o’rganish.
5. Dars mashg’ulotlarida zamonaviy yondashuvlarga asoslanib, talabalarda kasbiy
mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ta’limiy topshiriqlardan foydalanish holatini aniqlash.
6. Oliy ta’lim o’qituvchilarini bo’lajak mutaxassislarni kasbga samarali tayyorlash
mezonlaridan biri sifatida mas’uliyatni o’zlashtirishlarida unga yo’naltirilgan savol va
topshiriqlardan foydalanishini tahlil qilish.
3-bosqichda,
bo’lajak o’qituvchilar o’rtasida so’rovnomalar o’tkazildi. Ularda quyidagi
mazmun aks etdi:
talabalar kasbiy mas’uliyat tushunchasini qay darajada tahlil qiladilar;
talabalarda o’zlari tanlab olgan kasbiga nisbatan mas’uliyat qay darajada;
talabalar mas’uliyat, erkinlik, burch, javobgarlik, vijdon kabi kasbiy sifatlar haqida
qanchalik ma’lumotga ega ekani;
talabalarda kasbga oid bo’lgan sifatlar shakllanganligi darajasi;
talabalarning kasbiy javobgarlik ko’nikmalarini ifoda etuvchi topshiriqlarni bajarishga
bo’lgan munosabatining shakllanganlik darajasi;
talabalarning topshiriqlarni bajarish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishi;
ustozlari va jamoadoshlari oldidagi mas’uliyatni his qilishi;
jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda vijdonan ishtirok etishga intilishi
va burchga sadoqatli bo’lishini o’rganish va tahlil qilish kabi muammolar aks etgan.
4-bosqichda,
dastlabki olib borilgan so’rov natijalari tahlil qilindi.
Pedagogik mas’uliyat – ta’lim jarayonida pedagogning o’quvchilarning bilim, ko’nikma va
tarbiyasini shakllantirishdagi mas’uliyatidir. Pedagogik mas’uliyat o’z ichiga quyidagi
aspektlarni qamrab oladi:
1. Professionalizm: Pedagog o’z faoliyatida zamonaviy metodlar va texnologiyalarni
qo’llash, bilimni to’g’ri berish usuliga ega bo’lish.
2. Etika: Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini
inobatga olib muloqot jarayonini tashkil etish.
3. O’zini-o’zi rivojlantirish: Pedagog o’z faoliyatini muntazam baholashi va
samaradorligini oshirib borishi.
4. Mas’ullik
:
O’quvchilarning sifatli ta’lim olishidagi natijalar uchun javobgarlik.
5. Ijodkorlik: Yangi va samarali ta’lim metodlarini ishlab chiqish.
Pedagogik mas’uliyat, pedagogning ta’lim jarayonidagi roli va ta’sirini aniqlaydi. U
o’quvchilarning kelajagini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik
mas’uliyatning bir qator pedagogik xususiyatlari mavjud bo’lib, bular quyidagilardan iborat:
o’qituvchining ta’siri
:
o’qituvchi o’z bilimlari va ko’nikmalari orqali o’quvchilarga ta’sir
o’tkazadi. U o’quvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga va rivojlanishiga yordam beradi.
etik mas’uliyat
:
o’qituvchilar o’quvchilarni tarbiyalashda axloqiy me’yorlarga amal
qilishlari, adolatli va izchil bo’lishlari.
`
106
psixologik mas’uliyat
:
o’qituvchilar o’quvchilarning psixologik holatini tushunishi va
ularni qo’llab-quvvatlashi kerak. Bu, o’quvchilarning o’zini-o’zi anglashiga va rivojlanishiga
yordam beradi.
ta’lim jarayonining individualligi
:
har bir o’quvchi o’ziga xos xususiyatlarga ega, shuning
uchun o’qituvchi ta’lim jarayonini individual ravishda rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.
natijalar uchun mas’uliyat
:
o’qituvchi o’quvchilarning o’qishdagi muvaffaqiyatlari va
qiyinchiliklari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Ular o’quvchilarning natijalarini tahlil
qilib, zarur choralar ko’rishadi.
o’qitish va tarbiyalashda innovatsiyalar
:
o’qituvchilar yangi metodlar va texnologiyalarni
qo’llab, o’quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga intilishlari kerak.
hamkorlik va jamoaviylik
:
o’qituvchilar, ota-onalar va boshqa ta’lim xodimlari o’rtasida
hamkorlikni rivojlantirish mas’uliyati mavjud, chunki bu o’quvchilarning muvaffaqiyatiga ta’sir
ko’rsatadi.
Ushbu xususiyatlar pedagogik mas’uliyatning asosiy jihatlarini tashkil etadi va ta’lim
jarayonida muhim rol o’ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda maktablarda faoliyat olib borayotgan
o’qituvchilardan tortib, to oliy ta’lim tizimida foliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilargacha,
ayniqsa bo’lajak o’qituvchilarda ham kasbiy kopetensiyalarini orttirish va mas’uliyatni his
qilishlari borasida tizimli ishlash ehtiyoji mavjudligi sezilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Абдуллаева Б.С. Фанлараро алоқадорликнинг методологик-дидактик асослари
(ижтимоий-гуманитар йўналишидаги академик-лицейларда математика ўқитиш
мисолид) Пед.фан.док. дис...автореф. Т.: - 2006. – 49 б.
2.
Арипджанова А.Р. Развития креативного потенциала педагогов высших
образовательных учреждений в условиях информатизации образования. Пед. фан. док.
(PhD) дис... – Тошкент: 2017. – 179 б.
3.
Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. – Т.: Молия,
2003. – 192 б.
4.
Абдукаримов Х. «Профессиональное воспитание личности учителя в процесса
непрерывного педагогического образования» Автореф.дисс. ... докт. пед. наук. –Т.: 1997.
– 46 с.
