TAKRORIY EKIN TURLARINING KUZGI BUG‘DOY ILDIZ TIZIMINI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
  • “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mustaqil izlanuvchi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti,
120-123
18

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turayev , U. . (2025). TAKRORIY EKIN TURLARINING KUZGI BUG‘DOY ILDIZ TIZIMINI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. Science and Technology in the Modern World, 4(4), 120–123. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/69830
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.


background image

`

120

TAKRORIY EKIN TURLARINING KUZGI BUG‘DOY ILDIZ TIZIMINI

RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Turayev Ulug‘bek Utkirovich

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mustaqil izlanuvchi, Toshkent irrigatsiya va

qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot universiteti

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti,

E-mail: ulmosecha@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14936921

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida

takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan
tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘tloqi-allyuvial tuproqlar, ildiz tizimi, kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, tariq,

makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh, oq jo‘xori (silos uchun), nazorat (takroriy ekin
ekilmagan ang‘iz) variant.

Kirish.

Dunyo qishloq xo‘jaligida so‘nggi yillarda don hosili yetishtirishda yangi

innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish orqali tuproq unumdorligini oshirish, mavjud
bioiqlim resurslaridan samarali foydalanish, bir yilda ikki yoki uch marta hosil olish
yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish muhimligini ta’kidlab o’tmoq lozim.

Respublikamizda bugungi kunda Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlar

unumdorligiga takroriy ekinlarning ta’sirini aniqlash borasida izlanishlar yetarlicha amalga
oshirilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son
Farmonida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
«Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida» tuproqlar holatini yaxshilash,
unumdorligini saqlash va oshirish, muhofaza qilishning iqtisodiy choralarini belgilash, yerdan
foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish, yil davomida 2-3
marta hosil olish, hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish va sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli
don ekinlarini yetishtirishda yangi navlar, suv va suv resurslarini tejaydigan zamonaviy
agrotexnologiyalarni joriy etish, kuchli sho‘rlangan yerlar ulushini har yili 1 foizdan 2026
yilgacha 5 foizgacha kamaytirish vazifalari belgilab berilgan [1].

O‘simlikning ildizi uni o‘sishi va rivojlanishida muhim fiziologik jarayonlarni bajarib,

suvni va unda erigan ma’dan elementlarni o‘zlashtiradi hamda ekinlarning barcha qismlarini
shu moddalar bilan ta’minlaydi.

Vatanimizda va xorijiy mamlakatlarda juda ko‘p olimlar Mauer, [8]; Kachinskiy, [7];

Yeremenko, [5]; Maksimov, [9]; Shleyxer, [10]; Zaysev, [6] va boshqalar) o‘simliklarning ildiz
tizimini o‘rganib, ma’lum xulosalarga kelishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ildizning faoliyatida tuproq unumdorligi, suv ta’minoti, harorat, tup

son qalinligi, tuproqqa ishlov berish texnologiyasi va boshqa omillar katta rol o‘ynaydi.

F.M.Mauerning tadqiqotlarida tuproqda namlik yetishmasligi sababli o‘simliklarda

ildizlar ko‘p va baquvvat bo‘lib rivojlanibgina qolmasdan, balki chuqurroq qatlamlarga
tarqalishi aniqlangan. Shuning bilan birga o‘simliklar tuproqdan namlikni olish uchun ildizlarga
ko‘p kuch sarflab, natijada ekinlarni yer usti qismini past bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi [8].

N.A.Kachinskiyning aniqlashicha, o‘simlik ildizining asosiy qismi tuproqning oziq

elementlari ko‘p va o‘sishi uchun yaxshi sharoit bo‘lgan yuqori qatlamida joylashadi [7].


background image

`

121

Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqotlarimiz oldiga Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial

tuproqlar sharoitida Takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishi va quruq
massa to‘plashiga ta’sirini aniqlashni maqsad qilib qo’ydik.

Uslub va materiallar.

Ilmiy tadqiqotlar Olot tumani hududida joylashgan “Narzi oyim”

fermer xo‘jaligi sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlari sharoitida 2019-2022 yillarda olib
borildi. Dala tajribalari 6 variantda 4 takrorlikda olib borildi. Tajribalarda qishloq xo‘jalik
ekinlar parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnik tadbirlar asosida olib
bajarildi. Dala tajribasida o‘tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar
O‘zPITIning «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [2].
Kuzgi bug’doy va takroriy ekinlarning ildiz qoldiqlari monolit va ramka uslublarida aniqlandi
[4]. Hosildorlik bo‘yicha olingan ma’lumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov boyicha
aniqlandi [3].

Tadqiqot natijalari tahlili.

Ildiz tizimining rivojlanishi ko‘plab omillarga bogʻliq bo‘lib,

ularga tuproq turi, mexanik tarkibi, ekin maydonining rel’yefi, eroziya darajasi, tuproqdagi
organik moddalar, yer osti suvlarining chuqurligi, o‘simlik turi va navi, shuningdek, ekish
muddatlari, me’yorlari, sug‘orish va oziqlantirish rejimlari kiradi. Ushbu omillar ildiz tizimining
rivojlanish darajasiga, tuproqqa kirib borish chuqurligiga va ildiz massasiga bevosita taʼsir
ko‘rsatdi. Shu sababli, ildiz tizimining rivojlanishi va faolligi hosilining shakllanib borishi
hamda yuqori hosil olish uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [4].

Ko‘pgina tadqiqotchilar fikricha, kuzgi bug‘doy o‘simligining o‘sish va rivojlanishi davrida

uni namlik va oziqa moddalar bilan ta’minlashda ildiz tizimining vazifasi va ahamiyati kattadir.
Kuzgi bug‘doyning ildiz tizimini rivojlanishi turli xil sharoitlarga, ildizning joylashish
chuqurligiga, o‘simlik turiga, naviga, ildiz tarqalgan ustki qatlamdagi namlik hamda o‘simlik
o‘zlashtiradigan oziq moddalarning miqdoriga bog‘liqligi bilan isbotlangan [11].

Olib borgan dala tajribalarimizda takroriy ekinlar hisobiga kuzgi bug‘doy ildiz tizimini

shakllanishi, turli takroriy ekinlar ta’sirida oziqa moddalarning ta’minlanishiga qarab turlicha
shakllanishi kuzatildi.

Kuzgi bug‘doy ildiz tizimining shakllanishi o‘tkazilgan tajriba davomidagi tuproqning 0-

30 sm qatlamda yaxshi rivojlanganligi ma’lum bo‘ldi. Nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz)
variantida takroran ekilishi tufayli ildizning shakllanishi 0-30 sm da 75,60 %, 30-60 sm
qatlamda esa 8,95 %, 60-180 sm qatlamda esa 15,45 % ni tashkil etdi.

Takroriy ekin sifatida makkajo‘xori (silos uchun) va oq jo‘xori (silos uchun) ekilgan

variantlarda qator oralariga ishlov berish va sug‘orish natijasida oziqa moddalar miqdori
tuproqning pastki qismiga yuvilib tushishi natijasida 0-30 sm yuza qatlamda nazoratga
nisbatan (5,08-2,46 %) farqlanganligi kuzatildi.

Dunyo dehqonchiligida mosh va loviya o‘simliklari ekin maydonlarining kengayishi va

don hosilining oshishi bilan ajralib, mosh va loviya donidan nafaqat oziq-ovqat sanoatida, balki
yuqori oqsilli ozuqa sifatida chorvachilikda ham foydalaniladi. Bundan tashqari, mosh va loviya
ildizlari havodan erkin azotni simbioz qilish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun tuproq
unumdorligini oshiruvchi ekinlardan hisoblanadi.

Takroriy ekinlar loviya, mosh ekilgan variantlarda ularni ildiz tizimini tuproqning yuza

qatlamida shakllanishi kuzatilib, kuzgi bug‘doyning ildiz tizimi 0-30 va 30-60 sm qatlamlarda


background image

`

122

nazorat kuzgi bug‘doy, tariq, makkajo‘xori va oq jo‘xori takroriy ekin bo‘lgan variantlarga
nisbatan jadal rivojlanganligi kuzatildi.

Takroriy ekin tariq bo‘lganda kuzgi bug‘doyning ildiz tizimini shakllanishi 0-30 sm

qatlamda 78,76 %, 30-60 sm qatlamda 9,03 %, 60-180 sm bo‘lgan qatlamlarda 12,21 % ni
tashkil etib, 0-30 sm qatlamda nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variantiga nisbatan 3,16
% ko‘proq shakllanishi kuzatildi, bu hol loviya va mosh ekilgan variantlarda esa 9,22-8,60 %
yuqori bo‘lishi aniqlandi.

Tajribalarimizda nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variantida esa 0-30 sm

qatlamda ildiz tizimining massasi 138,76 g, 30-60 sm qatlamda 8,95 g, 60-180 sm qatlamda esa
27,94 g jami 183,52 g ni tashkil etganligi aniqlandi.

Kuzgi bug‘doyning ildiz tizimini shakllanishida eng yuqori ko‘rsatkichlar esa takroriy ekin

loviya, mosh ekinlaridan so‘ng ekilganda ildiz tizimining shakllanishi ijobiy tomonga o‘zgarishi
kuzatildi. Bu ko‘rsatkichlar loviya va moshdan so‘ng kuzgi bug‘doy ekilganda 0-30 sm qatlamda
180,16-182,31 g; 30-60 sm qatlamda 21,05-22,78 g; 60-180 sm qatlamda esa 11,19-11,69 g;
jami esa 212,40-216,78 g ni tashkil etib, takroriy ekin moshdan so‘ng kuzgi bug‘doyning ildiz
tizimini shakllanishi 0-30 sm qatlamda 182,31 g, 30-60 sm qatlamda 22,78 g, 60-180 sm
qatlamda esa 11,69 g, jami 216,78 g bo‘lib, nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variantiga
nisbatan 33,26 g ko‘p ildiz massasi shakllanganligi aniqlandi.

Kuzgi bug‘doyning ildiz tizimining shakllanishi takroriy ekinlar ta’sirida oshib borishi

kuzatilib nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz), tariq, makkajo‘xori (silos uchun) va oq
jo‘xori (silos uchun) takroriy ekin bo‘lgan variantlarda tuproqning yuza qatlamlarida dukkakli-
don ekinlari loviya, mosh ekinlariga nisbatan ildiz miqdori kamroq hosil bo‘lib, pastki
qatlamlarda esa biroz bo‘lsada jonli rivojlanishi kuzatildi. Biroq, takroriy ekin loviya, moshdan
so‘ng kuzgi bug‘doyning ildiz tizmini shakllanishi tariq, makkajo‘xori (silos uchun), oq jo‘xori
(silos uchun) hamda nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variantga nisbatan yuqori
bo‘lganligi kuzatildi.

Xulosa

o’rnida aytish mumkinki kuzgi bug‘doyning ildiz tizimini shakllanishi asosan,

takroriy ekinlarning ildiz tizimini shakllanishiga, ularning o‘zidan qoldirgan oziqa moddalar
miqdoriga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar makkajo‘xori
(silos uchun) va oq jo‘xori (silos uchun) ekilgan variantlarga nisbatan kuzgi bug‘doyning ildiz
tizimini shakllanishi loviya va mosh ekilgan variantlarga nisbatan sezilarli darajada kamayib
borishi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni.
2.

Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI–

T.2007. -B.146.
3.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М: «Колос», 1985. - 317 с.

4.

Рожков В.А., Кузнесова И.В., Рахматуллоев Х.Р. Методы изучения корневых систем

растений в поле и лаборатории. - 2-е изд. – М.: ГОУ ВПО МГУЛ. 2008. – 51 с.
5.

Еременко В.Е. Водный режим и динамика развития хлопчатника. – Т.: 1951. - 140-


background image

`

123

180 с.
6.

Зайцев Г.С. Избранные сочинения. - М.: Изд-во с-х литер. журналов и плакатов, 1963.

7.

Качинский Н.А. Изучение физических свойств почв и корневых систем растений. -

М.: Сельхозгиз, 1931.
8.

Мауер Ф.М. К.Изучению корневой системы хлопчатника // Хлопковое дело. 1925. -

№5.
9.

Максимов Н.А. Избранные работы по засухоустойчивости и зимостойкости

растений. - М.: Изд-во, АнСССР, 1952. Т.1.
10.

Шлейхер А.И. Хлопководство. – Т.: 1958.

11.

Шевелуха В.С. Периодичност роста селскохозяйственных растений и пути ее

регелирования. – М.: Колос, 1980. – 432 с.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni.

Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI– T.2007. -B.146.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М: «Колос», 1985. - 317 с.

Рожков В.А., Кузнесова И.В., Рахматуллоев Х.Р. Методы изучения корневых систем растений в поле и лаборатории. - 2-е изд. – М.: ГОУ ВПО МГУЛ. 2008. – 51 с.

Еременко В.Е. Водный режим и динамика развития хлопчатника. – Т.: 1951. - 140-180 с.

Зайцев Г.С. Избранные сочинения. - М.: Изд-во с-х литер. журналов и плакатов, 1963.

Качинский Н.А. Изучение физических свойств почв и корневых систем растений. - М.: Сельхозгиз, 1931.

Мауер Ф.М. К.Изучению корневой системы хлопчатника // Хлопковое дело. 1925. -№5.

Максимов Н.А. Избранные работы по засухоустойчивости и зимостойкости растений. - М.: Изд-во, АнСССР, 1952. Т.1.

Шлейхер А.И. Хлопководство. – Т.: 1958.

Шевелуха В.С. Периодичност роста селскохозяйственных растений и пути ее регелирования. – М.: Колос, 1980. – 432 с.