TA’LIM SIFATI YUQORI BO‘LGAN MAMLAKATLARDA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING TASHKILIY TUZILISHI

Annotasiya

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ega bo‘lishning asosidir. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy tizim va kadrlar zarurligini ta’kidlagan bir paytda butun ta’lim tizimini takomillashtirish xalqaro tajribalarni o‘rganishdan boshlanadi. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
80-84
25

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nasirdinov , K. . (2025). TA’LIM SIFATI YUQORI BO‘LGAN MAMLAKATLARDA UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING TASHKILIY TUZILISHI. Наука и технология в современном мире, 4(2), 80–84. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/65214
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish ta’lim tarbiyada qotib qolgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ega bo‘lishning asosidir. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga mos zamonaviy tizim va kadrlar zarurligini ta’kidlagan bir paytda butun ta’lim tizimini takomillashtirish xalqaro tajribalarni o‘rganishdan boshlanadi. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

`

80

TA’LIM SIFATI YUQORI BO‘LGAN MAMLAKATLARDA UMUMIY O‘RTA

TA’LIMNING TASHKILIY TUZILISHI

Nasirdinov Komoliddin Dagarovich

Fan va Texnologiylar universiteti

ta’lim marketologi

komoliddin151713@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14809543

Annotatsiya

Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish ta’lim tarbiyada qotib qolgan,

o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo‘lish bilan birga, uni
munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ega bo‘lishning asosidir. Davlatimiz
rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur’atiga
mos zamonaviy tizim va kadrlar zarurligini ta’kidlagan bir paytda butun ta’lim tizimini
takomillashtirish xalqaro tajribalarni o‘rganishdan boshlanadi. Maktabgacha va umumiy o‘rta
ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida shakllantirish muhim ahamiyat
kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

ta’limda xalqaro tajriba, Germaniya ta’lim tizimi, BUyuk Britaniya ta’lim

tizimi, AQSh ta’lim tizimi, Xitoy ta’lim tizimi, Finlandiya ta’lim tizimi.


Qadimdan Sharqda bilim olish qadrlangan. Bilimdon kishilar esa el-yurt ardog‘ida

bo‘lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo‘lida
xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir.Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim
shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalari o‘rganishdir. Prezidentimiz Oliy
Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada

1

maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida

takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro
standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini takidladi.
Maktablarda moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, o‘quv tarbiya jarayonida xalqaro
zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha vazifalarini belgilab berdi.
Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy
mashg‘ulotga ajratilgan. Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi.
Shu bois xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligiga o‘quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda
amaliy mashgu’lotlar ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi. Bugungi kunda har qaysi xalq davlat
va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida
berayotgan e’tibori bu yo‘ldagi say harakatlari bilan o‘lchanadi. Jaxonning yuksak darajada
taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga
oshirilganini o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan
tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini
yo‘qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo‘lish, uni munosib tarzda

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (24.01.2020-y.). //

https://president.uz/uz/lists/view/3324#


background image

`

81

yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida
davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli

faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga
yo‘naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya
berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka
keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish
maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan
kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega.

Keyingi yillarda chet el ta’limi bo‘yicha ko‘pgina makolalar, broshyuralar, qo‘llanmalar

chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, o‘quvlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu
bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o‘quv tarbiya ishlarining qo‘yilishiga etibor va
qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet
el ta’limini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi
vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o‘quv-metodika markazida, pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda, malaka
oshirish markaziy institutida bir qator kafedralar ish bilan shug‘ullanmoqdalar. Bugungi
kunda ta`lim mazmuniga bo‘lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart -sharoitlarga yetib
bormoqda. Buning isboti sifatida xorijiy mamlakatlatlar ta’lim tizimini tahlil qilib o‘tamiz.

Germaniya ta’lim tizimi

2

:

Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o‘choqlaridan biri.

Ushbu davlatda har bir fuqaro o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, o‘z iqtidori moyilligi va
qobiliyatiga qarab maktab, o‘qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi
boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o‘qish bepul.
Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo‘linadi: boshlangi’ch maktab;
yo‘nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy maktab; maxsus
maktab. Boshlang‘ich maktab ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang‘ich
maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish maktabga o‘tishadi. Asosiy yoki to‘liq xalq maktabi
boshlang‘ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o‘quvchilar
uchun majburiydir. Asosiy maktab o‘qituvchilari o‘zlarini o‘qituvchi emas, ijtimoiy pedagog,
deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi o‘quvchilar yomon o‘zlashtirishiga qaramasdan kasbiy
ta’lim olishiga majbur bo‘lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo‘lib, odatda 5-
10-sinflarni o‘z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi
va o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko‘nikmalariga
yuqori talab qo‘yadigan kasb egalari bo‘lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi.
Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida
taraqqiy etgan davlatlar orasidan o‘rin olishda o‘zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim tizimi:

3

Amerikada o‘rta ta’lim 12 yil bo‘lib

boshlang‘ich o‘rta va quyi maktablarga bo‘linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat
va ularda o‘quvchilarning 88 foizi o‘qiydi.Ta’lim muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari
moliyalashtiradi, Qo‘shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga

2

https://abt.uz/blog/germaniya-talim-tizimi-va-uning-ahamiyati

3

https://uz.drunkentengu.com/shkola-v-amerike-vnutrennie-pravila-predmetyi-sroki-obucheniya-srednee-obrazovanie-

v-ssha-6c338d


background image

`

82

sarflanadi. 12foiz o‘quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-
onalar, turli mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Mamalakatlarda
ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar bo‘yicha yoki mashhur kishilar
nomi bilan ataladi. Odatda har bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter
sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Amerikada nusxa ko‘chirish uskunalari juda ko‘p
joylashtirilgan. Chunki o‘qituvchi tomonidan o‘quvchlarga deyarli barcha vazifalar bosma
shaklda beriladi.Boshlang‘ich maktabda har yil sinf o‘qituvchisi o‘zgaradi. Boshlang‘ich
sinflarda matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan
biroz yengilroq. Ko‘paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi. Amerika maktablaridagi o‘ziga xos
usullaridan biri har bir o‘quvchining, , Hisobot kartasi”yuritilishidir. Unda o‘quvchi 10 xil xatti
-harakati bo‘yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga
oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi. Amerika pedagoglari
haftasiga bir marta 1-3-sinf o‘quvchilari uchun “Sevimli o‘yinchoq” metodini qo‘llashadi. Bu
metodda bolalar o‘yinchog`ini tariflaydi. Mazkur metodni qo‘llashdan maqsad bolani
uyatchanlikdan xalos bo‘lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o‘rgatishdir. Amerikada
ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini tekshirish va nazorat
qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga ega bo‘lgan
davlatda butunlay savodsiz bo‘lgan bolalar ham topiladi. AQSH da ta’lim tizimining maqbul
tomonlarining ijobiy qo‘llanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xitoy ta’lim tizimi:

4

Xitoy aholisi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, shunig uchun ham u

yerda tahsil oluvchilarning soni boshqa davlatlarnikidan ancha yuqori. Rasmiy ma’lumotlarga
qaraganda, 2012-yilda Xitoyda 230 milliondan ortiq fuqaro turli darjada tahsil olgan.

1986-yilda kiritilgan davlat ta’lim programmasiga muvofiq, barcha fuqarolar minimum 9

yoshdan maktabdqa o‘qishi majburiy. Majburiy ta’lim tizimi tufayli Xitoyda aholi savodxonligi
darajasi oxirgi o‘n yillikda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga ega erishdi: erkaklar o‘rtasida –
96%, ayollar o‘rtasida 88%, 2012-yilda umumiy ko‘rsatkich – 93,3% ni tashkil etdi.

Xitoyda majburiy ta’lim ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: birinchi bosqich va ikkinchi bosqich.

O‘rta maktabning birinchi bosqichidagi ta’lim Xitoyda majburiy hisoblanadi. Lekin Xitoyda
o‘rta maktabning 2-bosqichi va oliy ta’lim xohishiy hisoblanadi. O‘rta maktabda nisbatan
rivojlangan maktablar professional texnik rivojlangan maktablardir. Bunday maktablarda
asosiy e’tibor ma’lum kasb-hunarning amaliy va nazariy jihatlariga qaratiladi. Xitoyda
majbury ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘ladi. Bunda boshlang‘ich ta’lim 6 dan 12
yoshgacha, o‘rta ta’lim esa 12 dan18 yoshgacha bo‘ladi.

Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi:

5

Buyuk Britaniya ta'lim tizimining ko‘plab asrlar

davomida ishlab chiqilgan va bugungi kunda u eng yuqori sifatli standartlarga javob
dunyoning eng yaxshi biri hisoblanadi. Britaniya bu sohada, 1944-yil “Ta'lim to‘g‘risidagi
qonun”ni imzolab, bu sohada birinchi muhim huquqiy qadamni qo‘ydi. Angliya Bugungi kunda
ta'lim o‘n olti besh yoshlardagi barcha fuqarolar uchun majburiydir.

Buyuk Britaniya ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Bolalar bоg‘chasi o‘n sakkiz yilgacha bolalar uchun to‘la-asr maktablar
2. Junior maktablar va boshlang‘ich maktablar bo‘linadi yosh talabalar uchun

4

https://uz.instudy.uz/davlatlar/xitoy/

5

https://uz.instudy.uz/davlatlar/buyuk-britaniya/


background image

`

83

3. Institutlar.
Buyuk Britaniya maktablarida sinf o‘quvchisi jinsi qarab tasniflanadi. O‘g‘il bolalar va

qizlar uchun alohida maktablar, shuningdek aralash maktablar bor. mamlakat turli jins
bolalar uchun alohida ta'lim tarafdorlari juda ko‘p bor, kim o‘g‘il va qiz bolalar, ham jismoniy
va hissiy boshqacha rivojlantirish, aslida tomonidan o‘z o‘rnini bahslasha va alohida ta'lim
holda ular bir-biriga moslashtirish yo‘q.

Finlyandiya ta'lim tizimi

6

Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir

o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari dunyodagi eng
yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek dunyodagi eng ko‘p kitob
o‘quvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar
bo‘yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallashadi. Biroq
pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu natijalar emas. Shunisi ajablanarliki, dunyo
miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab
o‘quvchilari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi.

Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta'lim tizimi ikki bosqichli maktabni o‘z

ichiga oladi: -

quyi (alakoulu), 1-6 sinf; yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf. Qo‘shimcha 10-sinfda

o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin. So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l
olishadi, yoki litsey (lukio)da o‘qishni davom ettirishadi.

Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili:

Tenglik

Mamlakatda na elita va na "bo‘shroq" maktablar bor. Finlyandiyadagi eng yirik

maktabda 960 nafar o‘quvchi ta'lim oladi. Eng kichigida esa - 11 nafar. Barcha maktablar
mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli
barcha maktablar - davlat maktablari bo‘lib, o‘nlab xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar
qisman to‘lov kiritishlaridan tashqari yana bir farqi - o‘quvchilarga bo‘lgan talabning
yuqoriligida. Qoidaga ko‘ra, bu o‘ziga xos "pedagogik" laboratoriyalar: Montessori, Fren,
Mortan Valdorf maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta'lim beriluvchi o‘quv
muassasalari ham xususiy hisoblanadi.

– Barcha fanlar, ota-onalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar

Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda,

masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun
alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga
moyilligi bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi
navbatda, zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir
savollar berish taqiqlangan. Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab
tasniflashmaydi. Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar ham yo‘q. O‘quvchilarni bir-
biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar ham "o‘ziga
xos" hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi. Umuman olganda, jamoada nogironligi bo‘lgan
bolalar ham ta'lim oladi.

O‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar"

ajratilmaydi. Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma

6

https://uz.lehighvalleylittleones.com/3483-main-advantages-and-disadvantages-of-the-finnish-edu.html


background image

`

84

buzilishiga olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta'lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak.
Jamoada barcha o‘qituvchilar - fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat o‘qituvchilari ham
birdek teng.

– Katta yoshli kishilar (o‘qituvchilar, ota-onalar) va bolalar huquqlari tengligi.

Finlar bu tamoyilni "o‘quvchiga hurmat" deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning

huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish ham
shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi - mustaqil shaxs
ekanini, ularga so‘z bilan ham, "qamchi" bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini tushunishga
rag‘batlantiradi.

Bepullik va individuallik

O‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul - tushlik; ekskursiyalar, muzeylar va

sinfdan tashqari har qanday faoliyat; bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport,
agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda bo‘lsa; o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari,
kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar. Har bir bola uchun individual ta'lim va
rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar
mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek
ta'lim materialiga ham tegishli.Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi
mashqlarni bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar "odatiy" mashq
a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan chiqa
olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy mashq beriladi.

Xulosa shuki, eng rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarning ta’lim tizimi nafaqat o‘z

tartibi va qonuniyatiga ega strukturani, balki boshqa mamlakatlar uchun namuna vazifasini
bajaruvchi sinalgan ta’lim holatini namoyish etadi. G`arb va Sharq ta’limining o‘ziga xosliklari
bo‘lishiga qaramay, zamonaviy dunyoda o‘zaro yakdillik yo‘lida ta’limning rivojlanish
pillapoyalarini qurishga zamon hozirlaydi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

(24.01.2020-y.). //

https://president.uz/uz/lists/view/3324#

2.

Finlyandiya qanday qilib Finlyandiya bo‘ldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar. –

T.: “Sharq” nashriyoti, 2019. 223 b.
3.

Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000.

4.

https://abt.uz/blog/germaniya-talim-tizimi-va-uning-ahamiyati

5.

https://uz.drunkentengu.com/shkola-v-amerike-vnutrennie-pravila-predmetyi-sroki-

obucheniya-srednee-obrazovanie-v-ssha-6c338d

6.

https://uz.instudy.uz/davlatlar/xitoy/

7.

https://uz.instudy.uz/davlatlar/buyuk-britaniya/

8.

https://uz.lehighvalleylittleones.com/3483-main-advantages-and-disadvantages-of-the-

finnish-edu.html

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (24.01.2020-y.). // https://president.uz/uz/lists/view/3324#

Finlyandiya qanday qilib Finlyandiya bo‘ldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar. –T.: “Sharq” nashriyoti, 2019. 223 b.

Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000.

https://abt.uz/blog/germaniya-talim-tizimi-va-uning-ahamiyati

https://uz.drunkentengu.com/shkola-v-amerike-vnutrennie-pravila-predmetyi-sroki-obucheniya-srednee-obrazovanie-v-ssha-6c338d

https://uz.instudy.uz/davlatlar/xitoy/

https://uz.instudy.uz/davlatlar/buyuk-britaniya/

https://uz.lehighvalleylittleones.com/3483-main-advantages-and-disadvantages-of-the-finnish-edu.html