`
58
VAFEL (BO‘RTMA) O'RILISHLI KOSTYUMBOP GAZLAMALARNING OLINISHI
VA SIFAT KO’RSATKICHLARINI BAHOLASH
T.A.Toyirova
Dotsent
O.T.Berdiyeva
İzlanuvchi
X.N.Toxirova
Talaba
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14778159
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ikki xil bariandagi vafel (bo‘rtma) o‘rilishli kostyumbop
gazlamalarning olinishi usullari va ularning sifat ko’rsatkichlarini baholash bo‘yicha
ma‘lumotlar keltirilgan.
Аннотация:
В данной статье представлены информация о способах производства
двух вариантов вафельных костюмных тканей продукции и оценке их качественных
показателей.
Abstract:
This article provides information on methods for producing two versions of
waffle suiting fabrics and assessing their quality indicators.
To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga ko‘paytirish,
ip-kalavani chuqur qayta ishlash, ishlab chiqarish zanjirida mavjud bo‘shliqlarni to’ldirishga
qaratilgan qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda [1].
Respublika to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va
raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini yanada kengaytirish,
mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun
sharoitlar yaratish, sohani yangi sifat bosqichiga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari
belgilandi. Gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo‘yash hajmini oshirish uchun
infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash
darajasini 2027-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqish
mo‘jallangan[2].
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta ulushini turli tolalardan
tayyorlangan iplardan to‘qilgan gazlamalar tashkil etadi.
Gazlamalarning xususiyatlari, asosan, qo‘llaniladigan tola (kalava)larning tarkibi va
ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ularning tuzilishi va pardoz turi ham ta‘sir
ko‘rsatadi.
Gazlamalar tuzilishining asosiy tavsifnomasi iplarning qalinligi, konstruksiyasi, to‘qilish
turlari, zichligi, to‘ldirilishi, o‘lcham ko‘rsatkichlari va yuza tomonining tuzilishi hisoblanadi.
Ma‘lumki, gazlamalar o‘rilishi boyicha to‘rtta sinfga bo‘linadi: bosh o‘rilish, mayda
naqshli o‘rilish, murakkab o‘rilish, yirik naqishli o‘rilish [3].
Mayda naqshli o‘rilishlar sinfining ikkinchi turi-aralash o‘rilishlar kichik sinfini tashkil
etadi. Mayda naqshli o‘rilishning bu kichik sinfi bosh yoki hosila o‘rilishlar asosida tuziladi.
Aralash o‘rilish rapportida ikkita yoki undan ko‘p bosh va hosila o'rilishlar yonma-yon
joylashgan, yoki bir o‘rilish ikkinchi o‘rilish ichiga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Aralash
o‘rilish tanda va arqoq hosilalarini joylashtirish natijasida ham hosil bo‘ladi. Bu kichik sinf
`
59
o‘rilishi sirt ko‘rinishi (bezagi) va tuzilish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
geometrik naqshli o‘rilishlar; krep yoki shakldor o‘rilishlar; vafel o‘rilishlar; tirqishli
o‘rilishlar; to‘shamasi mahkamlangan o‘rilishlar, rangli iplar aralashtirish natijasida naqsh
yaratuvchi o‘rilishlar.
Vafel (bo‘rtma) o‘rilish-aralash kichik sinfga mansub, bu guruh o‘rilishlari rombsimon
o‘rilishlar asosida tuziladi. Vafel sirtini eslatuvchi bu o‘rilishning o‘ziga xos jihati to‘qima
sirtidagi tomonlari bo‘rtib turgan va o‘rtasi chuqurlashgan uyalarning mavjudligi. Vafel
uyalarining o‘lchamlari va shakli o‘rilishning tanda va arqoq bo‘yicha rapportdagi iplar soniga
bog‘liq. Uyalarning chegaralarida, ma‘lum tartibda joylashgan uzun to‘shamali tanda va arqoq
qoplanishlari vafel uyalarini hosil qiladi. Chuqurlashgan o‘rta polotno o‘rilish elementi
iplarning tortilishi natijasida shakllanadi. Vafel o‘rilishini tuzishda ikkita rombsimon saijadan
biri tanda qoplanishlari bilan to‘ldirilib, ikkinchisida esa ko‘proq arqoq qoplanishlari
qoldiriladi. Bu uzun to‘shamalami tortish darajasini kuchaytiradi. arajasini kuchaytiradi. Bu
aralash o‘rilishning tanda va arqoq bo‘yicha rapportlardagi iplar soni rombsimon sarjaga
o‘xshash aniqlanadi [4].
Tadqiqot ishimizda vafel (bo'rtma) o‘rilishli to‘qima ishlab chiqarish maqsadida tanda
sifatida chiziqiy zichligi T=20 teks paxta ipi, arqoq sifatida esa 1-variant T=20 teks va 2-
variant t=40teks iplardan foydalanildi [5,6].
Tajriba namunalarining o‘rilishi ikki qatlamli bo‘lib unda ikki sistema tanda iplari va ikki
sistema arqoq iplaridan AT100 rusumli avtomat to‘quv dastgohida ishlab chiqarildi. Ularning
sifat ko‘rsatkichlari “CentexUZ” laboratoriyasida aniqlandi. Sinov natijalari 1-jadvalda
keltirilgan.
1-jadval. Kostyumbop bo‘rtma naqshli to‘qima sifat ko‘rsatkichlari
T.r
Ko‘rsatkichlar
O‘
lch
ov
b
irl
ig
i
Arqoq ipi
Farqi,
%
Styudent
mezoni
qiymati
n=5,
t=2,77
1-
varian
t
2-
varian
t
1
2
3
4
5
6
7
1.
Arqoq ipi turi
tola tarkibi paxta paxta
-
-
Arqoq ipi chiziqli zichligi
teks
20
40
50
40
2.
To‘qimaning qalinligi
mm
0,6
0,7
14,2
3,1
3.
To‘qimaning sirt zichligi
g/m
2
101
154
34,4
106
4
To‘qimaning uzilish kuchi: tanda
arqoq
sN
290,3
259,8
287,1
389,4
1,1
33,2
7,8
77
5.
To‘qimaning uzilishdagi
uzayishi:
tanda
arqoq
%
6,5
10,7
9,25
9,54
29,7
12,1
16,8
4,25
6.
To‘qimaning arqoq bo‘yicha
solishtirshma uzilish kuchi
cN/teks
10
13
23,0
4,25
7.
Havo o‘tkazuvchanligi
sm
3
/sm
2
∙se 121,6
95,2
27,7
132,5
`
60
k
8.
Ishqalanishga chidamliligi
tsikl
5800 1420
0
59,1
121,1
Jadval natijalaridan arqoq ipi chiziqiy zichligi 1-varianda T=20, 2-variantda T=40 teks
bo‘lganda, to‘qimaning qalinligi 14,2%ga, 1 m
2
to‘qimaning og‘irligi, yani sirt zichligi 34,4%ga,
uzilish kuchi tanda bo‘yicha 1,1%ga, arqoq bo‘yicha esa 33,2%ga, uzilishdagi uzayish tanda
bo‘yicha 29,7%ga, arqoq bo‘yicha esa 12,1%ga, arqoq bo‘yicha solishtirshma uzilish kuchi
23%ga, havo o‘tkazuvchanligi 27,7%ga va ishqalanishga chidamliligi 59,1%ga farqini kuzatish
mumkin. 1 va 2 variantlar farqlanishi Styudent (t) mezoni bo‘yicha quyidagi formula
yordamida tekshirildi:
2
2
2
1
2
1
)
1
(
S
S
n
n
X
X
t
H
bu erda:
1
X
,
2
X
-o’rtacha ko’rsatkich; n-sinovlar soni;
2
1
S
,
2
2
S
-dispersiya.
Styudent mezoni
77
,
2
4
;
95
,
0
f
Р
t
t
Д
J
H
[7] bo‘lganda variantlar o‘rtasidagi
bog‘liklik rad qilinmaydi.
Demak, vafel (bo‘rtma) naqshli o‘rilishda olingan to‘qimalarning tahlilidan arqoq ipi
(paxta) chiziqli zichligining 1-variantga nisbatan 2-variantda ikki baravarga oshgani hisobiga
sifat ko‘rsatkichlari: qalinligi, sirt zichligi, uzilish kuchi, havo o‘tkazuvchanligi va ishqalanishga
chidamliligi ham oshgan, Styudent (t) mezoni bo‘yicha (1-jadval, 7-ustun) variantlar
o‘rtasidagi bog‘liklik rad qilindi deb baholash mumkin.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “2022-2026 yillarga
mo’ljallangan yangi O’zbekitonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi 2022-yil 28-
yanvardagi PF-60-sonli Farmoni, Toshkent sh.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj
sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2024-yil 1
maydagi PF-71-sonli Farmoni, Toshkent sh.
3.
Алимбаев Е.Ш. Тўқима тузилиши назарияси. –Тошкент: Алоқачи, 2005.-231 б.
4.
Olimboyev E., Axmedov R., Abdullayev U., To‘raqulov B. Gazlamaning tuzilishi va tahlili.
Toshkent-“Talqin”-2003. B 95,102
5.
Тойирова Т.А., Бердиева О.Т., Тошқулова К.Ф. Kостюмбоп бўртма нақшли
тўқималарнинг сифат кўрсаткичлари./Fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi
sharoitida paxta tozalash, to’qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion
texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman
materiallar to’plami. Toshkent. 2022 yil 18-19may. B 475-477.
6.
Toyirova T.A., Toxirova T., Berdiyeva O., M.Kulmetov. Defining the new address gaz
structure the oretical analysus of factors. International bulletin of engineering and technology.
IBET/Volume 3, Issue 6, June. 2023. P.258-262.
`
61
7.
Севостьянов А.Г. Методы и средства исследования механико- технологических
процессов текстильной промышленности-Учебник для вузов текстил.пром-ти.-МГТУ
им Косыгина-2007 г. С.59.
