EMPIRIK MODELLASHTIRISH YORDAMIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

Abstract

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni empirik modellashtirish masalasi bugungi kunda ta’lim sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Empirik modellar ta’lim tizimining zaif va kuchli tomonlarini tizimli o‘rganishga imkon beradi. Bu esa islohotlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Modellashtirish ta’lim siyosatida statistik va empirik ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
32-34
19

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xudoyorov, L. ., & Poshokulova , M. . (2025). EMPIRIK MODELLASHTIRISH YORDAMIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH. Science and Technology in the Modern World, 4(2), 32–34. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/63817
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni empirik modellashtirish masalasi bugungi kunda ta’lim sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Empirik modellar ta’lim tizimining zaif va kuchli tomonlarini tizimli o‘rganishga imkon beradi. Bu esa islohotlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Modellashtirish ta’lim siyosatida statistik va empirik ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi.


background image

`

32

EMPIRIK MODELLASHTIRISH YORDAMIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB

TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

Xudoyorov Laziz Niyozovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dotsenti

Poshokulova Mohigul Kaxramonovna

Xalqaro innovatsion universiteti oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14729096

Annotatsiya:

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirishni empirik

modellashtirish masalasi bugungi kunda ta’lim sohasini takomillashtirishda muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Empirik modellar ta’lim tizimining zaif va kuchli tomonlarini tizimli
o‘rganishga imkon beradi. Bu esa islohotlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Modellashtirish ta’lim siyosatida statistik va empirik ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul
qilishga ko‘maklashadi.

Kalit soʻzlar:

empirik, model, modellashtirish, bilimlar iqtisodiyoti.

Ta’lim sifati mamlakatlarning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini belgilovchi

muhim omillardan biridir. Empirik modellashtirish ta’lim tizimini global talablar bilan
moslashtirish uchun tahliliy asos yaratadi. Maktabgacha va maktab ta’limida mavjud
resurslardan oqilona foydalanish uchun moddiy-texnik baza va inson resurslarini empirik
modellar orqali tahlil qilish muhimdir. Statistik ma’lumotlarga asoslangan yondashuv orqali
o‘quv dasturlari, pedagogik uslublar va ta’lim infrastrukturasi takomillashtiriladi. Har bir
hududda ta’lim tizimining o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlash va rivojlantirish uchun empirik
modellashtirishdan foydalanish muhim.

Davlat tomonidan ta’lim tizimiga joriy etilgan islohotlar yoki loyihalarning

samaradorligini baholashda ham empirik modellar samarali hisoblanadi. Ushbu tamoyil
yordamida islohotlar natijalarini aniq oʻlchab, ular qanchalik muvaffaqiyatli amalga
oshirilganligini aniqlash imkonini beradi.

Empirik va ekonometrik usul bilimlar iqtisodiyotining mohiyati haqida turli ta’limot va

qarashlar mavjudligini bayon qilinadi. Bunday qarashlardan biri ilm va fan yutuqlariga
asoslangan ilmiy bilish bo‘lib, u oddiy kundalik bilish, g’oyibona bilish va boshqalardan
tubdan farq qiladi.

1-rasm.

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida

empirik modellashtirishning qo‘llanilishi

quyidagilardan iborat:


background image

`

33

Empirik va ekonometrik usul bilimlar iqtisodiyotining mohiyati haqida turli ta’limot va

qarashlar mavjudligini bayon qilinadi. Bunday qarashlardan biri ilm va fan yutuqlariga
asoslangan ilmiy bilish bo‘lib, u oddiy kundalik bilish, g’oyibona bilish va boshqalardan
tubdan farq qiladi.

Bilimlar iqtisodiyotini empirik usullari, iqtisodiyotni hamma tomonlarini aloqadorlik va

bog’lanishlarini birgalikda o‘rganishi, uni xatolik va bir tomonlama qarashdan saqlaydi.
Empirik bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning ma’lum tizimlari iqtisodiy jarayonlarni
vujudga keltiradi. Shuning uchun, iqtisodiyot tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g’risidagi
ilmiy tizimlarga egadir.

Fikrimizcha empirik modellashtirish ta’lim tizimidagi real ma’lumotlar asosida qaror

qabul qilish imkonini beradi. Masalan, oʻquvchilar va oʻqituvchilar faoliyati, dars oʻtish
natijadorligi yoki sinflar kesimidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini tahlil qilish orqali ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirish uchun aniq qarorlar ishlab chiqiladi.

Nevron tarmoqlar algoritmlari ta’lim tizimidagi murakkab tahlil va prognozlar uchun

mos keladi. Masalan, o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasini chuqur tahlil qilish uchun.

-tarmoqni o‘quvchilar va natijalar orasidagi o‘zgaruvchilar bilan bog’lash;
-rarmoqni tarqatish va xatolarni hisoblash;
-tarmoq parametrlarini yangilash va xatolarni minimallashtirish uchun
orqaga tarqatish algoritmi yordamida optimallashtirish.

Empirik modellashtirishning qo‘llanilishi

-o‘quv dasturlarini optimallashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari

va qobiliyatlariga mos dasturlarni ishlab chiqish;

-pedagogik samaradorlikni baholashda o‘qituvchilarning

pedagogik usullarining natijadorligini modellashtirish;

-demografik tendensiyalarni inobatga olishda ta’lim muassasalari soni va

joylashuvi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun modellar ishlab chiqish;

-ta’limning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini baholashda ta’lim

tizimining mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlash.


background image

`

34

Ushbu algoritmlar maktabgacha va maktab ta’lim tizimida empirik modellashtirish

tamoyillarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir algoritm o‘zining maxsus
xususiyatlariga ega bo‘lib, ta’lim tizimidagi turli jarayonlarni tahlil qilish va samaradorlikni
oshirishga xizmat qiladi.

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini empirik modellashtirish tamoyillarini bir nechta

asosiy o‘zgaruvchilar va tenglamalar yordamida ifodalash mumkin.

O‘quvchilar bilim o‘zlashtirishini baholash modeli, o‘quvchilarning bilim darajasi

o‘rtacha o‘zlashtirish darajasi (𝑂), ta’lim resurslari (𝑅), o‘qituvchilar sifati (𝑆), sinfdagi
o‘quvchilar soni (𝑁) va o‘quvchilarning motivatsiya darajasi (𝑀) kabi o‘zgaruvchilarga bog’liq.

O=f(R,S,N,M)
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha va maktab ta’lim tizimini empirik modellashtirish

tamoyillari ta’lim sifatini oshirish, resurslarni samarali taqsimlash va o‘quv jarayonlarini
yanada samarali qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, bugungi kunda maktabgacha va
maktab ta’limida empirik modellashtirish tamoyillarini qo‘llash zarurati tobora dolzarb bo‘lib
bormoqda.

References:

2.

Петти У. Экономические и статистические работы. Т. I-II. Перевод под ред. Смит

М.Н. Москва: Государственное социально-экономическое издательство, 1940. -с.. 323;
3.

Рикардо Д. Начало политической экономии и налогообложения. - М.: Эксмо, 2016.

1040-стр.; Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. – М.: Эксмо,
2016. -с. 255.
4.

Вальрас Л. Элементы чистой политической экономии. - М.: Изограф, 2000. -с. 448

(Éléments d’économie politique pure, 1874); Clark J.M. Preface to Social Economics. - New
York: Farrar & Rinehart. Р. 193; Милль.Дж.С. Система логики. т.т. 1-2. -М., 1914. -с.880;
Рошер У. «Система помощи бедным и политика борьбы с бедностью» (System der
Armenpflege und Armenpolitik, 1894. -р. 345).
5.

Bell D. Notes on the Post-Industrial Society // The Public Interest. - 1967. №7; 5.

Гэлбрейт, Дж. К. Новое индустриальное общество // The New Industrial State (1967).
2004. -с. 608. ISBN 5-17-024777-X;
6.

Гэлбрейт, Дж. К. Новое индустриальное общество // The New Industrial State

(1967). 2004. -с. 608. ISBN 5-17-024777-X;
7.

Balaji P. The transformation and structure of the high technology industrial complex.

California: University of California, 1999;
8.

Dretske Fred I. Knowledge and the flow of information. // Stanford: CSLI publ., Cop.

1999.
9.

Тоффлер, Э. Третья волна. The Third Wave, 1980. - М.: АСТ, 2010. -с. 784.

(Philosophy). 5100 экз. ISBN 978-5-403-02493-8;

References

Петти У. Экономические и статистические работы. Т. I-II. Перевод под ред. Смит М.Н. Москва: Государственное социально-экономическое издательство, 1940. -с.. 323;

Рикардо Д. Начало политической экономии и налогообложения. - М.: Эксмо, 2016. 1040-стр.; Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. – М.: Эксмо, 2016. -с. 255.

Вальрас Л. Элементы чистой политической экономии. - М.: Изограф, 2000. -с. 448 (Éléments d’économie politique pure, 1874); Clark J.M. Preface to Social Economics. - New York: Farrar & Rinehart. Р. 193; Милль.Дж.С. Система логики. т.т. 1-2. -М., 1914. -с.880; Рошер У. «Система помощи бедным и политика борьбы с бедностью» (System der Armenpflege und Armenpolitik, 1894. -р. 345).

Bell D. Notes on the Post-Industrial Society // The Public Interest. - 1967. №7; 5. Гэлбрейт, Дж. К. Новое индустриальное общество // The New Industrial State (1967). 2004. -с. 608. ISBN 5-17-024777-X;

Гэлбрейт, Дж. К. Новое индустриальное общество // The New Industrial State (1967). 2004. -с. 608. ISBN 5-17-024777-X;

Balaji P. The transformation and structure of the high technology industrial complex. California: University of California, 1999;

Dretske Fred I. Knowledge and the flow of information. // Stanford: CSLI publ., Cop. 1999.

Тоффлер, Э. Третья волна. The Third Wave, 1980. - М.: АСТ, 2010. -с. 784. (Philosophy). 5100 экз. ISBN 978-5-403-02493-8;