`
26
MAMLAKATIMIZDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA
OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR
Shonazarov Kamoladdin
Osiyo Xalqaro Universiteti magistri
Alisher Usmanov
Osiyo Xalqaro Universiteti magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14605059
Annotatsiya:
Mamlakatimizning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning o‘ziga xos
xususiyati shundaki xizmatlar sohasini rivojlantirish hududlarning nisbiy ustunliklarini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi, bunda aholi soni, geografik joylashuvi, iqtisodiy
salohiyatidan kelib chiqqan holda rivojlantirish tendensiyalari ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Infrastruktura, kapital,
multiplikativ ta’sir, pirovard, yengil konstruksiya,
turistik baza, autsorsing, klaster.
Xizmatlar sohasi mamlakat iqtisodiy o‘sishi, arzon ish o‘rinlari yaratish, bandlikni
ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro mehnat
tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, xizmatlar sohasining 1 foizga o‘sishi kambag‘allikni o‘rtacha 1,5
foizga qisqartiradi.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining
rivoji mahsulotlarni yetkazib berish (transport sohasi), kommunal infrastrukturalar (suv, gaz,
elektr, kanalizatsiya), ishlab chiqarishni moliyalash (banklar), mahsulotlar bozorini
kengaytirish (axborot, kommunikatsiya xizmatlari) va boshqa muhim xizmatlarga bog‘liq
bo‘ladi. Bundan tashqari, mamlakatda mehnat unumdorligini va inson kapitalini oshirish
(ta’lim, sog‘liqni saqlash), xalqaro savdoni kengaytirish imkoniyatlari ham xizmatlar sohasining
rivojini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga
asosan Xorazm viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturis doirasida 35 mlrd so‘m ajratilgan.
2022-yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 38 foizi va umumiy korxonalarning
60 foizi xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi. Respublikada jami band aholining 50 foizdan ortig‘i
xizmatlar sohasining ulgurji va chakana savdo (10,6 foiz), ta’lim (8,4 foiz), transport (4,8 foiz),
davlat boshqaruvi (4,7 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (4,6 foiz) sohalarida faoliyat
yuritib kelmoqda [1].
Mamlakatimizda xizmatlar rivoji faqat shu sohani rivojlantiribgina qolmay,
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham multiplikativ ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, moliya,
sug‘urtalash xizmatlariga talabning 1 million so‘mga o‘sishi iqtisodiyotda qo‘shimcha 3,2
million so‘m qiymat yaratadi. Xuddi shunday katta multiplikativ ta’sirga ega bo‘lgan sohalar
qatoriga konsalting xizmatlari, yashash va umumiy ovqatlanish, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash
va kommunal xizmatlarni kiritsa bo‘ladi. Shunday ekan, mamlakatimizning bugungi rivojlanish
bosqichida xizmatlar sohasini rivojlantirish, uni iqtisodiyotimizning “lokomotiv”iga aylantirish
YaIMni 100 milliard dollardan oshirish va pirovardida mamlakatimiz daromadi o‘rtadan yuqori
bo‘lgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga zamin yaratadi.
Xizmat ko‘rsatishning ushbu afzalliklari inobatga olingan holda, Prezidentimiz xizmatlar
sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi
ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan.
`
27
Davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida 2021 yilda xizmatlar sohasida 18 trillion so‘mlik 29
ming loyiha amalga oshirilib, xizmatlar sohasi 20 foizga o‘sganini ta’kidladi. Shu bilan birga, hali
bu sohada o‘zlashtirilmagan imkoniyatlar ko‘pligi va ularni amalga oshirish ishsizlikni
kamaytirish, aholi daromadini oshirish, kambag‘allikni keskin kamaytirish imkoniyati borligini
ta’kidlagan.
Shu bois, 2022 yilda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining kamida 50 foizga o‘sishini
ta’minlash bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy jihatdan muhim qarorlar qabul qilingan.
O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, xizmatlar sohasini rivojlantirish hududlarning
nisbiy ustunliklarini hisobga olgan holda amalga oshirilishini talab etadi. Masalan,
O‘zbekistonda 158 ta qishloq tumanlari, 29 ta o‘rta va yirik shaharlar, 6 ta yirik tumanlar hamda
chegara oldida joylashgan 25 ta tuman mavjud. Shu bois, aholi soni, geografik joylashuvi,
iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqib, hududlarda xizmatlar 3 ta yo‘nalishda rivojlantiriladi [4].
Bunda, yangi yondashuv asosida har bir tuman va shahar kesimida alohida dastur ishlab
chiqilishi ko‘zda tutilgan [3].
O‘zbekistonda deyarli barcha hududlarda ichki turizmni rivojlantirish uchun katta
imkoniyatlar mavjud. Masalan, Toshkent viloyatida — Bo‘stonliq va Parkent, Jizzax viloyatida
— Zomin va Baxmal, Qashqadaryoda — Kitob, Qamashi va Shahrisabz, Navoiyda — Nurota,
Samarqandda — Urgut, Surxondaryoda — Boysun va Sariosiyo, Xorazmda—Xiv ava Urganch
kabi ko‘plab joylar bor. Birgina Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 16
sanatoriyning qayta tiklanishi hisobiga 1,5 ming kishi ish bilan ta’minlanishi mumkin. Shularni
inobatga olgan holda, hozirda mamlakatimizda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 45 ta hamda
40 ta tog‘li va tog‘oldi tumanlar rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu hududlarda yo‘l,
kommunal xizmatlar, mobil aloqa va tezkor internet masalalari tufayli turizm imkoniyatlaridan
foydalanish cheklanmoqda. Masalan, birgina Shahrisabz tumanining Navro‘z, Miraki, Oqdaryo
va Hisor hududlariga yiliga 500 mingga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. Lekin yo‘l, mobil aloqa
va internet, mehmonxona, umumiy ovqatlanish infratuzilmasi rivojlanmagani bois, sayyohlar
bir kunga kelib ketmoqda.
Bundan tashqari, sayyohlik salohiyati yuqori bo‘lgan tumanlarning “master reja”lari
ishlab chiqilib, yerlar tadbirkorlarga tayyor loyiha bilan auksionga chiqarila boshladi. 2022
yilda 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan va shu bilan birga hozirgi kunda sayyohlik
hududlarida infratuzilmani yaxshilashga 100 million dollar jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sayyohlik sohasini rag‘batlantirish
maqsadida yangi choralar tadbiq qilindi. Bunda:
yangi mehmonxona, dam olish maskanlari uchun mol-mulk va yer solig‘i 3 yil davomida 2
barobar past stavkada to‘lanadigan bo‘ldi;
turizm sohasi uchun maxsus soliq rejimi joriy etilib, 3 yil davomida aylanmadan
olinadigan va ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada, mol-mulk va yer soliqlari esa hisoblangan
summadan 1 foizi miqdorida belgilandi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, mehmon uylarini tashkil etish va ta’mirlash
uchun ham, imtiyozli kredit ajratish yo‘lga qo‘yildi. Bundan buyon sayyohlik salohiyatini
yanada kengaytirish maqsadida tuman va shaharlar tanlab olinib, ularda maxsus soliq rejimi
joriy qilinadigan bo‘ldi [5].
`
28
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
mo‘ljallangan davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha choratadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Ushbu rejaga asosan maishiy xizmat ko’rsatish sohasining me‘yoriy-xuquqiy bazasini
takomillashtirish, tashkiliy strukturasini takomillashtirish, rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, moddiy-texnika
bazasini yaxshilash bo‘yicha quyidagi chizmadagi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan [2] .
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda aholi bandligini oshirish va mamlakatimiz
farovonligini yaxshilar yo‘lida tepada ta’kidlab o‘tilganidek yangi xizmat ko‘rsatsh sohalari,
kichik bizneslar tashkil qilinyapti, bundan tashqari mamlakatimizda turizm sohasida ham keng
qo‘lamli ishlar olib borilmoqda va bu kabi sohalarga soliqlardan chegirmalar berilmoqda.
Aholini bandlini oshirish uchun uchun ularga qisqa muddatli kreditlar va imtiyozlar
ajratilmoqda bularning barchasi mamlkatimiz istiqboli uchundir.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.01.2022-yildagi PQ-104-sonli
“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
2.
Boyjigitov S.K “Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirishda marketing strategiyalar”
“Экономика и социум” №10(113) 2023 bet 445
3.
Ismailov B.A, Xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va
tamoyillari, “Ijtimoiy boshqaruv jurnali” 2023
4.
5.
Xizmatlar
sohasini
rivojlantirishga
mo'ljallangan
dasturlar
Aholiga
maishiy
xizmat
ko'rsatish
Uy-joy
kommun
al
xo'jaligi
Telekom
munikats
iya
xizmatlar
i
Tibbiy
xizmatlar
