`
69
DASTURIY VOSITALAR ARXITEKTURASINING NAZORATI VA DASTURIY
MODULNI ISHLAB CHIQISH TARTIBI
Buriyev Bobur Erkinovich
Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14545631
Annotatsiya:
Ushbu tezisda dasturiy vositalar arxitekturasining nazorati va dasturiy
modulni ishlab chiqish tartibi borasida ayrim mulohazalar yuritilgan. Unda dasturiy vositalar
arxitekturasining nazorat turlari, funksional spesifikatsiyasi, dasturiy modulni ishlab
chiqarish jarayonlari va ahamiyati to’g’risida tahlillar asosida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
imitatsiya, spesikifatsiya, kompilyatsiya, dasturlash, funksional nazorat,
elektron qurilma, algoritm.
Abstract.
This thesis presents some considerations on the control of software
architecture and the procedure for developing a software module. It discusses the types of
control of software architecture, functional specification, software module development
processes and their significance based on analysis.
Key words:
imitation, specification, compilation, programming, functional control,
electronic device, algorithm.
Dasturiy vositalar arxitekturasini nazorat etish uchun aralash nazorat va qo`lda
bajariladigan imitatsiya ishlatiladi. Dasturiy vositalar arxitekturasining yuqoridan aralash
nazorati – bu uning tashqi bayonini ishlab chiquvchilar: sifat spesifikatsiyasi ishlab
chiquvchilari va funksional spetsifikatsiya ishlab chiquvchilari tomonidan qilinadigan
nazoratidir. Dasturiy vositalar arxitekturasining pastdan aralash nazorati – bu uning, dasturiy
vositalar tarkibiga, ishlab chiqilgan arxitekturaga mos tarzda kiruvchi, dasturiy ichki
tizimning potensial ishlab chiquvchilari tomonidan o`tkaziladigan nazoratidir.
Dasturiy vositalar arxitekturasining qo`lda bajariladigan imitatsiyasi funksional
spetsifikatsiyaning qo`lda qilinadigan imitatsiyasi kabi amalga oshiriladi, faqat bu nazoratning
maqsadi dasturiy ichki tizimlar o`rtasida o`zaro ishlashni tekshirishdir. Qo`lda bajariladigan
imitatsiyadagi kabi funksional spetsifikatsiyada ham avval test tayyorlanishi kerak. Shundan
keyin ishlab chiquvchilar guruhi bunday har bir test uchun dasturiy vositalar tarkibiga
kiruvchi har bir dasturiy ichki tizimning ishini imitirlashi kerak. Bunda har bir ichki tizim
ishini qandaydir bir ishlab chiquvchi (arxitektura muallifi emas), bu ichki tizimning boshqa
ichki tizimlar bilan (aniqrog’i, ularni imitirlovchi ishlab chiquvchilar bilan) bo`ladigan hamma
o`zaro ishlarini yahshilab bajarib, dasturiy vositalarning ishlab chiqilgan arxitekturasiga mos
tarzda, imitirlaydi. Shu bilan tekshirilayotgan arxitektura doirasida butunisicha dasturiy
vositalarning imitatsion ishlashi ta`minlanadi.
Dasturiy modulni ishlab chiqishda quyidagi tartibga rioya qilish maqsadga muvofiq:
modul spetsifikatsiyasini o`rganish va tekshirish, dasturlash tilini tanlash;
berilganlarning algoritmini va tuzilmasini tanlash;
modulni dasturlash (kodlash);
modul matnini silliqlash;
modulni tekshirish;
modulni kompilyatsiyalash.
`
70
Dasturiy modulni ishlab chiqishning birinchi qadami ko`proq dastur tuzilmasini pastdan
aralash nazorat qilishni ifodalaydi: ishlab chiquvchi modulning o`ziga xos xususiyatlarini
o`rgana turib, bu xususiyatlar unga tushunarli va u shu modulni ishlab chiqish uchun yetarli
ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu qadam oxirida dasturlash tili tanlanadi: u butun
dasturiy vositalar uchun oldindan aniqlangan bo`lsa ham, ba`zi bir hollarda, mazkur modulni
amalga oshirish uchun ko`proq to`g’ri keladigan boshqa til (agar dasturlash tizimi bunga yo`l
qo`ysa), masalan, assembler tili, tanlanishi mumkin.
Dasturiy modulni ishlab chiqishning ikkinchi qadamida qo`yilgan masalani yoki unga
yaqin bo`lgan masalani yechishning qandaydir bir algoritmlarining mavjud-mavjudmasligini
aniqlash zarur. Agar to`g’ri keladigan shunday algoritm topilsa, undan foydalanish maqsadga
muvofiq bo`ladi. Modulning o`z funksiyalarini bajarishda, ishlatiladigan ma`lumotlarning
to`g’ri keluvchi tuzilmasini tanlash, ishlab chiqilayotgan modulning mantig’ini va sifat
ko`rsatkichlarini ma`lum darajada oldindan aniqlaydi, shuning uchun unga juda ham
mas`uliyatli qaror deb qarash kerak.
Uchinchi qadamda tanlangan dasturlash tilida modul matnini tuzish amalga oshiriladi.
Modul spetsifikatsiyasida ko`rsatilgan funksiyalarni amalga oshirishda hisobga olinishi kerak
bo`lgan detallarning ko`pligi juda ham chalkashib ketgan, bir talay xatoliklar va noaniqliklarga
ega bo`lgan matnni yaratishga osonlik bilan olib kelishi mumkin. Bunday modulda xatolarni
izlash va unga talab qilingan o`zgarishlarni kiritish juda ham ko`p mehnat talab qiladigan
masaladir. Shuning uchun modul matnini tuzishda texnologik asoslangan va amalda
tekshirilgan dasturlash fanidan foydalanish juda muhimdir. Birinchi marta bu narsaga
Deykstr, tuzilmali dasturlashning asosiy tamoyillarini tuzib va ularni asoslab, e`tiborni
qaratgan.
Modulni ishlab chiqishning navbatdagi qadami modul matnini, dasturiy vositalar sifat
spetsifikatsiyasiga mos tarzda, tugallangan ko`rinishga olib kelish bilan bog’liq. Ishlab
chiquvchi modulni dasturlashda, izohlarni oxirigacha ishlab chiqmasdan va dastur uslubiga
qo`yilgan ba`zi bir talablarning buzilishiga yo`l qo`ygan holda, asosiy e`tiborni modul
funktsiyasini to`g’ri amalga oshirilishiga qaratadi. Modul matnini silliqlash paytida, u matnda
mavjud bo`lgan izohlarni tahrirlashi va unga, talab qilingan sifatni ta`minlash maqsadida,
qo`shimcha izohlarni kiritishi mumkin. Shu maqsadda stilistik talablarni bajarish uchun
dastur matni tahrirlanadi.
Modulni tekshirish qadami, modulning ichki mantig’ini, uning yaxshilanishi (uning
kompyuterda bajarilishidan foydalanuvchi) boshlanguncha, qo`lda tekshirishni ifodalaydi,
dasturlashning, dasturiy vositalar ishlab chiqishning har bir bosqichida qabul qilinadigan
qarorlarini nazorat qilishning zarurligi haqidagi texnologiyasini muhokama qilish uchun
tuzilgan umumiy tamoyilni amalga oshiradi.
Va, nihoyat, modulni ishlab chiqishning oxirgi qadami modulni tekshirish tugaganligini
(kompilyator yordamida) va modulni yaxshilash jarayoniga o`tilganligini bildiradi. Agar biz
dasturiy ta'minotni joriy etish bosqichi haqida gapiradigan bo'lsak, unda barqarorlik kabi
xususiyat foydalanuvchilar tomonidan tanqidiy emas va ularning nuqtai nazari bo'yicha
ahamiyatsiz deb qabul qilinadi, lekin dasturiy mahsulotning tijorat ekspluatatsiyasi bosqichi
boshlanishi bilanoq, xarajatlar, uning qo'llab-quvvatlashi va rivojlanishini kuzatish mumkin.
`
71
Yuqorida aytilganlarning barchasi funksional moslashuvchan mahsulotlarni yaratishga
imkon beradigan ishonchli, yuqori sifatli, samarali va kengaytiriladigan arxitekturaga
asoslangan yangi, innovatsion, ilg'or axborot mahsulotlarini yaratishga standartlashtirilgan
yondashuvning ahamiyati va zarurligini aniq ko'rsatib turibdi.
References:
1.
Maxkamovna, M. N. (2023). SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH VA
DISPETCHERLIK
BOSHQARUV
JARAYONLARINI
(SCADA)
AVTOMATLASHTIRISH.
ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
JURNALI
,
2
(2), 1-3.
2.
Erkinovich, B. B. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARIDA OBYEKT BARQARORLIGINI
NAZORAT QILISH VA MODELLASHTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR.
3.
Zaripov, Odiljon, and Shahlo Zaripova. "DINAMIK BOSHQARISH OBYEKTLAR HOLATINI
BAHOLASH MASALALARINING DASTURIY TA’MINOTI."
Innovatsion texnologiyalar
50.02
(2023): 73-77.
4.
Шилов C.H. Реализация инфраструктуры распределенной хеш-таблицы в рамках
кластерной системы DNS / С.Н. Шилов, С.Д. Кургалин, А.А. Крыловецкий // Вестник ВГУ.
Серия: Системный анализ и информационные технологии. - № 2. — Воронеж: изд-во
Воронежского гос. ун-та, 2012.-С. 74-79.
5.
Erkinovich,
B.
B.
(2024).
OBYEKT
MUVOZANATINI
ROSTLASHDA
AVTOMATLASHTIRISH ALGORITMI VA DASTURIY VOSITA YARATISHNING AVTOMATIK
BOSHQARISH FUNKSIYALARI.
Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer
Sciences
,
4
(1), 54-60.
6.
Керниган Б. Язык программирования Си / Б. Керниган, Д. Ритчи // - 2-е изд. - М.:
Вильяме, 2007. - 304 с.
7.
Кнут Д. Искусство программирования. Сортировка и поиск / Д. Кнут. -Т. 3. - 2-е изд.
- М.: Вильяме, 2007. - 824 с.
