TASHQI XOTIRA QURILMALARI. AXBOROTLARNI KIRITISH - CHIQARISH QURILMALARI

Annotasiya

Ushbu maqola " Tashqi xotira qurilmalari. Axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari". Tashqi xotira qurilmalariga nimalar kiradi, hozirgi kunda ularning qanday qanday turlari mavjud va axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari haqida batafsil yoritilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
126-135
34

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mamadaliyeva , M. ., & To’rayeva, C. . (2024). TASHQI XOTIRA QURILMALARI. AXBOROTLARNI KIRITISH - CHIQARISH QURILMALARI. Наука и технология в современном мире, 3(13), 126–135. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/62967
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola " Tashqi xotira qurilmalari. Axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari". Tashqi xotira qurilmalariga nimalar kiradi, hozirgi kunda ularning qanday qanday turlari mavjud va axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari haqida batafsil yoritilgan.


background image

`

126

TASHQI XOTIRA QURILMALARI. AXBOROTLARNI KIRITISH - CHIQARISH

QURILMALARI

Mamadaliyeva Mashxura Salim qizi

To'rayeva Charos Jumanazar qizi

Shahrsabz Davlat Pedagogika inistituti Pedagogika fakulteti

Matematia Informatika yo'nalishi 2-bosqich talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14499789

Annotatsiya:

Ushbu maqola " Tashqi xotira qurilmalari. Axborotlarni kiritish - chiqarish

qurilmalari". Tashqi xotira qurilmalariga nimalar kiradi, hozirgi kunda ularning qanday
qanday turlari mavjud va axborotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari haqida batafsil
yoritilgan.

Аннотация:

Данная статья "Устройство внешней памяти. Очистка данных -

устройство очистки". Что входит в состав накопителей, какая информация доступна
сейчас и как их чистить – рассказывается об очистке устройств.

Abstract

: "Flash memory device. Information cleaning - cleaning device". What is flash

memory device, what information is currently available and about their cleaning - cleaning
devices.

Kalit so'zlar:

Xotira, axborot, monitor, printer, proyektor, klaviatura, sichqoncha,

skaner, mikrofon, joystick , SSD, HDD, CPU.

Ключевые слова:

память, винчестер, информация, монитор, принтер, проектор,

клавиатура, мышь, сканер, микрофон, джойстик, SSD, HDD, процессор.

Keywords:

Memory, hard drive, information, monitor, printer, projector, keyboard,

mouse, scanner, microphone, , joystick, SSD, HDD, CPU.


Hozirgi kun ya'ni XXI asr texnika texnologiya asri deya ta'riflanadi. Kundan kunga biz

insonlarni turli ehtiyojlari uchun har xil texnologiyalar biz insonlarni tomonidan yartilyapdi.
Ularning qaysilaridir yaxshi narsalar uchun qaysilaridir yomonroq yo'llar uchun. Hozirgi biz
yozagotgan maqolamizda "Tashqi xotira qurilmalari. Axborotlarni kiritish - chiqarish
qurilmalari" haqida kengroq ma'lumotlar kiritishga harakat qildik. Yuqorida aytib
o'tganimizdek texnologiyalarning har xil turlari mavjud. Bundan 10 yillar oldin biz xotira
qurilmalaridan faqatgina biz oddiy DVD disklarni va video kartalarni bilganmiz, ya'ni tashqi
xotira qurilmalarini hozirgi kundagidek keng tarqalgan turlari haqida bilmaganmiz,
eshitmaganmiz, ishlatmaganmiz. Axborotni kiritish chiqarish qurilmalarni ham kamdan kam
turlari mavjud bo'lgan. Hozir biz yozagotgan maqoladagi biz uchun yangi va noodatiy bo'lgan
texnologiyalar, yana, bizdan 10 yildan keyin shunday mavzuga qo'l urib maqola yozgan
yoshlar uchun oldingi eski bir buyumdek bo'lib qolishi mumkun.Bu bilan biz nima
demoqchimiz har bir bu texnologiya va raqamli iqtisodiyot sohasiga qiziquvchi yosh bunday
maqola va internetdagi texnologiyaga oid yangilikarga qiziqib turishi zarur.

1.

Tashqi xotira qurilmalari

Bu ma'lumotlarni uzoq muddatli saqlash va ko'chirish uchun ishlatiladigan qurilmalari.

Ular kompyuterning asosiy xotirasidan (RAM) tashqarida joylashadi va ulardan
foydalanuvchilar istalgan vaqatda foydalanishi mumkin.

Turlari:


background image

`

127

Qattiq disklar (HDD) -

katta hajmli ma'lumotlar saqlash uchun ishlatiladi.

Qattiq disk (ing. HDD – Hard Disk Drive) –

yuqori tezlikda aylanuvchi magnit disk

yoki plastinalardan tashkil topgan saqlash qurilmasi. Asosiy vazifasi ma’lumotlarni qattiq
diskka yozish, o‘qishni boshqarish orqali ma’lumotlarni doimiy saqlashdan iborat. Qurilma
SATA slotiga tizimli platadagi maxsus shleyflar orqali ulanadi.

Portativ qattiq disk [ing. External (Portable) Hard Drive] –

kompyuter korpusidan

tashqarida axborotni saqlash qurilmasi. Uni USB ulagichlar orqali turli xil kompyuterlarga
ulash va katta hajmdagi axborotlarni saqlash mumkin.

Xotira kartasi (ing. Memory Card) –

mitti elektron saqlash qurilmasi. O‘lchamlari

kichik bo‘lgani uchun, xotira kartalari ko‘pincha smartfon, planshet, kamera kabi ko‘chma
qurilmalarda qo‘shimcha axborotni saqlash vositasi sifatida ishlatiladi. Xotira kartalarining
SD, MicroSD, Memory Stick, xD, Nano Memory Card va boshqa turlari mavjud.

Qattiq holat disklar(SSD) -

tezkor va ishonchli saqlash qurilmalari

Mustahkam disk (ing. SSD – Solid-State Drive) –

ma’lumotlarni saqlash uchun maxsus

registrlardan foydalaniladigan qurilma. HDDga qaraganda kam quvvat sarflagani uchun,
ko‘proq mobil qurilmalarga mos keladi.

Magnit xotira

kompyuterning tashqi xotira turlaridan biri KOMPAKT(Lazer) disklarni.

Disklar ham o'z navbatida ikki turga ajratiladi: 1.DVD disk; 2.CD disklardir.


background image

`

128

Tashqi xotira

USB flesh xotiralari orqali kerakli va kompyuterga ortiqcha bo'lgan

ma'lumotlar saqlanadi. USB flesh xotiralari ham 2, 4, 8, 16, 32 gegabitgacha bo'ladi.

USB flash xotira (ing. Flash drives) –

ma’lumotlarni SSD usuliga o‘xshash usulda

saqlovchi o‘ta kichik, ko‘chma saqlash qurilmasi. Ushbu axborotni saqlash qurilmasi USB porti
orqali ulanadi va qurilmalar orasida axborotlarni tezkor almashishini ta’minlaydi.

Optik disklar (CD/DVD/Blu-ray) -

video, audio va boshaqa fayllarni saqlash.

Disk ma'lumotni optik tarzda saqlaydi, ya'ni axborotni elektromagnit to'lqinlar

yordamida yozadi.

CD disk (ing. Compact Disc – kompakt disk)

portativ xotira bo‘lib, uni maxsus CD disk

yurituvchi yordamida o‘qish mumkin. Disk ma’lumotni optik tarzda saqlaydi, ya’ni axborotni
elektromagnit to‘lqinlar yordamida yozadi.

DVD disk(ing. Digital Versatile disk

- raqamli universal disk) - tomon va qatlamlar

soniga qarab nomlanadi. Disk nomidagi 5, 9, 10, 14, 18 sonlar diskda qancha GB ma'lumot
saqlanishini ko'rsatadi. DVDga ma'lumot sektorlar bo'ylab yoziladi, bunday bitta sektorga
2048 bayt ma'lumot yoziladi.

HD DVD disk (ing.High Definition Digital Versatile Disc - yuqori aniqlikdagi

raqamli universal disk)

o'zida DVD disklarga qaraganda 5marta ko'p axborotlarni saqlaydi.

HD DVD diskdagi axborot bir qatlami diskda 15 GB ni, ikki qatlami diskda esa 30 GB ni tashkil
qiladi.

Blu-ray disk(ing. Blu-Ray Disc(BD)

- havorang nurli disk) optik ma'lumot tashuvchi

bo'lib, raqamli axborotlarni hamda yuqori aniqlikdagi videmateriallarni katta zichlikda yozish
imkoni beradi. BDdagi axborotlarni o'qishda qisqa to'lqinli Lazer (405nm)dan foydalaniladi.

Kompyuterning qattiq disk qurilmasi hajmi haqida ma'lumot olish uchun

"Мой

компьютер"

ilovasi ishga tushiriladi.

Tashqi SSD va HDD - ko'chma va katta hajmli Xotira sifatida ishlatiladi
Bulutli Xotira xizmatlari

- internet orqali ma'lumotlarni saqlash va ulardan

foydalanish (masalan, Google Drive, OneDrive).


background image

`

129

Bugungi kunda kompyuter yoki Mobil qurilmalari haqida so'z yuritilganda , eng avvalo,

ularning Xotira hajmi, ulangan qurilmalari imkoniyatlari haqida ma'lumot olinadi.

Kompyuterga axborotlarni saqlashning uch turi mavjud:
1) birlamchi saqlash - Xotira komponenti;
2) ikkilamchi saqlash - axborotni saqlash qurilmalari;
3) oflayn saqlash - tashqi saqlash qurilmalari;
Kompyuterda bajaradigan vazifalariga ko'ra: doimiy Xotira, tezkor Xotira, kesh Xotira

kabi xotira turlari mavjud. Xotira hajmli axborot o'lchov birliklari yordamida o'lchanadi.

Axborot o'lchov birliklari:
1 Bit = Binary Digit (eng kichik)
8 Bit = 1 Bayt
1024 Bayt = 1 KB (kilo bayt)
1024 KB = 1 MB (mega bayt)
1024 MB = 1 GB (giga bayt)
1024 GB = 1 TB (terra bayt)
1024 TB = 1 PB (peta bayt)
1024 PB = 1 EB (ekza bayt)
1024 EB = 1 ZB (zetta bayt)
1024 ZB = 1 YB (yotta bayt)
1024 YB = 1 Bronto Bayt
1024 Bronto Bayt = 1 Geop Bayt
Geop Bayt - eng yuqori xotiradir.

Doimiy axborot qurilmasi -

Kompyuter ishga tushishi bilan dastlab Ushbu xotiradagi

axborotlarni yuklanadi. Bu xotirada BIOS - kiritish - chiqarishning asosiy tizimi haqidagi
axborot saqlanadi.

Tezkor Xotira qurilmasi

- kompyuter ish jarayonida axborotlarni protsessorga

berishga va protsessordan olingan axborotlarni vaqtincha saqalashga mo'ljallangan qurilma.
Tezkor Xotira qurilmasi tizimi platadagi maxsus slotga o'rnatiladi. Kompyuter ishi tugaganda ,
tezkor xotiradan axborotlarni o'chib ketadi.

Kesh Xotira

- bu murojaat etish ehtimoli ko'p bo'lgan axborotni vaqtincha saqlash

uchun foydalaniladigan Xotira qurilmasi. Kesh Xotira odatda protsessor, axborotni saqlash
qurilmasi yoki veb-serverlarda qo'llaniladi.

2.

Axborotlarni chiqarish qurilmalari


background image

`

130

Bu qurilmalari kompyuterning ishlash natijalarini foydalanuvchiga yetkazib beradi.

Turlari:
Monitor -

. Monitor (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini

anglatadi) kompyuterdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirish
qurilmasi bo‘lib, uning bir necha turlari mavjud:

1)Elektron nurli trubkali;

Bu turdagi monitor elektr nurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi,

elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang(qizil,
yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni chiqaradi.

Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika

bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi:

— katta hajmdaligi;
— og‘irligi;
— elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
— elektr ta’minotni katta sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata

oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari elektron nurli tubkali
monitoridan voz kechishganligi yo‘q.

2)Plazmali panellar Suyuq kristalli JK (LCD);

Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya

kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila
boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu xildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib,
monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil(har xil rangda desa bo‘ladi) namoyon
bo‘ladi.

Hozirgi kunda bu turdagi monitor IT bozorini egallab olgan, bunga sabab:
— hajmi kichik;
— yengil;
— elektro-magnit nurlanishlar kam;
— elektr toki kam sarflaydi.

3)Plazmali monitorlar(PDP — gas-plazma display panel).

Bu tur monitorning asosi

gaz bilan to‘ldirilgan oynali paneldir.

Printer -

Ma'lumotlarni qog'ozga chiqaruvchi qurilma

. Turlari: Lazer printer -

tez

ishlaydi, matn uchun mos.

Rangli printer -

Suratlar uchun mos. 3D printer - Fizika

obyektlarni yaratadi.


background image

`

131

Dinamik va naushniklar -

ovozli ma'lumotlarni chiqaradi.

Turlari:

simli va

simsiz(Bluetooth).

3. Axborotni kiritish qurilmalari -

bu qurilmalar foydalanuvchi tomonidan

ma'lumotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Kiritish qurilmalari kompyuterga turli
turdagi ma'lumotlarni yuboradi. Ushbu ma'lumotlarni kiritish foydalanuvchining o‘zaro
aloqasi orqali amalga oshiriladi.

Turlari:
Klaviatura –

matnli ma'lumotlarni kiritish. Klaviatura (tugmachalar qurilmasi) bosma

mashinkadagi kabi tugmachalardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni kiritish qurilmasi
hisoblanadi.

Asosiy qurilmalardan tashqari, kompyuter boshqara oladigan qurilmalar ham mavjud.

Ular kompyuterning yordamchi yoki qo‘shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuter
qo‘shimcha qurilmalarsiz ham ishlay oladi, ammo bu qurilmalarsiz ma’lumotlarni chop etish,
nusxalash yoki uzatishni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Kompyuterga quyidagi qo‘shimcha qurilmalarni ulash mumkin:

• kompyuter sichqonchasi – kompyuterni boshqarish qurilmasi;

• printer – ma’lumotlarni chop etish qurilmasi;

• disk yuritgich – CD (Compakt Disk) va DVD (Digital Video

Disk)larni o‘quvchi qurilma;

• skaner – qog‘ozdagi tasvir va matnlarni kompyuter xotirasiga

kirituvchi qurilma;

• tovush kolonkalari – ovozli ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi.

Klaviatura -

Harflar, raqamlar va buyruqlarni kiritish uchun asosiy qurilma.

Turlari:

Oddiy (QWERTY), ergonomik, mexanik.

Sichqoncha (mouse) –

kursorni boshqarish va buyruqlarni bajarish.


background image

`

132

Turlari:

Optik, simsiz, lazer.

Skaner –

qog‘ozdagi hujjatlarni raqamli shaklga o‘tkazish.

Sensor ekranlar (Touch Screen): Smartfonlar va planshetlarda ishlatiladi. Ko‘rsatkich

yoki qo‘l yordamida boshqariladi.

Mikrofon –

ovozli ma'lumotlarni kiritish

.

Ovozni kompyuterga kiritish. Masalan, ovozli

buyruqlar, audio yozuvlar.

Kamera (vеb-kamera) –

video va suratlarni kiritish. Veb-kameralar video qo'ng'iroqlar

uchun ishlatiladi.


Joystick va o‘yin pultlari –

o‘yinlarni boshqarish uchun ishlatiladi.


background image

`

133


Tashqi xotira qurilmalari va axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari zamonaviy

axborot texnologiyalari infratuzilmasining ajralmas qismidir. Ularning har biri axborot bilan
ishlashda alohida ahamiyatga ega.

Tashqi xotira qurilmalari:

Tashqi xotira qurilmalari ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash va zaxiralash uchun

muhim. Bulutli texnologiyalarning rivojlanishi esa ma'lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga
istalgan joydan kirishni ta'minlamoqda. Tashqi xotira qurilmalari hajmi, tezligi va ishonchliligi
bo‘yicha rivojlanib, katta hajmdagi axborotni oson boshqarishga imkon beradi. Ular
foydalanuvchilar uchun qulay va ko‘chma xususiyatlarga ega bo‘lib, ma’lumot almashish
jarayonini soddalashtiradi.

Axborotlarni kiritish qurilmalari:

Kiritish qurilmalari foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasida o‘zaro aloqani ta'minlaydi.

Ular inson fikri, ovozi yoki harakatini raqamli ko‘rinishga aylantirish imkonini beradi.
Masalan, klaviatura va sichqoncha kabi an'anaviy qurilmalardan tashqari, sensor ekranlar,
ovozli kiritish texnologiyalari va VR qurilmalari yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu esa
ishlashni qulayroq va intuitiv qiladi.

Axborotlarni chiqarish qurilmalari:

Chiqish qurilmalari axborotni vizual, ovozli yoki fizik shaklda aks ettiradi. Zamonaviy

monitorlar yuqori aniqlikni, printerlar esa tezlik va sifatni ta’minlaydi. Ovozni chiqaruvchi
qurilmalar esa multimedia ilovalari va o‘yin sohasida muhim ahamiyatga ega.

Tashqi xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari o‘rtasidagi integratsiya:

Zamonaviy texnologiyalar ushbu qurilmalarning o‘zaro integratsiyasini yaxshilab,

foydalanuvchilarga yanada soddalashtirilgan interfeyslar va kengaytirilgan imkoniyatlar
yaratmoqda. Masalan, ma'lumotlarni tezkor almashish uchun tashqi xotira qurilmalari mobil
qurilmalarga osongina ulanishi yoki ovozli buyruqlar yordamida printerdan foydalanish
imkoniyati kengaymoqda.

Hozirda biz jadal rivojlanayotgan texnika asrida yashayotgan ekanmiz axborotning turli

xil qurilmaraidan yaxshi maqsadlarda foydalanaylik.Har bir narsani oʻz meyyori yaxshi
boʻlganidek bunday kompyuter va barcha texnologiya qurilmalaridan meʼyor boʻlgan holda
foydalanaylik. Albatta bu qurilmalar biz oʻquvchi va talablar uchun balki butun insoniyatni
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilmoqda. Yuqorida keltirilgan kompyuter va mobil
qurilmalarning xotira turlari, kiritish va chiqarish qurilmalari haqida o’zimiz bilgan
ma’lumotlarni aytib o’tdik. Bu qurilmalarning barchasi biz insonlarning bajarayotgan
ishimizni tez va oson qilish uchun, vaqtimizni tejash uchun va yaxshi maqsadlar uchun


background image

`

134

aratilgan. Bu yerga berilgan qo’shimcha qurilmalarsiz ham kompyuter va mobil
qurilmalarimiz ishlaydi ammo bizdan ko’p vaqt talab qiladi.

References:

1.

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO ‘LLASH."

PEDAGOGS

50.2 (2024): 51-55.

4.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

5.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL

IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."

Models and methods in modern science

3.5 (2024): 44-49.

6.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA

TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."

Science and innovation in the education system

3.5 (2024): 50-60.

7.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
10.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022): 56-59.

11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF

MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."

Berlin Studies Transnational

Journal of Science and Humanities

2.1.1 Economical sciences (2022).

12.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

13.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА

ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic

papers collection (2019).


background image

`

135

15.

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX

STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ

мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).
17.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT

HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in
management and economy 3.4 (2024): 45-57.

Bibliografik manbalar

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024): 234-238.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022): 56-59.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.1 Economical sciences (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in management and economy 3.4 (2024): 45-57.