JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAVOBGARLIKKA TORTISH MUDDATINING O'TIB KETGANLIGI SABABLI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING AYRIM O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ayrim o‘ziga xos hususiyatlari, uning mazmun va mohiyati, amalga oshirish shakllari ilmiy tahlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
88-93
6

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jabborov , Z. ., & Umarxonov , J. . (2025). JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAVOBGARLIKKA TORTISH MUDDATINING O’TIB KETGANLIGI SABABLI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING AYRIM O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. Science and Technology in the Modern World, 4(15), 88–93. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/106203
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ayrim o‘ziga xos hususiyatlari, uning mazmun va mohiyati, amalga oshirish shakllari ilmiy tahlil qilingan.


background image

`

88

JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAVOBGARLIKKA TORTISH MUDDATINING

O'TIB KETGANLIGI SABABLI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING

AYRIM O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Jabborov Zokirjon Qodirjanovich

O

‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi professor

vazifasini bajaruvchi yuridik fanlari bo’yicha falsafa diktori (PhD) dotsent

Umarxonov Jahongirxon Sobirxon o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15628559

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida javobgarlikka tortish

muddatining o'tib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ayrim o‘ziga xos
hususiyatlari, uning mazmun va mohiyati, amalga oshirish shakllari ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

Jinoyat, jinoiy javobgarlik, mexanizm, muddat, amnistiya, avf, jinoyat tarkibi, huquqiy

mezon, aqliy mezon.

Аннотация

В статье научно анализируются некоторые особенности освобождения от

уголовной ответственности в связи с истечением срока давности в уголовном
законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, формы
реализации.

Ключевые слова

Преступление,

уголовная

ответственность,

механизм,

срок,

амнистия,

помилование, состав преступления, правовой критерий, психический критерий.


Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini hisoblash ishtirokchilar o'rtasida rollar

taqsimlanganda qiyinchilik tug'diradi. Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko'ra,
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi,
yordamchilar ishtirok etadi. Bajaruvchi jinoyatning obyektiv tomonini bajargan vaqtidan
boshlab javobgar hisoblanadi

1

.

Tashkilotchi jinoyat qonuniga ko'ra, ekssess bajaruvchini istisno etganda ishtirokchilar

tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlar uchun javobgar bo'ladi. Tashkilotchining harakati bir
qancha bosqichdan iborat bo'lishi mumkin. Agar tashkilotchi faqat jinoiy guruhni tashkil etish
bilan cheklangan bo'lsa, jinoiy maqsadga qaratilgan so'nggi harakati bajarilgunga qadar jinoiy
javobgarlikka torish muddati o'tmagan hisoblanadi

2

. Dalolatchini jinoyat ishtirokchisi sifatida

jinoiy javobgarlikka tortish bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi.
Dalolatchini jinoiy javobgarlikka tortish muddati, u tomonidan dalolatchilik harakati amalga

1

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va

amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.

2

. B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va

amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.


background image

`

89

oshirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Dalolatchining harakati mustaqil xususiyatga ega.
Uning jinoiy harakati shaxsni jinoyat sodir etishga og'dirgan vaqtidan boshlab tamom bo'lgan
hisoblanadi. Dalolatchiga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish muddatining qo'llanishi
bajaruvchi tomonidan jinoyat sodir etilgan vaqtga bog'liq emas. Shuning uchun dalolatchiga
nisbatan javobgarlikka tortish muddati, u dalolat qilayotgan shaxsni jinoyat sodir etishga jalb
qilgan kundan boshlab hisoblanadi. Bu dalolatchi tomonidan qilingan harakatlar shaxsni
jinoyat sodir etishga og'dirmagan holda tatbiq etilmaydi. Bunday harakat ishtirokchilikda
dalolatchilik bo'lmasdan, balki jinoyatga tayyorgarlik hisoblanadi. Bunda jinoiy javobgarlikka
tortish muddati oxirgi jinoiy harakat sodir etilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi

3

.

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda yordamchi ham o'z o'rniga ega bo'lib, uning

jismoniy yordamchilik qilganida (jinoyat sodir etish uchun qurol yetkazib berish) javobgarlikka
tortish muddati oxirgi harakat sodir etilgan vaqtdan hisoblanadi. Intellektual yordamchilik ko'p
marotaba maslahatlar, ko'rsat-malar berish, bajaruvchi bilan muloqot qilish kabilardan iborat
bo'lib, uning har bir harakati jinoyatni sodir etishda umumiy bog'liqlikni tashkil etadi. Shuning
uchun bu jinoiy harakat tugagungacha yordamchilik tamom bo'lgan hisoblanmaydi.
Javobgarlikka tortish muddati oxirgi yordamchilik harakati amalga oshirilgan (maslahat,
ko'rgazma berish) vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Shunday qilib, ishtirokchilikda
sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikka tortish muddatini hisoblash turli usullarda amalga
oshiriladi. Ishtirokchilarning bajaruvchi bilan aloqadorligi, ular alohida, ko'p hollarda turli
vaqtlarda sodir etiladi. Ularning ijtimoiy xavfliligi, har bir holatga qarab, alohida belgilanadi.
Ayni shu asos ishtirokchilardan har birining harakati uchun bajaruvchidan alohida
javobgarlikka tortish muddatini hisoblash imkonini beradi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir
etishda ulardan har birining jinoyat sodir etishdagi roliga qarab alohida-alohida belgilanadi.

Jinoiy javobgarlikka tortish muddatini belgilashda asosiy e'tibor davomli va uzoqqa

cho'zilgan jinoyatlarga nisbatan muddatni hisoblashga qaratilishi lozim

4

. Uzoqqa cho'zilgan

jinoyatni kvalifikatsiya qilishda aynan jinoyatning boshlanish vaqtini jinoiy harakat sodir
etilish vaqtidan, jinoyatning tamom bo'lish vaqti esa, aybdorning o'zini jinoyatni tugatishga
yoki qaratilgan yoki qilmishning tamom bo'lishiga sabab bo'luvchi holatlarning yuz berishini
e'tiborga olish lozim. Ushbu jinoyatning tamom bo'lish vaqtini belgilaydi

5

. Jinoyat tamom

bo'lgan vaqtdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish muddati o'ta boshlaydi.

Jinoiy javobgarlikka tortish muddati uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarda qilmish aybdorning

o'ziga bog'liq bo'lgan holatlarga aybdorning o'zi yoki o'ziga bog'liq bo'lmagan boshqa
holatlarga ko'ra tamom bo'lish vaqtidan hisoblanadi.

3

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat

jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni.
01.10.2022 yil B. 105-109.

4

Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash

xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasi.

5

A.T.Ashirboev. Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik faoliyat: istiqbollar va

innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.


background image

`

90

Uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka tortish muddati jinoyatning faktik

jihatdan tugaganligini belgilovchi holat (aybdorning aybini bo'yniga olishi yoki uning
usManishi)ning yuzaga kelishi bilan boshlanadi. Davomli jinoyatlarda jinoiy javobgarlikka
tortish muddati aybdorning yagona qasdi asosida sodir etilgan oxirgi jinoiy harakatning tugashi
bilan o'tishni boshlaydi. Bir qancha jinoyatlarda ham jinoiy javobgarlikka tortish muddati o'ziga
xos xususiyatga ega. Jinoyatlaming real jamida Jinoyat kodeksining 64-moddasidan kelib
chiqib, shaxs alohida harakatlar orqali turli jinoyatlar sodir etganida, jinoiy javobgarlikka
tortish muddati uning har bir jinoiy qilmishi uchun alohida-alohida hisoblanadi. Bu o'rinda
Jinoyat kodeksining 64-moddasi, 4-qis-midagi yangi qasddan jinoyat sodir etilishi oldingi sodir
etilgan og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddatini o'tishini
to'xtatadi. Bu o'rinda muddatning o'tishi yangi jinoyat sodir etilgan vaqtdan boshlab
hisoblanadi. Jinoyatlaming ideal jamida bir harakat orqali shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat
sodir etsa, muddatning o'tishi har biri uchun alohida-alohida hisoblanadi. Takroriy jinoyat
sodir etilganda muddatni hisoblashda har bir sodir etilgan qilmishdan kelib chiqish lozim.
Takroriy jinoyat sodir etish birinchi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddati o'tib
ketmagan bo'lsa ahamiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun takroran jinoyat sodir etilganida
muddatning o'tishi ularning har biri uchun alohida-alohida hisoblanadi. Agar shaxs jismoniy
yoki ruhiy kasalligi tufayli javobgarlikdan ozod qilingan va tuzalgan bo'lsa, muddatning o'tishi
jinoyat sodir etilishi bilan emas, balki shaxs tuzalgan vaqtdan boshlab hisoblanadi

6

.

"Ishtrikchilikda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi
sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni takomillashtirish" masalasi, jinoyat huquqi sohasida
ahamiyatli va murakkab masalalardan biridir. Bunday holatlarda, jinoiy javobgarlikka tortish
muddati (preskriptsiya muddati) o‘tgandan so‘ng, jinoyatchilarni jazolashdan ozod qilish
masalasi o‘rganilmoqda. Bu masalani takomillashtirish uchun quyidagi asosiy jihatlarni ko‘rib
chiqish mumkin:

Ishtirokchilik (yani, jinoyatga biror tarzda yordam berish, uni qo‘llab-quvvatlash, yoki

faol ishtirok etish) jinoyatni sodir etishda alohida o‘rin tutadi. Agar biror shaxs jinoyatni sodir
etishda ishtirok etgan bo‘lsa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak. Ishtrikchilikda sodir etilgan
jinoyatlar uchun preskriptsiya muddati, ba'zi hollarda, faqat jinoyatni amalga oshirgan asosiy
shaxs uchun belgilangan muddatga qaraganda uzaytirilishi mumkin. Masalan, ifodalangan
yordam yoki turtki shaxsning javobgarligini kuchaytirishi mumkin.

Jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketishi, umumiy huquqiy tizimda ko‘plab

holatlarda jinoyatchilarning jazodan qochishi imkoniyatini yaratadi. Bu holatda, jinoyatlarning
jiddiyligi, jamiyatga ta'siri, jabrlanuvchining holati va boshqa omillar hisobga olinishi kerak

7

.

Ba'zi hollarda, preskriptsiya muddati jinoyatning jiddiyligiga qarab uzaytirilishi yoki
to‘xtatilishi mumkin. Masalan, xalqaro jinoyatlar (genotsid, urush jinoyatlari va boshqalar) yoki
jiddiy iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha preskriptsiya muddati mavjud emas, yoki ular juda uzoq
bo‘ladi.

6

A.Y.Abdullaev. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilishning taktik jihatlari. Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx.

2022 g.

7

A.Y.Abdullaev. Guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi jinoyatlarini sodir etish izlarining

yuzaga kelish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari. Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. 2023 yil.


background image

`

91

Jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgach, javobgarlikdan ozod qilishni nazorat qilish
Jinoyatchilarni javobgarlikka tortish muddati o‘tganidan so‘ng, jinoiy javobgarlikdan ozod

qilishni nazorat qilish muhimdir. Biroq, ba'zi holatlarda, bunday ozod qilish jarayoni faqat
jinoiy harakatning o‘ziga bog‘liq bo‘lishi emas, balki jinoyatning jamiyatga yetkazgan zarariga
qarab ham ko‘rib chiqilishi lozim. Agar jinoyatchi jinoiy harakatni yopish uchun ko‘p vaqt
o‘tgach ham yashirishni davom ettirsa, bu holatda preskriptsiya muddatining to‘xtatilishi yoki
uzaytirilishi mumkin.

Tergov jarayonida yangi dalillar topilsa, preskriptsiya muddati to‘xtatilishi yoki yangi

dalillar asosida jinoyatchini javobgarlikka tortish imkoniyatlari yaratish mumkin. Bunda,
tergovning davomiyligi va dalillarning topilishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilishdan ko‘ra
muhimroqdir. Shuningdek, ba'zi hollarda jinoyatning davomiy ta'siri (masalan, aybdor
shaxsning jinoyatini yashirishda davom etishi) preskriptsiya muddati o‘tgan bo‘lsa ham,
jinoyatchini jazolash imkoniyatlarini saqlab qolishi mumkin

8

.

Jinoyatchining jamiyatga qaytishi va reabilitatsiya jarayoni
Jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod qilishning maqsadi, faqatgina jinoyatchilarning

jazodan qochishiga yo‘l qo‘yish emas, balki jamiyatga qaytish uchun reabilitatsiya jarayonlarini
ta'minlashdir.Agar preskriptsiya muddati o‘tgan bo‘lsa ham, jinoyatchi jamiyatda o‘z xatolarini
to‘g‘rilashga va jamoat xizmatlariga jalb etilsa, bu shaxsning qayta tuzilishi va jamiyatga foyda
keltirishi mumkin

9

.

Agar jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgach, jinoyatchiga jazoni o‘tash imkoniyati

qolmasa, alternative jazolarni (masalan, jamoat ishlari, psixologik reabilitatsiya, moliyaviy
jarimalar) qo‘llash mumkin

10

. Bunday jazolar jinoyatchini jamiyatdan ajratmasdan, unga

foydali bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa: Ishtrikchilikda sodir etilgan
jinoyatlarda javobgarlikka tortish muddatining o‘tgach ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan
ozod qilishni takomillashtirish uchun preskriptsiya muddati, jinoyatning jiddiyligi va jamiyatga
etkazilgan zarar hisobga olinishi zarur. Jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod qilishning
o‘rnatilishi uchun jinoyatchining faoliyatiga, jinoyatning turlari va mavjud dalillarga asoslangan
kompleks yondashuv zarur. Bu jarayonda adolatni tiklash va jamiyatni himoya qilish
maqsadlari muhim ahamiyatga ega

11

.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

8

Sh.S.Agoyev., Tashev U. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi huquqiy

asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. – №. 6. – S. 48-56.

9

. Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan

iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali
10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.

10

N.A. Xushvaktova. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi // Jamiyat va innovatsiyalar

№6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.

11

Sh.S.Agoyev., Asatullaev D. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos

xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3.
– №. 7. – S. 31-35.


background image

`

92

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].
3.

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.

4.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.

5.

B.B.Murodov.

Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy

yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning
zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti
2009. B. 66-69.
6.

B.B.Murodov.

Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik

faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010.
B. 171-175.
7.

B.B.Murodov.

Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari //

Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
8.

B.B.Murodov.

“Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston

Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24
9.

Sh.Sh.Suyunov.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari.
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.

10.

Sh.Sh.Suyunov.

Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari.

“Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 9.06.2023 yil
11.

Sh.Sh.Suyunov.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat

sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
12.

Sh.Sh.Suyunov.

Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop

moddalarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi
// Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
13.

A.T.Ashirboyev.

Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini

to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-
320 b.
14.

A.T.Ashirboyev.

Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik

faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T.,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
15.

A.T.Ashirboyev.

Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda

dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.
16.

A.T.Ashirboyev

. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va

o‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v
sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S.
37-42.


background image

`

93

17.

N.Q.Usmanaliyev.

“Oqilona muddat” tamoiyilini joriy etish nazariy va amaliy jihatlari

//Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2025. – T. 4. – №. 3. – S. 44-50.
18.

N.Q.Usmanaliyev.

Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq

ayrim mulohazalar //Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T.
4. – №. 6. – S. 40-47.
19.

N.Q.Usmanaliyev.

Protsessual muddatlarning hisoblashda qo‘llaniluvchi me’zonlarning

ayrim jihatlari //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – T. 1. –
№. 3. – S. 25-30.
20.

N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J

. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan

kechirish tergov harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.
21.

Sh.S.Agoyev., Shakirova S

. Qiynash jinoyatini tergov qilish: nazariya va amaliyot //Razvitie

i innovatsii v nauke. –2024. – T. 3. – №. 6. – S. 75-81.
22.

Sh.S.Agoyev., Abduxamidov A

. Guvoxlantirish tergov xarakatini o‘tkazishning axamiyati

//Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 7. – S. 49-51.
23.

Sh.S.Agoyev., Asatullaev D

. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov

qilishning o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie
i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 31-35.
24.

Sh.S.Agoyev., Tashev U

. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-

protsessual qonunchiligidagi huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. –
№. 6. – S. 48-56.
25.

N.A. Xushvaktova

. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi

// Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.

26.

N.A. Xushvaktova

. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni

himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024)
ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.

B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari // Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.

B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.

Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil

Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.

A.T.Ashirboyev. Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-320 b.

A.T.Ashirboyev. Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.

A.T.Ashirboyev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.

A.T.Ashirboyev. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va o‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S. 37-42.

N.Q.Usmanaliyev. “Oqilona muddat” tamoiyilini joriy etish nazariy va amaliy jihatlari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2025. – T. 4. – №. 3. – S. 44-50.

N.Q.Usmanaliyev. Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq ayrim mulohazalar //Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T. 4. – №. 6. – S. 40-47.

N.Q.Usmanaliyev. Protsessual muddatlarning hisoblashda qo‘llaniluvchi me’zonlarning ayrim jihatlari //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – T. 1. – №. 3. – S. 25-30.

N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.

Sh.S.Agoyev., Shakirova S. Qiynash jinoyatini tergov qilish: nazariya va amaliyot //Razvitie i innovatsii v nauke. –2024. – T. 3. – №. 6. – S. 75-81.

Sh.S.Agoyev., Abduxamidov A. Guvoxlantirish tergov xarakatini o‘tkazishning axamiyati //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 49-51.

Sh.S.Agoyev., Asatullaev D. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 31-35.

Sh.S.Agoyev., Tashev U. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. – №. 6. – S. 48-56.

N.A. Xushvaktova. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi // Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.

N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.