IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTR – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI TA'MINLASHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimining mazmun-mohiyati, asosiy funksiyalari va uning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tizim orqali yordamga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ochiqligi va samaradorligi tahlil qilingan. Mazkur reyestr orqali ijtimoiy himoyaning yangi va raqamlashtirilgan bosqichga o‘tganligi asoslab berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
124-126
4

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nuralimova , G. . (2025). IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTR – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI TA’MINLASHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA. Science and Technology in the Modern World, 4(15), 124–126. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/106195
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimining mazmun-mohiyati, asosiy funksiyalari va uning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tizim orqali yordamga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ochiqligi va samaradorligi tahlil qilingan. Mazkur reyestr orqali ijtimoiy himoyaning yangi va raqamlashtirilgan bosqichga o‘tganligi asoslab berilgan.


background image

`

124

IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTR – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI

TA'MINLASHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA

Nuralimova Gulsinoy Baxtiyorovna

Farg‘ona davlat universiteti

Ijtimoiy ish mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15638563

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan “Ijtimoiy himoya

yagona reyestri” tizimining mazmun-mohiyati, asosiy funksiyalari va uning ijtimoiy adolatni
ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tizim orqali yordamga muhtoj aholiga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ochiqligi va samaradorligi tahlil qilingan. Mazkur reyestr
orqali ijtimoiy himoyaning yangi va raqamlashtirilgan bosqichga o‘tganligi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy himoya, yagona reyestr, ehtiyojmand aholi, raqamlashtirish, adolat,

davlat yordami

Аннотация:

В статье рассматривается суть и значение системы «Единый реестр

социальной защиты», внедрённой в Республике Узбекистан. Анализируются её
ключевые функции, эффективность в обеспечении социальной справедливости и
прозрачности оказания помощи нуждающимся слоям населения. Показано, как
цифровизация способствует модернизации системы социальной поддержки.

Ключевые слова:

социальная защита, единый реестр, нуждающееся население,

цифровизация, справедливость, государственная помощь.

Abstract:

This article explores the essence and importance of the "Unified Social

Protection Registry" system implemented in the Republic of Uzbekistan. It analyzes its key
functions and evaluates its role in ensuring social justice and the transparency of aid
distribution to vulnerable population groups. The study highlights how digitalization
contributes to the modernization of social support mechanisms.

Keywords:

social protection, unified registry, vulnerable population, digitalization,

justice, state support.

Har qanday davlatning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy adolat tamoyillarining qaror

topishi, avvalo, aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyasi bilan chambarchas bog‘liq. Shu jihatdan
olib qaraganda, aholining ehtiyojmand va ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini aniqlash,
ularga tizimli va shaffof yordam ko‘rsatish – zamonaviy boshqaruvning muhim vazifalaridan
biridir. O‘zbekiston Respublikasi bu borada tub islohotlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, oxirgi
yillarda joriy etilgan

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" (IHYR)

tizimi ijtimoiy yordam

ko‘rsatish mexanizmlarini raqamlashtirish, adolatli va samarali tartibga solish yo‘lida muhim
qadam bo‘ldi. Mazkur maqolada ushbu reyestrning maqsadi, funksiyalari, afzalliklari hamda
amaliy natijalari haqida fikr yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori, 10.11.2023 yildagi 596-son “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam
ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda
ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Qarori qabul qilindi.

1

Kambag’allikni kamaytirish va kam ta’minlangan

oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida kam

1

https://lex.uz/docs/-6663873


background image

`

125

ta’minlangan oilalarni aniqlashning yagona mezoni joriy etilib, eng kam iste’mol xarajatlari
qiymatini aniqlash metodologiyasi tasdiqlandi. Ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun kam
ta’minlangan oilalar darajasini aniqlash mezonlari soddalashtirildi. Buning natijasida “Yagona
reyestr” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi to‘liq yo‘lga
qo‘yildi.

Yagona reystrning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash.

Davlat yordamlariga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash.

Ijtimoiy yordam va subsidiya tizimining adolatli ishlashini ta'minlash.

Resurslarni maqsadli yo‘naltirish.

Shu bilan bir qatorda tizimning afzalliklari:

Raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasi tufayli inson omili va korrupsiya xavfi kamayadi.

Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar aniq manzilli bo‘ladi.
Tahliliy imkoniyatlar asosida siyosiy qarorlar qabul qilish osonlashadi
Ijtimoiy tenglikni ta’minlash va aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlashda

zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yondashuv zarurdir. Shu maqsadda joriy etilgan

Ijtimoiy reestr

tizimi – O‘zbekistonda aholining ijtimoiy holatini tartibga solish va yordam

ko‘rsatishni

optimallashtirishda

muhim

ahamiyat

kasb

etadi.

2024-yil

1

apreldan

boshlab

«Inson»

ijtimoiy

xizmatlar

markazlarining

ijtimoiy

xodimlariga

fuqarolarning bevosita roziligi bilan «

Ijtimoiy himoya yagona reestri

» axborot tizimi orqali

kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron
shaklda ariza berish huquqi berildi. . “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam
ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va
yordamlar

bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi.

davlat maktabgacha ta’lim

muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish;

maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash;

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish;

umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;

ayrim

fanlarni

o‘qitishga

ixtisoslashtirilgan

umumiy

o‘rta

maktablar

o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;

san’at maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa

maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish;

kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya

moslamalari bilan ta’minlash;

ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi)

tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.

2

Xulosa qilib aytganda,

Ijtimoiy himoya yagona reyestri

tizimi O‘zbekistonda ijtimoiy

adolatni qaror toptirish, yordamga muhtoj aholini aniqlash va ularga tezkor, shaffof yordam
ko‘rsatishning samarali vositasiga aylanmoqda. Bu tizim orqali ehtiyojmand oilalarni
aniqlashda inson omilidan mustaqillik, korrupsiya va tanish-bilishchilikka barham berish
imkoniyati yuzaga kelmoqda. Eng asosiysi, yordam haqiqatda muhtoj bo‘lganlarga yetib borishi

2

https://advice.uz/oz/document/2279


background image

`

126

ta'minlanmoqda. Kelgusida ushbu tizimni yanada takomillashtirish, aholini to‘liq qamrab olish
va uni boshqa ijtimoiy dasturlar bilan uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekistonda ijtimoiy himoya
tizimi yanada kuchayishiga ishonch bildirish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ–4797-sonli qarori

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri tizimini joriy etish to‘g‘risida".
2.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va "Ijtimoiy himoya milliy agentligi" rasmiy

axborotlari –

https://www.moliya.uz

3.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri: imkoniyatlar va istiqbollar" – O‘zbekiston Respublikasi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, 2022-yilgi tahliliy hisobot.
4.

Karimov, D. (2021).

Ijtimoiy yordam tizimlarining raqamlashtirilishi va ularning

samaradorligi

. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

5.

UNDP Uzbekistan. (2022).

Digitalizing Social Protection in Uzbekistan: Challenges and

Achievements

. BMT Taraqqiyot Dasturi hisobotlari.

6.

World Bank. (2021).

Uzbekistan Social Protection System Review

. Washington, D.C.: World

Bank Publications.
7.

https://advice.uz/oz/document/2279

8.

https://lex.uz/docs/-6663873

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ–4797-sonli qarori "Ijtimoiy himoya yagona reyestri tizimini joriy etish to‘g‘risida".

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va "Ijtimoiy himoya milliy agentligi" rasmiy axborotlari – https://www.moliya.uz

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri: imkoniyatlar va istiqbollar" – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, 2022-yilgi tahliliy hisobot.

Karimov, D. (2021). Ijtimoiy yordam tizimlarining raqamlashtirilishi va ularning samaradorligi. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

UNDP Uzbekistan. (2022). Digitalizing Social Protection in Uzbekistan: Challenges and Achievements. BMT Taraqqiyot Dasturi hisobotlari.

World Bank. (2021). Uzbekistan Social Protection System Review. Washington, D.C.: World Bank Publications.

https://advice.uz/oz/document/2279

https://lex.uz/docs/-6663873