“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI VA ADVOKATURA O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH”

Abstract

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunida advokatura va uning vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g’risidagi qonunchiligi, advokat tushunchasi, advokat maqomiga ega bo‘lish, advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, advokatlar hay'ati, yuridik maslahatxona, advokatlik faoliyatining turlari, advokatning huquqlari, advokatning vazifalari, advokat so'rovi, advokatning yordamchisi, advokatning stajyori, advokat siri, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g’risidagi bitim (shartnoma), advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokatlar mehnatiga haq to‘lash, advokatning ijtimoiy huquqlari, Advokatlar palatasi, advokatlar palatasining asosiy vazifalari, advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari, advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, malaka komissiyalari, advokat maqomini to'xtatib turish, advokatning intizomiy javobgarligi, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar to‘g’risida belgilab qo‘yilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
127-131
6

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdijemilova , S. . (2025). “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI VA ADVOKATURA O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH”. Science and Technology in the Modern World, 4(15), 127–131. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/106194
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunida advokatura va uning vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g’risidagi qonunchiligi, advokat tushunchasi, advokat maqomiga ega bo‘lish, advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, advokatlar hay'ati, yuridik maslahatxona, advokatlik faoliyatining turlari, advokatning huquqlari, advokatning vazifalari, advokat so'rovi, advokatning yordamchisi, advokatning stajyori, advokat siri, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g’risidagi bitim (shartnoma), advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokatlar mehnatiga haq to‘lash, advokatning ijtimoiy huquqlari, Advokatlar palatasi, advokatlar palatasining asosiy vazifalari, advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari, advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, malaka komissiyalari, advokat maqomini to'xtatib turish, advokatning intizomiy javobgarligi, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar to‘g’risida belgilab qo‘yilgan.


background image

`

127

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI VA ADVOKATURA

O‘RTASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH”

Abdijemilova Sholpanay Abdikalikovna

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Advokatura faoliyati yo‘nalishi magistranti

e-mail: solpanajabdyzemilova@gmail.com

tel: +998913889955

https://doi.org/10.5281/zenodo.15638583

Kalit so’zlar

: Adliya vazirligi, advokatura, advokat so‘rovi, lisenziya berish, malaka

oshirish, advokatlar reestri, yuridik yordam.

Keywords:

Ministry of Justice, bar, lawyer's request, licensing, advanced training,

registry of lawyers, legal aid.


O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Advokatura

to‘g‘risida”gi Qonunida advokatura va uning vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining
advokatura to‘g’risidagi qonunchiligi, advokat tushunchasi, advokat maqomiga ega bo‘lish,
advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, advokatlar hay'ati, yuridik
maslahatxona, advokatlik faoliyatining turlari, advokatning huquqlari, advokatning vazifalari,
advokat so'rovi, advokatning yordamchisi, advokatning stajyori, advokat siri, yuridik yordam
ko‘rsatish to‘g’risidagi bitim (shartnoma), advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokatlar
mehnatiga haq to‘lash, advokatning ijtimoiy huquqlari, Advokatlar palatasi, advokatlar
palatasining asosiy vazifalari, advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari,
advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, malaka komissiyalari, advokat maqomini
to'xtatib turish, advokatning intizomiy javobgarligi, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib
turish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar to‘g’risida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu qonunning 17-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z

vakolatlari doirasida: advokatlik tuzilmalari va advokatlar palatasining faoliyatiga
ko‘maklashadi; advokatura faoliyati to‘g’risidagi statistik ma’lumotlarni o‘rganadi;
advokatlarning malakasini oshirishga doir talablarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari
tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta ruyxatdan o‘tish va tugatish
tartibiga riyo etilishini nazorat qiladi; order shaklini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan Advokatlarning yig’ma davlat
reestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reestrlarini yuritadi.
Advokatlarning yig’ma davlat reestrini hamda advokatlarning davlat reestrini yuritish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 16-iyun kuni qabul qilingan “Davlat hisobidan

yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni- davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish
tartibini belgilovchi hujjat bo‘lib, unda kimlarga va qanday shartlarda yuridik yordam
ko‘rsatilishi haqida belgilab qo‘yilgan.

Ushbu qonunning 7-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat

hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi vakolatlari belgilangan bo‘lib, bunda


background image

`

128

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat
organi deb yuritiladi).

Maxsus vakolatli davlat organi:davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi

yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini
boshqaradi;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi davlat dasturlari
loyihalarini ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestrini yuritadi; davlat hisobidan
yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilish istagini bildirgan advokatlar bilan
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilishini ta’minlaydi va
ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish
to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil
etadi;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash
choralarini ko‘radi;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini moliyalashtirish
masalasi bo‘yicha navbatdagi davr uchun budjet so‘rovlarini shakllantiradi;davlat hisobidan
yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi
hamda ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;davlat hisobidan
yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat organlari va advokatlar o‘rtasidagi hamkorlik
tizimini muvofiqlashtiradi

1

.

Bu qonunga muvofiq, maxsus vakolatli davlat organi boshqa vakolatlarni ham amalga

oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Davlat

hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi
to‘g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 774-son qarorining1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash
tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 5-bandiga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi quyidagi vazifa va
funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy adliya organlari) tomonidan amalga
oshiriladi:

reyestrga kirish istagini bildirgan advokatlar bilan davlat hisobidan yuridik yordam

ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzish, ularni o‘zgartirish va bekor qilish;shartnomalarning
bajarilishini nazorat qilish;advokatlarni reyestrga kiritish, reyestrdan chiqarish va undagi
ma’lumotlarni yangilab borish;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlarning
navbatchilik jadvalini tasdiqlash va e’lon qilish.

Ushbu nizomning 6-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi quyidagi vazifa va funksiyalari tuman
(shahar) adliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda - adliya bo‘limlari) tomonidan amalga
oshiriladi:davlat hisobidan yuridik yordam olish haqidagi murojaat va so‘rovlarni ko‘rib
chiqish;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, davlat hisobidan yuridik yordam
ko‘rsatishni rad etish va tugatish, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatayotgan advokatni

1

Boboqulova M. MALAKALI YURIDIK YORDAM OLISH HUQUQINING QONUNLARDA VA KONSTITUTSIYADA AKS

ETTIRILGANLIGI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 439-445.


background image

`

129

almashtirish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish;“Yuridik yordam” axborot tizimi orqali
tanlangan yoki navbatchilik jadvaliga kiritilgan advokatni ishga jalb etish choralarini
ko‘rish;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni
tekshirish;zaruratga ko‘ra, davlat hisobidan ko‘rsatilgan yuridik yordamning sifati, turi, hajmi
va muddatlarini tasdiqlash maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam olgan jismoniy
shaxslardan va ishni yuritayotgan vakolatli organdan (mansabdor shaxsdan) tegishli axborot
va ma’lumotlarni so‘rab olish;davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq
xarajatlarning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rish deb belgilangan. Ushbu Nizomning 7-bandida
bo‘lsa, hududiy adliya organlari adliya bo‘limlari tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida
nazarda tutilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini nazorat qilib boradi.

Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz joizki, Adliya vazirligi va advokatura o‘rtasidagi huquqiy

munosabatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.Advokatura o‘z faoliyatida
mustaqil bo‘lib, davlat organlaridan alohida faoliyat yuritadi.Adliya vazirligi va advokatura
o‘rtasida qonunchiligimizda belgilangan o‘zaro hamkorlik mavjud bo‘lib, bu munosabatlar
faoliyatini tartibga solish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Advokatura o‘z faoliyatini o‘zi boshqaradi, lekin qonunchiligimizga ko‘ra bu boshqaruv

Adliya vazirligining umumiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Adliya vazirligi advokatura
faoliyatini nazorat qiladi, lekin bu nazorat advokaturaning mustaqilligiga xalaqit bermasligi
kerak.

Xorijiy davlatlar (Germaniya, Fransiya, AQSh, JanubiyKoreya) tajribasini inobatga olib,

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Advokatura muammolarini tadqiq etish
institutini tashkil etish zarurligi, uning asosiy vazifalari va faoliyatini samarali tashkil etishga
oid tavsiyalar ishlab chiqilgan va Advokatlar palatasi Boshqaruvining qarori loyihasi
asoslantirilgan;

Yakka tartibda, a’zolik, sheriklikka yoxud boshqa munosabatlarga asoslangan advokatlik

tuzilmalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga oid xulosalar asoslantirilgan;

Advokatura institutini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslari kompleks

xususiyatga ega bo‘lib, yaxlit yondashilgan holda yondashuvni taqozo etishi,аyni paytda, yangi
tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida advokaturaning konstitutsiyaviy
asoslari va prinsiplari belgilanganligidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining
advokatura institutini 2030-yilgacha takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini qabul qilish zaruriyati hamda unda aks
etishi lozim bo‘lgan normalar tavsiflangan, Farmon va strategiya loyihasi ishlab chiqilgan va
asoslantirilgan;

Xorijiy mamlakatlarda advokatura institutining tashkiliy-huquqiy asoslarining o‘ziga xos

jihatlari, ularning turli huquqiy tizimlar asosida rivojlanishi asoslantirilgan

2

.

2

Davlyatov V. ORGANIZATIONAL AND LEGAL FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF THE LEGAL PROFESSION IN THE

TERRITORY OF UZBEKISTAN //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2025. – Т. 3. – №. 03. – С. 26-29.


background image

`

130

Amaliyotdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Advokatura

institututini tartibga solish va muammolarini tadqiq etish institutini tashkil etish zarur deb
hisoblayman.

Chunki advokatura institutini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslari kompleks

xususiyatga egadir.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi advokatura

sohasida quyidagi asosiy vakolatlarga ega. Ya’ni, advokatlik faoliyatini litsenziyalash. Adliya
vazirligi advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchunlitsenziya berishni amalga oshiradi. Bu
jarayon “Advokatura to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida
amalga oshiriladi.

Shuningdek

talabgorlarga

advokatlik

guvohnomasini

beradi.

Advokatlik

guvohnomasining shakli va uni berish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari advokatlik

tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatiga ega. Advokatlik tuzilmalarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Adliya vazirligining vakolatiga kiradi.

Shuningdek, Adliya vazirligi advokatlarning malakasini oshirishni tashkil etadi va bu

borada tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi.

Adliya vazirligi advokatlik faoliyatini nazorat qiladi, shu jumladan advokatlarning

litsenziya talablari va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishini tekshiradi.

Adliya vazirligi advokatlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan chora-

tadbirlarni amalga oshiradi.

Adliya vazirligi advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘adi va tahlil

qiladi.

Adliya vazirligi advokatlarning malakasini oshirishni tashkil etadi. Advokatlarning

malakasini oshirish tizimi raqamlashtirilgan bo‘lib, onlayn malaka oshirish kurslari tashkil
etiladi. Malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron shaklda beriladi. Bu tizim
advokatlarning professionallik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi advokatlik faoliyatini nazorat qiladi. Advokatlarning litsenziya talablari va

kasb etikasi qoidalariga rioya qilishini tekshiradi. Advokatlar tomonidan litsenziya talablari va
shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga,
qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi.

Adliya vazirligi advokatlarning huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan chora-

tadbirlarni amalga oshiradi. Advokatlarning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari
aniqlanganda, Adliya vazirligi tegishli choralarni ko‘radi. Advokatlarning professional
faoliyatiga to‘sqinlik qilish – tahdidi yoki boshqa har qanday to‘siqlarni keltirib chiqarish
ma’muriy huquqbuzarlik sifatida belgilangan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsi. 01.05.2023

https://lех.uz/dосs/-6445145


background image

`

131

2.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2022-yil 28-yаnvаrdаgi “2022 – 2026-yillаrgа

mо‘ljаllаngаn Yаngi О‘zbеkistоnning tаrаqqiyоt strаtеgiyаsi tо‘g‘risidа”gi 60-sоnli Fаrmоni.

https://lех.uz/uz/dосs/-5841063

.

3.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Qаrоri, 13.04.2018 yildаgi PQ-3666-sоn,

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliyа vаzirligi fаоliyаtini yаnаdа tаkоmillаshtirishgа dоir tаshkiliy
сhоrа-tаdbirlаr tо‘g‘risidа.

https://lех.uz/ru/dосs/-3681790

.

4.

O‘zbekiston Respublikasining «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning

ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonuni. – 25.12.1998.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son

qarori

bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizom. – 13.04.2018.
6.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi

Qonuni. – 16.06.2023.
7.

Madinabonu T. O‘zbekistonda Legal Tech sohasida innovatsiyon loyihalarni

moliyalashtirish mexanizmlari // Yangi O‘zbekiston, Yangi tadqiqotlar jurnali. – 2024. – Т. 1. –
№. 3. – С. 339-347.
8.

Ҳакимов Р. Р. ЮРИДИК ТАЪЛИМ: БУГУНГИ ҲОЛАТ, МУАММОЛАР ВА ИННОВАЦИОН

РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ //Review of law sciences. – 2020. – №. 1. – С. 4-9.
9.

Давлятов, Валишер. "Модели организации системы органов самоуправления и их

содержание."

Обществоиинновации

6.1/S (2025): 385-389.

10.

NurumovD. D., To‘YchiyevaM. B. Q. О‘zbekistonda davlat hisobidan bepul yuridik yordam

ko‘rsatish faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari//Orientalrenaissance:
Innovative, educational, naturalandsocialsciences. – 2023. – Т. 3. – №. 6. – С. 639-649.
11.

http://lеx.uz

;

12.

https://prеsidеnt.uz/uz/lists/viеw/3887

References

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsi. 01.05.2023 https://lех.uz/dосs/-6445145

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2022-yil 28-yаnvаrdаgi “2022 – 2026-yillаrgа mо‘ljаllаngаn Yаngi О‘zbеkistоnning tаrаqqiyоt strаtеgiyаsi tо‘g‘risidа”gi 60-sоnli Fаrmоni. https://lех.uz/uz/dосs/-5841063.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Qаrоri, 13.04.2018 yildаgi PQ-3666-sоn, О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Аdliyа vаzirligi fаоliyаtini yаnаdа tаkоmillаshtirishgа dоir tаshkiliy сhоrа-tаdbirlаr tо‘g‘risidа. https://lех.uz/ru/dосs/-3681790.

O‘zbekiston Respublikasining «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonuni. – 25.12.1998.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizom. – 13.04.2018.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi Qonuni. – 16.06.2023.

Madinabonu T. O‘zbekistonda Legal Tech sohasida innovatsiyon loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari // Yangi O‘zbekiston, Yangi tadqiqotlar jurnali. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 339-347.

Ҳакимов Р. Р. ЮРИДИК ТАЪЛИМ: БУГУНГИ ҲОЛАТ, МУАММОЛАР ВА ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ //Review of law sciences. – 2020. – №. 1. – С. 4-9.

Давлятов, Валишер. "Модели организации системы органов самоуправления и их содержание." Обществоиинновации 6.1/S (2025): 385-389.

NurumovD. D., To‘YchiyevaM. B. Q. О‘zbekistonda davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari//Orientalrenaissance: Innovative, educational, naturalandsocialsciences. – 2023. – Т. 3. – №. 6. – С. 639-649.

http://lеx.uz;

https://prеsidеnt.uz/uz/lists/viеw/3887