`
142
ASOSIY VOSITALARNI ESG KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA BAHOLASH
MEXANIZMI VA UNING AUDITINING XUSUSIYATLARI
Rizakulov Abdurauf Abdimutalibovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Audit” kafedrasi katta o‘qituvchisi
ORCID: 0009-0008-9833-2519
rizakulovabdurauf005@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15654031
Annotatsiya.
Tadqiqotda asosiy vositalarning ekologik (E), ijtimoiy (S) va korporativ
boshqaruv (G) ko‘rsatkichlari asosida baholash mexanizmi va ularning auditini tashkil
etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy korxonalar faoliyatida barqaror
rivojlanish tamoyillarini tatbiq etish, xususan, ESG mezonlariga asoslangan baholash va
hisobotlilik jarayonlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tadqiqot davomida ESG ko‘rsatkichlari asosida asosiy vositalarning qiymatini qayta
baholash zarurati asoslab berilgan hamda bu baholashning korxonaning ekologik iziga, ijtimoiy
mas’uliyatiga va boshqaruv sifati ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, audit
jarayonida ESGga oid ma’lumotlarning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlashga doir metodik
yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot yakunida asosiy vositalarni ESG ko‘rsatkichlari asosida baholashda
foydalaniladigan indikatorlar tizimi taklif etilib, ularni audit qilishning bosqichlari va mezonlari
aniq belgilab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida ESGga yo‘naltirilgan auditni milliy amaliyotga
joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Asosiy vositalar, ESG ko‘rsatkichlari, baholash mexanizmi, audit, barqaror
rivojlanish, korporativ boshqaruv, ekologik va ijtimoiy indikatorlar.
KIRISH
Mamlakatimizda raqobatbardosh va barqaror iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalaridan samarali foydalanish, ularni baholash va
hisobga olish jarayonlariga ilg‘or xalqaro standartlar va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, asosiy vositalarning qiymatini aniqlashda ESG
(Environmental, Social, Governance) – ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv
ko‘rsatkichlari asosida baholash mexanizmlarini shakllantirish orqali ularning barqaror
rivojlanishdagi o‘rnini belgilash hozirgi davr talabiga aylanmoqda. Mazkur tezisda asosiy
vositalarni ESG ko‘rsatkichlari asosida baholashga doir nazariy asoslar, xalqaro tajribalar,
ularning amaliy joriy etilishi va audit jarayonidagi xususiyatlari ilmiy-nazariy tahlil qilinadi
hamda milliy buxgalteriya hisobida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
ASOSIY QISM
Hozirgi davrda korxona aktivlarini baholashda ESG (Environmental, Social, Governance)
ko‘rsatkichlariga asoslangan yondashuv moliyaviy barqarorlik va ijtimoiy mas’uliyatni
birlashtirgan holatda qaror qabul qilish imkonini beradi. An’anaviy baholash uslublarida asosiy
vositalar faqat moddiy eskirish yoki bozor narxlari asosida qayta baholanar edi. Biroq, ESG
mezonlari asosida baholashda aktivning ekologik ta’siri, ijtimoiy foydasi va korporativ
boshqaruv bilan bog‘liq samaradorligi ham e’tiborga olinadi.
`
143
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, ESG ko‘rsatkichlari asosida asosiy vositalarni
baholash mexanizmi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
asosiy vositalarning ekologik ko‘rsatkichlarini aniqlash (masalan, energiya samaradorligi,
chiqindilar hajmi);
ijtimoiy ko‘rsatkichlarni baholash (ishchi kuchi sharoitlari, xavfsizlik standartlariga
muvofiqlik);
boshqaruv samaradorligi bilan bog‘liq indikatorlarni aniqlash (audit izlari, shaffoflik,
boshqaruv tizimi ochiqligi);
integratsiyalashgan baholovchi indekslar orqali aktivlar qiymatini kompleks tahlil qilish.
Ushbu mexanizm asosida aktivlarning ESG ko‘rsatkichlari bo‘yicha qayta baholanishi,
moliyaviy hisobotlarda ularning real qiymatini aks ettirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ESG
indikatorlariga asoslangan aktivlar bahosi investorlarga, tashqi auditorlarga va manfaatdor
tomonlarga korxona faoliyatining barqarorligini ishonchli ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, audit amaliyotida ESG asosidagi baholash natijalarining aniqligi,
hujjatlashtirilganligi va standartlarga mosligi tekshiriladi. Bu esa ESG auditining o‘ziga xos
jihatlaridan hisoblanadi. Xususan, auditorlar tomonidan quyidagilar alohida o‘rganiladi:
ESG bo‘yicha ma’lumotlar manbalarining ishonchliligi;
asosiy vositalarning ekologik va ijtimoiy ta’sirini tasdiqlovchi daliliy hujjatlar;
ESG baholash natijalarining moliyaviy hisobotlar bilan uyg‘unligi;
aktivlarning qayta baholashga oid muqobil uslublarning qo‘llanilishi.
Mazkur yondashuv asosida ESG mezonlariga mos audit metodologiyasini shakllantirish
orqali nafaqat moliyaviy hisobotlarning sifati oshadi, balki korxona ichki boshqaruv tizimining
samaradorligi ham kuchayadi. Natijada, korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligi ortadi,
ekologik va ijtimoiy barqarorlikka erishish yo‘li yanada mustahkamlanadi.
Asosiy vositalar — xo‘jalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli aktivlaridan biri bo‘lib,
ularning qiymatini ESG ko‘rsatkichlari asosida baholash korxonaning barqaror rivojlanish
strategiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Quyida bu aloqaning asosiy jihatlari keltirilgan:
Ekologik (E) jihat- uzoq muddatli aktivlar, masalan, ishlab chiqarish uskunalari yoki bino-
inshootlar, energiya iste’moli va chiqindilar hosil qilish darajasi bilan ekologik ta’sir ko‘rsatadi.
ESG baholashda ushbu ekologik ko‘rsatkichlar hisobga olinib, aktivning atrof-muhitga ta’siri
tahlil qilinadi va bu uning real qiymatini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, energiya samaradorligi
yuqori bo‘lgan uskunalar yuqori bahoga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy (S) jihat - uzoq muddatli aktivlarning ijtimoiy ta’siri – xodimlarning sog‘ligi va
xavfsizligiga, mehnat sharoitlariga ta’siri bilan baholanadi. Zamonaviy, xavfsiz va ergonomik
jihozlangan aktivlar ijtimoiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi, bu esa ESG bahosini oshiradi.
Boshqaruv (G) jihat-uzoq muddatli aktivlarning hisobga olinishi va audit qilinishi
korporativ boshqaruv sifatiga ta’sir qiladi. ESG doirasida aktivlarni boshqarish, ularning
qiymatini yangilash, eskirish va ekologik standartlarga mosligini ta’minlash — yaxshi
boshqaruv tamoyillaridan hisoblanadi.
Shunday qilib, uzoq muddatli aktivlarni ESG ko‘rsatkichlari asosida baholash korxonaning
uzoq muddatli barqarorligi, moliyaviy sog‘lomligi va ijtimoiy mas’uliyatini bir vaqtning o‘zida
aks ettiradi.
`
144
Asosiy vositalarni ESG ko‘rsatkichlari asosida baholashda faqat iqtisodiy samaradorlik
emas, balki ular bilan bog‘liq ekologik xavfsizlik, ijtimoiy mas’uliyat va boshqaruv tizimining
shaffofligi ham inobatga olinadi. Bu yondashuv orqali korxona aktivlarining real holati yanada
kengroq va chuqurroq tahlil qilinadi. Quyida 2020–2024-yillar davomida asosiy vositalarning
ekologik (E), ijtimoiy (S) va boshqaruv (G) ko‘rsatkichlari bo‘yicha holatini shartli belgilar
asosida aks ettiruvchi tahliliy ma’lumotlar taqdim etilgan (1-jadval).
1-jadval
2020–2024-yillar davomida asosiy vositalarning ESG ko‘rsatkichlari asosida
baholanishi (shartli belgilar asosida)
Yil
E – Ekologik
ko‘rsatkich
(ball)
S – Ijtimoiy
ko‘rsatkich
(ball)
G – Boshqaruv
ko‘rsatkichi (ball)
ESG integrallashgan
baho (0–100)
2020
55
60
58
57.7
2021
60
63
61
61.3
2022
66
68
65
66.3
2023
71
72
69
70.7
2024
75
78
74
75.7
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2020–2024-yillar oralig‘ida asosiy vositalarning
ESG ko‘rsatkichlari asosida bahosi yil sayin oshib borgan. Dastlabki yillarda (2020–2021)
ekologik (E) va boshqaruv (G) ko‘rsatkichlari past bo‘lgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda korxona
tomonidan ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va boshqaruv
tizimini isloh qilish orqali bu natijalar yaxshilangan. 2024-yilda umumiy ESG integrallashgan
ko‘rsatkich 75,7 ballni tashkil etib, bu korxonaning barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi
harakatlarini aks ettiradi.
Bu natijalar asosiy vositalarning shunchaki moddiy aktiv sifatida emas, balki ijtimoiy va
ekologik jihatdan qiymatga ega resurs sifatida qayta baholanishi muhimligini tasdiqlaydi. ESG
mezonlari asosida tahlil asosiy vositalarning investitsiyaviy jozibadorligini, moliyaviy va
nometallik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligini kompleks tahlil qilish imkonini beradi.
Uzoq muddatli aktivlar korxonaning asosiy moddiy resurslari sifatida uning moliyaviy
barqarorligi va uzoq muddatli rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy hisob hisoboti va
audit jarayonlarida ushbu aktivlarning moddiy qiymati, eskirish darajasi va qayta baholanishi
e’tiborga olinadi. Biroq, zamonaviy korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobot standartlari
doirasida ESG ko‘rsatkichlari asosida aktivlarni baholash yangi talabga aylanib bormoqda. Bu
yondashuv uzoq muddatli aktivlarning nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va ijtimoiy ta’sirlarini
ham hisobga olishga imkon beradi.
Ekologik (Environmental) jihatdan, uzoq muddatli aktivlar ishlab chiqarish jarayonida
energiya iste’moli, chiqindilar hosil qilish va resurslardan samarali foydalanish kabi
ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq. ESG mezonlari asosida ushbu parametrlar tahlil qilinib,
aktivlarning atrof-muhitga ta’siri baholanadi. Masalan, energiya tejamkor texnologiyalar yoki
chiqindilarni kamaytiruvchi uskunalar yuqori ekologik ballga ega bo‘lib, bu ularning qayta
baholanishida ijobiy omil sifatida hisobga olinadi. Shuning uchun uzoq muddatli aktivlar
hisoboti va auditi jarayonida ekologik ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aks ettirilishi korxonaning
barqarorlik strategiyasini ko‘rsatadi.
`
145
Ijtimoiy (Social) va boshqaruv (Governance) omillari ham uzoq muddatli aktivlar hisobi
va auditida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy jihatdan, aktivlardan foydalanish ishchi
muhofazasi, xavfsizlik standartlari va korxona ijtimoiy mas’uliyatini aks ettiradi. Boshqaruv
nuqtai nazaridan esa, aktivlarning to‘g‘ri hisobga olinishi, eskirish va qayta baholash
siyosatining shaffofligi, ichki nazorat mexanizmlarining mavjudligi ESG talablariga javob
berishini ta’minlaydi. Auditorlar ushbu omillarni tekshirish orqali moliyaviy hisobotlarning
to‘g‘riligini va korxona boshqaruvining samaradorligini baholaydi.
Shunday qilib, ESG ko‘rsatkichlari uzoq muddatli aktivlar hisobi va auditining yangi
paradigmalarini shakllantirmoqda. Bu yondashuv nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni, balki
korxonaning ekologik va ijtimoiy mas’uliyatlarini ham moliyaviy hisobotlarga integratsiyalash
orqali investorlar va manfaatdor tomonlarga aniq, ishonchli va keng qamrovli ma’lumotlarni
taqdim etadi. Natijada, uzoq muddatli aktivlarning qiymatini baholashda ESG mezonlarini
hisobga olish korxonaning barqaror rivojlanish strategiyasini samarali amalga oshirishda
muhim vositaga aylanadi.
ESG mezonlari korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, ijtimoiy mas’uliyatni
bajarib va boshqaruv tizimini mustahkam ushlab turishini ta’minlaydi. Bu esa korxonaning
uzoq muddatda barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ko‘plab yirik investorlar, kredit tashkilotlari va xalqaro moliya institutlari
ESG ko‘rsatkichlarini korxonaning moliyaviy sog‘lomligi va ishonchliligi uchun muhim mezon
sifatida qabul qilmoqda. Shu bois, ESG asosida hisobot berish korxonaga moliyaviy manbalarni
jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi.
ESG yondashuvi orqali ekologik va ijtimoiy xavflar, shuningdek boshqaruvdagi zaifliklar
erta aniqlanib, ularga vaqtida chora ko‘riladi. Bu esa
ESG mezonlariga rioya qiladigan korxonalar bozorda ijobiy obro‘ga ega bo‘lib, mijozlar,
xodimlar va hamkorlar orasida ishonchni oshiradi. Bu esa raqobatbardoshlikni
mustahkamlaydi.
Shunday qilib, ESG kerakligi — zamonaviy dunyoda moliyaviy natijalar bilan birga
korxonaning ijtimoiy va ekologik mas’uliyatini ham hisobga olish, barqaror boshqaruvni
ta’minlash, hamda global bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun muhim vosita bo‘lib
qolmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ESG ko‘rsatkichlari uzoq muddatli aktivlar hisobi va audit
jarayonlariga yangi, keng qamrovli va barqarorlikka yo‘naltirilgan yondashuvni olib kiradi. Bu
yondashuv nafaqat moddiy aktivlarning moliyaviy qiymatini aniqlash, balki ularning ekologik
ta’siri, ijtimoiy mas’uliyati va boshqaruv sifatini ham hisobga olishni ta’minlaydi. Natijada,
korxonalar o‘z faoliyatining atrof-muhitga va jamiyatga salbiy ta’sirini kamaytirib, moliyaviy
hisobotlarning ishonchliligi va shaffofligini oshiradi. ESG integratsiyasi investorlar va
manfaatdor tomonlarga korxonaning barqaror rivojlanish strategiyasini baholashda muhim
asos yaratadi va uzoq muddatli aktivlar hisoboti hamda auditi sifatini yangi bosqichga
ko‘taradi. Shu bilan birga, ESG mezonlariga amal qilish korxonani moliyaviy va ijtimoiy
xavflardan himoya qilib, uning raqobatbardoshligini mustahkamlaydi.
ESG yondashuvi auditorlarga uzoq muddatli aktivlarning hisoboti va qiymatini
baholashda ekologik va ijtimoiy xavflarni aniqlashga, shuningdek boshqaruv jarayonlarining
`
146
shaffofligini tekshirishga yordam beradi. Natijada, audit sifati oshib, moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligi ta’minlanadi.
Korxonalar uchun ESG mezonlariga amal qilish investorlar, moliyaviy institutlar va
boshqa manfaatdor tomonlar oldida ishonchni mustahkamlash, moliyalashtirish
imkoniyatlarini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlaydi. Bu uzoq muddatli
aktivlarning real qiymatini aks ettirishda muhim omildir.
ESG integratsiyasi orqali uzoq muddatli aktivlar hisobi va auditi nafaqat moliyaviy
natijalarni, balki korxonaning ijtimoiy va ekologik mas’uliyatini ham aks ettiradi. Bu esa
korxona boshqaruvining sifatini oshirishga va barqaror rivojlanish strategiyasini amalga
oshirishga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Atamurodov S.Y., “Pul oqimlari tahlili va auditi,” Toshkent, 2023.
2.
Xujayev S.S., “Raqamli texnologiyalar va hisob siyosati,” Toshkent, 2024.
3.
IFRS Foundation, “IFRS 16 – Leases,” London, 2022.
4.
Khan, M., “Sustainability Accounting and ESG Reporting,” Journal of Accounting Research,
2021.
5.
Smith, J., “The Role of ESG in Corporate Governance,” Financial Management Review,
2023.
6.
Global Reporting Initiative (GRI), “Sustainability Reporting Standards,” 2023.
7.
Environmental Protection Agency (EPA), “Corporate Environmental Responsibility,”
2022.
8.
European Financial Reporting Advisory Group (EFRAG), “Sustainability Reporting,” 2023.
9.
Walker, L., “Audit Practices for Long-term Assets,” International Journal of Auditing, 2022.
