MAKTABGACHA TA’LIMDA OMMAVIY SPORTNI TARGʻIB ETISHNING AHAMIYATI

Аннотация

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 22-08 guruh talabasi Fargʻona viloyati Quva tumani 31-DMTT direktor oʻrinbosari
154-156
1

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Holmatova, N. (2025). MAKTABGACHA TA’LIMDA OMMAVIY SPORTNI TARGʻIB ETISHNING AHAMIYATI. Наука и технология в современном мире, 4(15), 154–156. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/106187
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida ma’lumot beriladi.


background image

`

154

MAKTABGACHA TA’LIMDA OMMAVIY SPORTNI TARGʻIB ETISHNING

AHAMIYATI

Holmatova Nigora Abduhalimovna

University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va

axborot texnologiyalari fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 22-08 guruh talabasi

Fargʻona viloyati Quva tumani 31-DMTT direktor oʻrinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15655037

Annotatsiya.

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush

tarzini va ommaviy sportni targʻib qilish va uni tashkil etishga qaratilgan masalalar xaqida
ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, sport, jismoniy madaniyat, rivojlanish, chiniqish,

koʻnikma, malaka.

Bugungi kunda xam maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni targʻib

qilinishi asosiy davlatning siyosiy darajadagi jarayonlariga aylanib bormoqda.Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev oldimizga mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning
inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi
ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli
odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli
tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ydilar. Jismoniy
tarbiya va sportga qiziqish, e’tibor qaratish, sportning biror bir turi bilan shug‘ullanish
mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib,
kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, yuqori yelka kamari,
oyoq-qo‘llar mushaklari ishi faollashib, organizmning hamma a’zolari va tizimlari ishi
rag‘batlantiriladi.Insonga ana shunday bebaho imkoniyatlarni beradigan sportga bolalarni
qiziqtirish, ularni sport bilan mashg‘ul qilish, avvalambor, oiladan boshlansa, maqsadga
muvofiqdir. Darhaqiqat, oilada ota-onalar o‘zlari jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib, oilada
chiniqtirish ishlarini tashkil etib va ertalab bajariladigan jismoniy daqiqalarni zaruriy va odatiy
mashgulotga aylantirsalar, farzandlariga o‘zlari shaxsiy namuna bo‘lgan holda eng to‘g‘ri
tarbiyani bera boshlagan bo‘ladilar. Vaholanki, qush uyasida ko‘rganini qiladi, deb bejizga
aytilmagan.

Ibtidoiy davrdan boshlab jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy

mashqlar, turli o‘yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga o‘xshagan
musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud bo‘lgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik
yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan o’q otish, yakkama-yakka kurash mahoratga
o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uyg‘onish davrida jismoniy
tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Badantarbiyaga o‘rta asrlarda oilaviy tarbiya va maktabdagi
pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida qarala boshlandi. Chunki ommaviy sportni
rivojlantirishning negizi oilada bajariladigan, hech qanday mablag‘ talab etilmaydigan yoki
ortiqcha muammolar keltirib chiqarmaydigan oddiy ertalabki badantarbiyaning o‘zginasidir.
Jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish faqatgina instruktor yoki trener rahbarligida, uning
ko‘rsatmalari asosida emas,balki har bir inson o‘zining fiziologik imkoniyatlaridan kelib chiqib,
ongli ravishda amalga oshirishi zarur. Bu narsa insonning ham jismoniy, ham tibbiy ham estetik


background image

`

155

madaniyati saviyasini belgilaydigan mezondir. Zero, jismoniy tarbiya va sport – tengsiz go‘zallik
va bebaho boylik hisoblangan salomatlikning garovi ekanigini farzandlarimiz ongiga bolalikdan
singdirsakkina ezgu maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

Maktabgacha ta’limda xam mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi

bilamiz. Shu bois, O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanish ommaviy tus olmoqda. Sog‘lom
turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin ko‘payib borayotgani ham
fikrimiz dalili. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq
etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa bu
boradagi harakatlarimizga yangi ruh bag‘ishladi. Qish bo‘lishiga qaramay, erta tongdan
xiyobonu ko‘chalarda yugurib, chiniqayotgan odamlarni ko‘p uchratyapmiz. Bugun
harbiylashtirilgan tizim xodimlari o‘rtasida ham sport bilan muntazam shug‘ullanish avj olgan.
Turli sport musobaqalari o‘tkazish ommalashmoqda.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim

tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida
qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani
keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishga keng yo‘l ochmoqda.

Sport (ing. sport – o‘yin) jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi

va usuli, jismoniy mashqlarning turli majmualari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash
va o‘tkazish tizimidir.

Ibn Sino “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida jismoniy mashg‘ulotni kishining

yoshiga, sog‘-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va usullarda o‘tkazish kerakligini
ta’kidlaydi. Ibn Sino jismoniy tarbiya to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uni tashkil etishda
kishilarning turli yoshi va jinsini ham hisobga olish kerakligiga alohida e’tibor
qaratadi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ommaviy sog‘lomlashtirish
harakatlarini targ‘ib qilish, xalqaro maydonlarda ham yurtimiz nufuzini oshirish borasida
qilinayotgan ishlar haqida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek QOSIMOV
bilan suhbatlashdik.

— Sport haqida gap ketganida, avvalo, olimpiya harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalari

haqida aytish o‘rinli. Asosiy g‘oya, bu — birinchidan, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni
keng targ‘ib qilish hamda ommalashtirish, — deydi O.Qosimov. — Barcha mamlakatlarda ham
jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki davlat boshqaruvi shaklidagi muassasa bo‘lmasligi
mumkin, lekin Xalqaro olimpiya qo‘mitasining tashkilotlari butun dunyoda bor. Bu olimpiya
harakati asosida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shu orqali aholining barcha
qatlami salomatligini mustahkamlash uchun zo‘r imkoniyat, degani.

“O‘zining rivojlanish jarayonida sport shunday yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildiki,

ko‘rsatilgan natijani yoki bir sportchining boshqasidan ustunligini ob’ektiv baholash va aniq
belgilash borgan sari murakkablashib bormoqda. Sportning har bir turida muayyan qoidalar
mavjud bo‘lib, ularga mos ravishda sportchilar harakatlanadilar, sport kurashi olib boriladi,
harakatga baho beriladi, natija va g‘olib aniqlanadi.” Sport bu hech bir odamni befarq
qoldirmaydigan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga sport bu imkoniyatlarning eng yuqori
chegarasida natijalarni namoyon qilishga sport kurashida g‘oliblikka halol va pok yo‘l bilan
intilishdir.


background image

`

156

Innovatsion texnologiyalar orqali 11-13 yoshdagi bolalarni ommaviy sportga jalb qilish

jismoniy faollik va faol turmush tarzini targ'ib qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ushbu
maqolada keltirilgan metodologiya ushbu yosh guruhini jalb qilish muammolarini hal qilish
uchun gamifikatsiya, virtual murabbiylik, taqiladigan fitnes texnologi yasi va onlayn
jamoalarning imkoniyatlarini namoyish etadi. Kelajakdagi tadqiqotlar uchun takliflar:

Ishtirok etish darajasining barqarorligini baholash uchun uzoq muddatli tadqiqotlar

o'tkazing.

Innovatsion texnologiyalarning harakatsiz xatti-harakatlarni kamaytirishga ta'sirini

o'rganing.

Ushbu usullarni jismoniy tarbiya o'quv dasturlariga kiritish uchun maktablar va sport

tashkilotlari bilan hamkorlikni o'rganing.

Xulosa qilib aytganda, 11-13 yoshdagi bolalar uchun ommaviy sport mashg'ulotlariga

innovatsion texnologiyalarning integratsiyalashuvi sport va jismoniy faoliyatga umrbod
muhabbatni rivojlantirishning istiqbolli yo'lidir. Ushbu metodologiya yoshlarni sport bilan
shug'ullanish sohasida keyingi tadqiqotlar va amaliy amalga oshirish uchun asos yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.

2.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.:

Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.
3.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni

Oshirish.

Miasto Przyszłości

,

51

, 146-148.

4.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK

BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.

https://www.iupr.ru/5-120-2024

5.

Kalandarova,

F.

(2024).

O‘QITUVCHILARNING

KASBIY

KOMMUNIKATIV

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat
Universiteti.
6.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo
‘rayevna pfd, professor.

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR

VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI

, 120.

7.

Kalandarova Fazilat Tokhirovna. (2025). Improving the Deontological Competence of

Primary Teachers on The Basis of Educational Technologies.

International Journal of

Pedagogics

,

5

(05), 42–45.

https://doi.org/10.37547/ijp/Volume05Issue05-11

Библиографические ссылки

Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.: Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo ‘rayevna pfd, professor. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.

Kalandarova Fazilat Tokhirovna. (2025). Improving the Deontological Competence of Primary Teachers on The Basis of Educational Technologies. International Journal of Pedagogics, 5(05), 42–45. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume05Issue05-11