`
4
QOBILIYAT VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR HAQIDA
Roʻziyeva Nigina Sanʼat qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-24-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qobiliyat, uning psixologik mohiyati haqida soʻz yuritiladi.
Qobiliyatning asosiy turlari va shakllantiruvchi omillari haqida ham bayon qilinadi. Shu bilan
birga geniallik haqida ma'lumot va geniylik xarakterlovchi isteʼdod sohiblari keltirib o'tiladi.
Qolaversa, qobiliyatning yuqori cho'qqisi hisoblanmish isteʼdod borasidagi fikrlar ham o'rin
olgan.
Kalitsoʻzlar:
qobiliyat, shaxs, isteʼdod, intellektual qobiliyat, jismoniy qobiliyat, ijtimoiy
qobiliyat, ijodiy qobiliyat, texnik qobiliyat, genial.
Abstract:
This article talks about ability anda its psychological essence ,and describes the
main types of abilities and the factors of their formation.Hereby, information about genius and
genius characterizing talents are given.In addition, there are ideas about, talent, which is
considered the pinnacle of abilities.
Key words:
ability, personality, talent, intellektual ability, physical ability, social ability,
creative ability, technical ability, genius.
Аннотация:
В данной статье говорится о способностях и их психологической
сущности, а также описываются основные виды способностей и фактоы их
формирования. При этом упоминаются сведения и гениально характеризующие
таланты. Кроме того, существуют представления о таланте, который считается
вершиной способностей.
Ключевые слова:
способности, мечность, талант, интеллектуальные способности,
физические способности, социальные способности, творческие способности,
технические способности, гениальность.
Mashhur iqtibosbor: „Har bir inson dahodir, lekin agar baliqni daraxtga chiqish
qobiliyatiga qarab baholasak, u butun hayotini oʻzini ahmoq deb hisoblab oʻtkazadi“
Qobiliyat–insonning maʼlum bir faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron bir
faoliyatni egallay olishini taʼminlovchi yagona psixologik xususiyatidir. Qobiliyat bilimdan
keskin farq qiladi. Chunki bilim mutolaa natijasi sanal-sa, qobiliyat shaxsning psixologik va
fiziologik tuzilishining xususiyati hisoblanadi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farqlanadi.
Insonlar qobiliyati nihoyatda xilma-xil boʻladi. Har bir kasb insondan shu kasbga tegishli
qobiliyat talab etadi . Shaxs faoliyatining har xil turlariga mos, nazariy va amaliy qobiliyatlarni,
matematika, texnika, musiqa, adabiyot, xoʻjalik, tashkilotchilik, pedagogika va boshqa sohalarga
oid qobiliya tturlari mavjud. Shaxs qobiliyatining barcha turlari barcha insonlarga xosdir. Har
bir odam maʼlum darajada inson faoliyatining hamma turlariga layoqatli boʻladi, ammo, shu
bilan birgalikda, koʻpchilik faoliyatning bir necha yoʻnalishidan yoki hattoki, bir yoʻnalishdan
salohiyat ortiqroq boʻladi. Biror sohada qobiliyati sezilarliroq boʻlib koʻrinadigan baʼzi
insonlarni qobiliyatli inson umuman olganda, qobiliyatli aktyor, qobiliyatli rassom, qobiliyatli
oʻqituvchi, qobiliyatli musiqachi vahokazo deymiz . Ayrim insonlarning qobiliyati faqatgina bir
sohada emas, balki birdan ortiq sohalarda yaqqol namoyon boʻladi . Bunday insonlar har
tomonlama qobiliyatli insonlardir.
`
5
Odamlarning qobiliyatlarida tumani xususiyatlar ham namoyon boʻladi. Shaxsning rivoj
topib, qobiliyatlarida namoyon boʻladigan tugʻma xususiyatlari isteʼdod deyiladi. Kishining
isteʼdod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez oʻsishiga, bilim va
malakalarni qanchalik egallashiga hamda oʻz ishini qanchalik muvaffaqiyat bilan samarali
bajarishiga qarab aniqlaymiz. Qobiliyat va isteʼdodda kishining aqli (intellekti) ham, yaʼni idrok
va kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutq va xotiraning qanchalik oʻsganligi ham koʻrinadi.
Aql faoliyati diqqat va iroda bilan bogʻliq boʻlgani uchun qobiliyat va isteʼdod diqqat irodaning
qanchalik kuchli va barqarorligida ham koʻrinadi. Kishining qanchalik kuzatuvchan ekanligi,
bilimlarni qanday oʻzlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni qanday hal qilishi, qanday
qimmatli yangiliklar yara- tishi, oʻz bilim va malakalarini turmushga qanday tatbiq
qilabilishidan ham, kishining qobiliyat va isteʼdodini bilish mumkin.
Qobiliyat turli sohalarda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, bilim olishda, sanʼatda,
sportda yoki professional faoliyatda. Har bir insonda turli darajada qobiliyatlar mavjud boʻlib ,
bu qobiliyatlar tabiiy ravishda yoki uzoq vaqt davomida tajriba va mashq orqali rivojlanadi.
Qobiliyatning asosiy turlari:
Intellektual qobiliyat –bu odamning fikrlash va aql-idrok qilish qobiliyatini bildiradi.
Matematika, til oʻrganish, mantiqiy fikrlash singari sohalarda yuksak intellektual
qobiliyatlar namoyon boʻladi
Jismoniy qobiliyat - sport, jismoniy faollik talab qiluvchi faoliyatlarda muhim rol oʻynaydi.
Bu turdagi qobiliyatlar tezlik, kuch, koordinatsiyani oʻz ichiga oladi.
Ijtimoiy qobiliyat –odamlar bilan oʻzaro aloqada boʻlish, muloqot qilish va jamoaviy
ishlarni samarali amalga oshirish qobiliyatini anglatadi. Bu qobiliyati jtimoiy muhitda
hayot kechirishda, qolaversa, muammolarni hal etishda alohida oʻrin kasb etadi.
Ijodiy qobiliyat -sanʼat, musiqa, adabiyot, dizayn kabi sohalarda namoyon boʻladigan
qobiliyat. Bunday turdagi qobiliyatlar odamni yangicha fikrlash va yangicha idealar
ishlab chiqishda yordam beradi.
Texnik qobiliyat - ilm-fan va texnologiyalarga oid qobiliyatlar boʻlib, kompyuter
dasturlash, mexanika, muhandislik singari sohalarda oʻz aksini topadi.
Qobiliyatlar taraqqiyotining oily darajasi geniallik deb ataladi. Insonning ijodiy yutuqlari
jamiyat hayoti, madaniya trivojida bugun bir davrni tashkil etganida geniallik haqida siz
yuritiladi. Genial odamlar juda ozchilikni tashkil etadi. Inson tamaddunining besh ming yillik
tarixida ular 400 ta odamdan oshmaydi . Geniyni xarakterlovchi isteʼdodning yuqori darajasi
faoliyatning turli sohalarida oʻta qobiliyatli boʻlish bilan bogʻliq. Bunday allomalardan Arastu,
Leonardo da Vinchi, R.Dekart, G.V.Leybnits, M.V.Lomonosov va boshqalarni keltirish mumkin.
Xuddi shunday M.V.Lomonosov fanning turli sohalari kimyo, astronomiya, matematikada
buyuk natijalarga erishgan va shu bilan birga rassom, adabiyotshunos, tilshunos boʻlib,
sheʼriyatni juda yaxshi bilgan. Lekin bu holat geniyning barcha individual sifatlari bir xil
darajada rivojlanganligi bildirmaydi. Uning qaysidir tomoni ustunlik qilishida, qaysidir
qobiliyatlari yorqinroq namoyon boʻlishi mumkin.
Qobiliyatni shakllantirishda asosan ikki muhim yondashuv mavjud.
1.
Tabiiy qobiliyat – bu kishining tugʻma salohiyati. Masalan, bir inson tabiatan musiqaga
yoki rasm chizishga qobiliyati boʻlishi mumkin. Bunday turdagi qobiliyatlar odatda
individual boʻlib, odamning tabiiy talantlari bilan bogʻliq.
`
6
2.
Rivojlangan yoki oʻrgatilgan qobiliyat – bu qobiliyatlar tajriba, taʼlim va mashqlar orqali
rivojlanadi. Masalan, odam matematika yoki biror tilni oʻrganish orqali shu sohada oʻz
qobiliyatlarini shakllantirishi mumkin.
Qobiliyatni oʻrganish va shakllantirishda taʼlim, motivatsiya, tajriba, oʻz-oʻzini anglash,
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va salomatlik singari omillar muhim rol oʻynaydi. Masalan, yon-
atrofidan yaʼni, ota-onasi, oila aʼzolari, yaqin doʻst-u qadrdonlaridan motivatsiya olib turadigan
insonning bajarayotgan mashgʻulotiga nisbatan yanada ishtiyoqi ortadi .
Isteʼdod (talant) – qobiliyatning yuksak darajasidir. Kishining bilimlarni o'zlashtirishi,
nazariy va amaliy masalalarni hal etishi, ijodi, o'z bilimi va malakalarini hayotga tadbiq qila
bilishidan uning isteʼdodini bilish mumkin. Isteʼdod irsiyat orqali o'tadi, tarbiya orqali paydo
qilinadi; insondagi tabiiy, tug'ma anatomik- fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi
va rivojlanadi. O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov „Daftar hoshiyasidagi bitiklarʼʼ
asarida isteʼdodni quyidagicha ta'riflaydi: „ Haqiqiy isteʼdod hech kim ko'ra olmagan narsani
ko'ra olishdir“; „No'noq haykaltarosh tirik odamni shohsupagacha chiqarib qo'ysa ham o'likka
o'xshaydi. Haqiqiy haykaltarosh o'lik jondan yasagan haykal tiriklar o'xshaydi“.
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, qobiliyat har bir insonga xos boʻlgan salohiyat boʻlib, u
vaqt oʻtishi bilan rivojlanishi va turli sohalarda namoyon boʻlishi mumkin. Ammo har bir inson
oʻz qobiliyatlarini muvaffaqiyatli yoʻnaltirishi uchun oʻrganish, amaliyot va mehnatga hozir
boʻlishi lozim. Masalan, notiq nutqiy faoliyati bilan ko'proq shug'ullanishi, musiqachi musiqiy
asboblar bilan ishlash va bu borada ilmiy salohiyatini oshirishi kerak. Yosh bolalarda
qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirish uchun esa ular bilan ko'proq suhbatlashish, o'zidagi
fikr va g'oyalarini atrofdagilarga erkin yetkaza olishi uchun muhit yaratish muhim o'rin tutadi.
Qolaversa, bolalar tabiat qo'ynida, muzey , tarixiy obidalar, hayvonot bog'larida vaqt o'tkazishi
ularning tafakkurini rivojlantirishi bilan birga qobiliyatini ham yuzaga keltiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
P.I.Ivanov ,M. E.Zufarova. Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent
2008.
2.
https://www.more4kids.info/uz/15007/Horward-Gardnersning-ko%.27p–intellekt–
3.
http://reja.tdp.uz/shaxsiyreja/.
4.
https://uz.goodinternet.org/uz/sections/oʻsmirlar/talim–va–men/isteʼdod–va–
qobiliyat-nima/
