O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINI INTEGRATIV O‘QITISH: “ALPOMISH” DOSTONI ASOSIDA METODIK IZLANISH

Abstract

Ushbu maqolada H. Gardnerning «Turfa zakovatlar» nazariyasi va STEAM yondashuvi asosida “Alpomish” dostonini fanlararo integratsiya orqali o‘qitish metodikasi yoritiladi. Har bir o‘quvchining individualligini inobatga olgan holda, doston mazmuni fanlar (biologiya, texnologiya, san’at, matematika) bilan uyg‘unlashtirilgan topshiriqlar orqali o‘zlashtiriladi. Bu usul o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va milliy qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
22-26
10

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Boboqulova, M. (2025). O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINI INTEGRATIV O‘QITISH: “ALPOMISH” DOSTONI ASOSIDA METODIK IZLANISH. Science and Technology in the Modern World, 4(15), 22–26. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/104051
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada H. Gardnerning «Turfa zakovatlar» nazariyasi va STEAM yondashuvi asosida “Alpomish” dostonini fanlararo integratsiya orqali o‘qitish metodikasi yoritiladi. Har bir o‘quvchining individualligini inobatga olgan holda, doston mazmuni fanlar (biologiya, texnologiya, san’at, matematika) bilan uyg‘unlashtirilgan topshiriqlar orqali o‘zlashtiriladi. Bu usul o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va milliy qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi.


background image

`

22

O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINI INTEGRATIV O‘QITISH: “ALPOMISH”

DOSTONI ASOSIDA METODIK IZLANISH

Boboqulova Mohina Norsafar qizi

mohinaboboqulova689@gmail.com

Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15622629

Annotatsiya:

Ushbu maqolada H. Gardnerning «Turfa zakovatlar» nazariyasi va STEAM

yondashuvi asosida “Alpomish” dostonini fanlararo integratsiya orqali o‘qitish metodikasi
yoritiladi. Har bir o‘quvchining individualligini inobatga olgan holda, doston mazmuni fanlar
(biologiya, texnologiya, san’at, matematika) bilan uyg‘unlashtirilgan topshiriqlar orqali
o‘zlashtiriladi. Bu usul o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va milliy qadriyatlarga
qiziqishni kuchaytiradi.

Kalit soʻzlar:

Alpomish, STEAM ta’limi, turfa zakovatlar nazariyasi, fanlararo integratsiya,

o‘zbek adabiyoti, ijodiy yondashuv, doston o‘qitish metodikasi, tanqidiy fikrlash,
kompetensiyaviy yondashuv, milliy qadriyatlar.

KIRISH

Ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi har xil

darajada bo‘lishi har bir pedagogga ma’lum. Sinfxonasidagi yaratilgan sharoitning yetarli
darajada ta’minlanganligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va o‘tilayotgan mavzuning
muhimligi kabi omillardan tashqari aynan auditoriyaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlar ham
mavjud. Bunga sabab: ularning qiziqishlarining turfaligi va ulardagi rivojlangan boshqa xildagi
intellektlardir. Bu bo‘yicha psixolog va pedagoglarning hamkorlikda olib borgan ko‘plab
izlanishlari natijasida har bir insonda o‘ziga xos tarzda rivojlangan intellekt mavjudligi,
ularning obyektiv borliqni shu intellektlari orqali idrok qilishi ma’lum bo‘ladi. Ta’lim sohasi
uchun juda qiziqarli yangilik bo‘lgan va an’anaviy yagona “umumiy” intellekt tushunchasidan
farqli ravishda kamida yettita mustaqil shakllangan intellekt mavjudligini ilgari suruvchi bu
nazariya amerikalik psixolog Hovard Gardnerga tegishli bo‘lib, dastlab psixologlar uchun ishlab
chiqarilgan bo‘lsa ham, ta’lim sohasida amaldagi metodlar uchun ilmiy asos sifatida xizmat
qildi. Shu jumladan, ushbu “Turfa zakovatlar” (“Multiple Intelligences”, MI) nazariyasiga ko‘ra
STEAM dasturi asosida ta’lim jarayonlarini tashkillashtirish ko‘zlangan samaradorlikka
erishishda katta ahamiyatga ega. Maqolada STEAM dasturining Gardner ilgari surgan
g‘oyalarga ko‘ra o‘quvchi va talabalarning shaxsiy qiziqishlari hamda qobiliyatlariga qarab
ta’limning moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha izlanishlarni adabiyot darslarida xalq
dostonlarini o‘qitishda foydalanish mumkinligi muhokama qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

STEM ta’limining ildizlari XX asrning o‘rtalariga borib taqaladi. 1957-yilda Sobiq Sovet

Ittifoqi tomonidan “Sputnik” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarilganidan so‘ng, jahondagi ko‘plab
davlatlar o‘z ta’lim tizimlarida fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga ustuvorlik bera
boshladilar. Asosiy maqsad o‘quvchilarni mazkur sohalarda kasbiy faoliyatga tayyorlash va
ularga zamonaviy, tez o‘zgarayotgan global iqtisodiyotda kerak bo‘ladigan texnik ko‘nikmalarni
singdirish edi. Ayniqsa, Amerika mamlakatlari Sovuq Urush davrida ustunlikni saqlab qolish
maqsadida STEM yo‘nalishi rivojiga katta e’tibor qaratdi. STEM ingliz tilidagi Science ( ilm-fan,
asosan, tabiiy fanlar), Technology (Texnologiya), Engineering (Muhandislik) va Mathematics


background image

`

23

(Matematika) sohalari nomlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ammo faqat aniq fanlarga urg‘u
berilgan bu ta’lim dasturi o‘quvchi va talabalarda ijodkorlik va obrazi fikrlash qobiliyatlarini
cheklagani uchun unga 2000-yillar oxirida Art (san’at: dizayn, tasviriy san’at, musiqa, drama va
ijodiy fikrlash) qismi qo‘shildi va yangi STEAM ko‘rinishida yangilandi

1

. 2010-yillarning

boshida AQSH, Janubiy Koreya va ayrim Yevropa davlatlarida qo‘llanilgan ushbu dastur
fanlararo integratsiyaning kuchayishi va o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay
olish darajasini oshishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda mehnat bozoridagi
ishchilarning nafaqat texnik malakalarga ega bo‘lishi, balki tanqidiy fikrlash va uni ommaga
yetkaza olishi muhim talab sifatida qaralayotgan bir paytda STEAM ta’lim dasturi o‘quvchi va
talabalarni bu boradagi kamchiliklarini bartaraf etishlariga yordam beradi.

“Turfa zakovatlar” (“Multiple Intelligences”, MI) nazariyasida ham STEAM ta’lim dasturi

asosida ta’limning o‘quvchi va talabalar ehtiyoji va qiziqishiga moslashish va fanlar orasidagi
bog‘liqlikni tushuntirish g‘oyasi yotadi. Ushbu nazariya 1980-yillarning boshlarida amerikalik
psixolog Hovard Gardner tomonidan ishlab chiqildi va “Aql doiralari: Turfa zakovatlar
nazariyasi” (“Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences”, 1983) asarida uning
nazariy va amaliy asoslari haqida batafsil tushuntirishlar beradi. Unga ko‘ra insonlarda
rivojlangan intellekt turlari orasidagi farqlar sabab o‘qituvchilarning ma’lum bir auditoriyaga
ta’lim-tarbiya berishda ularning pedagogik mahorati va darsni tashkillashtirishda qo‘llayotgan
metodlarning o‘zigina yetarli emasligini ko‘rish mumkin. Chunki amaldagi rivojlangan intellekt
darajasiga qarab har bir insonning individual tarzda ta’lim olish shakli mavjud bo‘lib, bu
holatda o‘qituvchidan har bir o‘quvchi va talabalarga shu nuqtayi nazardan o‘quv materialini
o‘zlashtirishida individual yondashuv talab qilinadi. Quyida H. Gardner nazariyasida ta’kidlab
o‘tilgan intellekt turlarini ko‘rish mumkin:
1.

Linguistic Intelligence

Nutqiy (lingvistik) intellekti

(Tilda ifoda qilish, tushunish,

yozish va so‘zlash qobiliyati).

2.

Logical-Mathematical Intelligence

Mantiqiy-matematik intellekt

(Mantiqiy fikrlash,

hisob-kitob, sabab-oqibatni tushunish qobiliyati).

3.

Musical Intelligence

Musiqiy intellekt

(Ohanglarni eshitish, tanish, xotirlash va musiqa

orqali ifoda qilish qobiliyati).

4.

Spatial Intelligence

Vizual-fazoviy intellekt

(Tasviriy fikrlash, fazoni tasavvur qilish va

ko‘rish orqali anglash qobiliyati).

5.

Bodily-Kinesthetic Intelligence

Motor-harakatli intellekt

(Tana harakatlari orqali

anglash, muvofiqlashtirish, ifoda qilish qobiliyati va sport mashg‘ulotlariga qiziqish).

6.

Interpersonal Intelligence

Shaxslararo (ijtimoiy) intellekt

(Boshqa odamlarni

tushunish, ularning his-tuyg‘ulariga sezgirlik va samarali muloqot qobiliyati).

7.

Intrapersonal Intelligence

Shaxsiy (ichki anglash) intellekt

(O‘zini anglash, o‘z his-

tuyg‘ularini tushunish va boshqarish qobiliyati).

8.

Naturalist Intelligence

Tabiatshunos intellekt

(Tabiatdagi mavjudotlar va hodisalarni

kuzatish, farqlash va tasniflash qobiliyati)

2

.

1

The History of STEAM Education: From STEM to STEAM [Elektron resurs].

https://futurumacademy.com/the-history-of-steam-education-from-stem-to-steam/

2

Viens J., Kallenbach S. Multiple intelligences and adult literacy: A sourcebook for practitioners. – New York: Teachers

College Press, 2003. – B. 4–11.


background image

`

24

Ta’lim jarayonlarida “Turfa zakovatlar” nazariyasi ko‘zda tutgan maqsadga xizmat

qiluvchi STEAM dasturini qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chunki o‘quv materialidagi obyektiv borliqni turli fanlarning tekshirish obyekti jihatidan
o‘rganish imkoniyatini beradi.

STEAM yondashuvi

“Alpomish” dostonini o‘qitishda samarali,

chunki u o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida ilmiy, texnologik, ijodkorlik, muhandislik va
matematik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bu yondashuv, o‘z navbatida,
o‘quvchilarning ijodiy, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash, milliy qadriyatlarni tushunish va
amaliy bilim olishlarini ta'minlaydi.

NATIJALAR

Fanlararo yondashuvni talab qiladigan (adabiyot, biologiya, kimyo, psixologiya va

boshqalar bilan birgalikda qaralgan) va javobni tayyor shaklda bermay, balki o‘quvchini
mustaqil izlanishga, izoh berishga va ilmiy asoslashga undaydigan fanlararo
integratsiyalashgan muammoli ta’lim metodikasi “Turfa zakovatlar” ga ega boʻlgan
oʻquvchilarni STEAM asosida oʻqitishda yordam beradi. Bunda oʻquvchilar uchun umumiy bitta
topshiriq ustida emas, ixtiyoriy ravishda tanlash imkoniyati beriladigan individual vazifalar
boʻyicha ishlashga undaladi.

Fanlararo integratsiyalashgan muammoli-ta’lim metodikasi (STEM asosida) topshiriqlar

berish quyidagicha amalga oshiriladi:

S -

Ilm-fan (Science):

1. “Alpomish” dostonidagi qahramonlarning oilaviy shajarasini tuzing. (tabiiy fanlar)

2. Egizak farzandlarning ham farzandlari egizak boʻlishlari ehtimoli qancha? (tabiiy

fanlar)

3. Alpomishning bobosidan qolgan 14 botmonlik brinj (bronza) yoyning kimyoviy

jihatdan xususiyatlari qanday boʻlishi mumkin? (tabiiy fanlar)

4. Barchin Koʻkaman polvonni chodirda “chalqaramon” qilib yiqitganda uning burni va

ogʻzidan kelgan qonning kelish sababi nima boʻlishi mumkin? (tabiiy fanlar)

5. 3 kishining bir xil tush koʻrishi va gallyusinatsiya holati haqida maʼlumotlarni oʻrganing.
Ushbu savol va topshiriqlar, asosan, tabiiy fanlarning obyektiga bogʻliq boʻlgani uchun

Science boʻyicha muqobillashadi.

T -

Texnologiya (Technology):

1. Canva yoki Scratch dasturida Alpomish, Qaldirgʻochoyim va Barchinoyning beshik toʻy

marosimi animatsiyasini yarating.

2. Canva yoki Scratch dasturida Alpomishning bobosidan qolgan 14 botmonlik brinj yoyni

koʻtarish sahnasi aks etgan animatsiya yarating.

3. Canva yoki Scratch dasturida oʻn ming uyli qoʻngʻirot qabilasining koʻchishi va

Barchinning sepini oltmish tuyaga yuklangani sahnasi aks etgan animatsiya yarating.

Ushbu topshiriqlar blog yuritish va turli kontentlarni yaratib, oʻz auditoriyasini yaratishga

qiziqqan oʻquvchilar uchun mos. Ular bu dasturlarda yaratgan animatsiyalar orqali maktabda
ham oʻz kuzatuvchilariga ega boʻlishi mumkinligi haqida tushuntirish berilsa, ushbu vazifalarni
bajarish ular uchun yanada qiziqarli boʻladi.

E -

Muhandislik (Engineering):


background image

`

25

1. Alpomishning bobosidan qolgan 14 botmonlik brinj yoyning taxminiy koʻrinishini

yasang.

2. Barchinoyning alplarga qoʻygan toʻrt shart (ot poygasi, yoy tortish, ming qadamdan

tanga pulni urish va kurash)i aks etgan “Maqsad xaritasi” ni chizing.

Ushbu topshiriqlar obyektiv borliqning vizual koʻrinishini taxminiy asoslarda

shakllantirish orqali vazifani bajarishga undaydi.

A

-

Sanʼat (Arts):

1. Zakot olish tartibi haqida diniy va tarixiy manbalardagi maʼlumotlarni oʻrganing.
2. Yortiboyning majlisdagi holati aks etgan rasm chizing.
3. Barchinoyning dostondagi taʼriflarga koʻra portretini chizing.
4. Zakot masalasining notoʻgʻri tushunilishiga sabab boʻlgan omillarni aniqlang va

muomala hamda murosa madaniyatiga koʻra ushbu jarayonning muqobil yondashuvini
qaytadan ishlab chiqing.

Ushbu topshiriqlar masalaga ijodiy yondashishni talab qiladi va oʻquvchilarda ijodkorlik,

notiqlik koʻnikmalarini shakllanishiga yordam beradi.

M

-

Matematika fanlari (Mathematics):

1. Boyboʻri va Boysarining Shohimardon pir ravzasiga farzand tilash uchun borishi

voqealari necha kunni qamrab olgan? (3 kun borish-kelish + 40 kun tunash = 46 kun)

2. Qirq kechayu qirq kunduz toʻy necha kunda oʻtkazilgan?
3. Alpomish, Qaldirgʻochoyim va Barchinoy necha yil maktabda oʻqishadi?
4. Alpomishning bobosidan qolgan 14 botmonlik brinj yoyning ogʻirligi necha kilogramm

vazn bosadi?

5. Kashal gʻoridagi 7 alpning sovuti uchun jami qancha temir ishlatilgan?
6. Kashal gʻoridagi 7 alpning bir kunlik oziq-ovqati uchun ishlatilgan goʻshtning ogʻirligi

necha kilogramm? (90 ta yaxshi boqilgan shirboz)

7. Qalmoqshoh bir yilda podshohlik byudjetidan 7 alp oyligi (moyanasi) uchun necha soʻm

ajratar edi? (Har oy 500 soʻmdan)

8. Barchinning muchali sichqon boʻlsa, u 14 yoshga kirganda qaysi muchal yili boʻlgan?
9. Boychiborning qanoti uzunligi necha metrni tashkil qiladi? (4 yarim gaz)

3

.

Ushbu savollar hisob-kitob ishlariga qiziqish bildiradigan oʻquvchilarga toʻgʻri keladi.
Aniq oʻlchovlarga ega boʻlingandan keyin oʻquvchilar reallikga toʻgʻri kelmaydigan

mubolagʻali oʻrinlar va asosli voqeliklarni qiyoslab, oʻqituvchi yordamida umumiy xulosalar
chiqarishi lozim.

MUHOKAMA

Albatta, adabiyotning vazifasi sifatida komil insonni tarbiyalash va badiiy-estetik didni

shakllantirish ham turadi. Badiiy kontekstni raqamli va aniq oʻlchovlarga asoslangan
kategoriyalarga solib oʻrganish uning badiiyatiga salbiy taʼsir qiladi degan fikrlar mavjud
boʻlishi mumkin. Bunda dars jarayonini tashkil etishda STEAM yondashuvini yordamchi vosita
sifatida koʻrilishi, dastlab “Alpomish” dostonidagi milliy qadriyatlar va obrazlarning milliylikka
doir xarakteristikasi oʻqituvchi tomonidan ochib berilishi lozim. Hozirgi zamon oʻquvchisining

3

Yoʻldoshev Q., Qodirov V., Yoʻldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.:

2019. – B. 8–45.


background image

`

26

faolligi va dars samaradorligini oshirishda ushbu yondashuv muhim ahamiyatga ega. Chunki
zamonaviy texnologiyalar va ixtirolar dunyosidagi taʼsirlar kuchini insonlar hayotidan cheklash
qiyin. Lekin uning samarali jihatlarini inobatga olgan holda insoniyatga, xususan, taʼlim
jarayoniga xizmat qildirish mumkin.

“Turfa zakovatlar” nazariyasiga koʻra mavjud boʻlgan turli

darajada shakllangan intelektga ega oʻquvchilarga dars jarayonlaridagi oʻqitish usullarini
moslashtirishda STEAM yondashuvi nafaqat oʻquvchilar faolligini oshiradi, balki ularni tahliliy-
tanqidiy fikr yuritishga, oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda qoʻllashga yordam beradi.

XULOSA

Fanlararo integratsiyalashgan muammoli ta’lim metodikasini STEAM yondashuvi asosida

H.Gardner gʻoyalariga asoslanib, yuqorida qayd etilgan topshiriqlarga oʻxshash vazifalarni
berish orqali qoʻllash oʻquvchilarning oʻquv materialini oʻzlashtirishida amaliy jihatdan foydali
boʻlishi mumkin. Chunki hozirgi kunda ayrim oʻquvchilar uchun “zerikarli” maqomiga kelib
qolgan anʼanaviy oʻqitish usullari va ularning qiziqishlariga koʻra maʼlum bir sohaga
ixtisoslashgan holda tayyorgarlik kurslaridagi fanlar boʻyicha topshiriqlar berilishiga boʻlgan
talablariga moslashgan holda fanlararo integratsiyalashgan muammoli ta’lim metodikasi
maʼlum bir fan obyektini turli nuqtayi nazaridan oʻrganish bilan birga, ayniqsa, adabiyot
darslaridagi milliy adabiy merosni zamonaviy bilimlar bilan uygʻunlashtirish imkoniyatini
beradi. Bundan tashqari ushbu yangicha yondashuv oʻquvchilarga quruq yodlash emas, olingan
bilim va koʻnikmalarni shaxsiy tajribaga aylantirish, ularni tahlil qilish va amaliyotda mustaqil
qoʻllay olishda yordam beradi. Oʻquvchilar oʻzlari uchun qulay boʻlgan faoliyat turini tanlab,
vazifalarni bajarishda ijodkorona yondashuvga harakat qiladi. Bunday shakldagi dars
davomida “Alpomish” dostoni nafaqat adabiy obraz sifatida, balki tarixiy, matematik,
texnologik va san’at kontekstida ham tahlil qilinadi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilarda ko‘p
qirrali fikrlash va tahliliy yondashuv shakllanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

The History of STEAM Education: From STEM to STEAM [Elektron resurs]

https://futurumacademy.com/the-history-of-steam-education-from-stem-to-steam/

2.

Safarov, O., Jamilova, B., Safarova, N. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: Turon zamin

ziyo, 2015. – 256 b.
3.

Viens J., Kallenbach S. Multiple intelligences and adult literacy: A sourcebook for

practitioners. – New York: Teachers College Press, 2003. – 223 p.
4.

Yoʻldoshev Q., Qodirov V., Yoʻldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining

9-sinfi uchun darslik. – T.: 2019.

References

The History of STEAM Education: From STEM to STEAM [Elektron resurs] https://futurumacademy.com/the-history-of-steam-education-from-stem-to-steam/

Safarov, O., Jamilova, B., Safarova, N. Bolalar adabiyoti va folklor. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. – 256 b.

Viens J., Kallenbach S. Multiple intelligences and adult literacy: A sourcebook for practitioners. – New York: Teachers College Press, 2003. – 223 p.

Yoʻldoshev Q., Qodirov V., Yoʻldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: 2019.