131
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
YOSHLAR XULQ-ATVORIDA MILLIY FAZILATLARNI
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
OMILLARI
Adilova Aziza Tadjibayevna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 2-bosqich magistranti
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Xazrat Xusenovich
Toshkent davlat sharqshunoskik universiteti, Pedagogika va
psixologiya kafedrasi professori psixologiya fanlari doktori (DSc)
https://doi.org/10.5281/зенодо.15319588
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil
Yoshlar xulq-atvorida miliy fazilatlarni ijtimoiy-
psixologik omillari haqida gap ketganda beixtiyor
taniqli o‘zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniyning
“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo
halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan
chuqur ma'noli so‘zlari inson e'tiborini tortadi [2,
s.108-118].
KEY WORDS
Bugungi kunda ijtimoiy fanlarda inson omili va uning ijtimoiy-psixologik jihatlari bo‘yicha
zamonaviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ularning aksariyat qismida shaxs ma'naviy va axloqiy
tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha har xil qiziqarli empirik ma'lutolar qo‘lga kiritilmoqda,
lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e'tiborsizdek tuyiladigan,
lekin oqibati insoniyat uchun juda katta ma'naviy tanazzulga, johillikka olib boradigan bir
omil, ya'ni farzand tarbiyasiga e'tiborsizlik illati millatlarning axloqiy tannazulining asosi
desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mazkur masalani dolzarlibligini “Uzluksiz ma'naviy tarbiya” kontseptsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 1059-son qarori bilan ham izohlash mumukin. Mazkur
kontseptsiyada bugungi yoshlarimizning shaxsiy va ijtimoiy farovon, baxtli hayot qura
olishlari uchun zarur bo‘lgan aniq fazilatlar majmui belgilab berildi.
Bu haqda Qarorning 2-bandida Kontseptsiya va uni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini
amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan biri etib “Yoshlarda Vatanga sadokat,
tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag‘rikenglik,
huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan
boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish” [1] ta'kidlangan.
Bu davlatimizning yoshlar tarbiyasiga yondashishda maqsadli innovatsion yondoshuv bo‘lib,
tarbiya jarayonini ilmiy asosga qurilishini va milliy tarbiya masalasida uning ijtimoiy-
psixologik indikatorlari ishlab chiqishimizni talab qiladi.
Xo‘sh nega bugun ota-onalar milliy qadriyatlarga asosida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashning
g‘oyaviy va ijtimoiy-psixologik omillariga e'tiborsiz? Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga
qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand tarbiyalash metodlarini biladimi?
Mazkur savollar bizni masala yuzasidan hamma uchun bir tildagi optimal yechim topish
vazifasini qo‘ymoqda.
Bugungi zamon va makon shaxsning eng asosiy ichki resurslaridan biri bo‘lgan tarbiya
masalasiga, yangicha talablarni qo‘yayotgani biz soha vakllarini doim diqqat markazimizda
bo‘lishiligi lozim. Zero, shiddati vertualashish jarayoni kuchaytgan bir davrda ta'lim-tarbiya
masalasiga aniq, ilmiy asoslanga, qat'iy talablar bilan yondashish juda muhim ijtimoiy-
psixologik omillardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda yoshlarni axloqiy masalalariga e'tiborsizlik yer yuzida qanchadan-qancha
ma'naviy tahdid va illatlatlarni keltirib chiqarayotganligi hech kimga sir emas.
132
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Masala yuzasidan adabiyot va tadqiqotlar tahlilini kuzatganimizda ko‘plab yoshi katta avlod
vakllari bilan yoshlarni axloq va tarbiya masalasidagi munosabat masalasiga daxldorlik
darajasi balan emas, aksincha loqaydlik darajasi balan javob berishganini ko‘rish mumkin.
Jumladan ular qo‘yidagicha “Hozir zamon judda qiyin bo‘lyapti, tirikchilik uchun yugurmasang
bo‘lmasa!”, “Nima qilay bolalarim yeyman, ichaman deydi, kiyim kechagini aytmaysizmi, bizga
oson emas...”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...”, “Katta bo‘lganida o‘zi
tarbiyalanib ketadi”, “hayotni o‘zi tarbiyalaydi” kabi javoblarni kuzatish mumkin.
Bizningcha “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...” aynan mana shunday
beparvolik, e'tiborsizlikning ortida butun bir millatning ma'naviy tanazzuli naqd. Shunday
ekan bugun mazkur masalani har bir ota-ona bu borada olib borayotgan ishlariga bir nazar
tashlab ko‘rishlari lozim. Zero, bugun ilm-fan va ta'lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda
hech shak-shubhasiz tarbiya ta'limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta'lim-
tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Shunday ekan bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi lozim tarbiya metodlarini puxta
o‘zlashtirmog‘i lozim, chunki
farzand ta'lim-tarbiyasiga tikilgan sarmoya eng foydali
sarmoyadir.
Mazkur masalada pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov “Bugungi har bir ota-ona
pedagog bo‘lishi kerak” deb ta'kidlaydi [3, c.320].
Biz bugungi zamonaviy ota-onalarga zamonaviy, g‘oyaviy yoshlarni tarbiyalash quyidagi
milliy tarbiya metodlarini qo‘llashlarini tavsiya qilgan bo‘lar edik ular quyidagilar:
Ayblamoq - bolani qilgan gunohi, xatosi uchun adolatli ravishda aybli deb topmoq, ayb
qo‘ymoq va bolaning buni anglashiga erishmoq; arazlamoq - qilgan salbiy qilig‘i uchun bolani
aybsitib, undan o‘pka qilib yurmoq yoki tarbiyaviy maqsadda vaqtincha yuz o‘girmoq;
baholamoq - bola xulqiga uning ahamiyati, qadr, qiymati haqida ijobiy yoki salbiy fikr
bildirmoq; bahslashmoq - o‘quvchi bilan(maktabda), o‘g‘il-qiz(farzand) bilan maktabda, uyda
ilmiy, adabiy, ahloqiy, milliy-mafkuraviy mazmunda munozara qilmoq; begona qilmoq -
bolaning yolg‘on gapirganligi aniqlangach, qo‘polligi muhokama qilingach va h.k. undagi
vijdonni junbushga keltirish, qilgan ishi uchun pushaymon qilishi uchun o‘qituvchi, yoki ota-
ona, yoki ona uni o‘zidan vaqtincha uzoq tutib yurishi.
Biriktirmoq - odob-ahloqda, biror hunarda ko‘pchilikka namuna bo‘lgan ustoz tarbiyasiga
bermoq. O‘tmishda qo‘shni ko‘rgan ota-onalar farzandlarining hayotini, odamlar, begonalar
bilan muomala qilishni o‘rgansinlar deb o‘g‘illarini choyxonachiga xizmatkorlikka bergan
ekanlar; bitim – bolaning hayotiga, o‘qishiga, kelajagiga oid jiddiy masalani uning o‘zi bilan
muhokama qilib, o‘zaro ijobiy kelishuv, to‘xtam, qarorga kelmoq; buyurmoq - vaziyatning
taqozosi bilan tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqqan holda bolaning o‘zi uchun, jamoa, millat,
Vatan manfaatlarini ko‘zlab buyruq bermoq.
Va'da olmoq - bolaning o‘z so‘ziga sodiqligini, so‘zi va ishi birligini sinash maqsadida undan
biror ishning, majburiyatning bajarilishi haqida so‘z olmoq. Girgitton bo‘lmoq - mehribonlik
bilan, “aylanay”, “o‘rgilay” so‘zlarini ishlatib, ismiga “jon”, “xon” qo‘shib bolani erkalash;
yorilmoq - bolaning sizdan noo‘rin xafaligini bilgach, tanho qoldirib, asl maqsadingiz – uning
muvaffaqiyati ekanligini aytishingiz. Xayrixohlik, samimiylik bu usulga muvaffaqiyat keltiradi,
inoqlashmoq - bola bilan yaqin, do‘stona munosabat bog‘lamoq, ahillashib ketmoq; kafil
bo‘lmoq - bola bilmay, adashib xatoga yo‘l qo‘ygan chog‘da uning yaxshiligi haqida boshqalar
(o‘qituvi, o‘quvchilar)ni ishontirib, bola uchun mas'uliyatni o‘z ustiga olmoq.
Kengashmoq - bola sinf jamoasi oldida turgan muammoni birgalikda muhokama qilmoq;
koyimoq - jazo berishning yengil turi. Bolaga tanbehlovchi so‘z aytmoq, tanbeh bermoq,
urishib qo‘ymoq; kuzatmoq - sinf ahlining, har bir bolaning xulq-atvorini zimdan qarab,
tekshirib turmoq, ko‘zdan kechirmoq, qayd qilmoq. Ko‘rsatmoq - bolaga, bolalarga o‘rnak yoki
ibrat olishlari yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga diqqat
e'tiborlarini jalb qilish.
133
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Maqtamoq - bolani uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi tomonlarini ko‘rsatib gapirmoq,
yaxshi qilib ko‘rsatmoq; nasihat - sokin, xayrixohlik vaziyatda bolani yaxshi yo‘lga solish,
ta'lim berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand, o‘git; ovutmoq - bolaning, uning
oilasining boshiga biror kufat
tushganda unga tasalli berib yupatmoq, ovuntirmoq,
yo‘g‘lashdan to‘xtatmoq.
Quyida sharhlanayotgan milliy tarbiya metodlari xalqimizning o‘g‘il-qizlarga madaniy, mehrli-
talabchan munosabatini, bola shaxsiga hurmatini saqlab qolib, oilada va maktab tarbiyasida
qo‘llash imkonini beradi. Bolaga tarbiyaviy ta'sir o‘tkazishning salbiy usullari ham mavjud.
Amaliyotda bartaraf qilish uchun ular ham tahlil qilinib, o‘rganilmog‘i kerak. Bu, ayrim
o‘qituvchilar, ota-onalarda uchrab turadigan pedagogik-psixologik xatolarni tuzatib
olishlariga yordam beradi.
Masala bo‘yicha o‘rganishlarimizdan ayon bo‘layaptiki, har bir ota-ona o‘z farzandining
sog‘lom va baxtli bo‘lishini istaydi. Shunga qaramay, ba'zan o‘zimiz bilib-bilmay bunga qarshi
ish qilamiz. Farzand taryabisiga yondashuvda shunday gaplar borki, ularni farzandingizga
qancha gapirsangiz ham arziydi - bular motivatsiya, qo‘llab-quvvatlovchi, maqtovchi,
hamdardlik bildiruvchi so‘zlardir. Bundan tashqari yana shunday gaplar, iboralar borki, ularni
aslo tilga ola ko‘rmang. Quyida e'tiboringizga farzandingizning tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi
mumkin bo‘lgan ayorim bir yondashuvlarni havola etamiz.
"Ahmoqona gaplarni gapirma!". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolalar
kattalardan farqli o‘laroq, hech qachon bekorchi gaplarni gapirishmaydi. Sizga har qancha
kulgili yoki bema'ni tuyilmasin, farzandingiz sizga aytgisi kelgan har bir so‘z u uchun muhim
ahamiyatga ega. Uni inkor etib, bolaning so‘zlari siz uchun ahamiyatsiz ekanligini bildirgan
bo‘lasiz. Keyin farzandingiz sizdan ko‘p narsani sir tutadigan bo‘lib qolsa, ajablanmang.
Qanday gap gapirmasin, uning yutuqlari uchun xursand bo‘ling, so‘zlarini diqqat bilan tinglang.
Agar u biror bir muammo bilan kelgan bo‘lsa, uni hal qilishga urinib ko‘ring.
"Mana ol-da, nari ket!" Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolaning talabiga javob
berishning eng yomon usuli. Unga minnat qilayotganingiz yetmagandek, undan ketishni talab
qilyapsiz. Bolalar o‘z istagiga erishish yo‘lida bu usuldan foydalanishga tez ko‘nikishadi. Ota-
onalar esa keyin "qachon shunchalik uzoqlashishga ulgurdik?", deb ajablanishadi. "Nari ket"
so‘zini qo‘llamaslikka harakat qiling, zero bu siz va farzandingiz o‘rtasidagi masofani
uzoqlashtiradi.
"Boshqalar uddasidan chiqadi, sen esa yo‘q". Nima uchun bunday deyish mumkin emas?
Bolani boshqalardan yomon ekanligiga ishontirib, siz farzandingizda o‘ziga bo‘lgan
ishonchsizlik hissini shakllantirasiz. Ba'zi ota-onalar shu yo‘l bilan bolani to‘g‘ri yo‘lga solishga
urinishadi, biroq bunday usul hattoki kattalarda ham ijobiy natija bermaydi. Zigmund
Freydning shunday so‘zlari bor: "O‘zingizni taqqoslashingiz mumkin bo‘lgan yagona shaxs -
bu o‘tmishdagi o‘zingiz". Ana shu so‘zlarga asoslanib, bolani tarbiya qilsangiz, u o‘ziga
ishongan shaxs bo‘lib voyaga yetadi.
"Ko‘zimga ko‘rinma". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bunday so‘zlar bolaga na
uning o‘zi va na muammolari ota-onasiga keraksiz ekanligini bildiradi. Ba'zan ota-onalar shu
yo‘l bilan mojaroning oldini olishga harakat qilishadi, ammo muammodan qochish bilan uni
hal qilib bo‘lmaydi. Farzandlaringizning so‘zlarini eshiting, ularga yordam bering. Ziddiyatli
vaziyatlarda esa boshqacha usullarni qo‘llang.
"Sen eplay olmaysan, yaxshisi menga ber".Nima uchun bunday deyish mumkin emas?
Bolaning urinib ko‘rish harakatiga chek qo‘yib, kelajakda uni yordamga muhtoj va omadsiz
qilib qo‘yasiz. Psixologiyada buni "o‘rgatilgan ilojsizlik" deyiladi, ya'ni inson biror narsani qila
olmasligiga oldindan o‘zini ishontiradi. Shunday ekan, farzandingiz qiyinroq ishga
kirishganini ko‘rsangiz, yaxshisi unga "Kel, senga yordamlashib yuboraman", deb ayting yoki
u sizga biror ishda ko‘mak bersin.
134
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
“Beodob so‘zlar” (so‘kinish). Nima uchun mumkin emas? Ota-onaning farzandi oldida
so‘kinishi kerak emasligini barchamiz yaxshi bilamiz, bu borada ma'ruza o‘qishga hojat
bo‘lmasa kerak. Bunday so‘zlarni nutqingizdan umuman olib tashlang.
"Sen yomonsan!" yoki "Quloqsizsan". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolalar ota-
onalarining fikrlarini juda qadrlashadi. Bunday so‘zlarni aytar ekansiz, farzandingiz ularga
amal qilishini yoddan chiqarmang. Bu bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va
kelajakdagi muammolardan darak beradi. "Sen yomonsan" yoki "Quloqsizsan" deyish o‘rniga
"Sen to‘g‘ri ish qilmading", "Bu noto‘g‘ri qaror", deb ayting. Bolaga emas, uning harakatlariga
baho berib, siz uning yaxshi tomonga o‘zgarishiga turtki bergan bo‘lasiz.
"Seni yaxshi ko‘rmayman". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Ota-onaning sevgisida
shart qo‘yish noo‘rin. Undan mahrum bo‘lish xavfi hayotdan mahrum bo‘lishga teng.
Farzandingizni yaxshi ko‘rasiz-ku, axir! Unda nima uchun bolaga yolg‘on gapirasiz? Bunday
gaplarni aytaversangiz, bolaning ko‘ngliga sovuqchilik solasiz.
Ko‘rib turganingizdek, ota-onaning farzandiga bo‘lgan munosabati, ularning gapirayotgan
gaplari katta ahamiyatga ega. Shu bois har bir so‘zingizga e'tiborli bo‘ling. Ota-onaning xatti-
harakati esa undan-da muhim. Yomon so‘zlardan saqlanish bilan birga noto‘g‘ri amallardan
ham saqlaning, zero farzandingiz sizni kuzatib turibdi, u kelajakda sizning harakatlaringizni
yoki gap-so‘zlaringizni takrorlamasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. "Qush uyasida
ko‘rganini qiladi" maqolini doim yodda tuting.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yoshlarda ijobiy fazilatlarni tarbiyalashning g‘oyaviy va
ijtimoiy-psixologik omillari bugungi asrning eng dolzar masalaridan biri hisoblanadi. Bu
masalada ota-onalarning, tarbiyaga mas'ul shaxslarning milliy tarbiya, milliy xarakter, milliy
fazilatlar va ularning shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini bilmasdan turib
ularni barkamol qilib tarbiyalashning ta'sirchanligi sust bo‘ladi.
Qolaversa bugungi
yoshlarimiz real voqelikdan ko‘ra, vertual voqelik ta'siriga ko‘proq tobe bo‘lib borayotgan bir
vaqtda tarbiya masalasidagi ishlarimizni yangicha, zamonaviy yo‘nalish va yondashuvlarda
tashkil etishimiz juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlarni
ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabr
1059-sonli Qarori.
2.X.Jabborov. “Milliy tarbiya - ijtimoiy-psixologik, qonuniy va ob'ektiv jarayon sifatida”. Fan,
ta’lim va amaliyot integratsiyasi. Respublika ilmiy-amaliy konfrentsiya. ISSN: 2181-1776.
“Bilig – ilmiy faoliyat” nashri http://bilig.academiascience.or. Jild: 03 | nashr: 02 | fevral 2022.
108-118
3.M.Quronov. “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz...” Toshkent «Ma'naviyat» 2013. 320 b.
