OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Abstract

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlar va ulardagi kelib chiqadigan nizolar, oilaning mustahkamligiga doir ma’lumotlar yoritilgan. Nikoh mustahkamligi oilaviy barqarorlikning asosiy omillaridan biri bolib, uning har tomonlama tinchligi va farovonligi jamiyat rivoji uchun muhimdir. Nikohni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy va psixologik omillari, oilaviy munosabatlarning barqarorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Bunday omillar  asosan har ikki tomonning ozaro anglashuvi, hurmat, sevgi, murosa va qat'iyati bilan bogliqdir.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Jabborov , X. . ., & Saparova , M. . (2025). OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASHNING PSIXOLOGIK OMILLARI. New Uzbekistan Journal of Academic Research, 2(1), 159–162. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/64280
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlar va ulardagi kelib chiqadigan nizolar, oilaning mustahkamligiga doir ma’lumotlar yoritilgan. Nikoh mustahkamligi oilaviy barqarorlikning asosiy omillaridan biri bolib, uning har tomonlama tinchligi va farovonligi jamiyat rivoji uchun muhimdir. Nikohni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy va psixologik omillari, oilaviy munosabatlarning barqarorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Bunday omillar  asosan har ikki tomonning ozaro anglashuvi, hurmat, sevgi, murosa va qat'iyati bilan bogliqdir.


background image

159

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

OILA MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASHNING PSIXOLOGIK

OMILLARI

Jabborov Xazrat Xusenovich

Psixologiya fanlari doktori (DSc)

Saparova Munisa Baratovna

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Psixologiya mutaxassisligi magistranti

munisasaparova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14755197

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:23-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 25-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 28-yanvar 2025 yil

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlar va

ulardagi kelib chiqadigan nizolar, oilaning

mustahkamligiga doir ma’lumotlar yoritilgan.

Nikoh mustahkamligi oilaviy barqarorlikning

asosiy omillaridan biri bo‘lib, uning har

tomonlama tinchligi va farovonligi jamiyat rivoji

uchun muhimdir. Nikohni mustahkamlashning

ma’naviy-ma’rifiy va psixologik omillari, oilaviy

munosabatlarning

barqarorligini

oshirishga

xizmat qilishi mumkin. Bunday omillar asosan har

ikki tomonning o‘zaro anglashuvi, hurmat, sevgi,

murosa va qat'iyati bilan bog‘liqdir.

Nikoh mustahkamligi, ma’naviy-

ma’rifiy imkoniyatlar, psixologik

imkoniyatlar,

o‘zaro

hurmat,

ma'naviy tarbiya, o‘zaro tushunish,

oilaviy psixologik maslahatlar, diniy

qadriyatlar, sevgi va ishonch, oila

barqarorligi,

hissiy

qo‘llab

quvvatlash,

psixologik

omillar,

sadoqat.

Jamiyatda oila mustahkamligi, uning tinch- totuvligi va undagi yosh avlodni barkamol bo‘lib

kamol topishi har bir davlatda siyosiy masalalardandir. O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda

oilani qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘maklar xizmatlarini tashkil qilish, xususan

ular bandligini ta’minlash, ular imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda oilaviy turmush,

uning pastu-balandi, oila iqtisodiyoti, oila psixologiyasi bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma va

malakalar bilan ularni qurollantirish dolzarb va davlat siyosati darajasidagi vazifaga aylandi.

Mamalakatimizda oila institutini mustahkamlash to‘g‘risida muhtaram Prezidentimizning bir

necha qarorlari qabul qilingan. Oila institutini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-

tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va

fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila

institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli farmoni qabul qilindi.Unga ko‘ra:

-yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli

qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil etish, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan

yakka tartibda ish olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan, xotin-qizlar o‘rtasida bandlikka

ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat samarali tashkil etish,

- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning

ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha

maqsadli ishlar olib boorish, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning

oldini olish bo‘yicha choralarni ko‘rish;


background image

160

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

- xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyat yetarli

darajada tashkil etish, onalar kasalligi va perinatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini

olish bo‘yicha samarali tizim, ayniqsa, chekka qishloq hududlarida ham takomillashtirish;

- xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish

bo‘yicha samarali choralar ko‘rilishi, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga

yuridik maslahatlar berish mexanizmi zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil

etish;

- xotin-qizlar qo‘mitalarining keng ko‘lamli vazifalari zarur vakolatlarning yo‘qligi va

tashkiliy-shtat birliklarining yetishmasligi sharoitida xotin-qizlarning eng muhim

muammolarini hal etish borasida ularning kuch va imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish

imkonini berish ;

- Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkiliy bo‘ysunuvining noaniqligi va zarur

moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi, oila muammolarini o‘rganish hamda ularni

bartaraf etish yuzasidan amaliy, ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha unga

yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi belgilab qo‘yildi.

Oila jamiyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi

jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar bilan bevosita bogʻliq

holda amalga oshadi. Jamiyat hayotida boʻlib turadigan oʻzgarishlar, kishilarning turmush

tarzi, yashash va mehnat qilish sharoitlari, milliy axloq normalari, psixologiyasi, diniy

e’tiqodlari ham oilaviy munosabatlarning axloqiy, huquqiy, ijtimoiy mezonlariga ta’sir

koʻrsatgan. Oila muammosiga bagʻishlangan tadqiqotlarni oʻrganar ekanmiz, unda oilaviy

munosabatlarning huquqiy, axloqiy asoslari, ota-onalarning jamiyat va farzandlari oldidagi

burchi masalasi doim olimlarning diqqat markazida boʻlgan. Shuningdek, yoshlar oilaning

buyuk ma’naviyat, qadriyat, burch va mas’uliyat ekanini anglab yetmoqlari zarurligi, yigit va

qizlar mustahkam oilani shakllantirish borasidagi milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz haqida

yoshligidan toʻla va toʻgʻri tasavvurga ega boʻlishlari lozimligini ta’kidlaganlar. Shunki oiladagi

hayot, ota-onaning bir-biriga munosabati ham ana shunday tushuncha va tasavvurlar

shakllanishining asosiy shartlaridan biridir. Oiladagi psixologik muhit unda tarbiya

topayotgan farzand tarbiyasi va kelajagiga ham soya solmasdan qo‘ymaydi. “Qush inida

ko‘rganini qiladi” qabilidagi hikmatli so‘zlar ham bezijga aytilgan emas. Er va hotin o‘rtasidagi

o‘zaro munosabatlar o‘z –o‘zidan hali ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechirmagan

farzandlar tasavvurida er va hotin rolini qanday bo‘lishi kerakligi haqida tasavvurlarni paydo

qiladi. Oilaning mustahkam bo‘lishida asosiy omil bu- shaxslararo munosabatdir. Oilada har

bir jins vakili o‘z roliga ega bo‘lishi va oilada zimmasiga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyatli

bo‘lishi lozim.Oilaviy munosabatlarni buzilishiga asosiy muammolardan biri bu oiladagi

shaxslararo nizolarning paydo bo‘lishidir. Oilaviy nizolar paydo bo‘lishiga ko‘ra turlarini

ko‘rib chiqsak:

1.Qaynona- kelin o‘rtasidagi nizolar.

2.Ota- va farzand o‘rtasidagi nizolar.

3.Qaynota- kuyov o‘rtasidagi nizolar.

4.Ovsinlar o‘rtasidagi nizolar.

5.Er va hotin o‘rtasidagi nizolar.

-Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo

bo‘ladi va keskinlashadi. Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o‘rtasida tafovut

bo‘lish tabiiy hol. Ammo aksariyat hollarda qaynona-kelinlar ko‘p jihatdan bir-birining aksi

bo‘ladilar. Ayrim paytlarda esa qaynona-kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z

gaplarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun

kattalar yoshlarning kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va qo‘shiqlarini tinglashi va

shu kabi boshqa masalalarda ularni o‘z holiga qo‘yishlari lozim.

- Nikoh mustahkamligini ta’minlashda ikki yosh o‘rtasidagi sof muhabbat ham muhim

ahamiyatga ega. Bundan tashqari dinimizda ham yaxshilik qilish bir-birlarini hurmat qilish,


background image

161

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

sevish baxtga olib klishi haqida aytib o‘tilgan.Shuningdek u yana ma'lum obyektiv sabablarga

ko'ra, ya'ni dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va shu kabi

tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni bo‘lmasa, unda odamning ruhiy

xususiyatlariga ko‘ra turlicha davo choralarni qo‘llashni tavsiya etgan. Masalan, hissiyotni

boshidan kechirayotgan odamni sevgilisidan sovutish, hissiyotni zaiflashtirish, hissiyotni

boshqa shaxsga ko‘chirish, chalg‘itish, organik ehtiyojlarni qondirish orqali muhabbat hislarni

susaytirish shular jumlasidandir. Nikohning mustahkamligi, faqat bir tomondan emas, balki

har ikki sherikning hamkorligi va ruhiy yondashuvi bilan ta’minlanadi. Ma’naviy, ma’rifiy va

psixologik jihatlar, nikohning davomiyligini, barqarorligini va farovonligini ta’minlashda

muhim ahamiyatga ega. Bu omillarni rivojlantirish orqali, nikohlarni mustahkamlash va

oilaviy baxtni oshirish mumkin. G.Roland esa o‘z izlanishlarida yosh er-xotinlar oilasidagi

shaxslararo munosabatdan qoniqishlari uchun zarur kommunikativ sifatlarni ajratib

ko‘rsatgan:

1. Muloqotchanlik.

2. Oilada yuqori darajadagi o‘zaro tushunish.

3. Er-xotinlarning jinsiy qoniqqanligi.

4. Emotsional qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi va ishonch.

5. "Uy"ni oiladagi hamjihatlikni belgilovchi maskan deb qarash.

-Yuqoridagi fikrlarimizga doir dalillarni uzoq chet el psixologlari olib borgan tadqiqotlar

natijalaridan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘rov davrida

266 ta oilaviy muammolar bo‘yicha shug‘ullanadigan mutaxassislar o‘rganib ko‘rilganda,

ularning e’tirof etishicha, ulardan yordam so‘rab murojaat qilgan har 10 ta oilaning 9 tasida

o‘zaro munosabatlarda anchagina qiyinchiliklar sodir bo‘layotganligini aytib berganlar.

Mazkur qiyinchiliklardan: fikr va maslaklarning mos kelmasligi - 86,6% ni, bolalar va ularning

tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar - 45,7% ni, jinsiy munosabatlarga doir muammolar - 43,7%

ni, moliyaviy yechimsiz muammolar - 37% ni, madaniy muammolar - 37,6% ni, tug‘ishganlar

bilan munosabat - 28,4% ni, er-xotin o‘rtasidagi ishonchsizlik - 26,6% ni, xo‘jalik ishlari bilan

bog‘liq masalalarda - 16,7% ni, ma’naviy-jismoniy haqoratlash - 15,6% ni tashkil etadi. Aynan

shu kabi muammolarga doir, ya’ni er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning me’yorli

kechishini amerikalik tadqiqotchilar V.Metyuza va K.Mixanovichlar o‘rganganlar.

Ular baxtli va baxtsiz oilalar orasidagi o‘ndan ortiq zarur farqlarni ko‘rsatib o‘tganlar.

Bulardan oilada er-xotin munosabatlaridagi tengsizlik; bir-birini yaxshi tushunmaslik; jahl

bilan gapirish; o‘zini tahqirlanganligini sezish; e’tiborsizlik; umidsizlik; ishonchsizlik;

janjallarni sodir etib turish; bir-birining fikriga qo‘shilmaslik, e’tibor talablik kabilar oilada

baxtsizlik keltiruvchi muhim omillardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gʻ.B.Shoumarov,I.O. Oila psixologiyasi T.:2011-y,

2.

Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari

bilan determinantlashuvi. Science and Education, 2(Special Issue 1), 133-143.

3.

Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their

own health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 3071- 3076). ISSN-

2394-5125 VOL 7.

4.

Tursunboyev, S. (2023). Boshlang ‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari.

Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(11), 142-145.

5.

Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students.

Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 173-175.

6.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и

культуры,

4(6

Part

2),

73–76.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717


background image

162

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

7.

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific

progress, 3(4), 923-929.

8.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting

Them.

Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

9.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical

Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

10.

2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them.

Pedagogical

Cluster-Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

11.

2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.

Pedagogical Cluster-

Journal of Pedagogical Developments

. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

12.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ

В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

13.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-

VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI.

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические

исследования,

4(1),

50–53.

извлечено

от

https://in-

academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882

14.

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ

ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103.

извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151

References

Gʻ.B.Shoumarov,I.O. Oila psixologiyasi T.:2011-y,

Mirzaeva, S. R. (2021). Talaba valeologik ongining psixologik himoya mexanizmlari bilan determinantlashuvi. Science and Education, 2(Special Issue 1), 133-143.

Rustamovna, M. S. (2020). Psychological features of attitudes of students to their own health in conflict situations. journal of critical reviews (No. 17, pp. 3071- 3076). ISSN-2394-5125 VOL 7.

Tursunboyev, S. (2023). Boshlang ‘ich ta’limda dezadaptatsiyaning psixologik xususiyatlari. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(11), 142-145.

Baxtiyarovich, T. S., & Mirzaeva, S. R. (2023). Dezadaptation of elementary students. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 173-175.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress, 3(4), 923-929.

Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.

Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50–53. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882

Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151