"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
360
JEK LONDONNING “LOVE OF LIFE (HAYOTGA MUHABBAT)”
HIKOYASI TARJIMASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Aripova Saodat Taxirovna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,
Filologiya kafedrsi o‘qituvchisi
aripova_saodat8822@mail.ru
+998977281111
Annotatsiya. Ushbu maqolada badiiy tarjima jarayonida lingvistik
xususiyatlarning ahamiyati, tarjimada milliy rang, madaniy tafovutlar va ularning
tarjima sifati va tushunilishiga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif J. Londonning “Hayotga
muhabbat” hikoyasi asosida lingvistik va madaniy o‘ziga xosliklarning tarjimada
qanday aks etishi va tarjimon tomonidan qanday yondashuvlar qo‘llanilishi lozimligi
haqida misollar keltiradi. Tarjimonning kommunikativ ta’sirni saqlab qolishdagi roli,
madaniy neytrallikni saqlashi va lingvomadaniy farqlarga asoslangan
yondashuvlarning zarurligi asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar: tarjima, lingvistik xususiyatlar, madaniyatlararo tafovut,
kommunikativ ta’sir, umumlashtirish, leksik birliklar.
Аннотация.
В
данной
статье
рассматривается
значение
лингвистических особенностей в процессе художественного перевода, а также
влияние национального колорита и культурных различий на качество и
понимание перевода. На основе рассказа Джека Лондона «Любовь к жизни»
анализируются подходы к передаче культурных и языковых элементов в
переводе. Особое внимание уделяется роли переводчика в сохранении
коммуникативного эффекта, необходимости культурной нейтральности и
использования стратегий адаптации.
Ключевые слова: перевод, лингвистические особенности, межкультурные
различия, коммуникативный эффект, генерализация, лексические единицы.
Abstract. This article explores the role of linguistic features in literary
translation, focusing on the influence of national color and cultural differences on
translation quality and comprehension. Using Jack London’s short story “Love of Life”
as a case study, the paper illustrates how linguistic and cultural elements are handled
in translation. It emphasizes the importance of the translator's role in preserving
communicative effect, maintaining cultural neutrality, and applying strategies such as
generalization and contextual adaptation.
Keywords: translation, linguistic features, cross-cultural differences,
communicative effect, generalization, lexical units.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
361
Tarjimaning lingvistik xususiyatlarini aniqlashda tarjimada inson hayotining
turli jihatlari, shu jumladan milliy rang masalasi kuzatiladi, bu odatda odamlarning
kiyimi, xulq-atvori va tilida uchraydigan ba’zi iboralar bilan xususiyatlanadi.
J. Lakoff til va madaniyat oʻrtasidagi munosabatni ochish uchun
metaforalarni tahlil qilish vositasini taklif qiladi [1]. Chunonchi, nima uchun
tarjimaning lingvistik xususiyatlari nazariyasi chet tilidagi ba’zi iboralarni
oʻzlashtirganda tushunishni osonlashtirsa, boshqalarini tushunish qiyinligini
tushuntiradi. Ushbu usul taqqoslangan tillar orasidagi kognitiv farqlarni aniqlashga
yordam beradi. Bunday farqlar tasodifiy emas va dunyodagi hodisani u yoki bu shaxs
ma’lum bir tarzda tushunishini koʻrsatadi.
Badiiy adabiyotni matn shaklida tarjima qilishda gap nafaqat tilni
toʻgʻridan-toʻgʻri hisoblangan tizimlar shaklida oʻrganish, balki matnning tabiati,
uning tuzilishi, mazmuni va fikrni ochishdagi oʻrni kabi umumiy tilshunoslikdagi
nazariy baholar asosida bir qator masalalarni hal qilish dolzarb muammolardan biridir.
Hikoya tarjimasida leksik-grammatik va leksik-uslubiy vositalarni tahlil
qilish ularni lingvistik nuqtai nazardan oʻrganishda qoʻl keladi. Matnlar bir tilning
sintaktik, leksik-grammatik va leksik-usubiy vositalarini boshqa tilga tarjima qiladigan
turli yoʻllar bilan yaratilishi mumkin. Buning qanday shakllantirllishi, albatta,
tarjimonning mahoratiga bogʻliq.
Hikoya tarjimasida lingvistik xususiyatlarning leksik birliklarini qayta
taqdim etish turli shakllarda boʻlishi mumkin. Ushbu shakllarni uchta munosabatlar
orqali koʻrish mumkin:
1) muqobil (butunlay tenglik);
2) qisman tenglik;
3) tengsizlik (istisnolar).
Insonlar hayotidagi zarur narsalar va hodisalarni madaniyat vositasi
sifatida baholash mumkin. Masalan, bir tomondan quyosh yoki oyni madaniyatga
kiritish imkonsiz koʻrinadi. Biroq, bu tushunchalar barcha xalqlarning madaniyatlarida
mavjudligi ma’lum. Biroq, ba’zi sovuq ob-havo hukm suradigan joyda yashovchi
yevropaliklari (slavyanlar va nemislar) quyoshni iliqlik, gʻayrat va xayrixohlik belgisi
sifatida ijobiy baholaydilar. Boshqa tomondan, arab madaniyatida salbiy qiymat
quyoshga tegishli boʻlib, u yozda hayotni qiyinlashtiradigan jazirama haroratga
tenglashtiriladi. Shuning uchun quyoshni nafaqat tabiiy hodisa, balki madaniy
mahsulot sifatida ham tushunish mumkin.
Hikoya tarjimonlari duch keladigan eng dolzarb muammo bu asl matnning
ohangdorligi va musiqiyligini takrorlash va asl matnning ta’sirini tarjimaga
oʻtkazishdir. Buni uddalash uchun tarjimonlar grammatik va leksik birliklarni, tilning
stilistik xususiyatlarini va lingvistik xususiyatlarini toʻliq oʻrganishlari kerak.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
362
Q. Musaev lingvomadaniy xususiyatlar toʻgʻrisida shunday deydi: “Tarjimonni
xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan xos soʻzlar ma’no va shakllaridan koʻra
koʻproq ularning muayyan kontekslarda oʻtab keladigan vazifalarini qayta yaratish
masalasi mashgʻul qilmogʻi darkor. Bu tarjimonni asl nusxadagi xos soʻzlarni beasos
tarjima matniga koʻchirish yoki, mumkin boʻlmagan taqdirda ham, ularni tarjima
tilidagi xos soʻzlar bilan almashtirib qoʻyish xavfidan saqlab qoladi. Tarjima
amaliyotiga vazifaviy uygʻunlik nuqtaiy nazaridan yondashish asliyatdagi bunday
ifoda vositalarining hajm, vazn, miqdor, hislat, xususiyat va vazifa aniqligini qayta
yaratadi, shu bilan birga tarjimaning keng kitobxon ommasiga yaxshi tushunarli
boʻlishiga erishish imkoniyatini beradi.” [2]
Hikoya mazmuni muallif tomonidan maxsus tanlangan tilning lingvistik
xususiyatlarini, ya’ni leksik va sintaktik, shuningdek stilistik birliklarni shakllantiradi.
Asl matn ma’lumotni kommunikativ maqsadiga muvofiq yanada ta’sirchan va samarali
qiladigan lingvistik vositalardan tanlanadi. Natijada, bunday maqsadlar uchun
yaratilgan matnlar ma’lum bir lingvistik potensialga ega va axborot qabul qiluvchiga
(retseptoriga) kommunikativ ta’sir koʻrsatadi.
Musiqa turli odamlarga turlicha ta’sir qilgani kabi, qabul qiluvchilarning olgan
bir xil ma’lumotlariga munosabati ham har xil boʻlishi mumkin. Axborot oluvchining
axborotga nisbatan yuzaga keladigan lingvistik munosabati nafaqat hikoya matniga,
balki qabul qiluvchining shaxsiyati, ma’lumoti, hayotiy tajribasi, ruhiy holati va
boshqa shunga oʻxshash xususiyatlariga ham bogʻliq. Matnlarning lingvistik va
kommunikativ ta’sirini ularning turli darajadagi odamlarga turli xil ta’siri bilan ham
aniqlash mumkin.
Tarjima jarayonining birinchi bosqichida hikoya tarjimonining oʻzi ma’lumotni
oluvchi sifatida matnda iloji boricha koʻproq ma’lumotni tushunishga harakat qiladi.
Buning uchun u asl tilda mavjud boʻlgan barcha ma’lumotlardan xabardor boʻlishi
kerak. Shuning uchun muvaffaqiyatli tarjima asl matn tegishli boʻlgan odamlarning
tarixi, madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari, madaniy me’rosi va turmush tarzi bilan
bogʻliq ba’zi soʻzlarni bilishni va ularni chuqur oʻrganishni talab qiladi.
Tarjimon, tillararo aloqada vositachi sifatida, turli hodisalarga boʻlgan
munosabatida betaraf qolishi va bu munosabatlar voqea yoki hodisalarning birinchi
marta asliyatda ifodalanganidek aniqligiga zarar yetkazmasligini ta’minlashi kerak.
Shu nuqtai nazardan, tarjimon lingvomadaniy neytral pozitsiyani egallashi kerak.
Hikoya tarjimasi jarayonining ikkinchi bosqichida tarjimon asl matnda
ifodalangan voqealarni oʻquvchi tushuna oladigan lingvistik vositalar yordamida
takrorlashga harakat qiladi. Madaniyatlararo farqlar tarjima tili aniq va tushunarli
boʻlishiga kafolat bera olmaydigan hollarda, tarjimon bunday toʻsiqlardan qochish
choralarini izlaydi va matnga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi kerak boʻladi.
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
363
Tarjimani oʻqiyotgan odamning bilim va tajribasining yetishmasligi tarjimonni
ma’lum ma’lumotlarni aniq ifoda etishga, ya’ni matn mazmunini qoʻshish yoki
izohlashga majbur qiladi. Bu holat, ayniqsa, hikoyada ismlar, geografik atamalarning
tarjimalarida va turli mintaqalardagi madaniy va milliy belgilarga ega soʻzlarning
tarjimalarida keng tarqalgan.
Tarjima qilingan matnni ma’lumot oluvchi tushunishi mumkin boʻlgan tilda
qayta tiklash zarurati tarjimondan asl nusxada tushunish qiyin boʻlgan elementlarni asl
nusxada taqdim etilgan ma’noda yetkazish uchun qoʻshimcha talqinlarni yaratishni
talab qiladi. Bunday elementlarni asl tilni oʻquvchi osongina tushunishi mumkin,
ammo tarjima qilingan til oʻquvchiga hech qanday ma’no bermasligi mumkin.
Masalan, mashhur amerikalik yozuvchi Jek Londonning “Hayotga muhabbat”
hikoyasidan olingan quyidagi misolda Angliyada Bosh Vazir qarorgohi manzilini
ifodalagan (No. 10) faqat tarjimonning aralashuuvi bilangina oʻquvchilarga aniq
boʻlishi mumkinligi bor gap. Oʻquvchi tarjimonning salohiyati evaziga bu yerda bu
raqam nimani anglatishini bilish uchun ortiqcha bosh qotirib oʻtirmaydi. Vaholanki, bu
manzil ingliz oʻquvchilarining barchasi uchun birdek tushunarli.
“The Prime-Minister spoke a few
words from a window in No. 10.” (J.
London “Love of life”)
Bosh vazir oʻz qarorgohi
balkonidan qisqa nutq soʻzladi. (F.
Abdullaev “Hikoyalar” T.: 1955. –B. 57)
Tarjimashunoslikda “generalizatsiya” (umumiylashtirish) deb nomlangan
yana bir strategiya borki, hikoyalar tarjimasida juda qoʻl keladi. Jek Londonning
“Hayotga muhabbat” hikoyasi asliyati va tarjimasidan olingan ushbu oʻrinlar
fikrimizga yaqqol misol boʻla oladi:
“Also, he would find flour, – not
much, – a piece of bacon, and some
beans” (J. London “Love of life” 1905. r.
63)
Bundan tashqari oʻsha yerda oz
boʻlsa ham un, bir parcha goʻsht, loviya
ham bor. (F. Abdullaev “Hikoyalar” T.:
1955. –B. 59)
“a «swept» yard that was never
swept where Johnson grass and rabbit-
tobacco grew in abundance.” (J. London
“Love of life” 1905. r. 65)
“top-toza” hovli hech qachon
supirilmas va butunlay oʻt-oʻlanlar bilan
qoplanib yotardi”. (F. Abdullaev
“Hikoyalar” T.: 1955. –B. 60)
Yuqoridagi misollardagi choʻchqa goʻshtidan qilingan taom va Amerikaning
jazirama hududlarida oʻsuvchi oʻt nomlari ifodalaydigan “
bacon
” hamda “
Johnson
grass
” va “
rabbit tobacco
” oʻzbek kitobxonlariga umuman tanish boʻlmaganligi
sababli tarjimon F.Abdullayev bu yerda ularni umumiylashtirib shunchaki goʻsht yoki
oʻt-oʻlanlar tarzida tushuntirgan. Ikkinchi misoldagi “
Johnson grass
” va “
rabbit
"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
364
tobacco
” lar oʻzbek tiliga soʻzma-soʻz tarjima qilinganda qanchalik gʻalati va kulguli
chiqishiga ham e’tibor berish oʻrinli: “
Jonson oʻti
”, “
quyon tamaki
”.
Tarjima orqali oʻzbek oʻquvchilariga ma’lumot yetkazishga harakat qilayotgan
tarjimon oʻz matnini bilim jihatdan ma’lum yuqori yoki past saviyadagi oʻquvchiga
yoʻnaltiradi. Bu esa asliyatni qisqartirish va moslashtirishga olib kelishi bor gap. Buni,
ayniqsa, yosh kitobxonlar uchun kitoblarni chet tiliga tarjima qilishda koʻrish mumkin.
Tarjimada lingvistik imkoniyatlarning qay darajada aniq aks ettirilganligini
badiiy asarning oʻquvchiga ta’sirida koʻrinadi. Shekspir, J. London va Ch. Dikkens
kabi yzouvchilar asarlarini ona tilida oʻqiganlar asl mualliflarning badiiy iste’dodlarini
his qilishlari va nima uchun ular oʻz vatanlarida buyuk yozuvchi sifatida tan olinishini
tushunishlari mumkin. Agar tarjimonlar ham oʻz vazifalarini toʻla-toʻkis uddalay
olsalar, ingliz tilidan tarjimaning kommunikativ ta’siri toʻliq mavjud deb hisoblanadi.
Albatta, asliyatdagi kitoblarni oʻqishdagi kommunikativ ta’sirni ushbu asar
tarjimasining oʻzbek kitobxonlariga ta’siri bilan taqqoslash mezoni yoʻq. Vaholanki,
tarjimani oʻqigan oʻquvchilarning reaksiyasi asl nusxani oʻqigan oʻquvchilarga
qaraganda kamroq yoki aksincha boʻlishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
G. Lakoff, M. Johnson. Metaphors We Live By. 1980.
2.
Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari: darslik. – Т.: Fan, 2005. – .352 b.
3.
J. London “Love of life”
4.
F. Abdullaev “Hikoyalar” T.: 1955.
