MALIKA AYYOR” DOSTONIDA HAMROH OBRAZI

Annotasiya

Maqolada “Malika Ayyor” dostoni – xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lib, unda qadimiy turkiy va islomiy mifologiyaga oid obrazlar, tushunchalar va timsollar kuchli badiiy shaklda ifodalangan. Doston voqealari mantiqiy tarixiy asosda rivojlansada, uning asosiy dramatik chizig‘ida ko‘plab mifologik unsurlar, sehrli voqealar, bashoratli tushlar, ilohiy belgilar hamda g‘ayritabiiy kuchlar muhim o‘rin egallaydi.Albatta, bu tanlangan mavzumizning dolzarbligini ifodalagan.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
103-107
4

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To‘rayeva, X. S. (2025). MALIKA AYYOR” DOSTONIDA HAMROH OBRAZI. Universal Science Research Jurnali, 3(4), 103–107. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/110693
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada “Malika Ayyor” dostoni – xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lib, unda qadimiy turkiy va islomiy mifologiyaga oid obrazlar, tushunchalar va timsollar kuchli badiiy shaklda ifodalangan. Doston voqealari mantiqiy tarixiy asosda rivojlansada, uning asosiy dramatik chizig‘ida ko‘plab mifologik unsurlar, sehrli voqealar, bashoratli tushlar, ilohiy belgilar hamda g‘ayritabiiy kuchlar muhim o‘rin egallaydi.Albatta, bu tanlangan mavzumizning dolzarbligini ifodalagan.


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 06, 2025

103

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

“MALIKA AYYOR” DOSTONIDA HAMROH OBRAZI

To‘rayeva Xamida Sharofiddinovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,

Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni

o‘qitish o‘zbek tili yo‘nalishi IV bosqich

talabasi

Tel.: +998 90 248 12 90

Annotatsiya:

Maqolada “Malika Ayyor” dostoni – xalq og‘zaki ijodining bebaho

namunasi bo‘lib, unda qadimiy turkiy va islomiy mifologiyaga oid obrazlar,

tushunchalar va timsollar kuchli badiiy shaklda ifodalangan. Doston voqealari

mantiqiy tarixiy asosda rivojlansada, uning asosiy dramatik chizig‘ida ko‘plab

mifologik unsurlar, sehrli voqealar, bashoratli tushlar, ilohiy belgilar hamda

g‘ayritabiiy kuchlar muhim o‘rin egallaydi.Albatta, bu tanlangan mavzumizning

dolzarbligini ifodalagan.

Kalit so‘zlar:

badiiyat, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat, estetik yondoshuv, milliylilik,

xalqchillik,

v

afodorlik

,

mardlik va jasorat,

m

ifologik obrazlar

, s

ehr

.

Annotation:

In the article,

"Malika Ayyor"

is presented as a priceless example of

folk oral literature, in which images, concepts, and symbols related to ancient Turkic

and Islamic mythology are expressed with strong artistic style. Although the events in

the epic develop on a logical historical basis, its main dramatic line features numerous

mythological elements, magical events, prophetic dreams, divine signs, and

supernatural forces. Certainly, this highlights the relevance and significance of the

chosen topic.


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 06, 2025

104

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Key words: Artistry, educational value, aesthetic approach, nationality,
nationalism,

l

oyalty. bravery and courage, mythological characters,

m

agic.

“Malika Ayyor” dostoni voqealari tafsilotida jismoniy kuchdan ko‘ra, ruhiy kuch,
sabr-toqat, iymon va duoga tayanish kuchliroq kuch sifatida ilgari suriladi.
Qahramonlar duch kelgan murakkab sinov va mashaqqatlarda aynan ularning ichki
ruhiy holati, ilohiy kuchga bo‘lgan ishonchi ularni qutqaradi, yo‘l ko‘rsatadi,
muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Doston davomida bosh qahramonlar Malika Ayyor va
Avaz bir necha bor og‘ir sinovlarga duch kelishadi. Yovuz kuchlar, makkorlar,
dushmanlar, jismoniy qiynoqlar, ayriliq va xiyonatlar fonida ular o‘z ruhiy
mustahkamligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Malika Ayyorning dushman qarshisida
yolg‘iz qolgan paytdagi sabr-toqati, Allohga bo‘lgan ishonchi unga ruhiy bardamlik
beradi. Bu obrazlar orqali shoir inson iymonining, ruhiy qudratining qanday yuksak
cho‘qqilarga olib chiqishini ko‘rsatadi.

Dostonda ilohiy ishonchning muhim vositasi sifatida duo alohida o‘rin tutadi.
Qahramonlar sinovli pallalarda duo qiladi, Ollohdan yordam so‘raydi va aynan shu
ishonch ular hayotida muhim burilish yasaydi. Doston voqealari davomida sabrli va
iymonli qahramonlarning oxir-oqibat yuksak mukofotga erishishi ham islomiy
e’tiqoddagi “eng sabrli bandaga Alloh mehribon bo‘lur” degan g‘oyaning badiiy
talqinidir.Doston voqealarida ko‘p hollarda kuchli qurollangan dushmanlar, g‘animlar,
zolimlar tasvirlanadi. Ammo ular qahramonlarning ma’naviy tozaligi, sabr-matonati,
haqiqat yo‘lida fidokorona harakati qarshisida mag‘lub bo‘ladi. Bu orqali shoir va xalq
og‘zaki ijodkorlari jismoniy kuchdan ko‘ra ruhiy kuch, ilohiy ishonch ustunligini
targ‘ib etishadi. Bu jihatdan doston tasviridagi kurash – oddiy hayotiy voqea emas,
balki haq va nohaqlik, zulmat va nur, shaytoniy niyatlar bilan ilohiy iymon o‘rtasidagi
kurash sifatida talqin etiladi..

“Malika Ayyor” dostoni xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida nafaqat
qahramonlik, sarguzasht va muhabbat mavzularini o‘zida jamlagan, balki o‘zbek
xalqining asriy diniy e’tiqodlari, ruhiy-ma’naviy qadriyatlari va axloqiy ideallarini
o‘zida mujassamlashtirgan bebaho adabiy yodgorlikdir.Doston voqealarining chuqur
qatlamlarida doimo ilohiy qudratga bo‘lgan ishonch, qismatga bo‘y sunish, duo va
sabrning kuchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Avaz,
Go‘ro‘g‘li, hamrohlar va boshqa markaziy qahramonlarning ichki ruhiy holatlari,


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 06, 2025

105

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

ularning harakatlariga asos bo‘luvchi ma’naviy turtkilar bu dostonning mifologik
mazmunini yanada chuqurlashtiradi.

1

______________________________________

1

M.Saidov O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat. “ Fan” , 1969.Ma’rifat fidoyisi

“Malika Ayyor” dostoni xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida nafaqat
qahramonlik, sarguzasht va muhabbat mavzularini o‘zida jamlagan, balki o‘zbek
xalqining asriy diniy e’tiqodlari, ruhiy-ma’naviy qadriyatlari va axloqiy ideallarini
o‘zida mujassamlashtirgan bebaho adabiy yodgorlikdir.Doston voqealarining chuqur
qatlamlarida doimo ilohiy qudratga bo‘lgan ishonch, qismatga bo‘y sunish, duo va
sabrning kuchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Avaz,
Go‘ro‘g‘li, hamrohlar va boshqa markaziy qahramonlarning ichki ruhiy holatlari,
ularning harakatlariga asos bo‘luvchi ma’naviy turtkilar bu dostonning mifologik
mazmunini yanada chuqurlashtiradi.

Avazning har bir qadamida – u jang maydoniga chiqayotganida to‘siqlarni
yengayotganida ham – yaratganga bo‘lgan qat’iy ishonch, duo, sabr va adolatparvarlik
yo‘l ko‘rsatadi. Avazxonning ruhiy jasorati, taqdirga itoatkorlik bilan emas, e’tiqod
bilan qarshi turishi – bu dostonni nafaqat sarguzashtli, balki tarbiyaviy-axloqiy risola
darajasiga olib chiqadi.

Aynan shuning uchun ham “Malika Ayyor”dostoni o‘zbek xalqining diniy va
ruhiy dunyoqarashini ifoda etuvchi xalqona falsafiy asardir. Unda ilohiy ishonch –
faqat diniy ramz emas, balki insonning ichki komillikka intilishida tayanch bo‘ladigan
kuch sifatida gavdalanadi. Shu orqali doston o‘z o‘quvchisiga hayotda sabrli, pok
niyatli, imonli bo‘lishni, har qanday zulm va yovuzlik ustidan aynan iymon kuchi bilan
g‘alaba qozonish mumkinligini eslatib turadi.

“Malika Ayyor”dostonida hamroh obrazlarining tasvirida tarixiylik va badiiylik
uyg‘unligi nafaqat obrazlarning jozibadorligini oshiradi, balki ular orqali xalq
tarixidagi muhim qadriyatlar – do‘stlik, fidoyilik, maslahatlashuv, jamoaviylik singari
tushunchalarni jonlantiradi. Bu obrazlar tarixiy kontekstda xalq tafakkurining mahsuli
bo‘lsa, badiiy kontekstda ular Ayyorning ma’naviy yetilishida kuchli ta’sirchan vosita
sifatida xizmat qiladi. Hamrohlar dostonlarda ko‘pincha ijtimoiy qatlamning turli
vakillari sifatida gavdalanadi. “Malika Ayyor”dostonida ular oddiy xalq vakili
bo‘lishiga qaramay, o‘z tafakkuri, shijoati, sadoqati bilan bosh qahramonning
maqsadiga yetishda muhim rol o‘ynaydi. Tarixiy obrazlar bilan badiiy obrazlar
o‘rtasidagi bog‘liqlik dostonlarda Malika Ayyor kabi bosh qahramonlar ko‘pincha


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 06, 2025

106

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

o‘tmishda yashab o‘tgan tarixiy yoki afsonaviy shaxslarning badiiy timsoli bo‘lsa,
hamrohlar ana shu tarixiy shaxslarning tarixda ular bilan bir safda bo‘lgan sodiq
yelkadoshlaridan ilhomlanib yaratilgan.

2

_____________________

2

.Malika Ayyor. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1988,20-216.;3342.

Masalan, Jaloliddin Manguberdining sodiq jangchilari, Amir Temurning “To‘rt
Ulusbek”lar kabi tarixiy do‘stlari bor edi. “Malika Ayyor”da ham bunday sodiqlik ruhi
badiiy obrazlar orqali jonlanadi.

“ Malika Ayyor “ dostonida ham hamroh obrazlarning turli tasodiflar bilan bir
biri bilan duch kelishi aniq ko‘rsatilib o’tiladi. Masalan, ikki mergan obrazlar Asad va
Shodmon mergan, biri Naymani mergan, ikkinchisi Qipchoqi mergan. “Ikkalasi ham
daftari mergan, qasd qilsa qushning ko’zidan urgan merganlar”. Bu obrazlar Avazxoni
o’ldirish maqsadida boradi-yu, lekin kuchi yetmagandan, ilojini qilolmagandan keyin,
yo‘lda bir ilojini qilish, ovloq bo‘lgan yerda Avazxoni o‘ldirib o‘z muddaosiga yetishi
tasvirlanadi. Lekin bari bir Avazxoni o‘ldirishga kuchi yetmaydi va o‘zlari bilmagan
holda Avazxonga hamroh bo‘lib qoladi. Bu hamrohlik voqeallar rivojining oxirigacha
davom etadi. Hamrohlardan yana biri Shoqalandar obrazi. Aslida Avazxonning otasi,
Chambil yurtining egasi bo‘ladi. Go‘ro‘g‘li farzandini yetmish yillik yo‘lda
qiyinchilikka duch kelishini bilib, o‘g‘lining mard, tanti, shijoatli ekanligini bilgan
holatda, farzandiga ko‘zi qiymasligi sababli, unga yordam berish maqsadida sehr-
jodu bilan Shoqalandar obraziga kirishi va Avazxonga ko‘mak berishi orqali hamrohga
aylanib qolishi tasvirlanadi. Shozargar obrazi ham yetmish yil oldin Malika ayyorga
duch kelishi va oshiq bo‘lib qolib yetmish yil qidirib yurishi, bu obraz ham Rum
mamlakatining shohi bo‘lishiga qaramay, bunda oshiqlik tushunchasining paydo
bo‘lishi, bu orqali chinorning oldida duch kelib, Avazxonga hamrohlik qiladi.
Shoqalandar, Shozargar, Avazxoning maqsadi bitta , Malika Ayyorning yurtiga borib
Malika Ayyorni olib qaytish, yo‘lda bir biri bilan do‘st bo‘lishi, hamrohlik qilishi, bir-
biriga himoyachi va yo‘lda barcha zahmatlarni birga bosib o‘tishi bularning asosiy
vazifasi bo‘lib qoladi. Hamrohlarning harakati tarixiy hodisalarni badiiy ko‘rinishda
tiklash uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Har bir obraz – xalq xotirasining bir
bo‘lagi.Badiiy uslubda ifodalangan tarixiy haqiqatlar “Malika Ayyor” dostoni o‘zida
xalq tarixini badiiy vositalar orqali yoritgan asardir. Unda:


background image

XXI ASRDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM

TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Volume 03, Issue 06, 2025

107

XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Tarixiy haqiqat – xalq orasidagi voqealar, siyosiy kurashlar, urushlar, el-yurt

taqdiri bilan bog‘liq holatlar. Badiiy haqiqat – mazkur voqealarning estetik shaklda,
poetik til bilan ifodalanishi orqali beriladi.

3

___________________________________

3

” Mumtoz so‘z”. 2009.31-336,446; 1724. Fozil shoir. 3-kitob, -T.; “Fan”, 1973

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Saidov O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat. “ Fan” , 1969.Ma’rifat
fidoyisi.

2 .Malika Ayyor. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1988,20-

216.;3342.

3. ” Mumtoz so‘z”. 2009.31-336,446; 1724. Fozil shoir. 3-kitob, -T.; “Fan”, 1973

Bibliografik manbalar

M.Saidov O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat. “ Fan” , 1969.Ma’rifat fidoyisi.

Malika Ayyor. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1988,20-216.;3342. 3. ” Mumtoz so‘z”. 2009.31-336,446; 1724. Fozil shoir. 3-kitob, -T.; “Fan”, 1973

” Mumtoz so‘z”. 2009.31-336,446; 1724. Fozil shoir. 3-kitob, -T.; “Fan”, 1973