«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ASOSIY EKINDA MAKKAJO‘XORINING DON HOSILDORIGIGA TUP
QALINLIKLARINI TA’SIRI
.
1
Ruzimov J.SH.,
2
Bekchanov X.Y,
3
Ilhomova G M.,
4
Karimova I U
UrDU dotsenti
1
,
UrDU mustaqil tadqiqotchisi
2
,
UrDU talabasi
3
,
UrDU talabasi
4
.
Annatotsiya:
Makkajo‘xorining don hosildorligi, Xorazm vohasi sharoitida
makkajo‘xorini tup qalinligini aniqlash, makkajo‘xorini asosiy ekin sifatida ekish, don
mahsuldorligini o‘rganish.
Kalit so
‘
zlar:
Makkajo‘xori, hosildorlik, tup qalinlik, Xorazm vohasi sharoiti.
Аннoтация
:
Урожайность зерна кукурузы, определение густоты куста
кукурузы в условиях Хорезмского оазиса, посев кукурузы как основной
культуры, изучение урожайности зерна
.
Ключевые слова:
Кукуруза, урожайность, густота кустов, условия
Хорезмского оазиса.
Annotation:
Corn grain yield, determining corn bush thickness in the conditions
of the Khorezm oasis, planting corn as the main crop, studying grain yield.
Key words:
Corn, yield, bush density, conditions of the Khorezm oasis.
Makkajo‘xori eng qadimiy ekinlardan bo‘lib, insonlar uni eramizdan bir necha
ming yillar ilgari ekib kelishgani va uning vatani Markaziy Amerika hisoblanishini
qayd etishgan. Shuningdek, makkajo‘xori birinchi marta Ispaniyaga XVI asrning
boshlarida keltirilganligi va XVIII asr oxirlarida makkajo‘xori Sharqiy Xitoy orqali
O‘rta Osiyoga o‘tganligi haqida ma’lumot mavjud[1, 303-b].
Makkajo‘xori o‘simligidan yuqori hosil olish uchun, avvalo, agrotexnik
tadbirlarni to‘g‘ri tanlash, maqbul ekish muddatlarini aniqlash, optimal ekish
me’yorlarini qo‘llash va don hosilini vaqtida kechiktirmasdan yig‘ishtirib olish juda
muhim hisoblanadi[2,3-8-b].
Makkajo‘xori (Zea mays) jahon qishloq xo‘jaligida aholi uchun oziq-ovqat va
chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasi yaratishda muhim ahamiyatga molik
o‘simlik hisoblanadi[3, 174-177-b].
385
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Mamlakatimizda makkajo‘xori silosbop ekin sifatida birinchi o‘rinda turadi.
Makkajo‘xori silosi yaxshi hazm bo‘ladi va parhezlik xususiyatiga ega. Ozuqa uchun
hammadan ko‘proq uning doni endigina qota boshlagan (yoki sut-mum pishiqligida)
dumbul so‘tali poyasidan tayyorlangan silos sifatli, to‘yimli hisoblanadi. Bu davrda
so‘tasining 60% sut-mum pishiqligida bo‘ladi hamda o‘simliklar yashil va sersuv,
hazmlanishi yengil bo‘lishi bilan ajralib turadi
Hozirda respublikamizda makkajo‘xori sug‘oriladigan yerlarda asosiy va
bug‘doy hosilidan bo‘shagan ang‘izga takroriy ekin sifatida ekilmoqda. Ammo,
makkajo‘xorining sug‘oriladigan yerlarda asosiy va ang‘izda yetishtirishning ilmiy
asoslangan texnologiyasining yo‘qligi tufayli fermer xo‘jaliklarida asosiy ekin sifatida
ekilganda gektaridan 40-50 s/ga don, 350-400 s/ga silos massasi hosili olinmoqda.
Makkajo‘xoridan past hosil olinishiga bir qator sabablar mavjud. So‘nggi yillarda
makkajo‘xorini yangi navlari, duragaylari yaratildi va Davlat reestriga kiritildi. Yangi
nav va duragaylarning biologik xususiyatlariga hamda mintaqa tuproq-iqlim sharoitiga
mos ekish sxemalari, tup qalinligi ishlab chiqilmagan.
Ilmiy-texnika taraqqiyotini butun dunyoda jadallashtirish asosiy muammo bo‘lib
hisoblanadi. Mamlakat qishloq xo‘jaligida qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishning
resurstejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga don va chorva mollari ozuqasini
ishlab chiqarishni oshirish ko‘zda tutilgan. Bunda makkajo‘xoriga katta e’tibor
qaratilgan, chunki u sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida don va silos massa
hosildorligi bo‘yicha barcha ozuqabop o‘simliklardan ustun turadi.
O‘zbekistonda makkajo‘xori o‘simligining tup qalinligini aniqlash muammosi
bilan ko‘pchilik tadqiqotchilar shug‘ullanishgan. Xorazm viloyati sharoitida
makkajo‘xori o‘simligining tup qalinligini aniqlash asosiy maqsadimizdan iboratdir.
Bu boradagi ishlar natijasini Z.U.Umarov, U.M.Isakulov, Z.N.Xalikulov,
S.M.Mamaniyozov, R.B.Bobokulova, D.Yedenbayev, Yu.Sharipov, A.Roziqov va
T.Oserboyevalar ma’lumotlarida ham uchratish mumkin .
Hozirgi paytda respublikamizda makkajo‘xorining potensial imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanilmayapti. Makkajo‘xori yetishtirishda mintaqaning asosiy
muammolaridan biri uning hosildorligini va hosil sifatini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik
ekinlari Davlat reestridagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
386
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
reestriga makkajo‘xorining 76 dan ortiq mahalliy va xorijiy duragaylari, navlari
kiritilgan [4, 196-b.].
Xulosa qilib aytganda
. Xorazm viloyati sharoitida asosiy ekinda
makkajo‘xorining don mahsuldorligiga tup qalinliklarini aniqlash bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlarni olib borish va kuzatuvlarni olib borish asosiy maqsadlarimizdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Yakubjanov O., Tursunov S., Muqimov J. Donchilik. Darslik. – Toshkent:
“Yangi asr avlodi”. 2009. – B. 303.
2.
Орлянский Н. А., Орлянская Н. А., Зубко Д. Г., Маслиёв С. В. Густота
растений, урожай и влажность зерна раннеспелых гибридов кукурузы.
3.
Куликов Л.А. Кукуруза важные особенности // Сборник научных трудов
Всероссийского научно
-
исследовательского института овощеводства и
козоводства. 2015. Т.1. №8.
–
С.174
-177.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestri. – Toshkent; 2020. –B. 196.
387
