«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
CALENDULA OFFICINALIS L. – ISTIQBOLLI MANZARALI–
DORIVOR TUR
D.A. Rustamqulova, M.R. Nasriddinova
Qarshi davlat universiteti,
Annotatsiya.
Maqolada Qarshi sharoitida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladigan
dorivor tur –
Calendula officinalis
L.
toʻgʻrisida ma'lumot keltirilgan. Tadqiqot uchun
tanlangan turlarning botanik tavsifi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, ahamiyati tahlil
qilingan, urug‘ unuvchanligi o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
manzarali, dorivor, tabobat, damlama, dorivor preparat.
Аннотация.
В статье представлена информация о
Calendula officinalis
L. –
лекарственном виде, возделываемом как декоративное растение в Каршинском
районе. Были проанализированы ботаническое описание, распространение,
химический состав и значимость видов, отобранных для исследования, а также
изучена всхожесть семян.
Ключевые слова:
декоративный, лекарственный, медицина, настойка,
лекарственный препарат.
Abstract.
The article presents information about
Calendula officinalis
L., a
medicinal species cultivated as an ornamental plant in the Karshi district. The botanical
description, distribution, chemical composition and significance of the species selected
for the study were analyzed, and seed germination was studied.
Key words:
decorative, medicinal, medicine, tincture, medicinal preparation.
Manzarali-dorivor turlarni introduksiya qilish orqali hududlarning ekologik
barqarorligini oshirish va oʻsimlik resurslarining boyligini ta’minlash mumkin.
Hozirgi
kunda tibbiyotdagi dori preparatlarining asosini dorivor o‘simliklardan olinadigan
xom-ashyo tashkil etadi. Dorivor o‘simliklar xomashyosining inson salomatligiga
salbiy ta’siri yo‘qligi sabab ularga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shundan kelib
chiqqan holatda manzarali va dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish va
iqlimlashtirish, hamda ilmiy asoslangan tarzda yetishtirish texnologiyasini ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega [1, 2].
Ilmiy tadqiqotlarimizda koʻkalamzorlashtirishda keng qoʻllanilayotgan, ham
manzaralilik, ham dorivorlik xususiyati muhim ahamiyatli boʻlgan
Calendula
209
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
officinalis
L.
turining bioekologik xususiyatlarini Qarshi vohasi sharoitida oʻrganish
maqsad qilindi.
C. officinalis
– dorivor tirnoqgul Asteraceae (qoqio’tdoshlar) oilasiga mansub,
bo‘yi 30-
60 sm ga yetadigan o‘simlik. Vatani Janubiy Yevropa va Oʻrtayer dengizi
mamlakatlari. Poyasi sershox. Ildizi o‘q ildiz, sovuqqa chidamli, qurg‘oqchilik
sharoitida yaxshi rivojlanadi. Barglari cho’ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, tuk bilan
qoplangan, poyaga ketma-ket joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, 3-7 sm diametrli
savatcha shaklida, rangi sariq yoki to‘q sariq. Tashqi gultojbarglar katta va yorqin
rangli, til shaklida. Ichki gulbarglar mayda, naychasimon shaklda. Mevasi yoyilgan,
egilgan yoki halqasimon yong‘oqcha. Urug‘lari sarg‘ish yoki jigarrang [3, 4].
Oʻsimlik gullarida karot
in, efir moylari, azotli shilimshiq moddalar, qatronlar,
organik kislotalar, yer ustki qismida kalenden degan achchiq modda, oshlovchi
moddalar, tri-
terpendiollar va saponinlar, urugʻlarida yogʻli moy va bir oz miqdorda
alkaloidlar bor.
Dorivor tirnoqgul preparatlari markaziy nerv sistemasini tinchlantirib, qon
bosimini pasaytirish, yurak ishiini me’yoriga keltirish, kasallik tugʻdiruvchi
bakteriyalarga qarshi ta'sir koʻrsatib, jigar, taloq, buyrak, me'da, oʻt yoʻllari kasalliklari,
gipertoniya, ateroskleroz, ba'zi yurak kasalliklari, klimaksni davolashda foydalaniladi.
Xalq tabobatida siydik haydovchi, balgʻam koʻchiruvchi va terlatuvchi, badanning dogʻ
tushgan joylari, gush kasalligi, mastit (sut bezi yalligʻlanishi) ni davolovchi sifatida
qoʻllaniladi [5
, 6]. Respublikamizning barcha hududlarida manzarali o‘simlik sifatida
ham ekiladi.
Beruniy “Kitob as-Saydana” asarida
C. officinalis
turining dorivorlik
xususiyatlari to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi: bu o‘simlik ko‘z kasalliklari –
ko‘zning yallig‘lanishi va yorug‘lik sezgirligini kamaytirishni davolashda, qon
to‘xtatuvchi vosita sifatida, sharbatidan yaralarni davolashda foydalaniladi. Tomoq
og‘rig‘i va anginada tirnoqgul damlamasi bilan tomoqni chayish tavsiya etiladi.
Immunitetni oshirish va kasalliklarga bardoshli qilishda tirnoqgul damlamasi
davolovchi vosita sifatida qo‘llaniladi [7].
C. officinalis
urug‘larning unuvchanligini o‘rganish uchun laboratoriya
sharoitida urug‘lar Petri kosachasiga 100 donadan 3 takroriylikda turli xil haroratda
(18+20°C, 20+22°C, 24+25°C) undirildi. Urug‘larning unishi uchun optimal harorat
210
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
18+20°C ekanligi aniqlandi. Urug‘lar 3-4 kundan so‘ng una boshladi va urug‘larning
unuvchanligi 88 % ni tashkil etdi (jadval).
Javdal
O‘simliklar urug‘larining unuvchanlik ko‘rsatkichlari
O‘simlik
nomi
Laboratoriya sharoitida
harorat,
o
C
urug‘ unishi
davomiyligi, kun
unuvchanlik,
%
Calendula
officinalis
18-20
2–8
88
20-22
3–7
70
24-25
3–6
70
Bahorda dala sharoitida urug‘lar unuvchanligini o‘rganish maqsadida tuproqqa
2-3 sm chuqurlikda ekilgan urug‘lar 2-3 kundan keyin yer yuziga o‘sib chiqa boshladi.
Urug‘ po‘sti yer ostida qolib ketdi va urug‘larining unishi yer ostki ekanligi aniqlandi.
Unib chiqqan nihollar juda nozik bo‘ladi. Nihollar 4-6 juftdan chinbarg hosil
qilgandan keyin, ular ehtiyotkorlik bilan doimiy joyiga ko‘chiriladi.
Tadqiqot natijasidan
C. officinalis
Qarshi vohasi sharoitida muvaffaqiyatli
iqlimlashishi va o‘sib rivojlanishini, bu esa uning tabiiy muhitga tez
moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘simlik manzarali hamda dorivor xususiyatlari
bilan ajralib turadi.
C. officinalis
manzarali oʻsimlik sifatida Qarshi vohasining deyarli barcha
hududlarida oʻstiriladi. Shuningdek, bu oʻsimliklarning dorivor xomashyolari
tabobatda turli kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.
Xulosa qilib aytganda,
C. officinalis
turining farmakologik ahamiyati yuqori
bo‘lib, uning tarkibidagi biologik faol moddalarning turli kasalliklarni davolashda
qo‘llanishi ushbu tur resurslarini yanada kengroq o‘rganish va targ‘ib qilish zaruratini
yuzaga keltiradi. Shuningdek, ushbu o‘simlikni ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlar
orqali yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, dorivor o‘simliklar resurslarini
boyitishda va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Aliyev B.A. Dorivor oʻsimliklarning biologiyasi va ekologiyasi.
–Toshkent,
2018. – 34-35 b.
211
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2. Smith J.D. Medicinal Plants: Biology and Applications. Cambridge University
Press, 2019. – 118-120 p.
3. Флора Узбекистана. Том 6.
–
Ташкент,
1962. – 577
с.
4.
Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас
-
определитель
растений. https://powo.science.kew.org/
5. Jean M. Bokelmann. 34 - Calendula (Calendula officinalis): Flower. Elsevier,
2022. 263-267 p. https://doi.org/10.1016/B978-0-323-84676-9.00034-9.
6.
Холматов
Ҳ
.
Х
.,
Қосимов
А
.
И
.
Доривор
ўсимликлар
. –
Тошкент, 1994.
–
368 б.
7.
Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV.
-
Фармакогнозия в
медицине (Китаб ас
-
Сайдана фи
-
т
-
тиб(б) //Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер.,
прим. и укз. У.И. Каримова.
-
Ташкент: Фан, 1974.
212
